Ozodalikni ta'minlash uchun nazorat kuchaytirildi

“Hurriyat” gazetasining 2025 yil 30 aprel sonida yoritilgan “Uychidagi uyatli manzaralar” maqolasi tuman hokimligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Maqolada tuman markazidagi Beruniy nomli mahalla hududida va yo'l bo'ylarida  maishiy chiqindilar vaqtida olib ketilmayotgani tanqid qilingan. Ushbu hududlarda mas'ullar ishtirokida holat atroflicha o'rganildi va “Toza hudud” DUK Uychi tuman filiali tomonidan to'planib qolgan maishiy chiqindilar olib ketildi. Kelgusida bunday holat takrorlanmasligi uchun tizimli ish tashkil etilishi yo'lga qo'yildi.

Tuman markazi va hududlarni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Bahorgi mavsumda 50 ming gul ko'chatlari o'tqazildi. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilari tomonidan magistral yo'l bo'ylari ozodaligini ta'minlash bo'yicha nazorat kuchaytirildi.

Sh.MUSAYEV,

Uychi tumani hokimi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 + nine =