Ijodkorning ikki qutbi

Poytaxtdan qariyb ming kilometr olisda yaşasak ham Toşkent ijodiy muhitidagi qariyb hamma qalamkaşni oilaviy tanirdik. Baʼzilarini yangi çiqqan töplamlari, yana baʼzilarini gazeta-jurnallarda çop etilgan ijodiy işlari, heç bölmasa, tildan tilga köçib yurgan qiziq odatlari, gap-sözlari orqali bilardik.

Otam rahmatli (Mahmud Abulfayz — taniqli publitsist, jurnalist. Tahririyat) gapirganda ham kaştalab, sözga çunonan zeb berib söylardiki, öta noyob va ajib kitob öqiyotganday voqealar içiga kirib ketardi odam. Ana şunday qiziq gurunglardan biri Oçil aka (Oçil Tohir) haqida bölardi. Otam oğzidan bol tomib gapiradigan bu odamga qaçonlardir kenti azimda duç kelaman, deb sira öylamagandim. Biroq hayot turfa tasodiflarga töla: meni otam tasvirlagan öşa dali-ğuli, tanti, jömard odam bilan yuzlaştirdi.

Hayotimda çuqur iz qoldirgan “Maʼrifat” gazetasining fan, oliy va örta maxsus taʼlim bölimida işlarkanman, bir kuni xonamizga bir odam böronday guvillab, şiddat bilan kirib keldi. Odatda, tahririyatga kelganlar özini nihoyatda sipo tutardi. Bu odam esa… ğalati edi. Xullas, ğölabirdan kelgan, soçlari oppoq, ikki yuzi qip-qizil kişi kela solib, törga — bölim muharririmiz tomon yönaldi. “Yaxşimisiz, oqsoqol?” derkan, darhol bafurja joylaşib, baland ovozda hol-ahvol söraşa ketdi. Aftidan, u bölimga tez-tez kelib turardi. Çunki maqola yozgani obʼyekt qidirib ketgan baʼzi kasbdoşlarimizni nomma-nom sörab çiqdi. Gurung qizigandan-qizidi. Ora-sira bölim muharririmiz hamsuhbatiga “Oçil aka”, deya murojaat qilib qöyadi. Esdaliklardagi portret bilan soliştirgaç, şu odam otamning talabalikdagi (va undan keyingi pallalardagi) qadrdoni Oçil Tohir ekanini bildim.

Şu asnoda u bilan boğliq esdaliklar yodimga quyilib kelaveradi.

Uzoqroq qarindoşlarimizdan birining öğli jurnalist böliş uçun otamga ergaşib, Toşkentga keladi. Tabiiyki, qişloqdan kelgan 17 yaşar yigit otam va şeriklari bilan bir ijara uyda yaşay boşlaydi. Hammadan kiçik bölgani uçun mayda-çuyda yugur-yugurlar ham uning zimmasiga tuşadi (özbekçilikni bilasiz-ku, özbekning kiçigi bölgunça…). Bir kuni Oçil aka yonboşlab kitob öqiyotgan bölganmi yoki yangi şeʼr işqida şunçaki xayol surib yotganmi, xullas, gazni öçirişga erinib, “Ergaş, bor, gazni öçirib kel”, degan. Ergaş aka ham “Xöp böladi, aka”, deb joyidan sakrab turib, zipillab borib gazni öçirib kelgan.

Birpas ötib, miriqib yonboşlab yotgan Oçil aka közlari katta-katta oçilib, ilkis turib olgan. Burun kataklari kengayib, havoni tez-tez hidlagaç, “Ergaş, gazni öçirdingmi?” deb söragan. Oçil akaning ğalati avzoyidan hayratlangan Ergaş akayam közlari pirpirab, xavotir bilan “Ha, aka, öçirdim”, degan. “Qanday öçirding?” “Puflab öçirdim”. Bu javobni eşitib, Oçil aka qah-qah otib kulib yuborgan. “Bilgandim şunday öçirganingni. Sal bölmasa, gazda dimiqtirib öldiray deding-ku”, degan-da, sodda ösmirni yetaklab borib, gazni murvatidan öçiriş kerakligini tuşuntirgan.

Talabalik yillarimda har taʼtil payti Termizga borganimda otam bilan soatlab jurnalistika, adabiy muhit haqida gaplaşardik. Tengqurlarimning adabiyotga munosabati, umuman, ijodiy kayfiyati haqida erinmay suriştirardi. Javoblarimni eşitgaç, hafsalasi pir bölardi, tabiiy.

— Yozuvçilar uyuşmasiga borib turasizlarmi?

— Borişga vaqtim yöq. Bir-ikki kursdoşim şeʼr, hikoyalarini körsatgani borib turadi.

— Adabiy muhokamalar bölib turadimi haliyam?

— Bölib tursa kerak, lekin biz boravermaymiz.

Otam çuqur xörsinib, talabalik yillarida biror asar muhokama qilinsa, uyuşma binosi nafaqat jurnalistika yoki filologiya fakulteti talabalari, umuman, boşqa havasmandlar bilan nihoyatda gavjum bölganini, ötirişga joy yetmaganidan odamlar soatlab tikka turib, muhokamani kuzatganini aytib berardi. Gurung şu joyga yetganida men uçun nihoyatda qiziq va öşa davr talabalarining kayfiyati va ruhiy holatini ifodalab beradigan ğoyat yorqin misol aytilardi:

— Oçil bovang muhokamadan juda kötarinki ruhda, şiddat va ilhomga tölib qaytardi. “Nasib bölsa, adabiyot yönalişida Nobel mukofotini olmagunça tinçimayman”, derdi. U vaʼdasida turdi. Tinmay yozyapti.

Bu jumlalarni men otam aytgançalik pafos va ohang bilan keltirolmadim. Lekin umrida bir marta bölsa-da, Oçil Tohir bilan yuzma-yuz kelib, suhbatlaşgan odam uning şunday şaxtu şiddati hali-hanuz saqlanib qolganiga inonadi. Garçi Nobel va şunga öxşaş xalqaro mukofotlar isteʼdoddan köra adibning siyosiy muxoliflik kayfiyati yoki şunday ahvoli ruhiyadagi asari uçun berilişini juda yaxşi bilsa-da, Oçil akaning qöli qalamdan sovigani yöq. Tinmay yozadi, doim yozadi, turkman, rus va boşqa xalqlar adabiyotidan teran tarjimalar qiladi. Adabiyotning eng oğir yölidan yuradi — bolalar uçun şeʼrlar yozadi. Bilaman: endi u Nobelniyam, boşqa mukofotniyam havas qilmaydi. Havas degani nima? Pisand qilmaydi! Agar nazariga ilsa, u Oçil Tohir bölmaydi, öziga öxşamay qoladi. Mana şu balandnazarligi uçun ham özini yöqotmay, avaylab-asrab yaşab kelyapti.

Baʼzan şu odamning hali-hanuz talabalik romantikasi va şavqi bilan yozişiga qarab turib, “Zarilmikan odam özini şunça qiynaşi?” deb öylayman. Öylayman-u, tilimga çiqarmayman. Bilamanki, nima desam ham köngliga olmaydi, öziga xos alpozda kulib, boplab bir oğiz javob bilan mot qilib ketaveradi. Lekin yoziş masalasida… U aniq xafa böladi, xafa bölganda ham ulay-bulay ranjimaydi, astoydil köngli oğriydi. Çunki yoziş, ijod qiliş uning hayotiy muhim maslagiga aylanib bölgan, uning hayoti va ijod olami uyğunlaşib ketgan. Hayot va ijodni ikkita qutb deb olsak, u bir xonadan ikkinçisiga köçganday ikki qutb aro xohlagança sayr qilib yuraveradi…

2017 yili otam Toşkent tibbiyot akademiyasi klinikasi (eski ToşMI)da bir muddat davolandi. Kasalçilikni bilasiz, kayfiyat öta çatoq böladi. Otam ham şunday tuşkun holatda edi. Buyam yetmaganday, qon bosimi tinmay oşadi. Otamning kayfiyatini kötarguday gap aytay desam, öşa palatada yotaverib, özim ham şu ezgin muhit taʼsiriga tuşib qolgan edim. Bir kuni xonaga böronoldi guvraş, keyin böronning özi yopirilib kelganday böldi. Momaqaldiroqday guldurab, şovqin-suron bilan Oçil aka kirib kelganini körib, otam joyidan turib ketguday böldi. Yuziga birdan qon yugurdi, doim çehrasida jilva qilguvçi nimtabassum qaytib keldi. “Qani, Oçil bova, bormisiz?” deb quçoq oçib körişdi. Öz navbatida Oçil aka ham baland tovuşda: “Bu nima yotiş? Sizga yaraşmaydi, kasallikni haydang”, deganday gapirdi. Ikkovlon men borligimni ham unutib, miriqib gurunglaşdi. Yelkamdan toğ ağdarilganday böldi…

Taniqli şoir Eşqobil Şukur uluğ adibimiz Şukur Xolmirzayevga taʼrif berarkan, “ajoyibu ğaroyib” degan jumlani işlatadi. Bu tavsif, nazarimda, Oçil Tohirga ham juda mos keladi. Nainki mos keladi, xuddi biçimidagi libos kabi çippa yopişib tuşadi. Ha, Oçil aka ajoyibu ğaroyib inson. Bu ikki sözning faqat bittasini qöllaş ham kamlik qiladi. Ikkalasini baravar qöllaş kerak: ajoyibu ğaroyib!

Qişning quruq kunlaridan birida avtobusda Oçil akani körib qoldim.

— Ha, Xayriddiin, sanam bormisan? Tirikmisan bu yoruğ jahonda? — deb öziga xos tarzda hol-ahvol söradi.

Boşqa birov şunday söraşsa, heç bölmasa, könglimga oğir olib, içimda rosa sökarmidim, bilmadim. Lekin ayni damda bunday söraşayotgan odam Oçil Tohir edi. Gapidan zavqim kelib, miriqib kuldim. Çunki randalangan muomala-yu soxta mulozamatlar, turfa zamzama-yu közböyamaçiliklardan bezgan odamga dölvor söraşişlar nihoyatda naşʼa qiladi.

— Borman, tirikman, — dedim kulib. Manzilga yetgunça gurunglaşib ketdik. Gurung orasida yaqinda 70 yoşga tölişini aytib qoldi. Odamning işongisi kelmaydi. Nazarimda, otam taʼriflagan yigit birpasda bobo bölib qolgandek. Biroq şaxtu şijoati, ğayrati hamon öşa-öşa. Taniqli jurnalist, ajoyib şoir, mohir tarjimon Oçil Tohir haqida bundan ham köp va xöb yoziş mumkin. Çunki uni mamlakatda juda yaxşi biladigan safdoşlari, muxlislari, adabiy munaqqidlari bisyor. Ijodkor haqida ular aytadigan esdaliklar ham möl. Mening esa kasb bayrami bahona ota qadrdon inson haqida eslaganlarim şul qadar.

Xayriddin MUROD,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan