Orzular röyobi

Çekka qişloğim yuragimga jurnalist böliş orzusini solgan. Bu orzu şundayligiça qolmasligi uçun oilam meni har tomonlama qöllab keldi. Albatta, bu sohada öqiş, talaba böliş uçun yetarliça bilim va könikma talab etiladi. Şu sababli har kuni darsdan keyin şahar markaziga kursga qatnar edim. Uzoq yöl, çang qişloğimni oralab borar ekanman, yölma-yöl öşa bepoyon orzularim, gözal kelajak haqidagi öylarim manzilimni yaqin qilar edi göyo. Öquv markazining oldida Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi binosi joylaşgan edi. Har gal unga havas bilan qarab, “Kun kelib maqsadimga erişaman va şu dargohda işlayman” deya niyat qilar edim. Har kuni şu bino oldidan ötarkanman, oldimga qöygan maqsadimga bölgan intiliş yanada oşardi.

Bir kuni darsimiz erta tugadi. Yana telekanal oldidan ötib borayotib, bir martagina bölsa-da binoga kirişni, undagi muhitni his qilişni çin dildan istadim. Bino oldida yoşi kattaroq bir kişiga közim tuşdi va şu binoga kiriş uçun ruxsat söradim. U kişi ustoz jurnalist Anorboy Qahhorov edi. Ustoz kiçik iltimosimga yöq demay, bola könglimni şodlantirganlari, qolaversa, jurnalist böliş istagimni qöllaganlari menga yanada kuç bağişlagan. Orzum uşaldi. Telekanalga kirdim. Kamera, mikrofon, studiya — barça-barçasini öz közim bilan körgandagi zavq, şijoat va hayajon hamon yodimda. U yerdagi ahil jamoa — ustozlar bilan tanişdim. Iş jarayonini kuzatiş uçun kelib turişimga ruxsat berişdi.

Kundan-kun sohaga bölgan qiziqişim oşar, ustozlar faoliyatini, körsatuvlar suratga oliniş jarayonlarini kuzatib, tezroq talaba bölgim va men ham jurnalist kasbini egallab, şu sahnada özimni körgim kelardi. Ança vaqt amaliyot ötagaç, Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori, ustoz jurnalist Zafar Darxonovga öz istagimni bildirdim. U kişi men ham körsatuvlarga çiqişim, lavhalar tayyorlaşga urinib körişim mumkinligini aytdilar. Bu imkoniyat mening kelajagimni belgilab berdi, desam, mubolağa bölmaydi. Öşa damdan boşlab men ham bölajak yoş jurnalist sifatida radio va televideniyeda çiqiş qila boşladim. Lavhalarim efir yuzini kördi. Jurnalist bölişni orzu qilgan bir qizaloq uçun bu ulkan baxt edi. Ustozlarim, oilam — barça-barça yaqinlarimdagi faxr tuyğusidan kundan-kunga kasbga bölgan mehrim ortib boraverdi. Ustozlarimning bir ögiti mendagi şiorga aylanib ulgurgan: “Yozişni bilgan jurnalist jurnalistikaning qaysi sohasida bölmasin, heç qaçon qiynalmaydi”. Haqiqatan ham, bu sözlarda katta maʼno mujassam. Jurnalistning quroli — söz. Ustozlarim menga bu ögitni bolalikdan singdirişganidan hamişa minnatdorman. Sababi, men televideniyeda amaliyot ötaş bilan bir qatorda, gazetalar bilan ham doimiy hamkorlik qildim. Jurnalistikaning bu ikki yönalişini bir-biriga boğlaş kelajak maqsadlarimga yetişişimga katta turtki bölgan.

Abituriyentlik davri tugab, hal qiluvçi pallalar yaqinlaşdi. Jurnalistika yönalişida ijodiy imtihon ötkazilişi maʼlum böldi. Bu nafaqat meni, balki jurnalistika sohasiga iştiyoqi baland barça abituriyentlarni juda xursand qildi. Sababi, biz ijodiy imtihonda iqtidorimizni namoyon eta olardik. Ellikdan ortiq ijodiy işlarim, maqola va telekörsatuvlarimni papkaga joylab, maqsadim tomon Toşkentga yöl oldim. U yerda mahoratli jurnalist ustozlar bizni suhbatdan ötkazişdi. Suhbat jarayonida har bir savolga iştiyoq, baland ruh bilan jöşqin javob berganimni körgan ustozlar: “Siz deyarli tayyor jurnalist ekansiz-ku”, deyişgani özimga bölgan işonçni yanada oşirgan. Öşa suhbat va yozma imtihondan eng yuqori ball bilan davlat granti asosida Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga talabalikka tavsiya etildim. Jonajon jurnalistikamning ilk zinalariga qadam qöydim. Endi esa bu zinalardan kuçli bilimim bilan kötarilib, ustozlarim işonçini, imkoniyatlarim natijasini oqlaşim kerak edi. “Inson nimanidir çin dildan istasa, butun yer-u samo uni şunga yetkaziş payida böladi”, deb yozilgan edi eng sevimli asarlarimdan biri “Alkimyogar”da. Çindan ham bundan beş yil oldin jurnalist böliş xayoli bilan televideniye binosi oldidan havas bilan ötganlarim, ana şu havas asnosida qilgan niyatlarim bugun hayotimga köçdi: talaba böldim, öqidim, öz maqsadim yölida tinimsiz harakat qildim. Universitetda ham şunçaki emas, bor kuç-ğayratim bilan öqidim. Sababi, poytaxtga qişloğimdan osmon-osmon orzularimni yelkamga yuklab kelgan edim. Sevimli joyim — teleradiokanalga: “Albatta öqib, raqobatbardoş kadr bölib qaytaman”, deya vaʼda bergan edim. Har lahza mana şular menga kuç bağişladi. Öqiş davomida soha böyiça ham nazariy, ham amaliy bilim oldim. OAV bilan muntazam hamkorlik qildim. Gazeta-jurnallar mutolaasini kanda qilmadim. Eng katta qurolim bölmiş sözdan mohirona foydalandim. Töxtamadim va mehnatlarimning samarasi ölaroq, muhtaram Yurtboşimizning qarorlariga binoan Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga aynan jurnalistika yönalişida tavsiya qilindim. Ha, men şu kasbni sevib, kamol topdim. Maqsadim, harakatim bilan Prezident eʼtirofiga sazovor böldim. Muhtaram Yurtboşimiz mening köksimga mukofot taqar ekanlar: “Zanjiloy, qizim, sizni jurnalistika yönalişi böyiça taqdirlayapman, siz kabi jurnalistlarimiz köp bölişi kerak. Zero, islohotlarimizning tarğibotçisi siz, jurnalistlar hisoblanasizlar”, deb aytdilar. Bu men uçun haqiqiy yutuq va ğurur edi: keçagina qişloğidan “jurnalist böla olarmikanman?” deya ming bir öylar girdobida öquv markaziga qatnaydigan qizaloqning kasbdan topgan kamoli va baxti. Bu yutuğimning asosiy sababçilari esa menga imkoniyat yaratgan aziz ustozlarimdir. Ulardan hamişa qarzdorman. Men bu qarzimni sohaning yetuk mutaxassisi, ular xohlagandek qalami ötkir jurnalist bölib oqlayman.

Yaqinda öşa gözal xotiralarni eslab, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasiga bordim. Telekanal töliq taʼmirlangan şinam va zamonaviy yangi binoga köçgan. U yerda meni teleradiokanal direktori ustoz Zafar Darxonov kutib oldilar. Ustoz bilan suhbatlaşib, yangi bino bilan tanişdim. Zamonaviy binoda aylanib, bahri-dilim yayradi. Bir jurnalist işlaşi, ijod qilişi uçun bundan ortiq şaroit bölmasa kerak. Töğrisi, his-hayajon va hayratimni yaşira olmadim. Bu yerda işlaş, kasbiy mahoratimni oşiriş istagi oşdi. Bu dargoh mening muvaffaqiyatimga ilk eşiklarini oçgan qadrdon maskanlardan biri bölgan. Bunday majmuada zavq bilan işlaş köplab jurnalistlar qatori, mening ham orzum edi, albatta. Qolaversa, şu dargohda işlab, ustozlar bergan bilimni oqlaş, uning natijasini amalda körsatiş, milliy, zamonaviy jurnalistikamizning rivoji uçun öz hissamni qöşiş özim va Yurtboşimga bergan vaʼdam ham edi. Men Sirdaryo viloyati teleradiokanalida iş boşladim. Öylaymanki, yangi binoda yangi maqsadlarim sari qöygan dadil, şaxdam qadamlarim ila barçasiga yetişaman. Buning uçun barça şaroit va imkoniyatlar yetarli. Orzular öz natijasini berdi. Kimningdir turtkisi yoki körsatgan yordami inson hayotida ulkan özgarişlarga olib kelişga qodir ekan. Hikoyamda ham aynan şunga hayotiy misol keltirişni maqsad qilgan edim. Bugun şu sohada örin topişimda jurnalistikaning turli yönalişlarida menga yordam bergan ustozlarimga alohida rahmatimni aytmoqçiman. Ular qatorida meni hamişa qöllagan Zafar Darxonov, Ahmadali Şernazarov, Abdurasul Jumaqulov, Amrullo Karimovlar bergan işonçlarini albatta oqlayman deya vaʼda beraman.

Zanjiloy ABDUSALOMOVA,

ÖzDJTU talabasi,

Zulfiya nomidagi davlat

mukofoti sohibasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan