Duo olsang, hovuçingga tökilgay dur

Quvalik taniqli işbilarmon Murodil HAYDAROV haqida söz

“Oq köylak”

“U kunlar juda maşaqqatli edi. Yöqçilik yomon. Qöli kaltalikning azoblari bor. Qorni töyib ovqat yemagan bolaning jovdiragan közlariga qaraganmisiz?

Endi esimni tanigan bolalik paytimda ota-onamning yaşaşga alohida uyi ham bölmagan. Yozda qamişdan çayla qurib yaşardik. Ota-onam bilan birga loy keçib, guvala yumalatib, arang bir xona, bir dahlizli uy qurgandik. Özingniki közingga oy bölib körinar ekan. Pastakkina uyimiz göyo saroydek körinardi.

Birinçi sinfni tugatib, ikkinçi sinfga ötgandim. Hamma bolalar birinçi sentyabrda maktabga oq köylak, qora şimda borişardi. Yozgi kanikul tugayapti-yu, fikru xayolim oq köylakda. Onamga oq köylak olib berişni sörab köz yoş ham qilib oldim. Bilmadim, ota-onam kimdandir qarz-havola qildi, şekilli, pul topib, oq köylak olib berdi. Mendan baxtli bola yöq edi öşa kuni. Çunki birinçi sinfni aʼlo baholarga bitirsam-da, oq köylagim yöqligi alam qilardi. Öziga töqroq sinfdoşlarimning otalari çarm sumka ham olib bergan. Meniki esa bözdan tikilgan xalta sumka edi. Özimça “ijod” qilib, siyohga paxta tekkizib, böz xaltani böyadim. Juda xursandman. Oq köylagimni kiyib, böyalgan sumkamni yelkamga osib, çopqillab maktabga bordim. Ammo öqişdan qaytayotganimda birdan yomğir yoğib yubordi. Uyga kelib qarasam, oq köylagimga siyoh ötib ketibdi. Orqasi köm-kök bölib qolibdi. Judayam xafa bölib ketdim. Öksinib-öksinib, hiqillab-hiqillab yiğlab uxlab qolibman. Tuş köribman. Tuşimda katta yigit bölib qolibman. Oq köylak, qora şim, çiroyli tuflida, qölimda çamadon bilan safarga ketayotgan ekanman. Baland böyli, soç-soqollari oppoq çol menga duo berayotgan emiş.

Uyğonib ketdim. Qarasam, onam beçora köz yoşini römolining çetiga artib yiğlab ötirgan ekan. Boşimni silab dedi: “Xafa bölma, öğlim, seni Allohdan tilab olganmiz, bu kunlar ham ötib ketar. Xudo xohlasa, hali boy bölib ketamiz, öşanda juda köp oq köylak olib beraman”.

Yaratganning marhamatiga şukur, tuşimdagi möysafidning duolari-yu onamning Allohga iltijolari ijobat bölib, mana şunday kunlar nasib etdi, — dedi Murodil aka Haydarov. — Nevaralarim oq köylak kiyib maktabga ketayotganida orqalaridan havas bilan tikilib qolaman. Boriga şukur, şu kunlarga yetkazganiga şukur.

“Tilab olgan öğil”

Otasi Muhammad va onasi Turdixon oila qurgan paytlaridayoq Yaratgan ularni taqdir sinovidan ötkazdi. Ança yillar sabr-toqat qilib farzand kutişdi. Mahalliy xalq orasida qadimdan aziz – avliyolarning qabrlarini ziyorat qiliş odat bölgan. Uluğ zotlarning Xudoga yaqinligini bilganlar ularning hurmatidan Allohdan niyatlarini söraşib, duo-iltijolar qilişgan.

Rivoyatlarga qaraganda, Qorovul ota Quvada yaşab ötgan avliyolardan bölgan ekan. Karkidon suv omboriga tutaşgan adirlikning yuqori joyida Qorovul ota maqbarasi bölgan. Sobiq şörolar paytida bunday qadamjolar kommunistik partiyaning dinsiz-ateist yugurdaklari tomonidan ataylab qarovsiz qoldirilgan. Hatto qadamjolarni obod qilganlarni jazolaşgan ham. Şunday bölsa-da, xudoning borligiga işongan, iymon-eʼtiqodi mustahkam hamyurtlarimiz berkinib, qimtinib avliyolar maqbaralarini ziyorat qilaverişgan.

Otasi Muhammad aka va onasi Turdixon ayalar kun-kun ora Qorovul ota maqbarasiga borib, Yaratgandan farzand sörab, çin qalbidan nola qilişgan. Va nihoyat, sakkiz yil deganda ularning oilasiga ham quvonç nuri kiradi. Pahlavondek öğil dunyoga keladi. Dillarimiz murodiga yetdi deya, yaxşi niyat bilan farzandiga Murodil deb ism qöyişadi.

Garçi qöllari kalta bölsa-da, tilab olgan boş farzandini mehr-şafqatga taşna qilmay östirişadi…

Qorovul ota

Aytişlariça, Qorovul ota maqbarasi bilan boğliq hayratlanarli voqea sodir bölgan. 1966 yilning yoz oylarida suv toşqini bölib, Farğona viloyatiga katta zarar yetgandi. Öşanda Quva tumani aholisi suv bosişidan xavotirlanib keçasi yarim tunda Asaka tomonlarga vaqtinçalik köçirilgan ekan. Ertasi kuni hamma uy-joylariga qaytariladi. Juda katta xavf bilan bostirib kelayotgan sel Qorovul ota maqbarasiga yetganda öz yönalişini boşqa tomonga özgartirib yuboribdi. Möʼjizami yoki baxtli tasodifmi, faqat Yaratganga ayon xolos. Şu sabab quvaliklar toşqindan talafot körişmagan. Bu voqeadan keyin mahalliy aholi Qorovul ota maqbarasini yana ham köproq ziyorat qiladigan böladi.

Yaxşi amallar qobil farzandlarga ota-onadan meros qolar ekan. Murodil akaga ham muborak qadamjolarni ziyorat qiliş, ularning nomlarini uluğlaş fazilati ota-onasidan ötgan bölsa neajab?!

U öz hisobidan Qorovul ota maqbarasini tubdan qaytadan qurdi. Yuzlab manzarali daraxtlar ekdi. Suğorişni yölga qöydi. Avvallari qarovsizlik va suvsizlikdan qaqrab yotgan adirlik yon bağirlari körkam va obod maskanga aylandi. U nafaqat Quva tumanidagi, balki Farğona viloyatining boşqa hududlaridagi buyuk allomalar, aziz-avliyolarning maqbaralari va qadamjolarini obod qilişda ham hissa qöşgan taniqli tadbirkorlardan biri.

Keyingi ön yilda u odamlar qalbida özi uçun insoniylik va ezgulik haykalini qöydi, desak, işonavering. Quva hududidagi bir emas, ön emas, yigirma törtta qabristonning atroflarini devorlar bilan örab obodonlaştirdi. Ota-onasi abadiy qönim topgan qabristonni esa gözal hiyobonga aylantirib qöygan.

Köngil imoratiga darz ketmasin

1994 yili Murodil Haydarov haj safariga bordi. Makkai Madinadek muqaddas joylarda ibodat amallarini bajarib qaytgaç, odamlarga qalbidagi rahm-şafqat tuyğulari yana ham kuçayib ketdi. Boşini silaydigan otasi yöq, onasidan bevaqt ayrilgan mehrga zor yuzlab yetim-yesirlarga mehribonlik körsatib, qöllarini halollab, xatna töylari qildi. Kam taʼminlangan, uy-joyga muhtoj yoşlarning nikoh töylarini ötkazib, uylar qurib berdi.

Murodil Haydarov işbilarmonlar safidaki, kambağallikka qarşi kuraşişni sözda emas, amalda bajarib kelayotir. Işsiz yurgan yuzlab mahalliy yoşlarga iş örinlari yaratmoqda va yana yordam sörab huzuriga kelgan ehtiyojmand kişilarga muntazam saxovat körsatib kelayotir.

— Odamlarga yordam bersam, özim ham ruhiy quvvat olaman, — dedi “Mirzakarim ota” masʼuliyati çeklangan jamiyati raisi Murodil aka. — Issiq jon, kutilmaganda kimdir oğir kasalga uçrab qoladi. Beçoralar puli yöq bölsa, kimga ham borardi, yonimizga kelişadi-da. Xastaliklar azobini özim ham tortib yuraman. Allohga şukur, koronavirus balosidan zörğa omon qoldim. Qança tanişlarimiz ötib ketişdi. Yoşim ham yetmişdan oşdi. Endi bu yoğiga xastaliklar ortimizdan quvib yuraverarkan-da…

— Muhtoj odamlarga bunçalar saxovat qilişlik neʼmati siz kabi tanlanganlar içidan tanlanganiga nasib etadi, — deya unga ehtirom ila söz qotaman. — Kimniki Tangri yarlaqasa, odamlarning unga hojati tuşadigan qilib qöyadi, degan gap bor. Sizga ham odamlarning hojatini çiqarib yuradigan taqdir nasib etgan ekan, şuning özi Yaratganning inoyati!

Bu gaplarimdan Murodil akaning çehrasi yorişib, minnatdorlik ila boş çayqadi. Darhaqiqat, odamlarga yaxşiliklar ulaşişni, Hotamitoydek infoq-ehsonlar qilişni Alloh taolo uning peşonasiga taqdir qalami bilan bitib qöygan ekanki, şunday ezguliklarni qilişga imkon ham bermoqda. Ehsoni kuçli odamlar hargiz kasod bölmas ekan. Bu hikmat haqiqatini himmati savlatiga yaraşib turgan qahramonimiz misolida ham körib turibmiz.

Murodil akada ayrim insonlargagina hos xislat bor. U iş faoliyatida adolatsizlik qurboniga aylanganlarga ham, hayot söqmoqlarida adaşganlarga ham yordam beraveradi. Yiqilganlarni suyab qöyadi. Har qanday çopqir otning ham bir kun qoqilişi bor. Yaxşi insonlar ham xato qilib qöyadi. Köngil imoratini tiklab qöyişni u savob deb biladi.

Yolğon şaytondandir

Murodil hojining yana bir fazilati — yolğon gapirmaydi. Yolğon sözlaydiganlarni juda yomon köradi.

— Yolğon şayton amalidan bölgan kufr iş bölsa-da, bu kasalga yöliqqanlar köpayib bormoqda, — dedi u. — Bugun zamona zayli ham, odamlar feʼli ham avvalgilarga öxşamaydi. Bu ne körgulikki, ayrim odamlar rostdan uzoqlaşib, yolğonga yaqinlaşib borayotir.

Murodil aka bilan suhbatlaşib ötirganimizda, bir ayol bolalarini yetaklab kelib qoldi. U tumandagi bozorlardan birining sobiq boşliğining xotini ekan. Noinsof eri ularni qarovsiz taşlab qöygani, bolalari oç qolganidan nolib, yordam söragani kelibdi. Oyni etak bilan yopib bölarmidi, bu ayol yolğonlarga aldanib, bevafo erning törtinçi xotini ekanini bilib qolib peşonasiga urib turibdi…

Qonuniy nikohdan ötmasdan, er çiqdi deb şarʼiy turmuş qurib olganlarning ahvoli şunday böladi. Ota bölib otalik qilolmaydigan, er bölib erlik vazifasini bajara olmaydigan tayinsiz kişilar ham bor. Ularning qilmişlari oqibatida norasida gödaklar onalari qölida boquvçisiz qolib, kambağal oilalar soni köpaymoqda.

— Erkak kişining belida belboği bölişi kerak. Ayrim otalarning öğil-qizlariga gapi ötmaydi. Şu bois oilani oiladek muqaddas bilmaydigan, nikoh masʼuliyatini his qilmaydigan, na qonun-qoidalarga, na musulmonçilik axloq-odobiga amal qilmaydigan yoşlar köpayib bormoqda, deya afsus bilan söyladi qahramonimiz.

Ota — oila sultoni

Ota – oila sultoni, ona – farzandlar mehriboni bölolmas ekan, jamiyatdagi yuqoridagi singari illatlar çuqur ildiz otaveradi. Şukur deyman, farzandlarimiz nevarali bölişgan esa-da yuzimizga tik qaramaydi. Duolarimizni olib, maslahatimiz bilan iş boşlaydilar. Bizlarning nasihatlarimiz, duolarimiz ularga ofiyat qörğoni bölib turibdi, baraka topişsin! Men hayotda köp bora kuzatdim. Qaysi öğil-qiz ota-onasiga sidqidildan xizmat qilsa, albatta, saodat topar ekan. Yaratganga şukur, özim ham şu yöldan bordim, ota-onamning köngliga qaradim, sira malollanmay xizmatlarini qildim. Bugun öğil-qizlarimiz bizlarning atrofimizda parvona. Bundan ham ortiq baxt bormi?

Muhammad otam rahmatli: “Ota-onaning nazarlariga va duolariga doim huşyor bölinglar, yaxşilikni birinçi galda ularga qilinglar, birovning haqidan qörqinglar, yolğon gapirmanglar”, deb aytardi.

Murodil aka onasi Turdixon aya vafot etmasidan avvalroq xonadoniga taklif qilgandi. Iloho, joylari jannatda bölsin, munisa yuzlaridan nur yoğilib turadigan hoji ona şunday degandi:

— Şu kunlarga yetkazganiga, mehribon farzandlar berganiga Allohga şukur. Umr ötaverar ekan, bolam. Qança-qança maşaqqatlarni boşdan keçirganmiz. Yöğida sabr, borida şukur qildik. Katta farzand töğri yöldan borsa, ota-onam deydigan bölsa, keyingilari ham unga ergaşar ekan. Murodiljon öğlimning insofli va saxiyligi, savdoda qöli barakaliligi ham rahmatli otasinikiga öxşaydi. Muhammad toğangiz ham birorta nojöya işni körsa, tez jahli çiqardi, beparvo ötib ketmasdi. Farzandlarimga: “Kimning zurriyoti ekaninglarni unutmanglar”, deb eslatib yuraman. Umrlaridan baraka topişsin, bola-çaqalarining orzu-havasini körişsin!

Toğa ham uluğ zot

Xalqimizda “jiyan toğasiga tortadi” degan hikmat bor. Toğalarning jiyanga, jiyanlarning toğaga mehri boşqaça böladi. Murodil Haydarovning peşonasiga ham toğasiga tortişdek şirin taqdir bitilgan ekan. Toğasi rahmatli Ibrohim Karimov özining xalqparvarligi bilan mamlakatimizda yurtdoşlarining, Yurtboşilarning nazariga tuşgan ajoyib inson edi. Toğasiga bajonidil ixlos qilib, qilgan xayrli amallarini davom ettirib, Murodil aka ham nom qozondi, elda azizu mukarram böldi.

Yurtimizda aziz insonlar nomini ardoqlaş anʼanaga aylangan. Bugungi kunda Quvadagi katta va obod köçalardan biri Ibrohim Karimov nomi bilan atalgan. Bu tabarruk insonga ehtirom ifodasidir.

“Ajab saodat erur, yaxşilik birla qolsa ot”

Murodil Haydarovning quriliş va tadbirkorlik işlarida farzandi Dilşod ham kamarbasta bölayotir.

Özbekiston xalq artisti Abduhoşim Ismoilov hikoyasi:

Dunyoda eng uluğ söz bor. Bu — inson degan nom. Jamiki olam şu inson uçun yaratilgan. Şunday insonlar ham borki, ular insonlarga insoniylik qilib yaşaşdek baxtli taqdir egalaridir. Ular inson deb atalgan şarafli nomni uluğlab yaşaydi. Insoniylik vazifasini ado qilişdek noyob fazilat hammaga ham nasib qilavermaydi. Murodil aka şunday aziz va möʼtabar kişi. U bağri keng, qöli oçiq, rahmdil, xayr-ehsoni kuçli, dilbar inson. Bir söz bilan aytadigan bölsam, u yaxşilarning yaxşisi.

U sanʼatni tuşunadigan, köp öqigan ziyoli inson. Kuçli irodasi, xolis fikri bilan boşqalardan ajralib turadi.

Bolaligimdan bilganim şuki, Murodil aka katta omadlar kelganda ham, oğir sinovlar qarşisida ham heç qaçon özgarmadi. Hammaning duosini olib, elning nazariga tuşdi.

Unga havasim keladigan yana bir xislati bor: Özbekiston degan muqaddas yurtga, mamlakatimiz Prezidentiga sadoqatli insonlardan biri. Qaçon huzurida bölsak, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan xayrli işlardan sözlaydi, Prezidentimiz maʼruzalarini tasvirga yozib olib döstlariga körsatadi. Davlatimiz siyosati mazmun-mohiyatini, aytilgan hikmatlar mağzini hamsuhbatlariga tuşuntiribgina qolmay, ularni ezguliklarga undaydi. Ayniqsa, Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan nogironlar, kambağallar, nuroniylar va yoş oilalarga körsatilayotgan ğamxörliklarni tölib-toşib gapiradi. Tadbirkorlar benihoyat darajada qöllab-quvvatlanayotganligidan xursandligini yaşirmaydi. Har safar körişganimizda qandaydir yangilik qilgan böladi, yangi korxonalar oçib, yangi binolar bunyod etganligidan ğururlanadi. Öşa yutuqlari bilan bizni taniştiradi. Meni şunday bebaho inson bilan döst qilganligi uçun Allohga behisob şukur.

U bir işni bajarişga ahd qilsa, bu yöldan heç qaçon qaytmaydi. Maqsadiga erişgungaça orom bilmaydi.

Umar Xayyomdan bir bayt bor:

 

Bir ğarib könglini

qila olsang şod,

Yaxşidur yer yuzin qilgandan obod.

 

Bu Murodil akadek yuzlab nogiron va bemorlarga, qalbi majruh beçoralarga moddiy va maʼnaviy yordam berayotgan mard kişilarni yana ham yaxşiliklarga undovçi hikmatdir. Kamina ham Murodil Haydarov bilan hamqişloqman. Quvaliklar esa ana şunday hamyurti borligidan faxrlanişadi.

Yaxşilik

…Murodil Haydarov bilan suhbatlaşgan çoğlarda hayotning goh ğamgin, goh şodon manzaralari yodga tuşadi. Umr yölimiz taqdir imtihonlaridan iborat. Xotiralarning eng yoqimlisi — odamlarga qilingan yaxşiliklar haqidagisi, desak, xato bölmas. Har kuni yaxşilik qiliş kerak, heç bölmasa, bitta muhtoj odamga yaxşilik qiliş lozim. Agarda moddiy tomondan kömak qilişning iloji bölmasa, yaxşi gap, yaxşi söz, yaxşi amallar bilan odamlarga yaxşilik qiliş ham umrni bezaydi, deydilar. Axir hikmatlarda aytilganidek, yaxşilik barça murodu maqsadlarning kalitidir. Bobomiz Mir Alişer Navoiy taʼbiri bilan  aytganda: “Ajab saodat erur, yaxşilik birla qolsa ot”.

Albatta, xalqimizda “Yaxşilik qil – daryoga taşla, bilsa baliq biladi, baliq bilmasa, Xoliq biladi” degan gap bor. Şu maʼnoda qahramonimiz Murodil Haydarov odamlarga körsatadigan yordamlari, yaxşiliklari haqida gapirişni xuşlamaydi. Biz esa elu xalqdan, undan yaxşilik körganlardan eşitganlarimizni qoğozga tuşirdik, xolos. Zero, yaxşilikning mukofoti ham yaxşilikdir.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan