Reklama emas, xatolar namoyishi(mi?)

Savodsizlik bilan yozilgan qaydlar nafaqat ona tilimizdagi, balki xorijiy tillarda qo'llangan so'zlarning ham asl ma'nosiga putur yetkazib, o'zgalar uchun kulgili, millat uchun esa achinarli va sharmandali holatni yuzaga keltirmoqda. Ayrim so'zlarning noto'g'ri qo'llanishi oqibatida esa butun boshli mazmun o'zgarib ketishi turgan gap.

Ommani jalb etishga qaratilgan bu kabi afishalarda noo'rin qo'llangan so'zlar, imlo xatolari, afsuski, yetarlicha. Bunday qo'pol xatolar, ayniqsa, kirill alifbosidagi “e” va “e” harflarida ko'proq uchramoqda.

Quyidagi e'lonni olaylik. Na kulishga, na yig'lashga hayronsan kishi. Bu savodsizlikning, e'tiborsizlikning yana bir namunasi.

Afsuski, e'tiborsizlik oqibatida bunday savodsizlik bilan yozilgan qaydlar ko'paysa ko'payyaptiki, hech ozayayotgani yo'q. Eng achinarlisi, bunday bannerlarga bee'tiborligimiz ortib, tobora ko'nikib bormoqdamiz. Axir til — millat ko'zgusi. Ona tilimizga bepisand munosabatda bo'lib boraversak, xato yozilgan so'zlarni namoyish qilishni davom ettirsak, bebaho o'zligimizni, ona tilimizning nufuzini yo'qotgan bo'lamiz. Xulosa qilish o'zingizdan.

Sevinch AHMADJONOVA,

O'zJOKU 2-kurs talabasi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

twenty − ten =