Uning köngli — nurlar vodiysi

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist

Gulçehra Jamilova suratiga çizgilar

Bir inson haqida aytilgan köplarning turfa fikrlari bölişi mumkin, ammo eng töğri taʼrif har kimning özi haqidagi fikridir. Heç kim odamni öziçalik bilmaydi va öziçalik töğri taʼriflay olmaydi. Benazir şoiramiz Halima Xudoyberdiyevaning ustozimiz Zulfiyaxonimga atab yozgan bağişlov şeʼridagi quyidagi misra esingizdadir:

 

Şeʼrimga nur aralaş tökilasiz,

malikam,

Özingizni özingiz xöp bilasiz, malikam…

 

Yuqoridagi men aytgan fikrni şoirona tarzda juda öxşatib aytgan-a…

Men nimaga Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Gulçehra Jamilova haqida yozayotgan bitiklarimni insonning özini özi bilişi haqidagi fikrlar bilan boşladim? Çunki Gulçehraning ijodida ham şu fikrimni tasdiqlaydigan satrlar bor:

 

Işq homiysi — mening könglim,

Nur vodiysi — mening könglim…

 

Kim nima desa desin-u, men bu satrlarga juda işonaman. Çunki Gulçehra mening sinaşta singlim. U bilan “Saodat” jurnalida bir neça yillar birga işlaganmiz. Ayolning muhabbati eng avvalo oilasiga bölgan munosabatida namoyon böladi. Öz turmuş örtoğiga sadoqat saqlagan, öz farzandlari uçun jonini nisor qilgan ayoldagina köplarga, deylik, xalqiga, millatiga çinakam sadoqat, çinakam muhabbat bölişi mumkin. Oddiygina qilib aytsak, bir odamni eplab sevgan odamgina katta muhabbatlarga qodir böladi. Gulçehrada şunday muhabbat bor. Birgina misol. Barça kasbdagilar, şu jumladan, jurnalistlarning ham öz sohasida közga körinarli işlar qilib qöygaç, mansab, lavozim maʼnosida imkoniyatlari kengayadi. Gulçehra ham haqli ravişda “Saodat” jurnalining boş muharrir örinbosari darajasigaça kötarilgan edi. Bilamizki, “Saodat” jurnalining nufuzi nuqtai nazaridan qarasak, bu yaxşigina kötariliş edi. Ammo Gulçehra özi ariza yozib işdan böşadi. Çunki öşa yili tilab olgan qizaloği maktabga çiqişi kerak edi.

— Uni maktabga özim olib borib, özim olib kelişim kerak. Uyimga yaqin joyda işlaşim kerak, — dedi va şunday qildi. Şunday paytlar böldiki, jurnalimizda işlab yurgan paytlari şaroit moddiy jihatdan turmuş örtoğiga tayanç bölişni talab qildi. Gulçehra baʼzilarga öxşab dardini dasturxon qilmadi. Kimlarnidir yozğirib, nimalardandir şikoyat ham qilmadi. Tinmadi, tinçimadi. Yozdi. Saksoninçi, töqsoninçi yillar bosma naşrlarining eng faol mualliflaridan böldi. Bu mehnatkaşlik Gulçehraga faqat moddiy manfaat emas, maʼnaviy taqdirlanişni ham ato etdi: u “Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist” unvoni bilan mukofotlandi.

Aksariyat jurnalistlar bitta yönalişda yozişga ixtisoslaşgan böladi. Gulçehra ham “Saodat” jurnalida işlab yurgan paytlarida asosan xotin-qizlar yönalişida, qadriyatlar bilan boğliq mavzularda köproq yozardi. Donişmand bobo, buvilaridan iqtiboslar keltirardi. Hatto unga:

— Gulçehra, enangizni bir kun biznikiga jönatib yuboring, bitta maqola yozay, — deya hazil ham qilardim. Bizdan söng u uyiga yaqin joyda — “Sihat-salomatlik” jurnalida masʼul vazifada işlay boşladi. Birdaniga bir yönalişdan ikkinçisiga ötgani yozganlarida sezilmadi. Ammo bu jarayonning içida yurgan odam biladi: qadriyatlar haqida yozib yurib, tibbiyot mavzusida yaxşi maqola yoziş ança örganiş, ança mehnatni talab qiladi. Gulçehra tabiatan juda mehnatkaş bölgani bois tibbiyot mavzusini juda tez özlaştirdi. Tibbiy hayotga tez kirişib ketdi. Keyingi yillarda uning qalamiga mavzu beradigan hududlar juğrofiyasi yana ham kengaydi.

Bugun farzandlari yoniga kirdi, Gulçehraning ijod imkoniyatlari yana ham kengaydi. Keyingi paytda ketma-ket naşr qilingan “Özim bilan yuzma-yuz”, “Nur vodiysi” kitoblari öşa imkoniyatlarning samarali yakunlaridan biri, deb bilaman. “Yuzma-yuz” kitobi “Oydin qişloq qissasi” badiasi bilan boşlanadi. Undan söng “Sendagi tonglarim quyoşli” bağişlovi keladi… Bizning öquvçilarimizda syujetli asarlarni öqişga moyillik kuçli. Badia bilan öquvçini uşlab turiş qiyinroq. Ammo Gulçehraning badiasi şavq bilan öqiladi. Özi aytganidek, könglidagi nur satrlarni nurlantirib turadi. Bu — muhabbat nuri. “…Namxuş maysalarning xuşböy isi dimoğimga urildi. Gullar yaproğidagi yomğir tomçilari billurdek yarqiraydi. Daraxtlarning barglari ham tozarib, yaşilligi yanada ortganday…” Köz oldingizga Gulçehra tasvirlayotgan unga qadrdon qişloq emas, özingizning qişloğingiz keladi. Mayli-da, gullar emas, yantoq, oqboşlar ösayotgan bölsin…. Mayli-da, zilol suvlar emas, bötana suv oqayotgan bölsin… Iqtidorli qöl tutgan qalamning kuçi şunda: muhabbat xotiralarini uyğotadi, soğinç xotiralarini uyğotadi. Men adiblar, şoirlar ijodini sevimli qiladigan muhabbat tuyğusi haqida gapirsam, heç qaçon “Ona muhabbati”, “Vatan muhabbati, farzandga muhabbat” deb ajratmayman. Ajratiş — xato. Çunki muhabbat — yaxlit tuyğu. Odam bolasi yuragining bir bölagiga boşqa sevgini, boşqa bölagiga yana boşqa sevgini joylab yaşamaydi. Şu maʼnoda Gulçehraning “Sendagi tonglarim quyoşli” bağişlovining davomidagi “Tömaris va Şiroq”, “Bolaga buyuklar haqida gapiraylik”, “Qişloğim jadidlari” kabi maqolalarda ham tuğilgan tuproqqa, uning fidoyilari va kelajagiga bölgan issiq bir muhabbat, yaxlit bir muhabbatni his qilaman. Bittagina “…Vatanda yaşab turib ham uni soğinar ekansan baʼzan” degan satrning özi ham yuqoridagi fikrni aytişga imkon beradi.

Gulçehraning sönggi yillar ijodining mahsuli bölgan har ikki kitobdagi maqolalarning eng köpi kitobxonlik mavzusida yozilgan.

Muallif bugungi siyosatimiz markazida turgan kitobxonlikka undaş mavzusiga öziga xos yösinda yondaşadi. “Öqi, kitob ber”, degan daʼvatlardan qoçadi. Kitob bilan boğliq armonlar, quvonçlar, oğriqlarni suvratlantiradi. “…Aspirantlik yillarim edi. Turmuş ehtiyojiga köra ön dona qimmatbaho kitobni bukinistik kitob magaziniga topşirdim. Ular orasida taniqli şarqşunos olim Bartold asarlar töplami ham bor edi. Uyga qaytgaç, xotirjamligim yöqolib, uxlay olmadim. Ertalab işga bormadim.

Öşa kitoblarni qaytarib oliş uçun dökonga bordim. Ammo kitoblar öşa kuniyoq sotilib ketgan ekan. Keyin bu kitoblarni uzoq izladim. Ammo topa olmay armonda qoldim….”

“…Kitob dökoniga bir borganimda professor Muşketovning “Turkiston” deb nomlangan kitobini körib qoldim. 25 söm (öşa paytda bu pul maoşimning törtdan bir bölagi edi) pulim yöqligi uçun xarid qilolmadim. Uyga borib, rafiqamga bu kitob tafsilotlarini, bugungi armonimni gapirib berdim. Ertasiga işdan kelsam, stolim ustida “Turkiston” kitobi turibdi. Xotinim oylik maoşidan uyga bir buyum oliş uçun yiğib yurgan puliga şu kitobni sotib olibdi”. Bu — Gulçehraning akademik, dunyo tanigan gematolog olim Saidjalol Bahramov bilan qilgan suhbatlaridagi bitiklar.

“Kitob dökonida ikkita qizning suhbati quloğimga çalindi:

— Qara, bu kitobning yuzidagi suvrati çiroyli ekan. Gulga qöşib bersam, örtoğimning tuğilgan kuniga sovğa qilsam bölarkan.

— Kitob olib kelibdi, deb ensasi qotmasmikan?

— Yoniga yana biror durustroq narsa qöşarman…”

Bu yozuvçining kundalik hayotidagi yuragini oğritgan bir voqea.

Çaqiriqlar, undovlar öquvçining esida qolmasligi mumkin, ammo bunday satrlar esda qoladi va öquvçiga nima qiliş va qilmaslik ilmidan nimalardir örgatadi. Sinçiklab qaralsa, Gulçehraning ijodida yana bir öziga xoslik kuzatiladi. U qisqa satrlarga çöng mazmunni çiroyli singdira oladi. Deylik, nazmda:

 

Tom ustidan yerga otdi özini

Lolaqizğaldoq,

Tölib ketgan edi yuragi.

 

Yurak, quşim, parvozga şaylan.

Qafasingni sindir, parçala.

Sendan boşlanadi Ozodlik.

 

Deylik, nasrda: “Çinniqop” deb atalgan bir qatrasimon narsa bor. Unda aytilişiça, çinniqop muzeyda saqlanar ekan. Tomoşa qilgani kelganlar uning nima uçun işlatilişini bilişmabdi. Şunda muzey direktori izoh beribdi:

— Qadimda ota-bobolarimiz karvonlar bilan uzoq safarlarga çiqqanida yölda özlarining ehtiyojlariga işlatadigan çinni buyumlar sinmasligi uçun maxsus şunday ğiloflarda olib yurişgan ekan. Bugun uçun bu arzimagan narsadek tuyulişi mumkin. Ammo öşa davr nuqtai nazaridan qarasak, ajdodlarimizning ehtiyotkorlik, pokizalik kabi fazilatlari börtib körinadi. Va adiba bu ixçamgina bitikda qöli gul, yaratuvçan xalqimizni bir qadar işonarli tarzda gavdalantira olgan.

Bu ikki kitobda ham turli janrdagi asarlar bor: badialar, esselar, maqolalar, şeʼrlar, hikoyalar, hajviyalar, hatto dramatik asarlar…

Ozgina muddat noşirlik qilganman. Tajribam bor. Agar Gulçehra kitob qilişdan avval uning mundarijasi haqida men bilan gapirişganda, men bu bitiklarni tamoman boşqaça şakldagi kitob qilib berardim. Lekin nafsilamrini aytganda, kitob masalasida singlimiz tengdoşlariga qaraganda ança barakali xirmon kötargan: “Umr hikmatlari”, “Qoyadagi atirgul”, “Moviy barqut siri”, “Yoruğ kun”, “Men borman, hayot”, “Xizrni körgan odamlar”… Kitobning nomlariga ham havas qilsa böladi, yoruğ, umidlar tirik…

Barça kitoblarni öqib çiqqaç kelinadigan asosiy xulosa ham şu tuyğularga yaqin. Ajdodlarimiz yaşab ötgan, biz yaşagan, avlodlarimiz yaşaydigan yurtimizda yaxşilar, yaxşiliklar köp. Kimdir, kimlardir:

— Yöq, unday emas, közingizni kattaroq oçing, — deb oyoq tirab turgan bölsa-da, jurnalist, adiba, şoira Gulçehra Jamilova bu kitoblari bilan:

— Yöq, baribir yaxşilar va yaxşiliklar köp, — deya ulardan ham battarroq öjarlik bilan oyoq tirab turganga öxşaydi. Yana gap avvaliga qaytamiz. Axir uning özi “Könglim — nurlar vodiysi”, deyapti-ku. Sevib, nurli köngil bilan qaragan közga yurt ham, millat ham, xalq ham çiroyli körinadi. Bu çiroy qarşisida mavjud xatoliklar, illatlar kiçrayadi, rangsizlanadi…

Gulçehra endi donişmandlik fasliga kirdi. Yoziş imkoniyatlari kengaydi, mahorati oşdi. Tafakkuri teranlaşdi. Şunday ekan, bu tinib-tinçimas, rahmatli Oydin opamiz taʼbiri bilan aytganda, özini ötga, çöqqa uradigan singlimga salomatlik tilab, mehnatlarining qadri buyurişini istayman.

Qutlibeka RAHIMBOYEVA,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi

aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan