Örtamiyona odamlar

Rivoyat qilişlariça, hazrat Ali bir kuni ovdan qaytib kelayotsa, yölidan çiqqan ilonça otini hurkitib yuboribdi. Hazrat Ali uni mahv qiliş uçun qiliçini qinidan çiqargan ekan, ilon böyi baravar kattalaşibdi. Hazrat qiliçini bir sermagan ekan, ilon ajdahoga aylanib, unga daf qilişga şaylanibdi.

Ilojsiz qolgan hazrat unga qarab çiroyli közlarini, yaltiroq tangalarini maqtab silab siypagan ekan, ajdaho qaytadan ilonga aylanib, jilpanglab bir teşikka kirib ketibdi. Bu sinoatdan hayratga tuşgan hazrat biroz yurgan ekan, yaydoq joyga boğlab qöyilgan, eti ustixoniga yopişgan sigirga duç kelibdi. Uning yonida bedazor ötloq, ötloqda esa dirkillagan durkun buzoqça çopib yurganmiş. U beda gullaridan çimdib-çimdib yeb turarkan-da, yugurgilab kelib, sigirni ham emib-emib ketarkan. Hazrat bu sinoatning ham mağzini çaqolmay yölida davom etibdi. Bir daraxtning yoniga yetganida biroz dam oliş uçun otini boğlab, özi daraxt soyasiga çözilibdi. Şunda uning közi daraxtda şoxdan-şoxga ötib, turli ohangda biram yoqimli sayrayotgan qizil, yaşil, sariq rangli quşçalarga tuşibdi. Quşçalar sayrab-sayrab pastga uçib tuşarkan-da, tezaklagan otning göngini çöqib-titib yeb, yana daraxtga kötarilib, sayraşni davom ettirarkan. Hazrat Ali ovdan qaytgaç, yölda körganlarini ustoziga sözlab beribdi.

— Yölingda duç kelgan ilonning xatti-harakati ayollarga xos, — debdi ustoz. — Ayol kişini qança avrasang, maqtovga olsang, şunça muloyim tortadi, johillik qilsang, jaholat qöpadi, boşingga balo yoğiladi. Yaydoqda boğloğliq turgan sigir raiyatga monand, buzoq esa nafsiga erk bergan tamagir mulozimlar. Ular davlatni ham aldaydi, xalqni ham talaydi. Daraxt şoxida yoqimli sayrayotgan turli rangdagi quşçalar esa tili boşqa-yu, dili boşqa odamlarning bir toifasi. Bunday odamlar jamiyatda har sohada peşqadam bölişga intiladi, muayyan mavqega erişadi. Ularda uyat-andişa bölmaydi, jamiyatda öz manfaatiga mos keladigan muhit yaratadi va atrofiga öziga öxşagan hammaslaklarni yiğadi. Ular özidan yuqori martabadagilarning tovonini yalaydi, past martabadagilarni tovon ostiga oladi. Lekin hamma bilan birday şirin söraşadi, hazil qiladi, hatto latifanamo gaplarni ham qistirib qöyadi. Dunyoqaraşi öziga töğri kelmaydigan kişi bilan ham öpişib körişadi, könglini oladi, keyin orqavarotdan uni dahriy deb eʼlon qilib yuboradi.

Yuqoridagi rivoyatda keltirilgan uç holatdagi johillik, tamagirlik va ikkiyuzlamaçilik ana şunday odamlar tiynatida mujassam böladi va yuzida zohir böladi. Ular farişta qiyofasiga iblis siyratini yaşirgan örtamiyona kişilar bölsalar-da, özlari haqlarida yuksak fikrga ega böladilar va bu fikrga qöşilmagan kişilarni jamiyatdan siqib çiqarişga intiladilar. Lekin odam tarozisidan köra adolatliroq va xolisroq ölçam borki, bu ilohiy ölçamdir. U gunoh-savoblarning ajrini çiqaradi va insonning gardaniga taşlaydi. Şunga qarab odamning turqi, şaklu şamoyili farişta yoki şayton qiyofasiga kira boradi va uni heç bir meʼmor yoki musavvir özgartirolmaydi.

Hikmatli kitoblarda yozilişiça, payğambarlardan Muso alayhissalomga töqqizta möʼjiza berilgan bölib, uning qölidagi aso istagan paytda ajdahoga aylanar ekan. Qölini qöltiğiga tiqib çiqarsa, közni qamaştirib, odamning aqlini şoşirar, Nil daryosini amri bilan oqizib-töxtatarmiş.

Bu payğambarning irodasi bilan töfon kötarilib, yeru kökni tutarmiş, uçar va piyoda çigirtkalar istagan joyni mahv qilib, istagan joyini ğorat qilarmiş. Istagan odamlarini oçlikka duçor qilib, ularga bit, qurbaqa va qon balolarini yuborarmiş. Şuning uçun arablarda “Lakulli Firʼavn Muso”, yaʼni har bir firʼavnga bir Muso degan naql bor.

Örtamiyona kişilar jamiyatda musaviylik darajasini daʼvo qiladilar va özidan kuçliroq har bitta zakovat sohibi ularning köziga firʼavn bölib körinadi. Bunday odam özidan kuçlilarni mahv qiliş uçun barça usul va nayranglarni, qabihliklarni işga soladi, atrofdagilarni va jamiyatni unga qarşi qöyadi, şuning uçun uning qiyofasida şaytoniy alomat zohir bölib boradi va alaloqibat u şaytonga aylanadi. Örtamiyona odam hamma joyda hoziru nozir, hamma tadbirlarga egalik qilişga intiladi, hamma uni taniydi, lekin uning kimligini yuziga aytişdan andişa qiladilar. Çunki şusiz ham uni Xudo urib qöygan, yuzidan fayz qoçgan, könglida yaxşilik, dilida iymon yöq. Lekin buni özi tan olgisi, Rahmonga yon bergisi kelmaydi, tavbaga kelmay, tönğiz qavmida rihlatga ravona böladi.

Tadqiqotlarga köra, odamzod bir kunda ön ming marta nafas olarkan. Yaxşi ezgu amallar bilan olingan nafas musbat, yomonlikka yöğrilgan havo manfiy bölib odam içiga kirarkan. Hujayra va töqimalar töyinganidan keyin qolgan ortiqça manfiy havo odamni içidan yemirib borarkan. Ezgulikka yöğrilgan nafas insonni yuksaklikka olib çiqadi, ruhni ozod qiladi, uni uluğ işlarga undaydi. Örtamiyona odamlar esa bunday baxtdan bebahra bölib, şuning uçun ham ular örtamiyona odamlardir.

Sodiq DÖST

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan