Ustozning köngli

1

Insonning köngli köçmaydi, uning “uyi” vujuddir. Ammo şundaylar borki, tanidan köngil qayergadir ketib qolgan, ğoyib bölgandek tuyulaveradi kişiga. Qayga, dersiz? Buni köpçilik biladi: köngilday ilohiy neʼmatni öziga oğdirib oluvçi omillar köp bölgan, bugun ham bor. Boylik va qaşşoqlik, amal, şon-şuhrat, hasad, iğvo, böhton, oqibatsizlik, tamagirlik, andişasizlik, hayosizlik kabi qora illatlar bu möʼjizani osongina ömaradilar.

Oqibatli inson, yozuvçi, şoir va jurnalist Abdusaid Köçimovning köngli bolalikdan bugungaça öz joyida sobit turibdi. Bunga kamina öz hayotimning asosiy mezoni bölmiş bir ijodiy jamoadagi xizmat faoliyatim davomida töla amin bölganman.

Ötgan asrning 80-90-yillari orasida qandaydir sabab bilan “Guliston” jurnalidan böşab, “Tong yulduzi” (“Lenin uçquni”) boş muharriri Abdusaid Köçimovga qönğiroq qildim. “Aka, sizda birorta böş örin bormi?” dedim salom-alikdan söng ança xijolatli ohangda. “Kimga?” söradi aka. “Özimga”, deganimdan söng rağbatli ovoz bilan lutf qildi: “Balki telefonda ariza ham yozarsiz, ustoz!” (Abdusaid aka katta-yu kiçikka “ustoz” deb murojaat qiladi — bu söz zamirida birovga nisbatan hurmat ham, yengil yumor ham va öziga nisbatan kamtarona kayfiyat ham mujassam).

Men Abdusaid akani talabalik davrimdan bilardim, “Şarq yulduzi”, “Yoşlik” jurnallarida qissa, hikoya va şeʼrlarini öqiganman. Ammo şaxsan tanimasdim. Keyinçalik adabiy davralarda kördim, “Gulxan” jurnalida işlayotganimda Urgut tumanidan yozilgan “Bolalarning soğliği kerakmi, tamakining foydasimi?” degan tanqidiy maqolam uçun rahmat ham eşitganman. Lekin baribir şunday taniqli ijodkor, katta bir jamoaning rahbaridan telefonda iş söraşim notöğri edi. Yana öylayman: bunga Abdusaid akaning özi sababçi. Doimo oçiq çehrasi, hammaga birday xuşmuomalaligi, boşqalardan uning yoş ijodkorlarga ğamxörligini bilganim menga şunday jurʼat bergan bölsa kerak.

Xullas, işga qabul qilindim. Redaksiyada iş qaynardi. Öşa vaqtlari gazeta minglab yöq, yuz minglab nusxada çop etilar, xodimlardan faqat dolzarb mavzularda maqolalar yoziş talab qilinardi. Bir orada bölimimiz boşliği pensiyaga çiqdimi, boşqa işga ötdimi, hozir eslolmayman, uning örni böşab qoldi. Bir neça oy ikki xodim rahbarsiz işladik. Bir kuni tuşlikka yaqin Abdusaid aka qönğiroq qilib qoldi va mendan taşqariga çiqişimni söradi. Tuşdim. U kişi meni körib yura boşladi. Beixtiyor ergaşdim. “Birga tuşlik qilsak”, dedi aka birozdan söng.

“Anhor” ariği atrofida joylaşgan restoran şamoyilidagi taomxonaga keldik. Ovqatlanib, çoy içişga ötgandik, Abdusaid aka men uçun kutilmagan taklif sirini oçdi:

— Bölimlaringizga boşliq tayinlab, yana bir xodim olişimiz kerak, — dedi jiddiylik bilan, — Sizni qöyay desam, yoningizdagi opa (ismi-şariflarini aytmay qöya qolay) jamoadagilar orasida gap-sözni köpaytiradi. Keling, öşani qöyaylik. Hali yana imkoniyatlar oçiladi.

Bu eʼtibordan nihoyatda hayajonlanib, dedim:

— Axir mening işga kelganimga bir yil ham bölgani yöq-ku! Opa esa bir neça yildan beri işlaydi, tajribasi ham katta.

— Redaksiyada rahbarni nima ranjitadi, bilasizmi? — mavzuni çuqurlaştirdi Abdusaid aka. — Qalami yöqlarning bir guruh bölib, ijodiy muhitni buzib turişi. Xatlar bölimi boşliği şundaylarga bas kela olişi kerak. Men öylayman: opa ularning dodini beradi. Albatta, şu amalni bersak. Qolaversa, bölim boşliği gazetxon bilan jamoani boğlab turadi. Işonamanki, siz ham unga yaqindan yordam berasiz. Birorta qobiliyatli öquvçining ijod namunasi bir çetda qolib ketmasligi kerak. Ön-ön beş yillar oldin şunday bir öquvçining maqolasini işlab çop etişga tavsiya etganman. Gazetaning yillik mukofotini oldi. Boş muharririmiz Suhrob Yöldoşev menga Şofirkon tumaniga borib, yorliqni topşirib kelişga yubordi. Borsam, öquvçi paxta yiğim-terimida ekan. Raykom vakili bilan dalada yiğin ötkazib, unga yorliqni topşirganman. Öşa öquvçi keyinçalik Samarqand davlat universitetida işlab, olim, yozuvçi darajasiga yetdi. U yozuvçi Ahad Hasanning öğli — Ilhom Hasan edi. U avtohalokat tufayli juda erta vafot etdi. U akademik bölgulik salohiyat sohibi edi. Rahmatli Toşkentga kelsa, meni körmasdan ketmasdi.

Köp öylayman: hayotda rahbarning xodimiga tuşlik olib berişi boşqa qandaydir maqomlarda uçrar, ammo bunçalik dilgirlik darajadagisi juda kam bölsa kerak. Taomxonadagi suhbatda Abdusaid akaning örniga boşqa kibrli bir odam rahbar bölganda, avvalo, özimga tuşlik oldirardi, “Agar yaxşi işlaganingizda, bölimga opa emas, siz rahbar bölardingiz”, deya taʼsir ötkazar, kamsitardi. Undaylarning köngli hamişa tama tomon “köçib” turadi. Keyinçalik bundaylarga köp duç keldim.

Bu holatning aksi ölaroq, asliyati pok, nihoyatda mehrli, juda köp ustozlarning duosini olgan, juda köp yoş ijodkorlarga akalarça ğamxörlik qilgan, iş bilan taʼminlagan, öz amali bilan ibrat bölgan Abdusaid akaning keyinçalik qaysi asarini öqisam, köz öngimda ustozning yoruğ çehrasi namoyon böladi.

2

Hazrat Alişer Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Qurʼoni karimning bir oyatiga asoslanib: “Barça odamlarning nomlari ilmdur”, deb yozadi. Binobarin, insonning nomida uni qöygan odamning dunyoqaraşi, eʼtiqodi, maʼrifati namoyon bölib turadi. Dunyoqaraş, eʼtiqod, maʼnaviyat esa ilm orqali şakllanadi. Şu maʼnoda tuğiliş — bir savol. Bolaning nomiga munosib bölib ulğayişi, ulğayganda aytgan har gapiga, avvalo, özi amal qiladigan bölişi öşa savolga javobdir.

 

Avval özing qil amal,

söngra nasihat elga de,

Ey Huvaydo, sözlamaysan-da

amal bor ölmasa.

Kamina Abdusaid Köçimovning barça asarlarini öqiganman deb öylarkanman. Ammo kuni keça yaqinda çop etilgan “Tanlangan asarlar”i qölimga tegdi-yu, adaşganimni bildim. Xullas, tezda uni öqişga tuşdim. Birinçi esse “Men şoirman, istasangiz şu” deb nomlanib, sarlavha ostiga “Xalqimizning ardoqli şoiri, Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov gurunglari” deb qöyilgan.

Esse tafsilotlariga ötişdan oldin Huvaydo bayti bilan boğliq Abdusaid Köçimovning unga hamohang mulohazalariga eʼtibor qaratmoqçiman. Muallif ustoz şoir Abdulla Oripov tilidan yozadi: “Qurʼoni Karimimizga asoslanib aytiş mumkinki, tuğilgan çaqaloqda barça fazilatu qusurlar xuddi pistaning içidagi mağizday joylaşib böladi: yaxşilik, yomonlik, tulkilik, börilik — hammasi şundaygina turadi. Agar indamasang, ular kökaradi. Ota-onaning vazifasi yaxşilik uruğini kökartirib, yomonini alanga olmasidan suv sepib öçirib turişdir”. Bemalol aytiş mumkinki, asarda şunday falsafiy, taʼlim-tarbiyaga asoslangan fikrlar borki, ular adabiy qahramonga ham, muallifga ham daxldor deb öylaysiz. Çunki köpçilik muxlislarga ayonki, Abdulla Oripov davra suhbatlarida bir kitob bölgulik fikrini bir-ikki jumlada ifodalab ötadi. Anglaşimça, Abdusaid aka har bir suhbatdan olgan taassurotlarini öşa kuniyoq uyiga borib qoğozga tuşirgan. Fursat tuğilganda şoirning hikmatli sözlarini asosli manbalarga suyanib kengaytirgan, sodda va ravon tilda yanada öqimişli bölişini taʼminlagan. Hayron qolarli tomoni şundaki, şoirning orifligi töla saqlanganligi uçun, mazkur mulohazalar adabiy qahramonga ham, muallifga ham uzukning köziday yaraşib turibdi.

Maʼlumki, mustaqillikka erişuvimiz jarayoni, “ötiş davri” deb atalgan, xalq nihoyatda qiynalgan zamonda atoqli yozuvçi Şukur Xolmirzayev adabiy jurnalistikaga oid juda köplab esselar yozib, adabiy jamoatçilikni muşohadaga çorladi va bu adabiy tur rivojlanişiga sabab böldi. “Men şoirman, istasangiz şu” nomli asar ham adibning öşa asarlari bilan bemalol böylaşadi. Çunki muallif undagi voqea bayonida özbekona andişani yölçi yulduz deb bilsa-da, nihoyatda ustalik bilan öşa davr haqiqatini oçib bergan: “Ukalar, mustaqillik yangi boylar uçun odamgarçilikdan çiqiş mavsumi böldi”, “Duşmanning ham akademiklari böladi”, “Tarix şundayki, uning ustida jarrohlik amaliyoti ötkazib bölmaydi. Olis tariximizga tiyran nazar taşlaş zarur. Tarixni davrlaştiriş, çegaralaş, tarixiy şaxslarni hukmron mafkura elagidan ötkaziş adolatdan emas”, “Birinçilik uçun sen emas, asaring kuraşadi”, “Kiyiklar toşbaqalarni çaqqonlikka örgatolmaydi”… Bunday yombi kabi qimmatli  misollar esseda juda köp.

Ayniqsa, asarda vatanparvarlik, elparvarlik tuyğusi ifodalari kişini nihoyatda tölqinlantiradi. “Men Dante asarini tarjima qiliş jarayonida Şarq va Ğarbda yaratilgan juda köp asarlarni öqidim va juda-juda hayratlanarli manzaralarga duç keldim, — deb yozadi muallif atoqli şoir tilidan, — Dante “Ilohiy komediya”da tasvirlagan odamlar haqidagi tuşunça, faraz Şarqdan, töğriroği, vatandoşimiz al-Farğoniydan olingan ekan”. Mazkur maʼlumot qançalik adabiy bölmasin, şu qadar ilmiy ahamiyatga ham egadir.

Bir davra suhbati tafsilotida Abdusaid Köçimov rahmatli Toşkent şahar imomi Anvar qorining kutilmaganda “Abdulla Qodiriyga yetadigan yozuvçi bormi?” deb söraşi va unga Abdulla Oripovning topqirlik bilan bergan javobidan hayratlanadi: “Bir muddat avval Dante haqida gapirganda quduqni esladik. Şu quduqqa hamma çelak taşlab köradi. Quduq — öşa, Suv — öşa, Çelak — öşa. Quduqdan suv tortuvçilar ham bir-biridan kam emas. Lekin Abdulla Qodiriyga gavhar çiqdi”.

Bu va bunga öxşaş misollarda atoqli şoirning ham, muallifning ham keng dunyoqaraşlari, adabiyotni sanʼatkorlik darajasida anglaganlari namoyon böladi.

Şuningdek, “Tanlangan asarlar”iga ustoz Abdusaid Köçimov juda köp olim, şoir va yozuvçilarga bağişlangan esse, badia va maqolalarini kiritgan. “Safar”, “Sizni öylayman”, “Dilkaş suhbatlar”, “Buni hayot deydilar”, “Yaxşilik ğolibdir, yaxşilik ğolib”, “Toğ guli”, “Uçraşuv”, “Oddiy xalq turibdi tarozi uşlab”, “Orol — odam”, “Özaniga siğmagan daryo”, “Sokin momaqaldiroq”, “Sobir Önarni eslab”, “Eʼzoz daraxtining şoh ildizlari”, “Saboq” kabi önlab asarlari kiritilgan. Ularda Rasul Hamzatovdan Çingiz Aytmatovgaça, Muhammad Ismoildan Abdulla Oripovgaça, Qozoqboy Yöldoşdan ibn Arabşohgaça, Şoyim Bötayevdan Maʼruf Jalilgaça, foto-sanʼatkor Abduğani Jumadan adabiyotşunos olim, adabiy jamoatçi Pirmat Şermuhammedov, jurnalistlar Jabbor Razzoq, Abduxoliq Abdurazzoqovgaça juda köp ijodkorlar haqida nihoyatda ibratli va qiziq maʼlumotlarga ega bölasiz. Hatto bu foniy dunyodan rixlat qilgan ijodkorlar tarjimai holining keltirilişi saylanmada ilmiy ahamiyat kasb etgan. Qolaversa, bu muallifning insonparvarligidan ham dalolatdir.

Endi qarang. Uşbu bağişlovlar adabiy qahramonlarning har biri yoki qaysidir bir yaqini tomonidan ularga bağişlangan maqolalardan iborat kitoblarga kiritilardi. Masalan, Abdulla Oripov umrining sönggi kunlari Amerikadan Abdusaid akaga qönğiroq qilib, naşriyotda tomliklari tayyorlanayotgani, uning taşkilotçilari Begimqul bilan Alişer Nazarga zudlik bilan uçraşişi kerakligi, öziga bağişlangan “Men şoirman, istasangiz şu” nomli essesi qolib ketmasligini tayinlagan. Boşqa ijodkorlar ham şunday qilardi. Keyin bunday haybatli körinişdagi kitoblarda juda köp atoqli ijodkorlarning asarlari kiritilgan. Bunday imkoniyat ular qatorida Abdusaid akaga ham nasib etgan ekan, nega unga badiiy asarlarining eng saralarini jamlamay, asosan 2012 — 2016 yillarda yozgan xotira, bağişlovlarga örin berdi? Hatto maʼrifatli, samimiy va sodda qişloqdoşlari haqidagi maqolalari ham qöşildi. Bu hammada ham topilmaydigan bir fazilat bölib, adabiyotga — ustozlari, safdoşlari, eldoşlariga bölgan çeksiz hurmatdan dalolat. Muallif bejiz “Safar” badiasida Jaloliddin Rumiyning:

 

Ayo siz, jonlanib har lahza

izlarsiz ilohiyni,

Ani izlaşga hojat yöq,

ilohiy — siz, ilohiy — siz,

— baytini keltirmagan.

Maqola boşlanişidagi, har bir insonning ismi ilmdir, degan fikrga asoslanib aytiş mumkinki, Abdusaid aka uçun könglidan örin olganlarning nomi, şaʼnu şavkati ilm yangliğ muborakdir.

3

Keyinçalik köp yillar Özbekiston radiosi, televideniyesida işbilarmonligi qadar talabçan, jamoalarda adabiy-maʼrifiy yönalişda juda köp xayrli işlar qilgan zukko rahbar, şoir, yozuvçi va jurnalist Abdusaid Köçimov rahbarligi ostida işladim. Şeʼriy, nasriy asarlarini öqib tuşunadigan böldim. Bu faoliyat, adibning adabiy dunyosini kuzatiş menga yorqin, unutilmas taassurotlar uyğotgan. Aytmoqçimanki, mazkur “deboça”ning davomi bor.

Bugungi kunda garçi Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori, senator, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi bölsa-da, ustoz Abdusaid Köçimovda öşa-öşa oddiylik, samimiylik zarra qadar özgarmaganiga hayron qolaman. Bilganim şuki, uluğ ustozlar çindan ham özgarmas bölişar ekan…

Ilhom AHROR

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan