Qurbonlik fazilatlari

Alloh taolo roziligini istab qurbonlik qiliş asliy ehtiyojidan boşqa moli kumuş nisobiga yetgan musulmonlarga vojibdir. Ana şunday miqdorda moli bölib, qurbonlik qilmagan odam juda köp manfaatlardan mahrum böladi.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Bas, Rabbingiz uçun namoz öqing va (tuya) söyib qurbonlik qiling!” (Kavsar, 2).

Qurbonlik qilişdan maqsad banda özining Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etişdir. Alloh taolo banda söygan hayvonning göştiga ham, qoniga ham muhtoj emas: “Allohga (qurbonlik) göştlari ham, qonlari ham yetib bormas. Lekin u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli — U zotni uluğlaşlaringiz uçun – ularni sizlarga böysundirib qöydi. Ezgu iş qiluvçilarga xuşxabar bering!” (Haj, 37).

Banda Allohga qança ibodat qilsa ham oz. Çunki birgina hidoyat neʼmatining şukrini qança ibodat qilsa ham ado etolmaydi. Qurbonlik qiliş Alloh taoloning amrini ado etişga bandaning tayyor ekanini körsatadi va töğri yölga hidoyat qilgani uçun Alloh taologa şukr etiş böladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kimki qurbonlikni dili xursand va savob umidida qilsa, u (qurbonlik) uning uçun dözaxdan parda böladi”, dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) “Ey, Fotima, tur, qurbonligingga guvoh böl. Çunki qurbonlik qonining birinçi qatrasi (tomçisi) tomişi bilan ötgan gunohlaring mağfirat qilinadi”, dedilar.

Abu Saʼid (roziyallohu anhu) aytadi: “Ey Allohning rasuli, bu faqat Muhammad oilasi uçun xosmi yoki barça musulmonlar uçunmi?” deb söradilar. U zot: “Muhammad oilasi va barça musulmonlar uçun”, dedilar”.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Yoş, navqiron, baquvvat jonivorlarni qurbonlik qilinglar. Çunki ular (qiyomat kuni) sirot ustidagi ulovlaringizdir” (Talxiysul xabiyr).

Hazrat Ali (roziyallohu anhu) Payğambarimiz (alayhissalom)dan rivoyat qiladilar: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kimki qurbonlik qiliş uçun bozorga borsa, Alloh subhonahu va taolo uning har bir qadamiga önta savob ato etadi va gunohlarini afv etadi. Qurbonlikni savdo qilayotgan vaqtida, uning har bir aytgan sözini tasbeh sifatida qabul qiladi. Qurbonlik uçun bergan har bir dirhamga yetti yuz barobar savob beradi. Qurbonlikning har qatra qonidan önta fariştani yaratadi va ular qiyomatgaça u banda uçun istiğfor aytadilar. Qurbonlik göştining har luqmasi uçun Ismoil (alayhissalom) farzandlaridan bir qulni ozod qilgandek savob beriladi”, dedilar”.

Qurbonlik qanday hayvonlardan qilinadi?

Qurbonlik uç xil hayvondan qilinadi:

  1. Qiçik mol (qöy, eçki);
  2. Qoramol (sigir, hökiz, qötos);
  3. Tuya.

Eçkining bir yoşlisi, qöyning bir yoşga tölgani yoki 6 oylik bölsa-da, bir yoşliday semirib, katta bölgani qurbonlik qilinadi.

Tuya kamida 5 yaşar bölişi, qoramol esa kamida 2 yoşga tölgan bölişi kerak. Uşbu hayvonlarning erkagini ham, urğoçisini ham qurbonlik qiliş joiz. Agar qurbonlik qilinadigan hayvonlarda şu şartlar bölmasa yoki jonivorning biror aʼzosida nuqson bölsa yoxud çöloq bölib, qurbonlik qilişga yaramasa, bunday jonivorlarni qurbonlik qilmagan maʼqul.

Qöy va eçki qançalik katta bölmasin, faqat bir kişi uçun qurbonlik qilinadi. Qoramol va tuya yetti va undan kam kişilar uçun söyiladi. Qiymati teng bölsa, bir qöy söyiş bir qoramol va bir tuyaning yettidan biridan afzaldir. Agar yirik hayvon (tuya va qoramol)ning yettidan biri qiymatliroq bölsa, u afzaldir.

Alloh taolo barçaga qilinadigan qurbonliklarining ajrini ato etsin. Qurbon hayiti xalqimizga muborak bölsin!

Manbalar asosida

Örol MUSTANOV tayyorladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan