Anvoyi gullar göşasi

Namanganda anʼanaviy xalqaro gullar festivaliga qizğin hozirlik körilmoqda

Tarixiy manbalarga köra, Namangan şahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat boğiga birinçi marta 1933 yili gul köçatlari ötqazilgan. Manzarali daraxtlarning ekila boşlanganiga esa 135 yildan oşdi. Bundan taşqari, 1960 yildan köplab köçalarning örtasi yoki ikki çetida gulxonalar taşkil etişga kirişilgan. Bu 1961 yili ilk bor Gul bayrami — “Gul körgazmasi” ötkazilişiga asos böldi. Öşanda “Namangan haqiqati” viloyat gazetasida eʼlonlar çop etilgan. Boğ radiouzelida “Gul va gullar bayrami” mavzuidagi maxsus eşittirişlar efirga uzatilgan.

Prezidentimizning namanganlik saylovçilar bilan 2017 yilgi saylovoldi uçraşuvlaridagi tavsiyalariga muvofiq gulçilik harakati yangiça tus oldi. Muqaddam gullar karvoni “Gaz-21” avtomaşinalarida uyuştirilgan bölsa, 2018 yildan buyon yurtimizda işlab çiqarilgan turli rusumdagi texnikalar anvoyi gullar bilan bezatilayotgani eʼtiborga molik. Nafosat anjumani gul şaydolarini har qaçongidan-da xuşnud etmoqda. Gullar bayramida sayr etişga oşiqayotgan odamlar salmoği esa yildan-yilga ortib bormoqda.

Gul bayrami — gözal Namanganning taşrif qoğozi. U faqat namanganliklarga xos bölgan ajoyib bir qadriyatki, har yili bahor fasli söngida gulkoru boğbonlar yurtimiz ahlinigina emas, xorijliklarni ham nafosat sayliga çorlaydi. Boğ betakror gul kompozitsiyalari bilan töladi. 16 gektarlik maydoniga 100 dan ortiq kompozitsiya uçun 10 million tupdan ziyod gul ekiladi. Har bir landşaft dizayniga 50 turdagi guldan 100 mingta ekiladi.

Xalqaro gullar festivali viloyatning havo darvozasi — xalqaro aeroport hududidan gullar avtoparadi bilan boşlanadi. Unda davlatimiz bayroği bilan bezatilgan özimizda işlab çiqarilgan avtomaşinalar, hatto yuk maşinalari, kombayn, traktor, avtokrandan tortib, harbiy texnikalargaça böladi. Anvoyi gullarga burkangan 200 dan ortiq texnikalar karvoni şaharning markaziy Islom Karimov şohköçasidan Temiryöl vokzali aylanma yöli — Amir Temur — Nodim Namangoniy köçalari böylab harakatlanadi.

Ha, viloyatning öziga xos brendiga aylanib ulgurgan gullar bayrami Prezidentimizning şaxsiy taşabbus va tavsiyalari bilan xalqaro darajaga kötarildi. Anjumanda har yili 30 dan ortiq Qirğiziston, Qozoğiston, Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya, Amerika, Yevropa, Şarqiy Osiyo va MDH davlatlaridan taklif qilingan va yurtimizning deyarli barça hududlaridan kelgan mehmonlar jam bölişadi.

Viloyat hokimi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Şavkat Abdurazzoqov aytganidek, xalqaro darajadagi mazkur festivalni taşkillaştirişdan közda tutilgan maqsad xorijlik mehmonlarga viloyat, şahar va tumanlarning turizm salohiyatini oşiriş, investitsiya jozibadorligini keng tarğib etişdir.

Festival doirasida jahon va milliy estrada yulduzlari iştirokida konsertlar, “Fashion Week-2025” — yirik modalar haftaligi, xalqaro va mahalliy sport musobaqalari, “Talant şou”, “Ovoz” va “X Factor” tanlovlari, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar, kattalar va bolalar uçun spektakllar va sirk tomoşalari, xalqaro hunarmandçilik körgazmalari, kulgi keçalari, “Dunyo taomlari Namanganda” — gastronomik turizm tadbirlari, “Lavanda sayli” va dron-şoular ötkaziladi.

Bu yil oltmiş törtinçi marta ötkaziladigan nafosat anjumani gul şaydolarini har qaçongidan-da xuşnud etişi tabiiy. Gullar bayramiga taşrif buyuruvçi mahalliy hamda xorijiy mehmonlar safi yanada kengayişi aniq. Ertaknamo dekoratsiyalar, rang-barang gullar, bir-birini takrorlamas kompozitsiyalar mehmonlarga unutilmas onlarni tuhfa etişi şubhasiz. Bu yerdan örin olgan har bir landşaft ramziy maʼnoga ega. Masalan, Mingbuloq tumani maydonida şu hududning öziga xos ramzi — neft koni aks ettiriladi.

Gulçilik — avloddan-avlodga ötib kelayotgan qadriyat. Bu yerda önlab sulolalar gözallik yaratişdek savobli işga öz hissasini qöşib kelmoqda. 200 dan ziyod usta va havaskor gulçi öz körgazmalari bilan qatnaşadi. Toşkent şahri, Andijon va Farğona viloyatlaridan kelgan köplab mehmon-gulçilarning sof raqobatga munosabati esa oldingi yillardagidan ança farq qiladi. Ular Namangan gulçiligi yuksalayotganini, ommalaşayotganini faxru iftixor bilan sözlaydilar. Gözallik ixlosmandlari nafaqat özimizda, balki Tailand, Xitoy, Gollandiya, Eron, Braziliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Afrikadan keltirilgan gulu köçatlardan xarid qilişadi. Boşqaça aytganda, har bir kişi örtaça ikkitadan gul olganini hisoblasak, bu bayramning ifori bir neça yuz minglab xonadonlarga kirib borganini anglaymiz.

— Piru badavlat nuroniylarimizdan jannatdan eng bebaho va beqiyos xuşböy iforlar taralişi haqida köp bor eşitganman, — dedi “Özbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi, “Milliy sport mukofoti-2024” marosimida “Yilning eng yaxşi ayol paralimpiyaçisi” deb eʼtirof etilgan Nurxon Qurbonova. — Har galgi festivalda turfa gullarga zör quvonç ila boqaman. Ulardan har qanday odamni öziga mahliyo etadigan darajada taralayotgan yoqimli böylarni bobolarimiz ifodalagan jannat iforiga qiyoslayman. Şunday bebaho neʼmatni yetiştiruvçi gulçilarga har qança tasannolar aytsak, ularni qançalar uluğlasak arziydi.

…Bahor nafasi gullar şahri Namanganni çiroyga burkamoqda. 25 maydan 29 iyungaça davom etadigan Xalqaro Festival mehmonlarga yorqin gullar, gözallik va nafosat, ajoyib tadbirlar va unutilmas taassurotlar olamini taqdim etişga şaylanmoqda. Anvoyi gullarning möʼjizaviy sehri va bahorning şaffof nafasidan bahramand bölişni xohlasangiz, albatta, gullar şahri – Namanganga qadam ranjida qiling!

Qosimjon AKBAROV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi,

“Şuhrat” medali sohibi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan