Masʼuliyat, eʼtirof va işonç
(Andijon davlat tibbiyot instituti taşkil etilganiga 70 yil töldi)
Soğliqni saqlaş tizimida jiddiy islohotlar keçmoqda. Uşbu jarayonda Yangi Özbekiston tibbiyotini yanada takomillaştiriş va malakali kadrlarni tayyorlaş muhim vazifa etib belgilangan. Bu borada Andijon davlat tibbiyot instituti ham nafaqat Respublika, balki xalqaro miqyosda şifokorlarni yetiştirib berişda yetakçilik qiladi.
Taʼkidlaş joiz, institutimiz yildan-yilga har taraflama rivojlanib bormoqda. Taʼlim sifati, ilmiy daraja va unvonlarga ega bölgan ustozlarning safi kengayayotganligi, nafaqat mahalliy, balki xorijiy talabalarning soni ortib borayotgani buning yorqin misoli böla oladi.
Institutimizga 1955 yildan 2015 yilga qadar qabul qilingan talabalar soni 31044 nafarni taşkil etgan bölsa, bugungi kunda 11 000 nafardan ziyod talabalar tahsil olmoqda.
Öqituvçilar soni joriy yilda 967 nafarni taşkil etadi. ulardan 65 nafari fan doktori bölsa, 254 nafari fan nomzodlaridir.
1955-1964 yillarda 5 ta tibbiyot fanlari doktori, 2 ta tibbiyot fanlari nomzodligi uçun dissertatsiya himoya qilingan bölsa, 2024 yilda 62 tadan ziyod tibbiyot fanlari doktori va tibbiyot fanlari böyiça falsafa doktorligi uçun himoyalar ötkazildi. Bu esa, albatta, talabalarga sifatli taʼlim beriş imkoniyatini ham oşiradi.
Qolaversa, institutimiz professor-öqituvçilari xorijiy muassasalarda malaka oşirib kelmoqda. Birgina 2024 yil misolida aytganda 29 nafar öqituvçimiz Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qöşma Ştatlari, Germaniya, Janubiy Koreya davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalari va klinikalarida malaka oşirib qaytdi. Xorijlik mutaxassislar ham institutimizga kelib, öqituvçilar bilan mahorat va tajriba almaşib, talabalarga maʼruzalar öqimoqda.
Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot instituti xorijning yetuk tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan mustahkam hamkorlikni yölga qöygan. Yildan yilga aloqalar doirasi kengayib bormoqda.
Andijon davlat tibbiyot instituti hozirga qadar 60 dan ortiq xorijiy tibbiyot universiteti, institut, klinikalari bilan hamkorlik örnatgan. Hozirda jami 105 ta xalqaro şartnoma mavjud.
Joriy yilning 30 aprel kuni institutning 70 yilligi munosabati bilan “Profilaktik tibbiyotda ilğor innovatsion texnologiyalarni qöllaş” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ham Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklaridan vakillar, respublikamizdagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari rektorlari, prorektorlar hamda xorijdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlari, professorlar onlayn va oflayn tarzda iştirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Şvetsiya, Turkiya, Germaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Hindiston, Qozoğiston, Qirğiziston davlatlaridan 40 nafardan ziyod mutaxassislar qatnaşdi.
Tadbir mehmonlari institutimizning tarixi va buguni haqida söz yuritib, uluğ ustozlar xotirasini yodga oldi. Men ham uşbu institutning sobiq talabasi sifatida aytib ötişim joizki, bugungi erişilayotgan yutuqlar bu, albatta, barçamizga bilim bergan ustozlarning fidokorona mehnati yorqin natijasidir. Hozirda hayot bölib, biz bilan yelkama-yelka mehnat qilayotgan ustozlarning qöllab-quvvatlaşi bizga katta kuç beradi.
Anjuman davomida şunday bir ajoyib voqea böldiki, bu eʼtirof şaxsan menga katta masʼuliyat yuklaydi. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining buyruğiga binoan “Xalq salomatligi posboni” kökrak nişoni bilan taqdirlandim.
Şuningdek, anjuman doirasida Rossiya Federatsiyasining A.V.Vişnevskiy nomidagi milliy tibbiy tadqiqot jarrohlik markazi direktori örinbosari Madina Kadirova Aleksandr Vasilyeviç Vişnevskiy nomidagi medalni taqdim etdi.
Mazkur medal Federal davlat byudjet muassasasi A.V.Vişnevskiy nomidagi milliy tibbiy tadqiqot jarrohlik markazining oliy mukofoti bölib, u taniqli jarrohlar, olimlar va soğliqni saqlaş taşkilotçilariga beriladi.
Uşbu eʼtiroflar va işonç uçun çeksiz minnatdorligimni bildiraman. Institutimiz jamoasi bilan birgalikda yanada ulkan marralarni zabt etişga, sohaning yetuk mutaxassislarini tarbiyalaşga sidqidildan harakat qilaman.
Institutning 70 yillik tantanasida institutimizda uzoq yillardan buyon fidokorona mehnat qilayotgan ustozlar, özlarining faolligi, intiluvçanligi bilan jamoamizga örnak bölayotgan yoşlardan jami 40 nafardan ziyod xodimlarimiz munosib taqdirlandi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 70 yilligida talabalar jamoasi ham faol böldi, desam, mubolağa bölmaydi.
Institutning 70 yilligiga bağişlangan Anatomiya va Gistologiya böyiça II xalqaro olimpiada, “Morfologiya bayrami” ham bölib ötdi. Unda Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston, Qirğiziston Respublikasidan va mamlakatimizdagi tibbiy oliy taʼlim muassasalari talabalaridan iborat, jami hisobda 10 ta jamoa iştirok etdi.
Olimpiada rus va ingliz tilida bölib ötdi. Xorijiy mamlakatlardan olimpiada uçun 14 nafar yetakçi morfologlar hayʼat aʼzolari sifatida qatnaşdi. Unda talabalar taniştiruv, savol-javob, amaliy maşğulot kabi şartlar böyiça bellaşdi.
Mazkur olimpiadada talaba-yoşlarning bir jamoa bölib iştirok etişlari katta yutuq deb bilaman. Bu ularning öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişlariga keng tajriba maydoni böldi. Olimpiada çinakam döstlik, birdamlik bayrami böldi. Yakunda esa eng bilimdonlar aniqlanib, qator nominatsiyalar böyiça ularga kubok va esdalik sovğalari topşirildi.
Öylaymanki, bu kabi döstlik riştalari kelajakda mustahkam xalqaro hamkorliklarning deboçasi bölib xizmat qiladi.
Institutimizning 70 yilligi munosabati bilan köp sonli jamoamiz, qadrli professor-öqituvçilar va aziz talabalarimizni samimiy qutlayman.
Bu kabi tantanalar institutimizda köp bölsin va ularda safimiz hamişa kengaygan holda qatnaşib yuriş barçamizga nasib etsin!
Madamin MADAZIMOV,
Andijon davlat tibbiyot
instituti rektori,
professor.
