Taʼlim taraqqiyoti “orbita”sining yetuk olimi
Ilm ham fizika qonunlariga öxşaydi. Unda harakat bor, kuç bor va aniq yönaliş mavjud. Ana şu yönalişni belgilay oladigan şaxslar jamiyat taraqqiyotining markazida turadi. Çirçiq davlat pedagogika universiteti rektori — Ğafurjon Isroiloviç Muhamedov şunday insonlar sirasiga kiradi. U ilmni hayot mazmuniga, maʼrifatni esa taqdir trayektoriyasiga aylantirgan, tafakkuri bilan taʼlim kelajagining vektorini belgilab berayotgan zabardast olim va zamonaviy rahbardir. Kimyo fanlari doktori, professor, Özbekiston Respublikasi fan arbobi unvoni sohibi bölgan bu fidoyi inson ilm olamida katta energiya manbai, oliy taʼlim tizimida esa barqaror rivojlanişni taʼminlovçi tayanç nuqta sifatida tanilgan.
1946 yil 20 dekabrda Toşkent şahrida dunyoga kelgan Ğafurjon Muhamedov bolaligidanoq ilmga çanqoq, bilimga intiluvçan, izlanişdan çarçamaydigan şaxs sifatida şakllandi. Fizika qonuniyatlari bilan aytganda, bölajak olimning bilimga nisbatan “tortiliş kuçi” yuqori bölib, u doim ilmiy maydon markaziga intilar edi. Ana şu intellektual gravitatsiya uning hayot yölini aniq belgilab berdi. Izlanişlar trayektoriyasini barqaror orbitaga soldi va uni ilm olamining markaziga olib bordi.
Toşkent davlat universitetining fizika fakultetini tamomlagan yoş mutaxassis öz bilimining potensial energiyasini oşiriş maqsadida Moskvadagi Fizika-kimyo ilmiy-tekşiriş institutida tadqiqotlar olib bordi. Bu davrda orttirgan tajribasi unga doimo asqotdi. 1991 yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, kimyo fanlari doktori darajasiga erişdi. Şu bilan uning ilm sohasidagi yöli yangi bosqiçga, yaʼni yuqori tezlikdagi taraqqiyot “orbita”siga çiqdi. Ilmiy fikrlari esa impuls olib, keng fazoviy maydonda erkin harakatlana boşladi. Nazariya va amaliyot örtasidagi rezonansni taʼminlab, işlab çiqariş jarayonlarida samaradorlik koeffitsiyentini yuksaltirişga xizmat qilib kelmoqda.
Olimning ilmiy merosi salmoqli va serqirra. Polimer kimyosi, ekologik muammolar, agrosanoat sohasidagi dolzarb masalalarga bağişlangan fundamental va amaliy tadqiqotlar, qator monografiyalar, 250 dan ortiq ilmiy maqola hamda önga yaqin ixtiro va mualliflik guvohnomalari uning fan taraqqiyotiga qöşgan ulkan hissasini yaqqol namoyon etadi.
Fan arbobining rahbarligi ostida 10 dan ortiq fan doktorlari, 15 ga yaqin fan nomzodlari yetişib çiqdi. Ustoz uçun har bir şogird — yangi quvvat zarrasi bölib, ularning ilmiy natijalari milliy fan tizimining umumiy quvvatini oşirib kelmoqda. Olim sifatida uning ilmiy işlari xalqaro ilmiy jamoatçilik tomonidan ham yuksak baholanib, keng eʼtirof etilmoqda.
Bugungi kunda professor Ğafurjon Muhamedov nomi Çirçiq şahri bilan çambarças boğliq. Bir paytlar harbiylar va sanoat markazi sifatida tanilgan şahar sönggi yillarda ilm-maʼrifat, taʼlim va ziyolilar makoniga aylanib ulgurdi. Bu ijtimoiy transformatsiya jarayonida olimning strategik fikrlaşi hal qiluvçi impuls böldi. Bu impuls esa butun tizim harakatini yangi tezlaniş bilan taʼminladi.
Hikoyamiz qahramoni rektorlik lavozimiga tayinlangan ilk kunlaridanoq Çirçiqni ziyolilar şahriga aylantirişga hissa qöşib kelmoqda. Natijada qisqa vaqt içida universitet hayotida fazaviy siljiş yuz berdi. Taʼlim sifatini oşiriş, zamonaviy boşqaruv modellarini joriy etiş, raqamli va elektron taʼlim tizimini rivojlantiriş orqali taʼlim jarayoni yangi bosqiçga ötdi. Raqamlaştirilgan baholaş tizimi, elektron darsliklar, innovatsion öquv platformalari va yangilangan taʼlim standartlari universitetning barqaror işlaşini taʼminlaydigan asosiy mexanizmlarga aylandi. Taʼlim tizimi muvozanat holatiga kelib, samaradorlik koeffitsiyenti ortib bordi.
Rahbarning kuyunçakligi va taşabbuskorligi tufayli oliy taʼlim öçoğida yuqori salohiyatli professor-öqituvçilar jamoasi şakllandi. Bu jamoa bir butun tizim sifatida işlab, har bir aʼzo öz örnida aniq funksiyani bajarayotgan mukammal mexanizmni eslatadi. Xalqaro öqituvçilarni tayyorlaş, qöş mutaxassislik dasturlarini yölga qöyiş ham uşbu tizimning samaradorligiga hissa qöşdi.
Professor taşabbusi bilan joriy etilgan Pedagogik taʼlim innovatsiya klasteri esa universitetning ilmiy taʼlim maydonida yangi kuç markazini yaratdi. Bu klaster fan, taʼlim va amaliyot örtasidagi özaro taʼsirni kuçaytirib, ilmiy jarayonlarning uzluksiz harakatini taʼminladi. Doktorlik va falsafa doktori dissertatsiyalarini tayyorlaş, ilğor pedagogik texnologiyalarni joriy etiş aynan şu muhitda yangi bosqiçga kötarildi.
Ğafur Muhamedov oçiqlik va adolatni asosiy qonun deb biladi. U talabalarni universitet hayotining faol iştirokçisi sifatida köradi. Yoşlar bilan oçiq muloqot, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş rahbarlik uslubining asosiy drayveriga aylangan. 2025 yilda talabalar bilan ötkazilgan uçraşuvlar bu jarayonning yorqin isboti böldi.
— Universitetimiz faqat bilim beradigan joy emas, balki şaxs kamoloti şakllanadigan laboratoriyadir, — dedi rektor. — Biz talabalarimizni zamonaviy bilimlar, ilmiy izlanişlar va milliy qadriyatlar uyğunligida yetuk mutaxassis etib tarbiyalaşni maqsad qilganmiz. Aziz talabalar! Sizlardan faollik, taşabbuskorlik va doimiy izlanişni kutib qolamiz. Har biringiz öz oldingizga katta maqsad qöyib, universitet imkoniyatlaridan töliq foydalaning. Biz esa sizlarning har bir yutuğingizga hamkor va tayanç bölamiz. Birgalikda yurtimiz kelajagi uçun munosib kadrlar yetiştiriş yölida mehnat qilamiz.
Ğafurjon aka taʼlim va tarbiyani bir butun, uzviy tizim sifatida köra oladigan rahbardir. U milliy qadriyatlar va zamonaviy innovatsiyalarni uyğunlaştirgan holda, yoş avlodni maʼnan yetuk, çuqur bilimli, mustaqil fikrlay oladigan va raqobatbardoş mutaxassislar etib tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Universitetning xalqaro nufuzi yil sayin oşib bormoqda. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qöşma dasturlar, xalqaro loyihalar va akademik almaşuvlar universitetni jahon taʼlim makoni bilan sinxron harakatlanayotgan tizimga aylantirmoqda.
Suhbat asnosida “Gazeta öquvçilariga aytar sözingiz?” degan savolimizga şunday javob berdi:
— Matbuot — jamiyatda fikr va maʼrifatni şakllantiradigan eng faol qatlam. Bu nafaqat axborot manbai, balki jamiyatning oynasi, xalqning ovozidir. Şu bois, “Çirçiq tongi” va Çirçiq davlat pedagogika universitetining gazeta içida gazetasi — “Taʼlim ziyosi” sahifalarida yoritilayotgan har bir maqola, har bir tahlil orqali haqiqat, xolislik va taraqqiyot ğoyalari qaror topmoqda. Aziz muştariylar, sizlarni befarq bölmaslikka, hayotda bölayotgan yangiliklarga faol munosabat bildirişga, ilmiy-maʼrifiy va ijtimoiy masalalarga ongli yondaşişga çorlayman.
Qariyb yarim asrdan buyon uning pedagogika sohasida erişgan yutuqlari va mehnati munosib baholanib, “Özbekiston Respublikasi fan arbobi” unvoni, “Mehnat şuhrati” ordeni, “Özbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik va “Oliy taʼlim aʼloçisi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.
Ilm-fan fidoyisi, katta olim, ustoz va jonkuyar rahbarni şu kunlarda qarşi olayotgan tabarruk yoşlari bilan samimiy qutlaymiz. U kişiga mustahkam soğlik, oilaviy baxt, el-yurt ravnaqi yölidagi şarafli işlarida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy va ijodiy faoliyatida yangi “orbita”larni zabt etişiga tilakdoşmiz.
Saodat MUSAYEVA,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
