“Afsonaman” yoki ism — yarim taqdir

Ön sakkiz yoşni qarşilabmanki, ismim nega Afsona deb qöyilgani haqida qiziqib körmagan ekanman. Albatta, noodatiy bölganligi sababli har gal özimni taniştiriş uçun ismimni aytganimda, ajablanib qayta söraşlar köp bölgan. Odamlar maʼnosiga qiziqişar va kim qöyganligini söraşardi.

Amaliyot ötaş uçun “Hurriyat” gazetasiga kelganimda, bölim boşliği ham şu savolni berdi: “Nega aynan Afsona?” Onamdan söraganimda ham bu haqda aniq gap aytmaganlar, maʼnosini özim qidirib körgan edim: “Afsona — afsonaviy gözallik timsoli yoki köhna afsonalardagidek suluv qiz” degan maʼnoda ekan. Ertak va afsonalarda taʼriflanadigan qizlar taşqi körinişi bilan emas, ibo-hayosi, iffati, xulq-atvorining gözalligi bilan ifodalanadi. Onajonim ham, balki, öşa ertaklardagidek gözal xulq-atvorli, andişali, hayoli, bölişim uçun şu ismni tanlagan bölsalar kerak.

Onajonim judayam yaxşi, har bir işni qilişdan avval yetti marta ölçaydigan oqila ayol. Ismim noodatiy va köp uçramasligini aytib, şu sababdan şu ismni tanlaganini aytganlar. Maktabda ona tili va adabiyot öqituvçimiz Muqaddas Abdujabborova: “Ism — yarim taqdir”, — deb aytgandi. Bu şunçaki bir qator söz emas, hikmat ekan. Alişer Navoiyning “Farhod va Şirin” dostonida keltirilganidek: “Qurʼoni karimda “Al-asmo-u tanzilu min-as”, yaʼni “Ismlar osmondan tuşadi”. Har bir inson öz ismi, öz taqdiri bilan birga tuğiladi. Xuddiki Farhod ham buyuk qismat bilan tuğilganidek. Bu bilan şunga amin böldimki, ism insonning yarim taqdirini ifodalar ekan. Ota-bobolarimiz bejizga töğri ism tanlaş kerakligini uqtirişmagan. Ism insonning ruhi va fazilatlariga taʼsir qiladi.

Albatta, ism taqdirni özgartirmaydi yoki belgilamaydi. Lekin inson öz ismidan ilhomlanadi. Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) bejizga baʼzi sahobalarining ismini yaxşi maʼnolisi bilan almaştirmaganlar. Ota-onalar farzandi qanday inson bölişini xohlasa, unga şu maʼnodagi ismni qöyişadi. Ism taqdirni belgilab bermasa-da, lekin inson öz ismidan kim bölişi kerakligini anglaydi.

Odamlar sizni öz ismingiz bilan çaqirganida, şu nomga mos bölib yaşaşga intilasiz. Demakki, ismni töğri tanlaş ham muhim ekan.

Afsona OROMOVA,

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika va özbek filologiyasi  fakulteti axborot xizmati va jamoatçilik bilan aloqalar yönalişi 2-bosqiç talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan