Özbekiston Prezidenti: Markaziy Osiyo endi tarixning çetida emas, balki öz strategik kun tartibini şakllantirayotgan, jadal rivojlanayotgan mintaqaga aylanmoqda
Özbekiston Prezidentining “Euronews”ga bergan intervyusi köplab nufuzli xorijiy OAV tomonidan ham eʼlon qilindi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 4 aprel kuni Samarqandda bölib ötgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti oldidan “Euronews”ga 1 aprel kuni bergan eksklyuziv intervyusi yetakçi xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng rezonansga sabab böldi.
Köplab xorijiy bosma va elektron naşrlar öz sahifalarida Özbekiston rahbarining “Euronews” savollariga bergan javoblarining töliq matnini turli tillarda eʼlon qildi va bu bilan Yangi Özbekistonning mintaqaviy va xalqaro kun tartibining asosiy masalalari böyiça pozitsiyasiga katta qiziqiş borligini tasdiqladi.
Xususan, davlatimiz rahbarining intervyusi, Janubiy Koreyaning yetakçi naşrlaridan biri – “Diplomacy Journal” jurnali, Pokistonning “Diplomatic News Agency – DNA” axborot agentligi, “Daily Islamabad Post” va “The Daily Big Digit” gazetalari tomonidan eʼlon qilindi. Bundan taşqari, mazkur intervyu “Infozakon” va “Kursiv” (Qozoğiston), “Q8 Press” (Kuvayt), “Industriya Yevrazii” va Kommersantʼ” (Rossiya) kabi elektron naşrlar, şuningdek, “Theasiatoday”, “Yekoavrasya”, “Ankasam” (Turkiya) onlayn platformalari tomonidan tarqatildi. Şuningdek, mamlakatimiz yetakçisining intervyusi bilan Turkmanistonning “News Central Asia” yangiliklar portalida, Ukrainaning “Kyiv Diplomatic” jurnalida ingliz va ukrain tillarida, Saudiya Arabistonining “Wrkaa News”, Belgiyaning yetakçi “EU Reporter” naşrlarida tanişiş mumkin. Özbekiston Prezidentining intervyusiga bölgan qiziqişni, şuningdek, Britaniyaning “London Post” yangiliklar portali, Xitoyning “Kitay” jurnali, Misrning “Sada al-Balad” axborot agentligi va boşqa naşrlar ham tasdiqlaydi.
Jahon ommaviy axborot vositalari Özbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlardagi ijobiy dinamika haqidagi sözlarini alohida taʼkidlagan. Qayd etilganidek, sönggi yetti yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Yevropa Ittifoqi örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi tört barobar oşib, 54 milliard yevroga yetdi. Bu holat mintaqaning Yevropa mamlakatlari uçun istiqbolli hamkor sifatidagi roli oşib borayotganidan dalolat beradi.
Maşhur naşrlar, şuningdek, Prezidentimizning Samarqandning savdo, ilm-fan va diplomatiyaning tarixiy markazi sifatidagi örni haqidagi fikrlariga eʼtibor qaratgan. “Uning uluğvorligi turli madaniyatlar, xalqlar va ğoyalarni birlaştira olganida, – deya Prezident Şavkat Mirziyoyev sözlaridan iqtibos keltirilgan. – Bugun u yana Yevropa va Markaziy Osiyo zamonamizning asosiy muammolarini muhokama qilişi mumkin bölgan muloqot maydoniga aylanmoqda”.
Sönggi yillarda Markaziy Osiyoda amalga oşirilgan özgarişlar ham yuqori baholandi. Naşrlar Özbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo mintaqasi haqidagi savolga bergan javobdan misol keltirgan: “Sönggi yillarda Markaziy Osiyo tubdan özgardi, yangi qiyofa kasb etdi — konstruktiv muloqot, işonç va har tomonlama hamkorlik maydoniga aylandi. Bu esa mamlakatlarimiz yetakçilarining umumiy siyosiy irodasi tufayli amalga oşdi. Bugun biz bu jarayonning ortga qaytmasligi haqida işonç bilan ayta olamiz”.
Özbekiston Prezidentining afğon masalasi böyiça pozitsiyasiga alohida urğu berilgan. Xorijiy ommaviy axborot vositalari davlatimiz rahbarining Özbekistonning Afğonistonga nisbatan yondaşuvi har doim pragmatik va uzoq muddatli strategik tamoyillarga asoslanib kelgani haqidagi bayonotiga eʼtibor qaratdi. Xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyev qöşni Afğonistondagi vaziyat haqidagi savolga javob berar ekan, quyidagilarni taʼkidladi: “Hozirgi rahbariyat Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştirişga, öz resurslarini aeroportlar, içki temir yöl tarmoqlari, suv-energetika infratuzilmasini rivojlantirişga va köknor maydonlarini qisqartirişga yönaltirişga muvaffaq böldi. BMT maʼlumotlariga köra, “Tolibon” 2023 yilda giyohvand moddalar savdosini taqiqlaganidan söng, Afğonistonda köknor yetiştiriladigan yerlar 95 foizga kamaygan. Afğonistonda köknordan xoli kelajak barpo etiş maqsadida qişloq aholisiga yordam körsatilmoqda, qişloq xöjaligining muqobil yönalişlari rivojlantirilyapti”.
Naşrlarda taʼkidlanganidek, bölajak “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitining muhim natijalaridan biri tomonlarning strategik şeriklik munosabatlarini örnatişga bölgan muştarak istagini aks ettiruvçi Samarqand deklaratsiyasining imzolanişi böladi. “Deklaratsiya nafaqat erişilgan kelişuvlarni mustahkamlaydi, balki mintaqalarimiz örtasidagi aloqalarni çuqurlaştiriş uçun asos yaratadi, – dedi Özbekiston Prezidenti. – Biz investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, innovatsiyalar va raqamli yeçimlarni qöllab-quvvatlaş böyiça aniq kelişuvlarga erişişdan umidvormiz”.
Nufuzli xorijiy OAV, şuningdek, Özbekistonning konstruktiv muloqot va özaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga sodiqligini taʼkidlab, Prezident Şavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini iqtibos örnida keltirgan: “Biz barqaror rivojlaniş va xalqlarimizning farovonligini oşirişga xizmat qiladigan, özaro manfaat va işonçga asoslangan konstruktiv hamkorlik tarafdorimiz”.
“Dunyo” AA
