Bobom qoldirgan meros
Gazeta mutolaasi men uçun bolalikdan singgan eng yoqimli maşğulotim. Uzoqdan poçtalon amakining velosipedini körsam uyimiz tomon “Bobojon, gazeta kelayapti”, deya çopqillar edim. Çunki poçtalon amaki bobo-buvimning nafaqalari bilan birga ularga turli gazeta-jurnallarni ham taşlab ketardi. Meni xursand qiladigani şu ediki, ular öqib bölişgaç, gazeta-jurnallar menga berilar, men esa naşrlarning orqasidagi bolalar uçun ajratilgan sahifalarini maroq bilan tomoşa qilar, şundan söng ham ularni taşlab yubormay, bir joyga saqlab qöyar edim.
Bobom kunlarning birida birinçi sinfni aʼlo bahoga tugatib, “Alifbe” kitobidagi barça şeʼrlarni yodlab olsam meni ham bolalar gazetasiga obuna qilişini, poçtalon amaki men uçun ham alohida gazeta olib kelişini aytdilar. Bundan juda quvonib ketdim va aʼlo baholarga öqiş uçun kitob öqişga astoydil bel boğladim. Birinçi sinfni aʼlo bahoga bitiriş bilan birga 8 yoşimda 50 dan ortiq şeʼrlarni ham yodladim. Bobom esa vaʼda berganlaridek, bolalar gazetasiga obuna qildilar. Men esa bundan yozgi taʼtilda bir xumdon oltin topib olgan boladek har hafta kelgan gazetalarimni öqib borardim. Nafaqat gazeta, badiiy, şeʼr kitoblarni öqişni ham kanda qilmasdim. Natijada kundan kunga söz boyligim ortib borayotganini sezardim, özim ham şeʼr, hikoyalar yozişni maşq qila boşladim. Gazeta öqişdan boşlangan mutolaa kiçik qizçani ijod boğiga yetakladi va köngilga qalami ötkir jurnalist böliş maqsadini soldi.
Mana yillar ötib öşa orzu maqsadlar hayotga köçdi. Bugun jonajon jurnalistika — xayolim emas, hayotim mazmuniga aylangan. Gazetalarga mehr berib maqolalar yoza boşladim, har bir maqolam çop etilganini körib quvondim, ism-familiyamni qayta-qayta öqib ğururlanib ketaman. Bu meni yana yozişga, yangi mavzular topişga, izlanişga undaydi. Ustozlarimning “Jurnalist hamma narsadan xabardor va tezkor bölişi kerak” degan sözlari bugun menga şior. Hozir ham har tongni mutolaadan boşlayman. Ayniqsa, “Hurriyat” gazetasi — mening doimiy hamrohim.
“Hurriyat” — mustaqil gazeta. Undagi rang-barang, badiiy publitsistik maqolalar menga hamişa ilhom bağişlaydi, köproq yozişga undaydi. Ha, gazetaga qiziqiş yil sayin men bilan birga ulğaydi, bolalikda qalbimda ekilgan nihol bugun kurtak oçmoqda.
Endi öylab körsam rahmatli bobojonim menga ulkan meros qoldirib ketgan ekanlar. Daraxtni qança yaxşi parvariş qilsang, mevasi şunça totliroq bölur deganlaridek, qança köp öqib izlansak, şunça kamol topaveramiz. Bobomning “Kitob öqigan insondan yomonlik çiqmaydi”, degan sözlarini bugun yanada teranroq his qilayapman. Bugun gazetalarga tölgan jovonimni oçar ekanman bolaligimni, bobom qaçon gazetani öqib bölar ekanlaru men olarkanman deb poylab ötirgan damlarimni eslab yana öşa kunlarni qömsadim.
Ha, umr ötguvçi, vaqt esa yugurik. Anglaganim ana şu vaqtning oralarida orzularimizga erişiş uçun harakatni qança tez boşlasak, şunça komil ruhda ösaveramiz. Bu yölda albatta, aziz ota-onalarimiz, bobo buvilarimiz, ustozlarimiz bizlarga örnakdir.
Zanjiloy ABDUSALOMOVA,
Özbekiston davlat jahon tillari
universiteti talabasi
