MAQSAD

Maqsadsiz inson — xavfli inson.

Aqlimni tanibmanki, öz oldimga qöygan maqsadim sari qadam taşlayman. Bolaligimda raqs tuşişni yoqtirganman va hattoki şu kasbni tanlaşni niyat ham qilganman, ammo bu niyatim köplarga yoqmagan, oldimda tösiqlar paydo bölgan. Vaqt ötib raqs sanʼatiga qiziqişim  şunçaki havasga aylandi. Kelajakdagi hayotimni boşqa kasbda körişni boşladim.

Yoşligimda onam menga “Qizim, butun qil, nima sörasang ham butun söra”, deb doim quloğimga quyib kelgan. Töğri aytgan ekanlar. Hozir orzularim röyobi davom etmoqda, hali poyonsizlikka çiqmagan bölsam ham, mendan baxtli inson yöq, deya olaman. Kelajagimni jurnalist kasbida köraman,  bu kasb egalarining maşaqqatli hayoti, ijodiy yutuqlari —  men intilayotgan uluğ manzil.

Öqişga kirganimda hayajon töla yurak, fantaziyaga boy xayollar bilan universitetga qadam bosdim,  maqsadim sahifalarida yanada ulkan niyatlar paydo böldi. Özim orzu qilgan kelajak uçun kuraş boşlandi. Tabiatan köp narsaga qiziquvçanligim sababli xayolimda har xil orzular tuğyon ura boş­ladi. Inson har doim ham reja asosida iş körolmasligini anglab yetdim. Asta-sekinlik bilan barçasi izga tuşadi, deb  özimni özim nazorat qilib turaman.

Kelajak haqida  şirin orzular qilamiz, biz töğri deb bilgan yöllarning ayrimlari  botqoqlik ekanligidan  bexabarmiz. Sizga yoqimsiz bölgan narsa asli gözal bölişi mumkin. Men inson hayotini  pianinoga öxşataman, undagi oq-qora klavişlar inson hayotidagi baxtli-baxtsiz kunlarni eslatadi. Pianinoni qanday çaliş — öz qölimizda.

Men xotirjamman, baxtli kelajagim uçun doim harakatdaman va heç ham tas­lim bölmayman. Çunki ezgu maqsadlardan  qurilgan kelajak poydevori  mört bölmaydi.

Hayot — qisqa, qanday ötib ketganini sezmay qolamiz. Baʼzida şunday payt­lar böladiki, vaqt ötmaydi, soniyalar asrdek qotib qolganday tuyuladi. Baʼzan şirin, baʼzan aççiq narsalarni kimgadir  aytolmaysiz, içingizga yutasiz. Orzular çilparçin bölgan paytlari ruhingiz sinadi. Hayot  şunisi bilan qiziq. Hammasiga tayyor turişimiz kerak.

Sadoqat MAMADALIYEVA,

ÖzMU jurnalistika fakulteti talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan