Yulduzning yonida…

Haq yölida kim senga bir harf

öqutmiş ranj ila,

Aylamak bölmas ado oning haqin

yuz ganj ila.

Alişer NAVOIY

Dono xalqimiz “Ustoz otangdan uluğ” deb bejiz aytmagan. Biri seni osmonlardan pastga olib tuşgan bölsa, ikkinçisi seni pastdan köklarga olib çiqdi. Ammo bizga köp xizmati singgan, biz uçun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bölgan ustozlar haqida söz aytiş oson va şu bilan birga juda qiyin ekan. Osonligi şuki, ustoz haqida, u insonning yaxşiliklari haqida tölqinlanib gapiriş mumkin, ammo qoğozga tuşirişga kelganda kerakli söz topiş ança qiyin bölar ekan. Lev Tolstoyning “Burçingni ado etişga harakat qil, şunda darhol özingning kimligingni bilib olasan”, degan sözlari qölimga qalam olişga undadi.

Men hayotimda köplab insonlardan yaxşiliklar kördim. Eng katta ustozlarim — toğam Abdurauf Abdurasulov, Ozod Akbarov, Qudrat Tursunov va Islom Zokirovlarni alohida taʼkidlab ötişni istardim. Qayerdadir öqigandim: “Toğ toğ bilan, çöqqi çöqqi bilan tutaşib ketganidek, yulduzning yonida, albatta, yulduz porlaydi”. Topib aytilgan gap.

1981 yili örta maktabni bitirib, yaxşi orzu-umidlar bilan oliy öquv yurtiga kiriş uçun Toşkentga keldim. Omadim çopmadi — institutga kirişga muvaffaq bölmadim. Vaqtdan yutiş uçun öşa paytlarda turbatliklar uçun hamişa bağrini oçadigan Ozod Akbarov rahbarlik qiladigan 84-hunar-texnika bilim yurtiga hujjat topşirdim. El qatori yotoqxonada yaşay boşladim. Ammo köp ötmay, Nuri ammamning öğli Qudrat akam: “Yotoqxonadan köra, biznikida yaşay qol”, deb qoldilar. Şu tariqa Yangioboddagi ikki xonali uyda bir emas, töqqiz nafar turbatlik erkaklar yaşay boşladik. Mana şunda men haqiqiy odamgarçilikni kördim.

Asosan, Islom aka va Qudrat akalar işlaşardi, qolganlarimiz u yoki bu taʼlim dargohida öqirdik. Keçqurungi gurunglar tufayli siyosatga, tarixga, adabiyotga qiziqib qoldim. Çunki fikri teran insonlar davrasiga tuşib qolgan edim. Qudrat va Islom akamlarning dunyoqaraşi keng edi. Uyda katta magnitofon bölib, Faxriddin Umarov va Baxtiyor Xolxöjayev qöşiqlari yozilgan atigi bitta lenta bölardi (hamma narsasi smartfonida mavjud bölgan hozirgi avlod bu magnitofonni ham, lentalarni ham bilmaydi. Katta avlodning yodiga tuşsin, deya yozyapman. Ş.T.)

Keyin armiyaga — harbiy xizmatga ketdim. Ikki yildan keyin Toşkentga kelganimda, Islom akam hovli olib çiqib ketgan edilar. Ammo Yangiobodda Qudrat akam bilan qöşni yaşaşardi. Men Qudrat akamning uyida turardim. Kunduzi Ozod Akbarov direktorlik qiladigan hunar-texnika bilim yurtida işlab, keçqurun Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutining tarix fakultetida öqirdim. Öqişga kirişimda katta mehnati singgan Ozod Akbarov, Qudrat Tursunov va Islom Zokirovdan bir umr minnatdorman. Agar mana şu insonlar bölmaganida, hayotim mutlaqo boşqa yöldan ketgan bölardi. Bu aniq. Şu örinda Abdulla Oripovning “Yaxşilarning mehri unutilmas, unutilmas ular oldidagi qarz”, degan satrlari ham yodga tuşadi.

Islom Zokirovdan örganadigan jihatlar rosa köp. Katta arava qayerdan yursa, kiçik arava şu yöldan yuradi, degan gap bor. Islom aka ustozlarning hurmatini joyiga qöyadi. Mana şu xislat ozmi-köpmi bizlarga ham yuqqan desam, yanglişmagan bölaman. Islom aka mehnatdan qoçmaydi. Juda katta lavozimlarda işladilar — oddiy öqituvçilikdan to hunar-texnika bilim yurti direktori, tuman Xalq taʼlimi bölimi boşliği, Toşkent şahar Xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği, Respublika Taʼlim boşqarmasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritdilar. Şunga qaramay, öşa oddiylikni, kamtarlikni saqlab qoldi. Şu örinda donişmandlarning “Haqiqiy buyuklik özni tuta bilişdan iborat” degan gaplari esga keladi. Haqiqatan ham özni tuta biliş hayotdagi eng oliy neʼmatlarning biridir. Esimda, Toşkent şahar Xalq taʼlimi boşqarmasi rahbari edilar (bu u vaqtlarda salkam Toşkent şahar hokimi örinbosari degani), qaysidir örtoqlari öğlini uylantirdi. Töyda boşqalar qatori dasturxon atrofida ötirsalar bölardi. Ammo döstlarning yonida turib, yelib-yugurib xizmat qilgan edilar. Keyinçalik ham Islom akaning bemalol dasturxon atrofida ötirganini eslay olmayman. Faqat xizmatda böladilar. Mana şu birgina holat men uçun bir umrlik saboq. Ustozdan örnak olib, men ham dasturxon törida ötirgandan köra, iloji bölsa, döstlar xizmatida bölişga intilaman.

Islom akaning eng katta xizmatlaridan biri — bu turbatlik yoşi uluğ insonlarni bir joyga töplab “gap” uyuştirişi. Mana, 20 yildan oşibdiki, turbatlik keksalarning “gapi” har oyda bir marta ötkazib turiladi. Keksalarning mana şu uçraşuvi tarixiy va buyuk bir vazifani bajardi. “Gap”da, asosan, ziyolilar töplangani bois, maʼrifiy mavzularda suhbatlar uyuştirilardi. Mana şu suhbatlardan birida ona qişloğimiz Turbat haqida kitob yoziş fikri örtaga taşlandi.

Islom aka respublika Taʼlim markazi rahbari bölib işlardilar. Imkoniyatlar borligi, bundan foydalanib qolgan holda ustozlar vasiyatini bajariş uçun kitob çiqariş ğoyasi Islom akaga tinçlik bermadi. 2015 yilda “Turbat tarixi” kitobini yozişga jiddiy kirişildi va bu kitob 2016 yilda Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan naşr qilindi. Kitobning Özbekistondagi nufuzli naşriyotda bosmadan çiqişida ham Islom akaning xizmatlari katta böldi. Töğri, öquvçilar uçun kitobning qaysi naşriyotda bosmadan çiqişining farqi yöqdir. Ammo kitobni yaxşi tuşunadiganlar uçun naşriyotlarning ham ahamiyati bor. Ona qişloğimiz tarixi aks etgan kitob nufuzli naşriyotda bosmadan çiqişi katta voqea böldi, deya ayta olamiz.

Bugun kitob çiqariş ham oson va qiyin. Osonligi şundaki, naşriyotga olib borasiz va çiqarasiz. Qiyinligi şundaki, kitob çiqariş uçun mablağ kerak. Pul tölamasangiz, kitob çiqara olmaysiz. Bu borada Islom aka naşriyot rahbariyati bilan gaplaşganiga kitob mualliflaridan biri sifatida men guvohman. Agar Islom aka bölmaganida, kitob çiqmasligi aniq edi. Yaxşiyam, akaga öxşagan vatanparvar odamlar bor. Aynan şunday insonlarning xizmati, himmati bilan Turbat qişloğining qadimiy tarixi kelajak avlodlarga yozma tarzda meros bölib qolişiga erişildi. “Ezgulik faqat insonga xos xususiyat, binobarin, birov birovning baxti va rohati uçun xizmat qilsa, bu yana ham insoniy xususiyatdir”, degan edi donişmandlardan biri. Haq söz. Ezguliksiz yaxşilik yöqdir. Islom aka ana şunday ezgu işlar uçun tuğilgandek.

Öylaşimça, mana şu kabi jihatlarni inobatga olgan holda Islom akadan vatanparvarlikni örganiş kerak. Islom aka bir voqeani aytib berganlarida, rosti, közimdan yoş çiqib ketgan edi. Qaysidir yili Misrga borişadi. Keçqurun Nil sohillarida osmonga qarab yotganini körgan şeriklaridan biri Islom akadan: “Nimani öylab qoldingiz?” deya söraydi. Şunda Islom aka: “Kökka qarab, Misr osmonidagi yulduzlar Turbat osmonidagi yulduzlarga öxşab ketar ekan, yoşligim, bolaligim yodga tuşdi”, debdi. Şunda şeriklari Islom akaga qoyil qolganini tan olgan ekan. Haqiqatan ham, ming yillik tarixga ega bölgan qadimiy Misrda yurib ham öz ona qişloğini unutmagan insonni haqiqiy vatanparvar deyiş mumkin-da! Keyinçalik men ham Xitoy, AQŞ, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarda tungi samoga boqib, Turbat osmonini, Hind, Tinç okeani sohillarida esa oyoqlarimni suvga solib ötirganimda faqatgina bahor faslidagina özining borligini eslatib qöyadigan Toşloq suvlarida çömilgan davrimizni eslaganman. Qömsaganman ona qişloğimni!

Sönggi söz örnida yana bir narsani aytib ötmoqçiman. Turbat ayni damda 12 mingdan sal köproq aholi istiqomat qiladigan möʼjazgina qişloq. Ammo mana şu möʼjazgina qişloqdan uluğ insonlar yetişib çiqqan. Ayniqsa, Alişer Navoiyning nazari tuşgan — “Nasoyim ul-muhabbat”, “Majolis un-nafois” asarlarida tilga olib ötilgan Ismoil ota, Ishoq ota, Atoiylarni eslatib ötiş joiz. Turbatliklar özlarining halol mehnatlari bilan Özbekiston siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotida ham iz qoldirişgan. Ularning xizmatlari inobatga olinib, faxriy unvonlar, orden-medallar berilgan. Şu örinda Özbekiston xalq şoiri Turob Töla, Özbekiston Xalq artisti Zohid Haqnazarov, Özbekiston xalq öqituvçisi Ozod Akbarov, Özbekiston xalq artisti Rixsivoy Avazov va Özbekistonda xizmat körsatgan artist Jöra Isroilovlar qatorida Özbekistonda xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi, pedagogika fanlari nomzodi Islom Zokirovning hamqişloğimiz — turbatlik ekanligidan faxrlanamiz.

Şarofiddin TÖLAGANOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan