Bugunning 50 yoşli jadidi
yoki Umid Bekmuhammadning ilm va ijod uyğunligi haqida söz
Vaqtning naqadar tez ötişini yon-atrofingdagi insonlarning yoşiga qarab ham anglaysan. Bugun 50 yoşini ikkita ensiklopediya, 10 jildlik asarlar töplami, 25 monografiya, 30 dan ortiq risolalar, “Xorazmga talpingan Puşkin” roman-essesi va 800 dan ortiq maqolalar bilan qarşilagan Umid Bekmuhammad bilan 1992-1997 yillarda Urganç davlat universitetining tarix fakultetida birga tahsil olganmiz. Yaʼnikim istiqlolning ilk davrlaridan aynan oliy öquv yurtlarida test qöllanilgan yili talaba böldik va öqişni bitirib, har kim öz hayot yölini topib ketdi.
Umid Bekmuhammad talabalik davridan matbuotda faol bölgani uçun uni jurnalistik faoliyat bilan şuğullanadi deb öylardim. Negaki Umidbek dastlab “Xorazm haqiqati”, “Manzara”, “Gurlan hayoti” gazetalari, keyinçalik esa “Hurriyat”, “Mohiyat”, “Qişloq hayoti” gazetalarining faol mualliflaridan biri böldi. Ayniqsa 1995-2000 yillar oraliğida Umid Bekmuhammadning Olmaxon Hayitova, Matnazar Abdulhakim, Pirmat Şermuhammedov, Ozod Husayinov, Oşiq Erkin, Rözimboy Hasan, Sayyora Samandarova, A.N.Salim-Gareyev kabi olim, sanʼatkor, ijodkorlarga bağişlab yöllagan oçiq xatlari va 50 ga yaqin maqolalari ançagina şov-şuv bölgandi.
Töğri, u 2002-2006 yillar davomida matbuot sohasida faoliyat körsatdi. Yaʼni “Gurlan hayoti” gazetasida bölim mudiri, “Qişloq hayoti”ning Xorazm viloyatidagi muxbiri, “Hamroz” (Qoraqalpoğiston), “Adabiyot va sanʼat” gazetalari, “Boyçeçak”, “Kamalak” jurnallarida (Qozoğiston) bölim mudiri bölib işladi. Garçi keyinçalik Gurlan tumani hokimligi, Urganç davlat universiteti, Savdo-sanoat palatasi viloyat boşqarmasi, viloyat turizmni rivojlantiriş departamentida mehnat qilsa-da, doimo gazeta-jurnallarda tarixiy maqolalari bilan qatnaşib turdi.
Hayotini matbuotsiz, kitoblarsiz tasavvur etolmaydigan döstimiz talabalik davridan mudom gazeta-jurnallar, badiiy, ilmiy asarlarni öqibgina emas, doimo yaxşi asarlarni tarğib qilib ham yurardi. 2017 yil may oyida Sankt-Peterburgdan 48 kilogramm kitobu jurnallar olib kelgani buning isboti. Yoki bugun undan Urganç şahri yoxud viloyatning qaysi tumanida qanday kitob dökoni borligini sörasangiz, batafsil javob olasiz. Qaysidir ilmiy iş qilayotgan tadqiqotçi ham şu bois döstimizga murojaat qiladi. Yoki Xorazm tarixini tadqiq qilişda ğoyatda muhim bölgan S.P.Tolstovning “Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab” nomli maşhur asarini ming nusxadan öz hisobidan naşr ettirgani-çi? Hozir esa Yahyo Ğulomovning “Xorazmning suğoriliş tarixi” kitobini sözboşi, izoh va ilovalar bilan qayta naşr ettiriş taraddudida.
Tabiiyki, faqat özi köplab kitoblar yozibgina qolmay, noyob kitoblarni naşr ettirişga intilayotgani uning çinakam fidoyi tarixçi ekanligining isboti.
Tarix fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent Umid Bekmuhammadning hozirgaça naşr etilgan 10 jildlik “Xorazm va xorazmliklar” asari Xorazm tarixini xolis, haqqoniy tadqiq qilgan va keng omma uçun tarğib qiliş borasida katta ahamiyatga ega. Negaki, xalq tarixini xalqona uslubdagi asarlar tarzida yetkaziş uçun olim şaxsiyatida ijodkorlik ham bölmoği lozim. Şu jihatdan olganda, “Xorazm va xorazmliklar” nomli 10 jildlik asarlari qisqa davr içida kitobxonlarning sevimli kitobiga aylandi.
Maʼlumki, hozirda jadidçilik harakatiga tarixdagi uyğoniş davri, moziydagi fenomenal hodisa sifatida baho berilmoqda va bu mavzuni örganişga davlat tomonidan eʼtibor qaratilmoqda. Jadidlar böyiça ötkazilgan xalqaro konferensiyalar, “Jadid” gazetasining naşr etilayotgani buning isbotidir. Afsuski, tarixni, jadidçilik harakati mohiyatini anglayolmagan ayrim ijodkorlar XIX asr oxiri — XX asr boşlarida yaşagan ayrim faollarga nisbatan jadid sifatini yopiştirib, uluğlaşga intilyapti. Umid Bekmuhammad esa hali talabalik davridanoq Islomxöja, Bobooxun Salimov, Behbudiy, Bekjon Rahmon singari jadidlar, ularning faoliyati, boy merosi töğrisida köplab maqolalar, oçerklar eʼlon qilgandi. Şu bois u jadid maktabida faoliyat körsatgan, ularga homiylik qilgan maʼrifatparvar yoki şu maktab bitiruvçisi, yoxud “Yoş xivaliklar” deya atalgan xorazmlik jadidlar harakatining faollari hayoti va faoliyatini turli manbalarga taqqoslab örganib, xolis, haqqoniy yoritib bormoqda.
Ötgan davr mobaynida bu boradagi izlanişlarini davom ettirgan olim Özbekistonda birinçi bölib 2024 yilda “Xorazm jadidçilik harakati ensiklopediyasi”ni naşr ettirdi va bu asarga Ozarbayjon matbuotida, respublikamizdagi “Hurriyat” gazetasida yuqori ilmiy baho berildi. Şuningdek, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandar bilan hammualliflikda “Xorazm jadidçiligi: islohotlar, taʼlim va adabiyot”, “Xorazm jadid namoyandalari”, “Bobooxun Salimov — jadid, davlat arbobi va şoir”, “Xorazmdagi jadid maktablari”, “Xorazmlik jadidlarning mustamlakaçilik davrlarida qatağon qilinişi” nomli monografiyalari vohada keçgan jadidçilik jarayonlarini tadqiq qiliş borasidagi ilk asarlar sifatida eʼtirof qilindi. Mazkur monografiyalarning ahamiyati, ilmiy yangiliklari töğrisida “Jadid” gazetasida professor Almaz Ulviyning, “Tamaddun nuri” jurnalida esa dotsent O. Şixovning maqolalari çop etildi.
Uşbu ensiklopediya va monografiyalarning ahamiyati hamda undagi birlamçi manbalarning ilk bora fanga kiritilişi respublikamiz va xorij olimlarida qiziqiş uyğotdi. Negaki, 1999 yilda yaratilgan “Xorazm tarixi” va boşqa asarlarda ham Xorazm jadidçiligi mavzusi deyarli yoritilmagandi. Şu bois yuqoridagi monografiyalar Xorazm jadidşunosligi böyiça fan va jamiyat uçun katta ilmiy yangilik böldi.
Bundan taşqari, professorlar M.Matkarimov, S.Matkarimovalar bilan hammualliflikda naşr ettirgan “Yoş xivaliklar”ning respublika davridagi faoliyati” nomli monografiyasi, S.Matkarimova bilan hammualliflikdagi “Xorazm jadidlarining islohotlari va taraqqiyparvarlik faoliyati” monografiyasi ham aynan Xorazm jadidlarining tarixda tutgan örni töğrisidagi ilmiy asarlardan biri.
Ayni paytda “Xorazm jadidçiligi: siyosiy kuraşlar, islohotlar va maʼrifiy harakatçilik (1900-1924 yillar)” deya nomlangan doktorlik işi böyiça izlanişlar olib borayotgan döstimiz voha jadidçiligining öziga xos xususiyatlari, Buxoro, Turkiston jadidçiligidan farqli jihatlari, jadidçilik fenomeni böyiça birlamçi manbalar asosida öz tadqiqotini yakunlaş arafasida.
Yuqoridagi tarixiy asarlardan taşqari, Umid Bekmuhammad adabiyotşunoslik böyiça ham muhim ilmiy iş qildiki, bu 21 yoşida vafot etgan şovotlik Bahodir Sodiqning ilmiy-ijodiy asarlarini qayta naşr qildirişidir. Döstimizning 2017 yilda naşr ettirgan “Xotira uyğonsa gözaldir” asari Bahodir Sodiq hayoti, ijodiy, ilmiy faoliyatiga bağişlangan bölib, uşbu naşrga Özbekiston xalq şoiri Xurşid Davron sözboşi yozgan va bu izlanişlarga katta baho bergandi. Negaki, uşbu asarda Bahodir Sodiqovning hayoti tölaqonli yoritilib qolmasdan, köplab maqolalari, tugallanmagan ikkita dostoni ilk bora naşr qilingandi. Umid Bekmuhammad marhum ijodkor, adabiyotşunosning merosini örganiş, zamondoşlari xotirasini yozib oliş böyiça izlanişlarini davom ettirdi. Natijada 2023 yilda Bahodir Sodiq haqidagi Berdi Rahmat bilan naşrga tayyorlagan “Közlardagi dunyo” kitobi Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi Mirzo Kenjabek sözboşisi bilan çop etildi. Ahamiyatli tomoni Şovot tumani, Urganç davlat universitetida ötkazilgan ilmiy anjumanda Mirzo Kenjabek, Usmon Azim, Berdi Rahmat singari el ardoğidagi ijodkorlar Umid Bekmuhammadning bu boradagi izlanişlarini eʼtirof etgan holda, u töplagan, marhumning onasi qölida saqlanib qolgan ijodiy, ilmiy merosini aynan Umidbek saqlaşi mumkin va unga topşiriş kerak degan işonç bildirişdi. Tabiiyki, bu holat unga ilmning qadriga yetadigan şaxs va olim sifatidagi yuqori baho edi. Adabiyotşunoslik va adabiy jarayondagi ilmiy yangilik va Bahodir Sodiqqa oid adabiy merosning barhayotligini taʼminlaş borasidagi bu insoniy, ilmiy xizmatlari şu boisdan eʼtiborga, eʼtirofga loyiqdir.
2011 yilda naşr etilgan “Xorazmga talpingan Puşkin” roman-essesi esa Umidbekning ilm va ijod uyğunligi asosidagi tarixiy asari bölib, uşbu roman-esse haqida professor S.Rözimboyev, dotsent R.Yöldoşevlar “Ilm sarçaşmalari” jurnalida yuqori baho berişgandi. Umuman olganda, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, tarix fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent, Xorazm Maʼmun akademiyasining katta ilmiy xodimi Umid Bekmuhammadning şaxsiyati, ijodiy-ilmiy asarlari haqida xorijlik va respublikamizning köplab ilm, ijod ahli tomonidan 60 dan ortiq maqolalar yozilgani, 5 ta şeʼrlar bitilgani uning faoliyatiga berilgan bahodir.
Filologiya fanlari böyiça falsafa doktori, şoira Gözal Begim yozganidek, “Umidbek har doim tarixning qulflangan eşigining u yoğida qolib ketgan manbalarni topib, bizga tortiq qiladi. Uni yangi zamon közi bilan örganib, öşa davr qalbi bilan his qiladi. Yanayam aniqroği, tarixiy manbalarni ham ilmiy, ham poetik kölamda jonlantira oladi, tarix hissini bizga yuqtiriş mahoratini juda gözal egallay olgan.
Umidbekning yozganlarida faktlar kuraşmaydi, tarixiy polotnolar köz oldingizda bor böy-basti ila namoyon böladi. Qolaversa, tarix faqat sirni oşkor qiliş emas, bilʼaks, unga safar qiliş ekanligini olimning har bir topildiği dalillaydi.
Odatda, tarixçilar haqida gapirganda yillar yo asr nuqtai nazaridan maʼlum davr qamrab olinganini köramiz. Umid Bekmuhammadda esa bu kabi çegaralar yöq, u zehni, qalbi va maʼrifiy tezligi yeta olgan har bir davrni örganyapti, uni tahlil qilişga qodir. Umid, mening nazarimda, tarixçilar içida eng tezkori, şijoatlisi. Bu uning ilmiy va ijodiy qaraşlarida aks etadi. U ötmişning eng olis davrlariga ham juda tez safar qiladi, öquvçisini ham ana şu şijoati ila safar qildiradi. Yaʼni u yozarkan, ham ilmiy tafakkurimizni, ham tasavvurimizni kengaytiradi”.
Uşbu fikrlarga qöşilgan holda, ilm va ijod uyğunligida köplab asarlar yaratayotgan, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan bugungi kunning jadidi bölgan döstimni 50 yillik qutluğ yoşi bilan tabriklab, uning bundan keyingi faoliyati yanada tezkorlik bilan, hozirgaça yaratilgan asarlari singari yuqori saviyada bölişini tilab qolaman.
Qudrat MAŞARIPOV,
tarix fanlari doktori,
dotsent.
