Ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari

“ota-ona” vazifasini bajaryaptimi?!

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda doimiy faol, yaʼni “onlayn” böliş nafaqat yoşi kattalar emas, balki bolalar örtasida ham keng tarqalmoqda. Afsuski, bu holatning zararli oqibatlari haqida yetarliça öylab körilmayapti. Kiçkintoylarning “YouTube”da soatlab multfilm körişi yoki videolariga termilib ötirişi tobora odatiy holga aylanmoqda.

Avvallari telefonga maktabni bitirgandan yoki voyaga yetgandan söng qölga kiritiladigan vosita sifatida qaralgan bölsa, hozir bitta xarxaşaning özi yetarli: bolaga zamonaviy gadjet olib beriladi. Natijada bolalar globallaşuv taʼsirida internet olamida şamoldek tez ulğaymoqda.

Voyaga yetmagan har qaysi bola istalgan tarmoğiga kira oladi, har xil kontentlarni köriş imkoniga ega. Bu esa yangilik emas, oddiy holatga aylangan. Şifokorlar, psixologlar, hatto pedagoglar telefon ekraniga tikilib ötirişning salomatlikka zararligini doim takrorlaydi. Ammo eʼtibordan çetda qolayotgan yana bir muhim jihat bor – bu raqamli dunyoda bolalikning öğirlanişi. Bolalar uçun telefon faqat köngiloçar vosita emas, balki ularning dunyoqaraşi, til boyligi, ijtimoiy munosabatlariga bevosita taʼsir körsatuvçi omilga aylangan. Har soniya yangilanayotgan kontentlar esa bolalarning fikrlaş tarzini şakllantiribgina qolmay, ularni tezkor hamda yuzaki maʼlumotlarga örgatib qöymoqda.

Maʼlumotlarga köra, “YouTube” foydalanuvçining barça harakatlarini doimiy kuzatib boradi: foydalanuvçi qanday video izladi, qaysi videoni kördi, qaysilarini oxirigaça tomoşa qildi, nimaga “like” bosdi – bularning barçasi platforma algoritmi tomonidan tahlil qilinadi. Aynan şu algoritm foydalanuvçiga öz qiziqişlari asosida yangi videolarni tavsiya qiladi.

Bundan taşqari, algoritm foydalanuvçining yoşini ham eʼtiborga oladi – bu köpinça u oçgan akkauntdagi maʼlumotlar orqali aniqlanadi. Asl muammo esa mana şu yerda boşlanadi: köplab ota-onalar farzandlariga “YouTube”ni öz akkauntlari orqali oçib berişadi. Natijada “YouTube” bolani kattalar qatoriga qöşadi. Şunga mos kontentlar ham tavsiya qiladi. Bu esa kattalarga möljallangan, baʼzida zöravonlikka undovçi, diniy yoki ekstremistik mazmundagi materiallar bolalarning köz öngida paydo bölişi xavfini tuğdiradi. Eng açinarlisi, bu kabi holatlarning oldini olişga heç bir algoritm kafolat berolmaydi.

Inson psixologiyasiga kuçli taʼsir körsatişga möljallangan mexanizmlar asosida yaratilgan har qanday video, ayniqsa, bolalar eʼtiborini osonlikça tortadi. “YouTube” algoritmi esa bunga “yordamçi” böladi – bola biror-bir kontentni körganidan söng, şunga öxşaş videolar avtomatik ravişda taklif etiladi. Va tabiiyki, bola uşbu videolarga “like” bosadi, tomoşa qilişda davom etadi.

Ammo bu jarayon oddiy köngilxuşlik emas – u bolalarda zöravonlikka moyillik, asabiylik, ortiqça hayajon, hattoki ruhiy siqiliş holatlarini yuzaga keltirişi mumkin. Çunki sunʼiy intellekt tomonidan boşqarilayotgan bu tizim bolaning ruhiy holatini emas, uning qiziqişini asos qilib oladi. Masalan, AQŞda bunday muammolarning oldini oliş uçun “YouTube Kids” platformasi yaratilgan. Bu faqat bolalar uçun möljallangan bölib, yoşga mos, xavfsiz va nazoratdan ötgan kontentlarni taklif qiladi.

Şu bilan birga, ota-onalarga farzandlarining raqamli faoliyatini kuzatiş imkonini beruvçi “Google Family Link” tizimi mavjud. Uşbu tizim orqali ota-onalar bolalarining “Google” akkauntini boşqarişlari, u qanday kontentlarni körayotgani, qaysi ilovalarga kirayotganini nazorat qilişlari mumkin.

Xöş, muammo nimada? Asosiy muammo ommaviy axborot vositalarining bolalar xavfsizligiga yetarliça eʼtibor qaratmayotgani, ota-onalarning esa farzandlari uçun alohida, yoşga mos akkauntlar oçib bermayotganida.

2017 yili “YouTube”da “Elsagate” nomi bilan tanilgan global muammo yuzaga keldi. Bu holat köplab ota-onalarni xavotirga solgan edi. Unda maşhur multfilm qahramonlari – “Elsa”, “Spiderman”, “Peppa Pig” kabi obrazlar iştirok etgan videolarda bolalar uçun mutlaqo nomaqbul kontent yaşiringan edi. Videolar körinişidan oddiy körinsa-da, mazmunida zöravonlik, jinsiy aloqaga işoralar, hattoki öz joniga qasd qiliş sahnalari mavjud bölgan. Bola esa bu videoni sevimli qahramonini köraman, deb oçadi. “YouTube” esa buni bolaning qiziqişi deb qabul qiladi va şunga öxşaş kontentlarni tavsiya qilişda davom etadi.

“Elsagate” voqeasi global miqyosda bir haqiqatni yuzaga çiqardi: har bir raqamli platforma, ayniqsa, “YouTube” bolalar ruhiyati va xavfsizligini asosiy ustuvor yönaliş sifatida qabul qilişi şart. Şu bilan birga, bu masʼuliyatni faqat platforma zimmasiga yuklaş ham notöğri. Ota-onalar farzandlarining raqamli muhitdagi har bir qadami ustidan nazoratni kuçaytirişi, ularning yoşiga mos kontentga yönaltiruvçi şaroit yaratişi zarur.

“Telegram”da ötkazilgan sörovnomaga köra, iştirokçilarning aksariyati farzandi uçun alohida akkaunt oçmagan. Hattoki ularning bir qismi bunday ehtiyoj haqida öylab ham körmagan. Bu esa raqamli xavfsizlikka jamiyatda yetarliça eʼtibor berilmayotganini körsatadi.

Fransiya va Niderlandiyada ota-onalar farzandlari uçun alohida akkaunt oçişni odatiy hol deb qabul qilişgan. Sababi, bu davlatlarda bolalarning şaxsiy maʼlumotlarini himoya qiluvçi qatʼiy qonunlar mavjud. Ular nafaqat bolaning yoşiga mos kontentni taʼminlaş, balki ularning raqamli “iz”larini boşqariş, reklamalardan himoya qiliş va ruhiy salomatligini asraşga qaratilgan.

Xulosa örnida aytganda, raqamli makonda bolani nazorat qiliş – uni qanday kontentlar kutib turganini anglaşdir. Çunki farzandlarimizni algoritmlar emas, ongli va masʼuliyatli jamiyat tarbiyalaşi zarur.

Azizabonu QUVONDIQOVA,

Özbekiston Milliy universiteti

jurnalistika va özbek filologiyasi fakulteti talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan