Oq otlarning qora taqdiri

Qişning sönggi kunlari. Havo öziga xos şöx va uyatçan qizlarning noz-karaşmasini eslatadi: na isitadi, na sovitadi.

Toşkent markazlaridan biriga yöl olarkanman, qiş sovuğida pişqirib, oğzidan buğ purkab turgan oq otlarga közim tuşdi. Oldida esa ularni egarlayotgan yoş yigitlar va otga miniş iştiyoqida navbatda turgan qizlar. Agar siz şunçaki otlarni silaşdan zavq oladigan inson bölsangiz, bu manzara yuzingizda tabassum uyğotişi tabiiy edi. Lekin men çavandoz közi bilan qararkanman, otlarning hozirgi ahvolini körib, açinib ketdim.

Şu örinda insonning eng qadimgi beminnat yordamçisi bölgan otlar haqida qisqaça töxtalib ötmoqçiman. Maʼlumotlarga köra, otlar ilk bor Markaziy Osiyo va Yevropa hududlarida xonakilaştirilgan bölib, ming yillar davomida insonning yaqin döstiga aylangan. Ularning turli zotlari mavjud: arab otlari tezlikda tengi yöq, qirğiz otlari kuçli, Axaltekin va Friz zotlari esa özining gözal qiyofasi bilan ajralib turadi.

Otlar ham xuddi boşqa jonzotlar singari feʼl-atvorga ega. Biz otlarning zotiga qarab — sportda, kuçiga qarab — transport va qişloq xöjaligida, xislatlariga qarab — gipoterapiyada foydalanamiz. Şu bois otlar barakali va foydali jonzot sifatida tilga olinadi.

Buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisga köra, Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Otlarning peşonasida qiyomatgaça baraka va yaxşilik boğlangan”, — deganlar. Ammo, afsuski, jamiyatimizda jonzotlarga nisbatan muhabbatdan köra beparvolik köproq uçraydi.

Toşkent şahridagi “Magic City” köngiloçar boğida xizmat qilayotgan oq otlar ham şunday beeʼtiborlik qurboni, nazarimda. Kun davomida ularning ahvolini kuzatib, şunday xulosaga keliş mumkin. Agar diqqat bilan qarasangiz, bu otlar köçada bolalar tomonidan turli ovqat qoldiqlari va bodroqlar bilan oziqlantiriladi, egalari esa ularni faqat pul topiş vositasi sifatida köradi. Axir otlar har qanday yegulikni yeydigan çöçqa emas-ku!

Kuzatuvim davomida yana bir ayançli holatning guvohi böldim: ot oldiga soçlari ikki yoniga yoyilgan, ehtimol, umrida otga yaqinlaşmagan nozik tabiatli qiz keldi. U otga minişga urinayotganida, jonivor undan hayiqib, ortga tislandi. Ot egasi — uquvsiz yigit esa jonivorni ayovsiz kaltaklab, öziça tanbeh berdi: “Şunday qiz seni minaman deydi-yu, sen noz qilasanmi, hayvon!” Aslida, bu yerda yagona “hayvon” ot emas, aynan öşa yigit edi.

Men bu holatga jim qarab tura olmadim. Jonivorga ozor bermaslikni talab qildim, evaziga “Işingiz bölmasin, pulini oldimmi — mindirişim kerak”, degan haqoratli javobni eşitdim.

Yodimga bir voqea tuşdi. Uyimizga yangi ot kelganida, uni minişga çoğlangandim, ot meni tişlaşga urinib, öziga yaqinlaştirmadi. Şunda bobom: “Ot seni xuşlamadi. U seni istamasa, majburlay olmaysan. Uni özingga örgatmagunça minma”, degan edilar.

Savol tuğiladi: qaçon biz otlarning feʼl-atvorini tuşunib, ularni zörlab egarlaşdan voz keçamiz? Axir otlar şahar hayotida yuzlab odamlarni mindiriş va evaziga bir siqim bodroq yeb yaşaş uçun yaratilgan mavjudotlar emas-ku!

Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 111-moddasida “Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş, yaʼni ularni ğarazli yoki boşqa past niyatlarda qiynoqqa soliş yoki ularga azob beriş, —

bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa yoxud uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan şaxs hozirligida sodir etilgan bölsa yoki hayvonlarning ölimiga yoxud mayib bölişiga olib kelsa, —

bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi”, deb yozib qöyilgan.

Ot — nafaqat ulov vazifasini bajaruvçi vosita, balki tirik, hissiyotli jonzotdir. Afsuski, bugungi jamiyatda otlarga nisbatan beeʼtiborlik, hatto şafqatsizlik bilan munosabatda böliş holatlari kam uçramayapti. Köngiloçar boğlarda yoki töy-marosimlarda pul topiş vositasiga aylanib qolgan beçora otlar misolida bu holat yaqqol közga taşlanayotgani haqida yuqorida hikoya qildim. Bunday vaziyatda faqat hayvon emas, balki insoniylik, mehr-şafqat tuyğulari ham jabr köradi.

Şu bois, jamiyatda otlarga va boşqa hayvonlarga insoniy munosabatni şakllantiriş, ularni himoya qiluvçi qonunlarni faqat qoğozda emas, amalda ham tatbiq etiş vaqti keldi. Eng avvalo, ot egalari va şu sohada xizmat körsatayotganlar uçun axloqiy va huquqiy tarbiya işlarini kuçaytiriş, jonivorlarga şafqat va yetarli parvarişni taʼminlaş masalasi dolzarbdir. Çunki jonzotga rahmi kelmagan odamning insonga ham rahmi kelmaydi.

Hilola ODILOVA,

ÖzDJTU xalqaro jurnalistika

fakulteti 2-kurs talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan