Nobakorning qilmişi
yoxud öz otasini urib öldirgan öğil
Erkin oliy öquv yurtini bitirib, döxtir bölib işlayotganida uni mahallasidagi yaxşi bir qizga unaştirişdi.
Döxtirning töyi zör ötdi.
Hovli ertalabdan suv sepib supurildi. Qaynota-qaynonaning ham köngli yorişdi.
Oradan ança yillar ötib, öğil-qizlari ham voyaga yetib qoldi. Tönğiçini uylantirdi. Oradan yil ötgaç, kiçigi ham uylandi. Tönğiçi bola-çaqali bölib ketdi. Şu kenjasi Olim esa…
Köp erka uçunmi, işqilib, Olim heç kimga quloq solmay qöydi. Öz bilganidan qolmasdi. Otani ham, onani ham pisand qilmadi. Birinçi turmuşi buzildi. Olimning axloqsizligidan bezigan kelin ketib qoldi.
Olimga öxşagan betayinlarga xotin degani ham tezda topilaverarkan. Qöşni tumandan turmuşi öxşamay yurgan bir juvonning ham peşonasi şör ekan. Heç kim bilan maslahatlaşmay, turmuş qurib olişdi. Orada farzandli ham bölişdi. Ammo Olimning eski “kasali” qolmadi. Oğirning ustidan, yengilning ostidan yurib, yengil hayotini tark etmadi.
Ikkinçi xotini ham “bor-e!” dedi-da, alimentga giriftor qilib uyiga jönab qoldi. Oradan köp ham ötmay, u yana bir juvonga uylandi.
Olim işlaş uçun boşqa şaharga ketdi, bolasi tirik yetim qoldi. Alimentini otasi tölaydigan böldi. Ança vaqtdan söng u ikki qölini burniga tiqib şumşayib qaytib keldi. Boşqa natijani kutiş mumkin emas edi-da. Işyoqmas, dangasa, qiyinçilik nima ekanligini bilmasdan ösgan bu betayin tuzuk bölganda, hayoti şunday bölarmidi?
Xullasi kalom, Erkin aka öşa kuni nafaqa pulini olib, şahardan yaxşigina bozorlik qilgan-u uyiga borgan. Ayoli ham quvonib: “Oş qilar ekanmiz-da, otasi”, degan.
— Ha, bir oş damlagin, bugun pensiyamni oldim-ku!
Bir dam ötmay, öğil Olim qayerdandir şirakayf bölib uyiga kirib keladi.
— Öğlim, işingni taşlab bekor qilding-da, alimenting ham odamni bezor qildi, — dedi ota.
— Işingiz bölmasin, özim tölayman, – dedi u.
Şu tariqa ota-bola örtasida gap qoçdi. Olimning öngiridan tortgan otaga öğli burilib yuzi aralaş muşt tuşirdi. Ota şörlik öz puştikamaridan qança muşt, qança tepki yedi.
Odam emas, vahşiy hayvondek quturgan öğil dastidan joni oğrigan otaning faryodini eşitgan qöni-qöşnilar içkariga kirganda, Erkin döxtir behuş yotardi. Devor qon bölib ketgandi. “Erkin Turdiyevni öğli urib öldirib qöyibdi”, degan sovuq xabar birpasda qişloqqa tarqaldi…
Örtada beçora onaga jabr böldi. Birgina suyangan jufti halolidan judo böldi. Oqpadar öğlidan esa…
Otasining qotili degan laʼnatlarga uçragan xotinboz Olim uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etildi.
Kunlar, oylar, yillar ötar, bir kun jazoni ötab ham kelar. Ammo…
Öz otasining qotili – padarkuş degan qora tamğadan heç qaçon qutula olmasligi ayon. Alloh ana şunday oqpadar farzandlardan asrasin.
M. MALIKOV,
Jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyat sudi sudyasi,
Çori QORAQULOV,
jurnalist.
