Jamiyatning yaşirin duşmani

Korrupsiya bu — jamiyatni turli yöllar bilan iskanjaga oladigan dahşatli illat. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilişiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga tösqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlaştiradi va insonlar xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvçi jinoyatlarning gullaşi uçun şaroit yaratib beradi.

Nimaga aynan “yaşirin duşman” deb taʼriflaymiz? Negaki, korrupsiyaning xavfliligi şundaki, bu illat faqat moddiy manfaatdangina iborat emas. U jamiyatdagi işonçsizlik, byurokratiya, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlik va nazoratning sustligi natijasida vujudga keladi. Masalan, agar fuqaro davlat idoralaridan xizmat olişda qiyinçiliklarga duç kelsa, u muammoni “tepadan hal qiliş” yölini izlaydi. Bu esa tizimni içidan yemira boşlaydi. Aynan şu sababli ham, korrupsiya taraqqiyotimizga tösiq bölayotgan jiddiy xatarlardan biridir.

Davlatga xiyonat qilib, jumladan, öz lavozimini suiisteʼmol qilib qinğirlikdan qaytmayotgan mansabdor şaxslarni ham öz vaqtida töxtatiş, tegişli tartibda javobgarlikka tortiş oqilona yöldir.

Hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “…jamiyatimizda korrupsiya illati özining turli körinişlari bilan taraqqiyotimizga ğov bölmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy işbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bölmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmoği rivojlanmaydi”. Keyingi paytlarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi beayov kuraş eʼlon qilingan. Uşbu kuraşda nafaqat davlat, balki jamiyat ham qatnaşişi lozim. Köp hollarda korrupsiyaga qarşi kuraşişni faqat hukumat organlarining vazifasi deb hisoblaşadi. Aslida esa, bu jamiyatning har bir aʼzosi: oddiy fuqaro, öqituvçi, şifokor, tadbirkor — hamma öz hissasini qöşişi kerak bölgan umumiy kuraşdir. Çunki korrupsiya holatlarini kamaytiriş köp qirrali yondaşuvni talab qiladi. Eng samarali yondaşuvlardan biri — innovatsion yondaşuv. Masalan, sunʼiy intellekt yordamida korrupsiyaviy xatti-harakatlarni aniqlaş, blokçeyn texnologiyasi orqali davlat mablağlarining harakatini kuzatib boriş, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolik nazoratini kuçaytiriş — bular zamonaviy jamiyat uçun samarali vositalardir. Darhaqiqat, innovatsion yondaşuvlar, texnologik imkoniyatlar, oçiqlik va fuqarolik nazoratini kuçaytiriş orqali biz korrupsiyaga qarşi samarali tizim yaratişimiz mumkin. Zero, korrupsiyani jilovlaş — taraqqiyotimiz, adolat va halollik ustuvor bölgan kelajak sari taşlangan muhim qadam.

Yöqsa, moddiy manfaat, taniş-bilişçilik, turfa ğirrom öyinlar tufayli adolat, haqiqat mezonlari poymol bölaveradi. Buni istamagan millat — unga qarşi kuraşmoği şart. Zero, boşqa yöl yöq.

Dilnoza ISANOVA,

Ösimliklar karantini va

himoyasi ilmiy tadqiqot instituti

boş yuriskonsulti.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan