Giyohvandlik va narkotik moddalar – insoniyat kuşandasi
Giyohvandlik va narkotik moddalar isteʼmoli insoniyat uçun eng jiddiy ijtimoiy va tibbiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu illat nafaqat inson soğliğiga, balki jamiyatning iqtisodiy, maʼnaviy va madaniy rivojlanişiga ham salbiy taʼsir körsatadi.
Giyohvand moddalar deganda insonning aqliy yoki jismoniy holatiga taʼsir qiladigan, muvaqqat ravişda eyforiya yoki boşqa özgarişlarni keltirib çiqaradigan moddalar tuşuniladi. Ayni paytda dunyoda ularning 20 ga yaqin turlari tayyorlanib, isteʼmol qilinmoqda.
Bugungi kunda, ayniqsa, yoşlar orasida keng ommalaşayotgan sintetik giyohvand moddalar (spays, sintetik kannabinoidlar, amfetaminlar va boşqalar) zamonaviy giyohvandlikning eng xavfli turlaridan biridir. Bu moddalar kimyoviy laboratoriyalarda işlab çiqariladi va tabiiy giyohvandlik vositalaridan ança kuçli taʼsirga ega. Sintetik moddalarning öziga xos xususiyatlari şundan iboratki, ular internet orqali yoki oddiy mahsulot qiyofasida tarqatiladi. Ular juda oz miqdorda isteʼmol qilinsa ham, kuçli psixoaktiv taʼsir körsatadi, bu köpinça qaytmas soğliq muammolariga duçor qiladi. Sintetik giyohvand moddalar depressiya, paranoyya, gallyutsinatsiya va hatto koma yoki ölim holatiga olib kelişi mumkin.
Sintetik moddalarga qarşi kuraşişda jamiyatda xabardorlikni oşiriş va qonunçilik çoralarini kuçaytiriş juda muhimdir. Giyohvandlik inson organizmining barça tizimlariga jiddiy zarar yetkazadi. Asab, yurak-qon tomir, nafas oliş tizimlari hamda jigar va buyrak kabi muhim aʼzolar faoliyati buziladi. Narkotik moddalar isteʼmoli insonni jismoniy va ruhiy jihatdan butunlay zaiflaştiradi. Uning oqibatida asab tizimi faoliyati buzilib, depressiya va stress holatlari paydo böladi, immunitet tizimi zaiflaşadi, bu esa turli kasalliklarga olib keladi.
Afsuski, giyohvandlik moddalari köplab davlatlarda işlab çiqariladi va tarqatiladi. BMT Narkotik moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi (UNODC) maʼlumotlariga köra, giyohvand moddalar yetiştiriladigan asosiy hududlar sifatida Afğoniston, Kolumbiya, Peru, Boliviya, Meksika, Marokaş, Myanma, Laos va Tailand kabi davlatlar yetakçilik qilmoqda. Uşbu davlatlarda işlab çiqarilayotgan giyohvand moddalar jahon bozoriga çiqib, turli mamlakatlarda tarqalmoqda. Giyohvand moddalar işlab çiqarilişining oldini oliş uçun xalqaro hamkorlik va qatʼiy çora-tadbirlar zarur. Jahonda giyohvandlikka çaliniş holatlari juda keng tarqalgan. BMTning Narkotik moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi (UNODC)ning 2023 yilgi hisobotiga köra, dunyoda 300 milliondan ortiq odam narkotik moddalarni isteʼmol qiladi. Ularning katta qismi yoşlardan iborat bölib, ayniqsa, 15-35 yoş oraliğidagi guruhga tegişlidir.
Özbekistonda esa 2024 yildagi maʼlumotlarga köra, 7 mingdan ortiq giyohvand şaxslar röyxatga olingan. Davlat tomonidan giyohvandlikka qarşi kuraşiş uçun qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda, jumladan, reabilitatsiya markazlari taşkil etilgan va taʼlim muassasalarida profilaktika tadbirlari ötkazilmoqda.
Özbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça 2024-2028 yillarga möljallangan Milliy strategiya işlab çiqilgan. Bu strategiya doirasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi qatʼiy nazorat örnatiş, yoşlar orasida profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş, davolaş va reabilitatsiya markazlarini kengaytiriş, zamonaviy tibbiy usullarni joriy etiş, ommaviy axborot vositalari orqali giyohvandlikning zararlari haqida keng qamrovli axborot tarqatiş kabi vazifalarni amalga oşiriş belgilab olingan.
Muqaddas Islom dini ham giyohvandlik va narkotik moddalar isteʼmolini qatʼiy taqiqlaydi. Giyohvandlik insonning aql-zakovatiga va soğliğiga jiddiy zarar yetkazgani uçun, u Islomda harom qilingan. Şu bois giyohvandlikka qarşi kuraşiş nafaqat huquqiy yoki tibbiy, balki diniy nuqtai nazardan ham muhim hisoblanadi. Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham har qanday inson soğliğini zaiflaştiradigan va aqlga zarar keltiradigan moddalardan uzoq turiş tavsiya etilgan. Şu bois giyohvandlikka qarşi kuraş nafaqat huquqiy yoki tibbiy, balki diniy nuqtai nazardan ham muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda yoşlarni giyohvand moddalar taʼsiridan himoya qiliş uçun quyidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş lozim:
— maktab va oliy taʼlim muassasalarida giyohvandlikning zarari haqida öquv dasturlari joriy qiliş, maxsus maʼruzalar, treninglar va seminarlar ötkaziş;
— internet va ijtimoiy tarmoqlarda doimiy profilaktik axborot tarqatib boriş;
— yoşlarni sport tögaraklari, musiqiy va ijodiy jamoalarga jalb etiş;
— yoşlar orasida musobaqalar va ijodiy tanlovlar taşkil qiliş;
— ota-onalar uçun giyohvandlikka qarşi profilaktika böyiça treninglar taşkil qiliş;
— maktab va jamoat joylarida giyohvandlikka oid taʼsirlar yuzasidan nazoratni kuçaytiriş;
— yoşlar orasida narkotik moddalar tarqatilişini kuzatiş va profilaktik çoralar köriş;
— yoşlar uçun bepul psixologik maslahat xizmatlarini taşkil etiş;
— stress va ruhiy qiyinçiliklarni yengib ötişga qaratilgan dasturlar işlab çiqiş va amalga oşiriş lozim.
Giyohvandlik va narkotik moddalar isteʼmoli insoniyat oldida turgan eng katta xavflardan biridir. Unga qarşi samarali kuraşiş uçun har bir inson öz hissasini qöşişi muhim. Bu illatni yöq qiliş uçun jamiyatdagi barça qatlamlarni birlaştiruvçi çora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat şundagina soğlom va barqaror jamiyatni barpo etiş mumkin.
Alişer ISOQBOYEV,
Namangan davlat pedagogika instituti
Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy
işlar böyiça birinçi
prorektori.
