Zadaryoda oqqan qiz
yoki mahalla iftixori Ahrorbek Ortiqovning jasorati haqida hikoya
Qosimxon aka Akbarov — Mingbuloqning izzat-obröli kişilaridan biri. Qalbida nafaqat döst-birodarlariga, balki köpçilikka birdek mehr körsatişga odatlangan ijodkor. Isteʼdodlarga havas közi oçiq jurnalist. Davrimizning ilğor ijodkorlaridan, tuman gazetalarining old muharrirlaridan biri. Yaqinda u “Hurriyat” gazetasiga kiçkina axborot yuboribdi.
“Bu xabar qahramoni oçerk yozişga arziydigan inson ekan, rozi bölsangiz, Namanganga borib, u kişi haqida yozib kelsam” degan taklifni aytdim. Qosimxon aka bajonidil rozi böldi. Kördingiz, qalamkaşlar içida ham saxiylari bor.
Yangi qahramonimni qidirib, Qamçiq dovoni oşib Mingbuloqqa bordim. “Çordona” qişloği. Ahrorbek Ortiqov beş yildan buyon uşbu qişloq fuqarolar yiğinini boşqarar ekan.
Qişloq hududidan oqib ötuvçi “Zadaryo” katta kanallardan bölmasa-da, oqimi ham, çuqurligi ham xavfli. Qişning sovuq kunlarida kanal suvidan yuz-qölni yuvişni tasavvur qilgan kişining etlari junjikib ketadi.
Idorasida ötirgan Ahrorbekka öqituvçi ayol qönğiroq qilib, Zadaryo kanaliga bir qiz tuşib oqib ketayotganligi xabarini beradi. U yetti-sakkiz daqiqa çamasida voqea joyiga yetib boradi-da, fursatni boy bermay, özini suvga taşlaydi. Behuş oqib ketayotgan qizni qirğoqqa olib çiqadi. Öqituvçi ayollar qizni qirğoqdan tortib olişgaç, unga yordam körsatişadi. Ajal yetmasa, Yaratganning özi saqlar ekan. Allohning irodasi-yu, Ahrorbekning favqulodda jasurligi sabab, ön yetti yoşli böyiga yetib qolgan kollej öquvçisining hayoti saqlab qolindi. Baxtli tasodifni qarangki, qiz oqib ketayotgan hududga boşqa bir kasal uçun “Tez tibbiy yordam” guruhi çaqirilgan ekan…
Xullas, ota-onasi hali qirq beşga ham kirmagan örtahol bir oila musibatdan saqlab qolindi.
Şu voqeadan buyon Ahrorbek Ortiqov nomi el oğzida. “Soy böyi” va “Mehrşoh” köçalarini tutaştiruvçi köprik Ahrorbek Ortiqov degan mard va jasoratli, mehr va şafqatli, odamiy va oqibatli erkakni eslatib turuvçi maskanga aylanibdi. Voqeadan xabari bor insonlar şu joydan ötganida, köz öngiga beixtiyor Ahror Ortiqov keladigan böldi.
— Öşa kuni qor yoğib, havo harorati ançagina daraja sovuq edi, — dedi qahramonimiz. — Kanalda odam oqib ketyapti, beş-olti nafar erkakdan birortasi qutqarişga yuragi betlamay turibdi. Ğoyibdan bir şijoat kelib, özimni kanalga taşladim. Qirğoqda öqituvçi ayollar qizni tortib çiqarişga yordam qilişdi. Ayrim erkaklardan ayollar mardroqmi, deb öylab qolasan kişi. Töğri, hammayam jonini öylaydi, balki ular suzişni bilişmas, balki şamollab qolişdan qörqqandir. Muhimi, bir oilaning guldek qizi hayoti saqlab qolindi…
— Qahramonlik qilib, ayolingizdan gap eşitgandirsiz? — deya kulib söradim undan.
— Yöğ-ye, aksinça, bir beçoraning hayotini saqlab qolib, katta savob iş qilibsiz, deb u xursand böldi. Meni mahalla desa, jonini bervoradigan kişiligimni yaxşi biladi. Turmuş örtoğim Feruzaxon Turopova — sinfdoşim. Maktabda öqituvçi. Ikki öğil, bir qizimiz bor. U ham öquvçi bolajonlarga juda mehribon.
“Çordona” qişloğidagilarning aytişiça, mahallada nima gap bölsa, birinçi Ahrorbek raisga qönğiroq qilib yordam söraşar ekan. Kun-yigirma tört soat telefoni yoniq turarkan. Raqamini özgartirmaydigan rahbar ekan. Mahallaning yoşu qarisi birdek unga suyanişar, unga işonişar ekan.
— Mahalladagilar otangizni ham yaxşi inson bölgan deyişdi!
— Katta rahmat. Otam rahmatli kolxozda brigadir bölib, odamlarga faqat yaxşilik qiladigan mehnatkaş inson edi, — dedi u. — Odamlarning oğirini yengil qiladigan, issiq-sovuq kunida yonida turadigan işonçli kişi bölgan. U paytda yoşlar yetakçisini “komsomol sekretari” deyişgan. Otam komsomol maktabidan çiqqanman deb aytib yurardilar. Komsomollar vatanparvar, fidoyi bölgan-da.
“Hozir yoşlar ham boşqaça, mahalladagilar orasida ham oqibat kötarilib boryapti. Biror kişi avtohalokatga uçrasa, bir qultum suv beriş örniga uni telefonda suratga olişadi. U-bu kimga jönatişadimi-yey! Odamlarda, ayniqsa, yoşlarda boşiga kulfat tuşganlarga mehr-şafqat körsatiş hissi yöqolib bormoqda.
Şunday holatlar böladiki, hatto voqeani körgan odam guvohlik berişni xohlamaydi. Xolis guvohlik haqiqatni aniqlaşga asos böladi-ku! Organ xodimlarida ham ayb köp. Guvohlarni sarson qilişadi”, deya mulohazalarini bayon qildi Ahrorbek.
— Mahallada hayot şunday, işlayman degan raisga yigirma tört soat iş topiladi.
— Ha, töğri aytasiz, men yaşaydigan Toşkentning “Kökça Oqtepa” mahallasi raisi Sobit aka Imomov ham mahalla fidoyilaridan. Ordenlar olgan. Prezidentimiz nazariga tuşgan raislardan biri. Sizga ham uning yölini bersin, – deyman unga.
— “Çordona” mahalla fuqarolar yiğini hududida 797 xonadonda 4 ming 652 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Işsiz va kambağallar sanoqli. Oilalar murosali. Mahalladoşlar tomorqalaridan unumli foydalanişadi. Özim ham tomorqamga bu yil buğdoy ekdim. Uç boş qoramolimiz, öttizta tovuq, oltita kurkamiz bor. Mevali daraxtlar parvariş qilamiz, sabzavot ekamiz. Xullas, rözğorga kerakli ança-munça noz-neʼmatlar özimizdan çiqadi.
— Namangan muhandislik-pedagogika institutini bitirganman, — dedi u. — Olti yil kollejda dars berdim. Öttiz yoşimda mahalla fuqarolar yiğiniga rais böldim. Öşanda nafaqat tumanda, balki viloyatda ham eng yoş raislardan edim. Mana beş yildirki, mahallamiz tinçligi, obodligi va jipsligi uçun çin köngildan mehnat qilyapman. Mahallada yeçimini topişi kerak bölgan masalalarga kelsak, ular har kuni bor. Son-sanoği yöq muammolarni yeçiş kimgadir baland toqqa çiqişdek oğir körinar. Menga esa unday emas, odamlar oğirini yengil qilib, özim ham yengil tortaman, vujudim huzurlanadi. Dildan xursand bölaman. Bu Yaratganning menga bergan neʼmati, yaxşilik qiliş imkoniyati deyman. Ayrim oğaynilarim: “Namunça jon kuydirib işlaysan, nima, onang seni mehnatga tuqqanmi?” deb özlariça “mehribonlik” qilişadi. “Şundayman-da!” deb gapni qisqa qilaman. Odamlarga yaxşilik qiliş – hayotim mazmuni.
Ötgan yili noyabr oyida onamni umra ziyoratiga yuborgandim. Umraga ketayotgan onam: “Birga borsak, yaxşi bölardi, öğlim”, deb rosa ilingandi. Muborak safardan kelganlarida, qişloğimizdagilar bayram qilib kutib olişgandi. Bunday eʼtibordan boşimiz kökka yetdi.
“Zadaryo”da oqqan qizni qutqarganim uçun esa Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi Qahramon Quronboyev Toşkentga taklif qilib, tantanali ravişda “Mahalla iftixori” kökrak nişoni bilan taqdirladi. Poytaxtdan Mingbuloqqa Uyuşma vakillari hamrohligida qaytsam, tuman hokimimiz Ahror Mansurov boşçiligidagi nuroniylar, viloyatimizdagi mahallalar faollari, öqituvçilar, öquvçi yoşlar köçalarni töldirib, guldastalar bilan qahramonlardek kutib olişdi. Özimni göyo onam bilan Makkayu Madina ziyoratidan kelgandek his qildim…
Ammo kanalda oqib borayotgan bir qizni qutqarib qolganim uçun bildirilayotgan köpdan-köp iltifot va eʼtiborlardan hijolatdaman. Negaki, bu işni men biror bir taqdirlov yoki maqtov uçun qilganim yöq. Bunday narsalar hayolimga ham kelgan emas. Mana siz ham gazetaga şu haqda yozaman deyapsiz. Oşiqça kamtarlikka yöymangu, biroq şart emas edi. Axir, har qanday odam qölidan kelsa, yaxşilik qilişi kerak-ku, – dedi u samimiy, lekin jiddiy xolda.
Bu navqiron insonning fazilati, kamtarligi çindan ham maqtovga arzişini xis qildim. Ehtimol, şuning uçun ham fidoyi va jonkuyar mahalla raisi bilan suhbatimiz huddi avvaldan bir-birimizni yaxşi bilgan qadrdonlardek maroqli keçgandir? U bilan xayrlaşar çoği hazillaşib: “Xudo körsatmasin, yana kimdir suvda oqib ketayotgan bölsa, qutqarasizmi?” deb söradim. U jilmayib:
— Öylab ham ötirmay, albatta, qutqargan bölardim, – dedi.
Ahrorbek uka! Sizday mard yigitni dunyoga keltirgan onangizga rahmat! Olamdan ötganidan keyin ham ortidan rahmatlar borib turadigan otangizga qulluq!
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
publitsist.
