Ğildirak içidagi olmaxon
yoki nafsning çeksiz yöli
Birinçi voqea:
Bir dona boşoqni topib olgan çumoli uni ming maşaqqat bilan uyiga sudrab borayotib, yölda kalamuşni uçratib qolibdi.
— Ha, oç qoldingmi? Menikiga bormaysanmi, bunaqa donlardan bir neçtasini berib yuborardim, — debdi u çumoliga.
Şunda çumoli: “Menga şu bir boşoq don ham yetadi. Çunki men yaşaş uçun ovqatlanaman, senga öxşab qorin töydiriş uçun yaşamayman”, — deb javob bergan ekan.
Ikkinçi voqea:
Otaqul Jumayev qişloqning old yigitlaridan edi. Nima böldi-yu, bir guruh qişloqdoşlarini olib Rossiyaga işga ketdi. Öşa yerda quriliş işlarida gastarbayter, yaʼni dallollik qilib, ançagina sarmoya töpladi. Jamğargan pullari evaziga qişloqdan danğillama imorat qurdi, qöşa-qöşa maşina sotib oldi.
Ammo kunlar ötib, bu işlarning misi çiqdi. Uning uyiga qöşni qişloqlardan bir guruh yigitlar kelib, xorijda işlagan pullarini talab qilişdi. Aniqlanişiça, Otaqul musofir yurtda mallasoç “oğayni”lar bilan til biriktirib, öz yurtdoşlarining halol mehnat, ming maşaqqat bilan topayotgan pullariga köz olaytirgan, ularni öz manfaati yölida işlatib yuborgan ekan.
Janjal nima bilan tugaganligi nomaʼlum. Faqat endilikda Otaqul insult olganligi tufayli bir oyoq, bir qöli işlamaydigan, zörğa gapiradigan nogiron bölib qolgan. Haşamatli darvozasi oldida köçadan ötayotgan odamlarni tomoşa qilib, öyga çömib ötirganini köp köraman.
Uçinçi voqea:
Yaqinda jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida şov-şuvlarga sabab bölgan bir iş körib çiqildi. Bu gal qora kursida ötirganlardan biri — uyuşgan jinoiy guruhning boşliği, içki işlar xodimi, yaʼni profilaktika noziri edi…
Maʼlum bölişiça, profilaktika inspektori lavozimida işlab kelgan Aloviddin Törayev (ism-familiyalar özgartirilgan) 2017 yilning avgust oyidan 2018 yilning iyun oyigaça jinoiy şeriklari bilan oldindan tuzilgan reja asosida birovning nomusiga tekkanlik aybini qöyiş orqali fuqarolarga tahdid qilib, muntazam ravişda tamagirlik bilan şuğullanib kelgan.
Mömay daromad topiş maqsadida u 2018 yil fevral oyida özi va örtoği Dilmurod Tugalov bilan birgalikda uyuşgan jinoiy guruh tuzib, unga Şahnoza T., Munisa T., Dilnura T., Farida N., Luiza J., Feruza T. ismli ayollarni jalb qilgan.
Ayollar Pastdarğom tumanidagi Kimyo zavodi atrofida va Samarqand şahridagi Kimyogarlar qörğoni hududida erkaklarning “könglini xuşlaş”ni taklif qilib, ularni Dilmurod Tugalov istiqomat qilib kelgan dala hovliga yoki uning xonadoniga aldab-avrab olib borişgan.
Ular erkaklar bilan ixtiyoriy ravişda jinsiy aloqada bölganidan söng, özaro kelişuvga binoan, telefon orqali şeriklariga xabar berib, nomusiga tajovuz qilinganligi haqida içki işlar organlariga arz qiliş bilan jinsiy aloqada bölgan şaxslarni qörqitib ularga tahdid qilganlar.
Aloviddin Törayev tuzoqqa tuşgan şaxslarga qonuniy çora köriş bahonasida ularni xizmat xonasiga olib borib, u yerda “tasodifiy oşiq”lardan işqiy mojaroni “yopiş” uçun 1000 AQŞ dollaridan 2000 AQŞ dollarigaça yoki 20 million sömgaça bölgan pul mablağini muntazam ravişda olib turgan.
Sud hukmiga köra, içki işlar xodimi Aloviddin Törayev Jinoyat Kodeksining qator moddalari asosida aybli deb topilib, 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning jinoiy şeriklari ham 5 yildan 10 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilindilar.
Çumoli va kalamuş, Otaqul dallol hamda zinokor guruhning bir-biriga nima aloqasi bor ekan, dersiz? Töğri payqaganingizdek, yuqoridagi voqealarni bir-biriga “nafs” degan baloi azim boğlab turibdi. Darhaqiqat, hozir ayrim odamlar molparastlik, isteʼmolçilik kayfiyatining quli bölib qolgan, “yaxşi yaşaş — töyib yeyiş va pörim kiyiniş, şohona uy, qöşa-qöşa maşinadan iborat” degan bemaʼni va poyoni yöq ğoyaga kör-körona siğinmoqda.
Ana şu intiliş esa ularning qalbida pul topiş, topganda ham köproq topiş vasvasasini keltirib çiqaryapti. Aytaylik, oliy bilim maskani muallimi pul topiş uçun badavlat oilalardan çiqqan talabalarni imtihonlarda “qiynamay”, pulini oliş ilinjida böladi. Şifokor operatsiya stolida yotgan bemorni emas, u qança pul berişini öylaydi. Tuğuruqxona hamşirasi quvonçdan esankirab qolgan otani şiliş niyatida böladi. Maktab muallimi esa bolalarning ota-onalariga sinfga hali uni olamiz, buni olamiz, deb çopar jönata boşlaydi.
Pul topiş uçun baʼzi birovlar heç narsadan tap tortmaydigan, halol va haromni ajratmaydigan, gunohlardan qörqmaydigan darajaga borişyapti. Pul topiş dardi ularni kitob öqiş, çuqur bilim oliş, maʼrifatini oşiriş, maʼnaviyatini boyitiş kabi eng zarur işlardan uzib qöymoqda, bularga ajratilişi kerak bölgan vaqtni kemirmoqda.
Bundan taşqari, bunday isteʼmolçilik kayfiyatiga zör beriş orqali inson ongini har maqomga soliş imkoni paydo böladi. Çunki johil, nodon, qoloq va omi odamlarni aldaş ham, boşqariş ham oson keçadi.
Şu örinda sirk maydonida ğildirak içida çopayotgan olmaxon beixtiyor xayolga keladi. Eʼtibor qilgan bölsangiz, olmaxon manziliga yetiş maqsadida tinimsiz çopaveradi, ammo ğildirakning oxirgi çegarasi bölmagani sababli olmaxon aslo maqsadiga yetolmaydi. Çunki ğildirak yana aylanib uning oyoqlari tagidan ötaveradi. Yuqoridagi kişilarning fikri-zikri ham hozirda ana şu ğildirak içida çopayotgan olmaxon kabi “yaxşi yaşaş”, buning uçun köproq pul topiş, pul topiş uçun esa maʼnaviy dunyosini, imonini boy beriş kabi behuda poygada ğolib çiqiş bölib qolgan.
“Dunyo har qanday odamning ehtiyojlarini qondira oladigan darajada imkoniyatlidir, ammo insoniy oçközlikni qondirişga uning kuçi yetmaydi”, degan ekan Hindistonning uluğ mutafakkiri va davlat arbobi Maxatma Gandi.
Alloh taolo inson tanasini yaratganidan söng, unga öz rizqi, örnini topişi uçun qöl, oyoq, köz, burun, quloq kabi aʼzolarni ham berib, unga hayot baxşida etadi. Ayni paytda hayotiy ehtiyojlarini qondiriş uçun insonga nafs ham beradi. Nafsini jilovlaş, tanasidagi aʼzolarini töğri boşqariş uçun esa Yaratgan odamzodga Aql ato etadi. Demak, kimki aqlini töğri işlata olsa, nafsini jilovlay bilsa, tana aʼzolarini töğri boşqara olsagina bu sinov dunyosining barça maşaqqatlarini yengib ötib, saodat, baxtli hayotga erişarkan.
Dunyoning barça lazzatlaridan tezroq va köproq foydalanib qolişga uriniş, özidan boşqani öylamaslik, faqat qorin ğami bilan yaşaş esa insonni maʼnaviy tanazzul sari yetaklaydi. Maʼnaviy tanazzul urçigan joyda esa tanballik, manqurtlik ildiz otadi.
Yana bir gap. Hozirda aksariyat ota-onalar farzandlarini köproq huquq-tartibot sohasiga öqişga kirişini xohlaydilar. Çunki egnida pogoni borlar tökin-soçin hayot keçirayotganini, qöllarini qayerga uzatsa yetişini körib turişibdi. Şuning uçun ham maktabni zörğa bitirgan öğlini içki işlar idoralariga joylaştirişga intilişadi.
Eʼtibor qilgan bölsangiz, bundan 15-20 yil avval deyarli köpçilik şunday fikrlay boşlagan edi. Öğli yoki qizi maktabni bitirar-bitirmas, uni birorta xorijiy davlatga işga yuborib, mömay pul topişga undardi. Hozirga kelib ahvol ança özgardi. Bolalar, yoşlarning qöliga kitob qaytyapti. Bilimli, iqtidorli yigit-qizlar el-yurt eʼtiboriga, Prezidentimiz nazariga tuşyapti. Demak, zamon özgaryapti.
Ammo hali-hanuz haşamdor darvozasi yonida odamlar oqimini kuzatib ötirgan Otaqulni, bir dona boşoqni sudrab ketayotgan çumolini körsam yoki nafs girdobiga tuşib qolgan odamlar haqidagi gaplarni eşitsam, xayolimga negadir yana öşa manzara — ğildirak içidagi olmaxon kelaveradi…
Yormamat RUSTAMOV
