Bir gapi bor odamlar
“Bugun fan yaxşi tilak insonning geniga taʼsir qilişini örgandi. Demak, xalqimizning “oltin olma, duo ol” deganlarida bir gap bor…”
Şomirza TURDIMOV
Yer aylanadi, yillar ötadi, inson özgaradi. Faqat başariyat emas, hayot nafasiga ega organizm borki, bari evrilişga mahkum. Ammo odamzodning boşqa mavjudotlardan farqi, u özidagi zohiriy va botiniy tuslanişlarni anglaydi, muşohada etadi. Bu bahona ortiga — ötgan umriga nazar taşlar ekan, bir zum qönim topganday, yaşaganday böladi öz xotiralarida. Şuning uçun xotira — biz baʼzida bugundan qoçib berkinadigan xilvatgohga öxşaydi. Hamma boy berganlarimizni topadigan sehrli manzilga, termilib özimiz va özgalarga xolis baho beradigan “oynai jahon”ga öxşab ketadi…
* * *
Uç yili kam bir asr umr körgan Malika momomni eslarkanman, köz oldimga hassaga tayangan kampir emas, jelagining şamol ermaklayotgan etaklarini yengi şimarilgan qöllari bilan yiğiştirib, tez-tez odimlayotgan muştipar ayol keladi. Bolaligimda u kişini juda yaxşi körganman, desam, aldagan bölaman. Sababi, men arzandani köp koyirdi. Yangi kiyim kiysam, “Buningni Kenja “poson”ga öxşatib köpam siniga qarayvermagin!” deya uqtirardi enamga. Tilim yeçilgan damlarda “Saʼdulla kalga öxşamay kamroq gapir!” deya bitta gap bilan mum tişlatib qöyardi. Rosti, kamina na Kenja “poson”ni, na Saʼdulla kalni tanirdim, taxminimça, ular biri qizlarga öxşab öziga oro beradigan, ikkinçisi tilli-jağli hamqişloqlarimizdan bölişsa kerak.
Men-ku men, boşqalar, deylik, opam ham bot-bot gap eşitib turardi rahmatlidan. Kaminaning biyronligi yoqmagani kabi, opamning kulişi yoqmasdi momomga. “Qiz bola degan huda-behudaga hiringlayversa, yaxşi bölmaydi! Labingni jiy, toki birov jonoşolmasin!” derdi qovoqlarini solib.
Nafsilamrini aytganda, u kişining biz bolalarga maʼqul odatlari ham yöq emasdi. Masalan, nafaqasi kelsa, hammamizga pul ulaşar, qöy söysak, iligini bizga qoqib berardi. Eldoşlarning qattiq hurmat qilişlarini, u kişini kayvoni, köp narsani tuşunadi, deb hisoblaşlarini ham barimiz yaxşi bilar, bundan ğururlanardik.
Adabiyotda “ayol — hamişa ayol” degan ibora bor. Halokat tufayli bobomni erta boy bergan momomning fikri esa, bu borada neçukdir boşqaça edi. “Ayol eri bölsa ayol, bölmasa, u erkak!” derdilar. Mazkur masalada mening bir narsa deyişim qiyin. Momom rahmatli, balki, öz umri, vaziyatidan kelib çiqib gapirgan bölsa kerak.
Darvoqe, ayol deganday…
Qandaydir sabab bilan uyimizga yiğilgan juvonlar bir gal momomdan: “Ena, ayal zoti neçida qariykan?” deya sörab qolişdi. “Ayal zoti jetmişidayam jilqiday böladi. Saksandan oşqaç, suyaklari şovşaydi”, deb javob berdi momom rahmatli. U paytlari kamina yuqoridagi fikrning maʼnosi haqida köp boş qotirganim yöq. Menga iboradagi sözlarning bir-biriga uyqaşligi yoqib qolgandi. Hozir esa bu gapni eslab, demak, ul davrda odamlar bizdan haqiqatda ança baquvvat bölişgan ekan-da, degan öylar keçada xayolimdan. Axir bugun qişloğimizda yetmişga kirib devday bölgan zotlar yöq. Aksinça, ayrimlarimiz qirqqa kirmay qarib qolyapmiz.
Yana latifa, matal, rivoyat deganlariga ham usta edi. Özi kam kulsayam, latifalari hammani kuldirardi:
“Bir kuni odamlar Afandidan “xotiningiz kasalxonadan qaytdima?” deb sörapti. “Qaytqani jöq, — depti Afandi, — haliyam kasalxona haqida gapirib jotibti…”.
Eng eʼtibor tortadigani nima, bilasizmi? Şu qoçirimni uy töla odam tuşunib, tuşunmay gurillab kular, gapni-gapga ulaşardi. Biroq uni yaqinda ijtimoiy tarmoqqa qöygan edim, negadir köpçilik tuşunmadi. Fikrlari ötlab ketgan uloqlarday har yon tiraqaylab, ezib muhokama qilişdi.
U kişi gapirib beradigan rivoyatlar mening heç esimdan çiqmaydi. Şunday rivoyatlardan birida aytilişiça, ilm talabidagi odam ön yil madrasada öqib, olim bölibdi. Söng uyga qaytayotgan ekan, keç tuşib, yöl böyidagi uydan tunab qoliş uçun joy sörabdi. Uyga kirganida, beka uning yoniga ikkita yaqinda yopilgan non keltirib qöyibdi.
— Oling, mehmon, — debdi manzirat qilib, — nonni yangi yopgan edik. Özingiz harom-halolini ajratib yeng.
Beka ketgaç, uning gapi olimni ikkilantirib qöyibdi. “Şoşma, mezbonning ayoli harom-halolini ajratib yeng, dedimi? Bu bilan nima demoqçi? Tavakkal gapirdimi, desam, oqila ayolga öxşayapti… Nonday aziz neʼmatning haromi böladimi? Agar hozir nonning öşa haromini bilmasdan yeb qöysam, olimlik şaʼnimga doğ tuşirmaymanmi?”
Xöp öyga tolibdi. Ertalabgaça öylab ham jumboqni yeçolmabdi. Tongda keta turib, oxiri uy bekasining özidan söraşga majbur bölibdi:
— Singlim, keça non qöyganingizda harom-halolini ajratib yeng, deganday böldingiz. Men tuşunolmadim, nonning haromi böladimi?
— Böladi, mulla aka, — javob qaytaribdi beka. — Ehtiyot bölmasak, hatto nonning ham haromi bölişi mumkin, — keyin biroz sukut saqlab, qöşib qöyibdi. — Men sizga nonning tagiga tandirdan kesak yopişgan bölsa, özingiz tozalab yeng, demoqçi edim.
Buni eşitgan olim öz omiligidan xijolatga tuşgan, hali nondan kesagini ajratib yeyişni bilmas ekanman-ku, deb uyiga emas, yölni yana madrasaga solgan ekan.
Momom gapirib beradigan tağin bir hikoyatda aytilişiça, Alloh taolo ölimni yaratib, uni toğ-toşlarning boşiga solibdi. Ammo toğlar kötarolmabdi. Biri qulaşi bilan qolganlari zirillab, tutday tökila boşlabdi. Şunda Alloh ölimni ularning boşidan olib, daraxtlarga solibdi. Daraxtlar ham kötarolmabdilar: bittasi yiqilsa, boşqalari qarsillab-çarsillab sina ketibdi. Alloh hatto hayvonlarning boşiga solganda ham kötarişolmabdi ölimni. Bir-birining musibatiga kuyibdi, bökirib dunyoni larzaga keltiribdi. Nihoyat insonning boşiga solgan ekan, inson bu musibatni kötaribdi. Yaʼni, ularning biri bir yoqda qavmdoşiga kuysa, ikkinçisi boşqa tarafda qöşiq aytib, çildirma çalayotgan emiş. Şundan ölim, yaʼni ajali yetib jonni egasiga topşiriş hukmi aynan bandalarga meros bölib qolgan ekan…
Albatta, mazkur rivoyat töqima, lekin roviy aytmoqçi maʼlum hayotiy xulosa bor. Biroq bolalikda mol boqib yurganda biror jonliq nobud bölgan joy çiqsa, sigirlarim öşa yerni hidlab dahşatga tuşganini, bökirib yer timdalaganlarini köp körganman. Bandalarning özlari tanimaydigan insonlar ölimi uçun bu qadar kuyunganini esa rosti, heç körganim yöq…
Topişmoqlari bundan-da ğaroyib edi Malika momomning. Ularni bizga, asosan, keçalari fonusning yoruğida paxtani çigitdan ayirib ötirganimizda aytardi:
“Tepdim teşik,
Mindim beşik.
Oldim ajriq,
Orqamda qamiş…
U nima?”
Yoki:
“Oppon-opponni kördim,
Qora çoponni kördim.
Suyaklari taram-taram,
Odam jutqanni kördim”.
Biz bolalar bu topişmoqlarga javob topgunça xayolan ming bitta köçaga kirib çiqar, bir-birimiz bilan kengaşar, obdan boş qotirardik. Orada hamişagiday hamma öz kamçiligi uçun: men köp gapirganim, opam kulgani, akam muğombirlik qilayotgani uçun dakki eşitardi.
Bizga şeʼrlar, aytimlar ham yodlatardi momomiz.
“Halin-o, namata,
Qarindoooş, kelaqoool.
Muştday qorning töymaymaaa,
Enang qurğur qöymaymaaa…”
Rost, folklordagi ramzlarni unutgan zamonaviy avlod uçun mazkur aytimlar u qadar maʼnoli tuyilmasligi mumkin. Ammo bugungi kunda, ayniqsa, yoşlar orasida köp uçraydigan xotira sustligi bilan boğliq muammolarning bir uçi farzandlarimizning şu kabi aytimlardan, şeʼrdan, topişmoq-jumboqlardan olislaşib ketganiga borib taqalmasmikin?
Momom bilan boğliq bu xotiralarda menga taʼlim va tarbiyani bir-biriga eş bilgan donişmand elning umumiy qaraşlari, hayot falsafasi aks etganday tuyilaveradi…
Dastlab söz oçganimdek, baʼzida qoçib berkinadigan xilvatgohim — yod uyimdagi munavvar insonlar orasida “Birgad bobom”, yaʼni oilada yetti oğa-ini bölişgan otamning eng katta akasi Jöra bobo ham bor. U kişi ilgari kolxozda brigadirlik qilgan, şundan hamma eldoşlarimiz “Birgad bobo” deb çaqirardi. Lekin hozir sizga aytib bermoqçi bölayotgan voqea brigadirlik yillari bilan emas, bobomning ança keksaygan, yetmişga yaqinlaşgan nuroniy davrlari bilan boğliq.
Hamqişloqlarning töy-haşamlarda eslab ötişiça, bobom ellik yoşgaça ot çopgan, yaʼni çavandoz bölgan ekan. Biz esimizni tanigan vaqtlarga kelib çavandozlikni yiğiştirgan bölsalar ham, u kişi doimo oq-oppoq uloqçi otini minib yurardi. Men esa aynan şu tulporga juda havasmand edim. “Bolajonim Miyo” filmida bölgani kabi, unga “Merames” deya nom ham qöygan edim. U paytlari otlarga nom beriş unçalik rasm bölmagani uçun, bobom bundan kulardi. Özlari biyasini oddiygina qilib, “oğot” (oq ot) deb atardi.
Qaçon, kim Birgad bobomlarnikiga boradigan bölsa, çavandozlikka havasmand kamina dum bölib ergaşar, rahmatli şunda uyga qaytişimizda otiga mindirib, meni hovlimiz ostonasiga tuşirib ketardi.
Öşa kun ham şunday böldi. Enamning Birgad bobomlarnikiga bormoqçiligini eşitdim-u, menam boraman, deya turib oldim. Uydagilar ul deyişdi, bul deyişdi, köndirişolmadi. Şöxlik qilmaslik şarti bilan, oxiri, borişimga rozi bölişdi.
Enam bir qöliga tovuq şörva solingan termosni kötargan, ikkinçi qöli bilan bilagimdan tutgan — ikkimiz uzun-qisqa bölib Birgad bobomlarnikiga kirib bordik. Içkariga kirganimizda, bobom oyoqlarini adyolga örab, uyning törida yotgan ekan. Men enamdan yaşirib şunça imo-işoralar qildim, neça bor taşqariga çiqib kirdim, bölmadi. Odatda, imlaşimni tuşunib, “Qani, oğotdan xabar olaylik-çi!” deb taşqarilaydigan odam bu safar unamadi. Işoralarimni ham körib-körmaslikka oldi. Şu orada safarimiz qaridi. “Qaytsak, yanayam soz, — fikr keçdi xayolimdan. — Endi aniq otga minaman!”
— Birgad bova, qamçingizni topib çiqaymi?
— Hali uyda nima devding?! — jahli çiqdi enamning. — Qani, sesingni (sasingni) çiqarmay tez oldimga tuş!
Najot kutib, Birgad bobom bilan Yorqinoy momomga qarasam, ular enamning gapini sassizgina maʼqullab turar, faqat bobomning kök soqolli oppoq yuzida allaqanday umidbaxş tabassum borday edi. Men buni ilğadim-u, tixirlikni avjiga çiqardim. Va bu iş berdi. Birgad bobom avval emakladi, söng tizzalariga qöl tiradi, oxiri qariyalarga xos harsillab qad rostladi — örnidan turdi. Yorqinoy momomning hayhaylaşiga qaramay, polvon kelbatini lapanglatgança, otxonaga — otini egarlaşga jönadi…
Şunday qilib, birozdan keyin ikkalamiz “oğot” — “Merames”ga oldinma-ketin mingaşib, köçada sekin-asta ketib borardik. Ot nima uçundir odatdagidan tinçib qolgan, tuyoğini yerga avaylabgina bosayotganga öxşar, içim qizib, oyoqlarim bilan niqtasam, sal tezlaşganday tuyulardi. Şu vaqt böynimga yomğir tomçisiga öxşaş allanarsaning — qaynoq bir tomçining sitilib tuşganini his etdim. Tezgina tepamga qaradim-u, Birgad bobomning neçukdir qorayib ketgan, azbaroyi burişib, kuçli azob zuhur topgan yuz-közlariga nigohim tuşdi. Nimaga bunça sekin yuryapmiz, desam, haligaça sezmagan ekanman: u kişi otning ustida tişini-tişiga bosib, zörğa kelayotgan ekanlar. Buning sababini esa, hovlimizga borgaç, bobom ketganidan ozgina ötib yetib kelgan enamdan gap eşitganda tuşundim. Maʼlum bölişiça, öşanda bobom otdan yiqilib, belangi bölib yotgan, xarxaşa qilaverganimdan keyin noiloj turib, meni otiga mindirişga majbur bölgan ekan rahmatli. Enam bilan Yorqinoy momom esa u kişining öz oldilarida: “Bobong hozir kasal, örinlaridan turolmaydi” deyişga istihola qilibdi…
Böynimning bobom közlaridan yoş tomgan şu yeri xuddi biror jarohatdan qolgan izday hali-hamon bezillab turadi. Ayniqsa, qarindoş-uruğga mehrsiz odamlar yoki soppa-soğ böla turib, öziga kasalligi töğrisida hujjat töğrilatişga harakat qilib yurgan oriyatsiz kimsalarni eşitsam, öşa joyimga igna sançilganday bölaveradi…
* * *
Men faqat Malika momom yoki Birgad bobomni emas, umuman, öşa odamlar, öşa bolaligimning beğubor, masrur damlarini gohida qattiq soğinaman. Mehrini-da maʼlum pardalarga öraydigan, bir uy bölib rivoyat aytişib, topişmoq topib ötirgan, dardmandligini, joni oğriganini birovga sezdirişni or sanagan zotlarni bugun-da körgim keladi. Hozir bitta uyda yaşayotganlardan köra öşa paytlar bitta qişloqda yaşaydigan odamlar bir-biri bilan yaqinroq bölganiday, hozirgi odamlardan köra eskining odamlari ğujurliroq, tantiroq bölganday tuyilaveradi…
Töğri, har bir avlod tiriklik sahniga öz odatlari, tajribasi, tafakkur şakli bilan kirib keladi. Keçadan bugunning, bugundan keçaning hayot tarzini talab qiliş notöğri bölar, ehtimol. Faqat meni hayron qoldiradigani: öşa paytlari oqibat haqida kitoblar juda köp çop etilmagan, bola tarbiyalaşning yaponça yo ovrupaça usuli degan gaplar yöq bölgan. Lekin ular mehr va tarbiya borasida biz mansub avloddan köproq narsaga qanday erişgan edi?
Ular motivatsiya, affirmatsiya va yana allambalolar haqida ham heç narsa bilmagan. Lekin bizning avlodga qaraganda ança irodali, qatʼiyatli emasmidi?
Ha, bir gap bor edi öşa odamlarda, bir gap bor edi…
Bayram ALI
Muallif haqida:
Bayram ALI — 1991 yil Qamaşi tumaniga qaraşli Çim qişloğida tuğilgan. Asarlari rus, ingliz, tojik tillariga tarjima qilingan. “Bolangman, dunyo”, “Kuz yomğirlari”, “Bosiriq” kabi nasriy kitoblar muallifi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. “Şarq yulduzi” jurnalida işlaydi.
