Muhandislik istiqboliga muhim qadam
Dunyo şiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda farovon hayot, yurt iqtisodiyotining taraqqiy topişi, xalqimiz, ayniqsa, ilmga çanqoq yoşlarimizning taqdiri uçun muhim qadamlar taşlaş, ularga munosib şaroit yaratişga masʼuliyat bilan qaraş – davr talabi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Iqtisodiyotimizni jadal rivojlantiriş uçun bizga yuqori malakali muhandis-texnologlar suv bilan havodek zarur”.
Joriy yil boşida Davlatimiz rahbari mamlakatimizda taʼlim, ilm-fan, sanoat, texnika va texnologiya sohalarida kadrlar tayyorlaşda muhim bölgan “Nukus davlat texnika universitetini taşkil etiş töğrisida”gi tarixiy qarorini qabul qildi.
Bu qaror Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konçilik instituti va Toşkent axborot texnologiyalar universiteti Nukus filiali negizida yangi universitetning taşkil etilişini taʼminlamoqda.
Uzoqni közlagan maqsad esa muhandislik sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş örtasida özaro integratsiyani yölga qöyiş, öqitiş usul va şakllarini takomillaştiriş, taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş orqali taʼlim sifatini hamda ilmiy-tadqiqot işlari samaradorligini oşirişdir.
Qarorda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uçun mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş, taʼlim jarayoniga yuqori 300 talik röyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari tajribasi asosida taʼlim dasturlarini işlab çiqiş va joriy etiş nazarda tutilgan. Hudud uçun istiqbolli bölgan kadrlar tayyorlaş, zamonaviy öquv, ilmiy va IT laboratoriyalari bazasini yaratiş, amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot işlari va innovatsion loyihalar samaradorligini oşiriş, taʼlim, ilm-fan, işlab çiqariş örtasida integratsiyani kuçaytiriş kabi kator vazifalar belgilab berilmoqda.
Ilm ahlini quvontiradigan yana bir muhim jihati şundaki, universitetda Ilğor muhandislik maktabi faoliyatini taşkil etiş masalasi ham örin oldi. Unda taʼlim oliş uçun akademik körsatkiçlari yuqori bölgan talabalar tanlov asosida saralanadi. Ular amaliyotga yönaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida öqitiladi. Zamonaviy laboratoriyalar taşkil etiladi, muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlari olib boriladi.
Hozirda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti xuzuridagi Nukus konçilik instituti va Toşkent axborot texnologiyalar universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar öqişini Nukus davlat texnika universitetida davom ettiradi va bitiruvçi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.
Mazkur qaror nafaqat Qoraqalpoğistonning, balki Yangi Özbekistonimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanişini taʼminlaşda, ilmiy salohiyatini yanada oşirişda muhim örin egallaydi.
Işonçimiz komil, taşkil etilayotgan ilm-fan va taʼlim-tarbiya dargohida tahsil olgan yoşlar yurtimizga fidoyi va kerakli mutaxassislar bölib yetişadi, yutuqlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadilar.
Atabek KAIPBERGENOV,
Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konçilik instituti direktori, texnika fanlari doktori,
professor.
