Serobligida uvol, tanqisligida aziz

Toşkentning şaroitlari yaxşi. Içimlik suvi serob. Ammo jömraklardan suv bekorga oqib yotganini, kimdir içimlik suviga maşinasini yuvayotganini, yana kimdir tomorqasini suğorayotganini körganimizda, qişloğimdagi suv muammosi yodimga tuşadi.

Ha, men tuğilib ösgan qişloqda suvning qiymati – bebaho. Bundan beş yil oldin mahallamizda içimlik suvi tarmoği yöq edi. Suv muammosi aholini juda qiynardi. Şunday vaqtlar ham bölganki, hatto oqar suvlarni tinitib isteʼmol qilganmiz. Imkoniyati yetarlilar toza içimlik suvini sotib olar yoki özlari keltirar edi. Qolganlar  esa majburligidan ariq suvlaridan içardi.

Hatto qöşnilar tuz yoki xamirturuş singari  bir-biridan suv sörab turgan vaqtlar ham bölgan.

Keyinçalik qişloğimizda özgarişlar yuz berdi. Mahallalarimiz obod böldi. Toza içimlik suvi keldi. Hozirgi kunda odamlar zilol suvni tejab-tergab, isrof qilmasdan foydalanmoqda.

Ular suv qadrini yaxşi bilişadi.

Şaharda suv erta-yu keç çiqib turadi. Balki, şuning uçun ham uning qadri bilinmas. Garçi bizning qişloğimizda içimlik suvi tarmoği bölsa-da, lekin unda ikki kunda bir marta suv  beriladi. Şu bois bizda suvning har tomçisi qimmatlidir. Balkim, bizda  ham suv töxtovsiz çiqib turganida uning qadriga yetişmasdimi? Aytişadi-ku, oldingdan oqqan suvning qadri yöq deb.

Ha, hayot uçun, avvalo, havo, suv zarur. Deylik, kimgadir suvsiz sahroda yaşaş şarti bilan juda köp oltin-u tillolar berilsa, u boy bölişi mumkin. Ammo yaşay olmasligi aniq. Çunki suvning örnini har qança oltin, duru javohir bosolmaydi.

Allohning insonlarga ato etgan bebaho neʼmati – suvdan tejab foydalanaylik, közimizni oçaylik, uni uvol qilmaylik! 

Surayyo ÖRINBOYEVA,

ÖzMU talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan