Bekobod yoruğ özgarişlar jarayonida…
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Bekobod tumanida ötkaziladigan kitob taqdimotiga taklif etişganida xursand böldik. Çunki dunyoda kitob taqdim etişdan uluğroq, savobliroq iş bormi? Qolaversa, kitob bahona, kitobxonlar bilan sözlaşasiz, fikrlaşasiz, ularni nimalar qiziqtirişini yaqindan bilib olasiz, ijodiy rejalaringizni şu fikr-mulohazalarga tayanib özgartirasiz, ularni kitob öqişga qiziqtiriş uçun hamma kuç-qudratingizni işga solasiz. Donişmandlar bejiz aytişmagan: “Kitobni yoqib yuboriş jinoyat, biroq undan-da oğir jinoyat, bu kitob öqimaslikdir”. Axir öquvçi bor ekan, yozuvçi bor, öquvçi yöq ekan, demak, yozuvçining ham paytavasiga qurt tuşadi.
Uluğ xoqon Husayn Boyqaro abadiyatga muhrlangan şoh asar “Xamsa” kulliyotini adabiyotimiz sultoni Alişer Navoiy tarixning oltin zarvaraqlariga bitib bölganlaridan söng, hazrat Navoiyni oq otga mindirib, özlari otning jilovidan uşlab, Hirot şahrini aylantirib çiqqan, yangi kitob bilan Movarounnahr elini muborakbod etgan, Navoiy hazratlariga yuksak ehtiromlarini şu yösinda ayon etgan ekan.
Şunday qilib, erta tongdan “qaydasan Bekobod” deya atoqli şoir, ustoz Abdusaid Köçimov, maşhur adabiyotşunos, professor Qozoqboy Yöldoş va kamina yölga otlandik. Yozuvçida nima köp — gap köp, gap xaltasi böşamaydi, biri olib biri qöyadi, gohida bir-birini eşitmay gapiraveradi. Lekin yozuvçilar bilan suhbatning yaxşi tomoni — ular doimo yangi gap, yangi mavzu, heç kimning xayoliga kelmagan ğoyalar topadilar.
— Kitob odamlarning yölini yorituvçi mayoq. Bu mayoqning baland kötarilişi, kitob tarqatilişi, kitob tarğib qilinişi yaxşilik alomati. Köp tumanlarga adabiy uçraşuvlarga boramiz. Bironta hokim dumini tutqazmaydi. Hokim u yoqda tursin, maktab direktori peşvoz çiqmaydi, bari osmonda, bari band, faqat biz laylak quvgan bekorçi… — deya biroz yozğirgan böldi Qozoqboy aka.
— Bugun biz boradigan maskanda olti yuzdan ziyod maktab öquvçilari, öqituvçilar iştirok etişadi, ularga yuz donadan — olti yuz dona kitob tarqatiladi. Bekobodga yangi hokim kelganidan buyon tuman kutubxonalariga olti mingdan ziyod kitob kelibdi. Uç oy içida bu yaxşi körsatkiç, katta qadam, zafarli yuriş… — dedi Abdusaid aka.
— Ha, yangi hokim kelganiga uç oy böldi, lekin ellik yildan buyon sudralib, orqaga taşlanib, amalga oşmay kelayotgan bir uluğ iş bajariliş arafasida turibdi. Bu işning amalga oşayotgani butun bekobodliklarning kayfiyatini kötarib yubordi.
— Sirdaryo ustiga qurilayotgan köprikni aytyapsizmi?
— Ha, şunday. Bekobodliklarning yettita qişloği Sirdaryoning narigi sohilida yaşar edi. Ular tuman markaziga kelişi uçun qariyb ellik çaqirim yöl bosişardi. Agar sentyabr oyida köprik bitsa, ular bor-yöği ön çaqirim yöl bosib tuman markaziga kelişadi, bozor-öçar qilişadi, yöldan, vaqtdan yutişadi, öz tumanlariga yaqinlaşişadi, — dedi Qozoqboy aka. — Bir paytlar Sirdaryoning bu sohilida yaşaganman. Şu köprik yöqligi uçun köp sarson bölganman. Özim Guliston tumanida yaşardim, iş joyim esa Bekobod tumanida edi. Köprik yöqligi uçun har kuni qirq çaqirim yöl bosib ovorai sarson bölardim.
— Ha, xabarim bor, Bekobod bugun tarixiy va yoruğ özgarişlar jarayonida. Toşkent, Nurafşon, Piskent, Böka orqali Bekobodga temir yöl kirib kelmoqda. Hademay Bekobod tumanida “Yangi Bekobod Siti” qurilişi boşlanadi, — dedi Abdusaid aka.
— Yaqin-yaqingaça bu özgarişlar hatto tuşimizga kirmasdi, hatto birovga aytsang işonmasdi, xomxayolsan deb ustingdan kulardi, ammo bugun hammasi köz öngimizda amalga oşmoqda, yuz bermoqda, deyman hamrohlarimning gaplarini astoydil qöllab-quvvatlab.
Mana şunday qizğin suhbat bilan Bekobodga yetib olganimizni sezmay qolibmiz. Bekobod tuman markazi Zafar şaharçasida bizni mahalla faollari, öqituvçilar, maktab öquvçilari kutib turişar edi.
Ijodiy uçraşuvni tuman hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinov oçib bergaç, qizğin ijodiy muhitga tuşib qolganday böldik. Biz kelişimizdan ön kun oldin Abdusaid Köçimovning “Badihalar”, Qozoqboy Yöldoşevning “Körkam söz yoğdusi”, kaminaning “Oyga osilgan bayroq” kitoblarimiz öquvçilarga tarqatilgan, ular şeʼrlarimizni yodlaşgan, hikoya, maqolalarimizni öqib, biz bilan qizğin suhbatga, savol-javobga xöb tayyorlanişgan ekan, xuddi eski qadrdonlardek, bir-birimiz bilan tezda çiqişib, qalban yaqin bölib, yuzma-yuz körişganimizdan söng, ijodiy uçraşuv olovi tezda yuksakka kötarilib ketdi. Bekobodliklarning öqimişli, ziyoli, kitobxon xalq ekanligi yaqqol bilindi-qoldi. Axir Bekobod ming yillardan buyon tarix sahifalarida yarq etib körinib kelyapti-da. Ibn Arabşoh, Mirxond, Zahiriddin Muhammad Bobur kitoblarida Bekobod nomi bir neça bor ehtirom bilan yozilgan. Ming yillik tarixga ega maskanning farzandlari albatta öqimişli, zukko va oqil böladi-da.
Biz ham ötirganlarning köpçiligi maktab öqituvçilari, aziz ustozlar, tolibi ilmlar, öquvçilar ekanligini inobatga olib, suhbat mavzuini avvalo muallimlarni uluğlaşdan boşladik.
— Dunyoda imoratlarning eng uluği maktab bölsa, kasblarning eng şaraflisi öqituvçilik. Hatto Qahramon şoirimiz Abdulla Oripov sizlarga havas bilan, bejiz uşbu şeʼrini bitmagan edi:
Şoirga dedilar: — Siz baxtli inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Şoir javob qildi: — Menda bir armon:
Muallim desalar meni, qaniydi!
Ha, sizning kasbingiz hatto uluğ şoirlar havas qiladigan kasb. Çunki siz aziz dilbandlarimizga, köz qaroğlarimizga, jon-u jahonimiz bölgan farzandlarimizga taʼlim berasiz, qöliga kitob tutasiz, kitobga bir umrlik oşno etasiz, kitobning nuru ziyosi bilan qalblarini yoritasiz. Kitob mayoq singari ularga bir umrlik yölçi yulduz bölib qoladi. Ona Şarqimizda ustozga azal-azaldan yuksak ehtirom körsatilgan. Hatto otadan uluğroq degan sifat berilgan. Hikoya qilinişiça, Imom Buxoriy hazratlari bir muddat Makkai mukarramada dars olganlar. Bir ziyoratçi Buxoroi şarifdagi ustozlaridan salom va maktub olib keladilar. Şunda Buxoriy ustozlarining yurtidan kelganini bilib, quçoq oçib körişib, hurmat izhor qilganlar. Söng salom xabarini eşitganlarida, Buxoroi şarif tomonga yuzlanib, salomga alik olib hurmat bajo keltirganlar. Keyin maktubni ikki qöllab olib, ehtirom bilan xatni öqiganlar. Qarang, azizlar, qanday ibratli voqea! Şogird nima uçun ustozga bu qadar yuksak ehtirom körsatmoqda? Çunki ustoz, avvalo, şogirdga kitob öqişni, kitobni sevişni, kitob bilan bir umr hamroh bölişni örgatgan. Kitob degani bu ilm degani, bu maʼrifat degani, bu yuksak odob-axloq degani. Şuning uçun kitoblar içida eng azizi, eng uluği bölmiş Qurʼoni karimda “Ilm” sözi sakkiz yuzu ön bir joyda keladi. Qarang, bitta kitobda ilm sözi 811 joyda keltirilyapti. Bu kitob öqişning naqadar zarurligidan dalolat emasmi? Muhtaram Prezidentimiz oddiy va sodda qilib: “Bitta kitob öqiydigan bola önta televizor köradigan bolani ergaştiradi”, deganlarida naqadar haq. Hatto amerikaliklar: “Kitob öqimagan odamning murdadan farqi yöq”, — deydilar. Bu gap qöpol bölgani holda, özida haqiqatni mujassam etgan gapdir. Muhtaram Prezidentimizning kitob öqişga daʼvatlari, haqiqiy inson böl, degan oddiy va buyuk daʼvatdir, çunki har bir insonning qadr-qiymati, uluğligi, dunyoqaraşi, fikr doirasining katta-kiçikligi faqat va faqat u öqigan kitob bilan belgilanadi. Har birimizning uyimizda, xonadonimizda, farzandlarimiz oldida yuzlab kitoblar bölişi şart va majburiydir. Taraqqiyotga faqat va faqat kitob öqiş orqaligina erişiladi. Hurmatli bekobodliklarga bu yölda ulkan omadlar va zafarlar yor bölişini tilab qolamiz, — dedi adabiy uçraşuvda Abdusaid Köçimov.
— Men uçun bugun juda quvonçli va hayajonli kundir. Buning sababi ikkita. Birinçisi, bekobodliklarga begona emasman. Men yoşligimda köp yillar uşbu tumanda işladim, mehnat qildim, oş-non yedim, döst-yor orttirdim, ösib ulğaydim va bu zaminga muhabbatim bir umrlikdir. Bugun mana şu muhabbat bilan qarşingizda turibman. Ikkinçisi, qadrdonim, döstim, özbek adabiyotining ulkan vakili Abdusaid Köçimning “Badihalar” kitobining taqdimotida qatnaşyapman, — deya söz oldi Qozoqboy Yöldoşev. — Lekin bugun Bekobod haddan ziyod özgarib ketibdi. Men yurgan kiçik yölaklar katta trassalarga aylanibdi, qirlar boğ-roqqa, ötloqlar çamanzorga aylanibdi. Kiçkina uylar örniga katta va gözal imoratlar qurilibdi. Keçagina qurib yotgan tepaliklar özlaştirilib, intensiv olmazorlarga aylantirilibdi. Buning uçun otangizga balli deyman, aziz bekobodliklar! Sizlarga ofarin, sizlarga taşakkur! Endi ijodiy uçraşuvimizning öziga qaytadigan bölsak, Abdusaid Köçimov, bilaman, sizlarning sevimli yozuvçingiz. U kişi haqida köp va xöb gapiriş mumkin. Abdusaid Köçimov adabiyotga yangi bir oqim olib keldi. Bu yangi oqim şundan iboratki, avvallari ijod ahli bir-birlarini keyinroq, “ölgandan keyin” eʼtirof etar edi, tan olardi. Abdusaid aka şu işni ijodkor hali tirikligida eʼtirof etiş ğoyasini ilgari surdi va şu yölda ijod qilmoqda. Biz sizga taqdim etayotgan “Badihalar”ning asosida şu ğoya yotadi va badihalarda tilga olingan qahramonlarning, yozuvçi-şoirlarning köpçiligi hozir hayot va jöşqin ijod qilmoqda. Bu fazilat yozuvçining bağri kengligidan, insonparvarligidan, hayotni teran anglaşidan dalolat beradi. Abdusaid aka şu bilan birga sözga nihoyatda katta ehtirom bilan yondaşadi. Sözni hurmat qiladi. Sözni huda-behuda işlatavermaydi. Katta-katta voqealarni iloji bölsa bitta satrda bayon qiladi. Fikr tuyğuga yöğrilib, tuyğuda fikr uçqunlanganda öqişli şeʼr dunyoga keladi. Abdusaid Köçimovning öziga xos şoirona nigohi, bir umr yurakka mixday qadalib qolguvçi satrlari bor. U olamu odamdagi heç kim payqamagan jihatlarni körişga intiladi va körganlarini heç kim qöllamagan sözlar yordamida ifoda etadi. Masalan: “Keça-kunduz ğamga botar ğam”. Qanday gözal tasvir. Dramatik holat. Bunday satrlarni yozmoq uçun juda katta mahorat, katta qalb kerak. Yaʼni katta voqeani aniq, teran, qisqa satrlarda ifoda etiş uçun katta isteʼdod kerak ijodkorga. Körinişidan osonlik bilan bitilgan bu şeʼrlar qattiq mehnat natijasi ölaroq dunyoga kelgan. Qisqa yoziş uçun hamişa köproq mehnat talab etiladi. Zero, qisqa şeʼrda köp narsa aytilmagani holda juda köp maʼnolarga işora qiladi. “Oqişni örgatma ariqqa, Suzişni örgatma baliqqa” tarzidagi olti sözdan iborat bölgan şeʼrdan kelib çiqadigan maʼno sanoğini tasavvur qiliş qiyin. Abdusaid Köçimovning yana bir şeʼri törttagina sözdan taşkil topgan va uning teng yarmi takror işlatilgan: “Dedi-dedi, Uni yedi”.
Professor Qozoqboy Yöldoşevning samimiy va oqilona sözlari zalda ötirgan yurtdoşlarimizning olqişiga sazovor böldi. Suhbat davomida kaminaga söz berildi. Men ança vaqtdan buyon çiqmay yotgan, 95 yillik tarixga ega “Yangi Bekobod” tuman gazetasining naşr etilişi yana yölga qöyilganidan mamnunligimni izhor etdim. “Tuman gazetasi köpgina yoş ijodkorlarning parvoz etişi uçun birinçi qoya xizmatini ötaydi. Qolaversa, gazeta tumandagi ğoyaviy, siyosiy minbar. Tuman gazetalari çiqmasligi tuman madaniyatiga, maʼnaviyatiga urilgan zarba, tuman odamlarining ovozini, sözini eşitmaslikdir. “Yangi Bekobod” gazetasi naşr etilayotgani, naşr etilişi yölga qöyilgani bilan barça bekobodliklarni ikki qölimni kötarib muborakbod etaman” deya fikrimni qisqaça bayon etgan böldim.
“Dolzarb 90 kun” doirasidagi ijodiy uçraşuv tobora qizigandan-qizidi. Önga yaqin yoş ijodkorlar öz şeʼrlarini öqişdi, yozgan hikoya va maqolalarini davra ahliga taniştirdi, adabiyotga, şeʼriyatga, ijodga daxldor savollar berişdi, fikr-mulohazalar almaşindi. Ayniqsa, tumandagi 2-maktabning 10-sinf öquvçisi Jasmina Ismoiljonovaning “Vatan” haqidagi şeʼri davra ahlini bir qalqitdi. Sababi, şeʼr juda taʼsirli edi. Hatto şeʼrni öqiyotganda Jasminaning özi yiğlab yubordi. Köpçilikning talab va istaklariga binoan Jasminaning şeʼrlari “Şarq yulduzi” jurnalida çop etiladigan böldi. Şundan söng mehnat faxriysi, ustoz Abdusamad Jumaboyev, tumandagi 37-maktab, 11-sinf öquvçisi, havaskor şoira Jamila Mansurova, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir Nurali Jalil, mehnat faxriysi, şoir Muhiddin Mahkam, tumandagi 48-maktab ona tili va adabiyot öqituvçisi Dildora Köçimova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudirasi Nodira Dösmatova, şoira Inobat Sulton sözga çiqib, mehmonlarni öz ijodlaridan bahramand etdilar, sovğa etilgan kitoblar uçun minnatdorçilik izhor etişdi.
Butun uçraşuv davomida biz bilan birga bölgan tuman hokimi Z.Nizomiddinov ham ijodiy uçraşuvdan mamnun ekanligini bayon etdi:
— Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, şunday degan edilar: “…hammamiz uçun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bölgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyiş va yoşlarimizning kitobga bölgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yanada oşirişga qaratilgan işlarimizni yangi bosqiçga olib çiqiş vazifasi turibdi”. Şu maʼnoda bugungi ijodiy uçraşuvdan juda mamnunman. Bugun tumanimizdagi oltita maktabga yuz donadan kitob tarqatmoqdamiz. Kitob mualliflarining özlari iştirok etib, dastxat qöygan holda yuraklarining qoni bilan yozilgan kitoblarini taqdim etmoqda. Yil söngigaça maktablarimizga bir neça ming donadan ortiq kitoblarni hadya etamiz. Ular nafaqat badiiy, balki qiziqarli ilmiy-ommabop, fan, texnika, biznes, liderlik, şaxs, sunʼiy intellekt haqidagi zamonaviy kitoblardir. Çunki taraqqiyotning yagona yöli kitob öqişda, öqib örganişda, intilişda va yuksak çöqqilarni közlaşdadir. Sohibqiron Amir Temur bobomiz ham bejizga “Kitob — barça bunyodkorlik, yaratuvçilik va aql-idrokning, ilmu donişning asosidir. Hayotni örgatuvçi murabbiydir” demaganlar. Men bugun tumanimiz ijodkorlarining intilişlari, közlari yonib turganini, şeʼrlarini zavq-şavq bilan öqib berayotganlarini körib, nihoyatda quvonib turibman. Qöşni tumanimizda tuğilib ösgan, Özbekiston xalq şoiri Halima Xudoyberdiyevani 9-sinfda, paxta dalalarida paxta terib yurganida kaşf etişgan. Yozuvçilar paxta dalalarida xuddi bugungidek ijodiy uçraşuv ötkazişayotganda Halima opa şeʼr öqib berganlar. Yozuvçilarning, Şarof otaning, Zulfiya opaning nazarlariga tuşib, adabiyotdagi katta şon-şuhrat çöqqilariga dastlabki qadamlarini taşlaganlar. Ajab emaski, bizning tuman yoşlari orasidan ham Halima opadek olovqalb ijodkorlar yetişib çiqsa! Işonamanki, ularning ruhini kötarsak, ularni qöllab-quvvatlasak, maʼnaviy-moddiy madad bölsak, kelajakda ular zabardast ijodkorlar bölib yetişadi. Bir kişidan “Inson kitob öqib baxtli böla oladimi?” deya söraşganda, “Kitob öqişning özi baxt!” deb javob bergan ekan. Bugungi tadbir iştirokçilariga, barça-barçaga baxt tilaymiz, hammangizga omad va zafarlar yor bölsin! Bugungi tarixiy kun uçun aziz mehmonlarimizga yana bir bor taşakkur, soğ bölsinlar, ular maktablarimizga, mahallalarimizga, paxta dalalarimizga, mehnatkaş va dono bekobodliklarning oldiga yana keladilar deya umid bildirib qolamiz.
Şundan söng adabiy keça kuy va qöşiqlarga ulanib ketdi. Taniqli xonandalar özlarining jozibador qöşiqlari bilan barçani xuşnud etdi.
Bekoboddagi maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlardan zavq olib, köngillarimiz tölib bir olam taassurotlar bilan qaytdik. Yurtimizda kitob bayramlari har kun bölaversin!
Muhammad ISMOIL,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi,
Xalqaro Rabindranat Tagor
mukofoti sovrindori.
