Daryodil ustoz
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, taniqli şoir, “Xalq sözi” va
“Narodnoye slovo” gazetalari boş muharriri Ötkir RAHMAT siyratiga çizgilar
Keçagidek esimda, 1999 yil birinçi aprel kuni ertalab öşa vaqtda yuqori idorada işlayotgan Şuhrat Jabborov qönğiroq qilib qoldi.
— Ötkir Rahmatovni taniysiz-a?
— Prezident Davlat maslahatçisi-ku, taniyman.
— Bugun Ötkir akani “Qişloq hayoti” gazetasiga boş muharrirlikka taniştiriş uçun vakillar borişadi. Siz tajribali va xolis jurnalistsiz. Sözga çiqib, Ötkir aka haqida gapira olasizmi?
— Judayam yaxşi bölibdi, albatta gapiraman. Judayam kamtarin inson. Ötgan yili otam rahmatli olamdan ötganida Ötkir aka alohida taʼziya bildirgani heçam yodimdan çiqmaydi. Gazetamizga şunday rahbar kerak edi, — deya hayajonimni yaşirmadim.
“Qişloq hayoti” gazetasining avvalgi boş muharriri Neʼmat aka Yoqubov nafaqaga ketgaç, bir muddat uning örinbosari Sunnatillo Saydaliyev gazeta rahbari vazifasini bajarib turgandi. Tahririyatda tajribali jurnalistlar bölsa-da, iqtisodiy ahvol juda abgor holatda edi. Tahririyatning naşriyot bosmaxonasidan, ijara tölovlari va oylik maoşlardan qarzdorligi oy sayin köpayib borib, moliyaviy tanglik şu darajaga yetgandiki, iqtisodiy tanazzul yoqasiga kelib qolgandi. Hatto boş muharrirning xizmat maşinasini taʼmirlaşga ham mablağ yöqligi bois, avtoulov garajda yaroqsiz holda yotardi…
Tabiiyki, şu paytda jurnalistlar orasida “Qişloq hayoti” gazetasiga kim boş muharrir bölib kelişi” haqida turli xil taxminlar, “başorat”lar avjida edi. Ammo oçiq aytaman, Ötkir Rahmatovning boş muharrir bölib gazetamizga işga kelişi, boşqalarni bilmadimu, şaxsan mening tuşimga ham kirmagandi. Aytişlariça, Birinçi Prezidentimiz Ötkir Rahmatovni gazetaga işga yuboriş haqidagi farmoyişida Davlat maslahatçisi lavozimidagi barça imtiyozlarni saqlagan holda öziga xizmat uçun biriktirilgan avtomaşinani ham ixtiyoriga bergan ekan. Ötkir Rahmatov esa kamtarinlik bilan öşa kunning özidayoq, yuqoridan ajratilgan xizmat avtomaşinasidan voz keçib, qaytarib yuboribdi…
Yaşirişga hojat yöq, qaysiki idoraga yangi rahbar kelsa, köpçilikning “tinçi” buziladi. “Yangi rahbar qanday odam ekan, qanday işlab ketar ekanmiz” degan xavotirlar xodimlar örtasida bölişi tabiiy hol. Juda yaxşi eslayman. Ötkir aka boş muharrir bölib kelgan dastlabki kunlardanoq jamoa bilan xuddi ming yildan buyon birga işlab kelgan odamdek tez til topişib ketdi. Şaxsan mening ham hurmatimni joyiga qöyib, iliq va samimiy fikrlarini bildirar ekan, öşa vaqtda Vazirlar Mahkamasida işlayotgan Tanzila Norboyeva bilan suhbat uyuştirişimni topşirdilar. “Tanzila Kamolovna halol va bilimli inson, kelajagi porloq rahbarlarimizdan. Siz u kişi bilan suhbatlaşiş uçun köplab sohalarga oid maʼlumotlar bilan tanişib oling”, degan edi Ötkir aka. Ustozning fikrlari juda töğri ekanligini hayotning özi körsatdi. Suhbat-maqola tez kunlarda gazetada eʼlon qilindi. Unda Tanzila Kamolovna iqtidorli, kelajagi porloq kadr sifatida eʼtirof etilgani bejiz emas edi. Bugungi kunda Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senati raisi vazifasida sidqidildan faoliyat yuritayotgani bunga yorqin misol böla oladi, albatta…
* * *
Xullas kalom, Ötkir aka tahririyatimizdagi taşvişli ahvolni körib, sarosimaga tuşmadi. Qisqa muddatda — ikki-uç oydayoq gazetaning mundarijasi ham, moliyaviy holati ham tubdan özgarib ketdi. Qisqa bir yildayoq ön minglab nusxada obuna taşkil etildi. Gazetada bosilayotgan tiş-tirnoqli maqolalar oğizga tuşa boşladi.
Masalan, “Gippokratning qarğişi ursin” sarlavhali felyetonimda Respublika Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidagi talon-torojliklar, bugunning tili bilan aytganda, korrupsion faoliyat foş etilib, katta şov-şuv bölgandi. Felyetonni hukumat rahbarlari ham öqib, Soğliqni saqlaş vazirligidan bunday noqonuniy holatlarni zudlik bilan bartaraf etiş uçun keskin çoralar körişni va aybdorlarga qatʼiy jazo berişni talab qilgan. Soğliqni saqlaş vazirligining maqola muhokamasiga bağişlangan hayʼat yiğilişida Respublika Prokuraturasi umumiy nazorat bölimi boşliği bilan birga minbarda ötirganimni eslasam, hamişa jamiyatda jurnalistikaning mavqei naqadar baland ekanligini öylayman.
Yoki gazetada bosilgan “Kalamuşlar” deb nomlangan tanqidiy maqolada esa bir guruh poraxörlarning kirdikorlari oçib taşlangan edi. Öşanda boş muharrir Ötkir Rahmat hali yozilmagan maqola uçun sarlavhani avvaldan aytib, muxbirga yöl-yöriq va maslahatlar bergandi. Şu bois tanqidiy maqola juda kuçli, eng muhimi, xolisona yoritilgani uçun alohida eʼtiborga tuşganini unutib bölmaydi.
Eng muhimi, Ötkir akaning saʼy-harakatlari tufayli avvalroq eʼtiborsiz va loqayd munosabatda bölib kelgan respublika agrosanoat kompleksiga kiruvçi vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa idoralarning gazetamizga qaraşlari tubdan özgarib, obuna avval qayd etilmagan darajada köpaydi.
Demak, gazeta taqdiri boş muharrirga boğliq ekanligini u öz tajribasida körsatdi. Nazarimda, Ötkir aka kelib, “Qişloq hayoti” gazetasiga baraka kirgan edi. Tahririyatdagi abgor ahvolga kelgan xonalar taʼmirlandi, zamonaviy kompyuterlar, transport vositalari va jihozlar xarid qilindi. Qoraqalpoğiston va viloyatlar böyiça muxbirlarning har biriga xizmat avtomaşinalari berildi.
Bunday yutuqlarga erişilayotganidan ayrim hasadgöy hamkasblarning içlari yonib ketgani, behalovat bölib qolişgani ham sir emas. Naçora, xalqimizda bir gap bor: “Gadoning duşmani gado böladi”. Şu bois turli iğvo-böhtonlar tarqatganlar ham böldi. Ammo Ötkir aka ularga umuman eʼtibor qaratmas, parvo ham qilmas edi. Aksinça, butun diqqat-eʼtibori, kuçini tahririyat faoliyatini yanada jonlantiriş, rivojlantirişga qaratardi.
* * *
Ötkir aka rahbar sifatida katta tajribaga ega ekanligini u kişi bilan birga işlab yurgan paytlarimiz töliq anglab yetgan edik. U har bir jurnalistning nimalarga qodir ekanligini inobatga olar, şunga qarab vazifalarni işonib topşirar edi. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar böyiça “Qişloq hayoti”ning öz muxbirlarini tanlab olişda ham ana şunday eʼtibor va uzoqni köra biliş salohiyati töliq namoyon bölgan edi desak yanglişmaymiz. Ustoz joylardagi eng kuçli jurnalistlarni atrofiga birlaştirgandi. Respublikaning nufuzli gazetalari muxbirlari ham “Qişloq hayoti” gazetasida işlaşga iştiyoqmand edilar. Çunki Ötkir Rahmat astoydil işlaydigan, qalami ötkir ijodkorlarni boşida kötarib yurişi köpçilik hamkasblarimizga ayon bölib qolgan edi.
Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Pirimqul Qodirov, Tohir Malik, Ötkir Hoşimov, Mahmud Toir, Sirojiddin Sayyid, Saʼdulla Siyoyev, Matnazar Abdulhakim kabi taniqli yozuvçi va şoirlar, Ozod Şarafiddinov, Ibrohim Ğafurov kabi maşhur adabiyotşunoslar asarlarining gazetada muntazam berib borilişi ham tahririyat mavqeini yuqori darajaga olib çiqdi. Gazeta ijodkorlarning, xalq vakillarining haqiqiy minbariga aylanib ulgurdi. Tabiiyki, hukumatning rasmiy axborotlari muntazam beriladigan respublika gazetalarida ijodkorlar asarlarini berişga doim ham imkon topilmas edi. Albatta, “Qişloq hayoti” gazetasi ham agrosanoat masalalarini, fermerlik harakatini va öz nomi bilan qişloq hayotini yoritişga köproq eʼtibor qaratişi bois, adabiyot ahli uçun sahifalar torlik qilib qolardi. Buni anglagan Ötkir aka taşabbus körsatib, “Qişloq hayoti”ning “Hayot” deb nomlangan haftalik ilovasini taşkil etdi. Uşbu ilova gazeta şunçalik tez öz öquvçilarini topgan ediki, juda qisqa vaqtda öttiz mingdan ortiq adadda çiqa boşladi. Bunga şubha qilganlar bölsa, öşa yillari bosilgan “Qişloq hayoti” va “Hayot” gazetalari taxlamlarini varaqlab körsalar kifoya qiladi.
Bugun-çi? Ming afsuski, “Qişloq hayoti” gazetasi yana öz muştariylaridan ança uzoqlaşib ketgandek. “Hayot” gazetasi esa yopilib ketgan. Buning boisi, albatta, bugungi kunda bosma naşrlarga eʼtiborning birmunça pasaygani bölsa, ikkinçi tomondan uşbu naşrlarning rahbari Ötkir Rahmat boşqa işga, töğriroği, boşqa naşrga, yanada aniqroği “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalariga boş muharrir etib tayinlanganida edi. Şuni aytiş kerakki, hukumatimizning birinçi raqamli naşrining obrö-eʼtiborini, nufuzini yanada oşiriş uçun Ötkir aka bu tahririyatda ham tinimsiz mehnat qilmoqda. Gazetani haftaning deyarli har kuni çop etiş, çop etganda ham mamlakat va dunyoda röy berayotgan voqea-hodisalarni öziga xos tarzda yoritiş salohiyatini paydo qilişning özi bölmaydi. Yaʼni aytmoqçimizki, har bir ijodkorning öz uslubi, sözi, yuzi bölganidek, har bir naşrning ham öz uslubi, qiyofasi böladi. Bunday ijodiy qiyofani Ötkir Rahmat rahbarligidagi “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” naşrlari mukammal yarata oldi desak xato bölmas. Yana aytiş mumkinki, biror bahsli voqea-hodisa, xabar haqida söz ketsa, “Xalq sözi”da qanday berilgan?” deb gazetaga murojaat qilinadi. Unda eʼlon qilingan har qanday matn şubhadan xoli, işonçli manba deb qaraş — nafaqat rasmiy idoralar, balki barça kattayu kiçik ijodiy jamoalarga ham taalluqli.
* * *
Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufni yöqlab uning Dörmondagi yozuvçilar boğidagi dala hovlisiga borib turardim. Bir gal u bilan hamyurt şoirimiz Şavkat Rahmonning soğliği xususida gaplaşib qoldik. Rahmatli Muhammad Yusuf öşanda bir gap aytib qoldi: unga Şavkat Rahmon: “Közim tirikligida Ötkir akaning menga qilgan yaxşiliklarini qaytara olarmikanman?” deb xörsinib sözlagan ekan. Muhammad Yusufning özi ham Ötkir akadan köp mehribonçiliklar körganini aytib yurardi. Har ikki zabardast va betakror şoir olamdan ötganidan keyin ham ularning ruhlarini şod etişda, oila aʼzolariga ğamxörlik körsatişda Ötkir aka ibrat namunasini namoyon etganidan boxabarman.
Albatta, savobli amallarni qiliş hammaning ham qölidan kelmaydi. Qölidan keladiganlar, bunga imkoniyati yetadiganlarning barçasi ham birovga beminnat yaxşilik qilişni öylayvermaydi. Ammo şogirdlariga Ötkir Rahmatovçalik mehr-şafqatli boş muharrirlar, afsuski, oramizda sanoqli.
Bir voqea heçam yodimdan çiqmaydi. Matnazar Abdulhakim oğir xastalanib yotganida Ötkir aka uzoq Xorazmga borib, uning holidan xabar oladi. Oilasiga beminnat moddiy yordam körsatib qaytadi. U kişining bunday xayrli işlarini sanab adoğiga yetib bölmaydi.
Keyingi paytlarda xizmat yuzasidan özim işlayotgan “Hurriyat” gazetasi tahririyati nomidan joylarga xizmat safariga çiqişga töğri keladi. Xususan, Namangan viloyatida ham safarda bölib turaman. Quvonçlisi, Namanganda jurnalistlarni jurnalist örnida köradigan gazeta jonkuyarlari bor. Ayniqsa, köpni körgan keksa rahbarlar, oqsoqollar bilan suhbatlaşganimizda, ularning aksariyati, albatta, Ötkir akani söraşadi. Ortidan rahmat kelib turadigan savobli amallari haqida gapirişadi. Masalan, namanganlik taniqli ijodkor, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, rahmatli Ortiqali Nomozov Ötkir Rahmatovdan körgan otalarça ğamxörliklar haqida yozar ekan, ustoziga “mehri olamjahon inson” deb baho bergan edi.
* * *
Yaxşi biladigan insoniy sifatlaridan biri şundaki, Ötkir aka ona desa xonumonini beradigan inson. Onasini yaxşi körgan kişilarga ham boşqaça mehribonçilik körsatişga odatlangan. Har safar Aravonga ketayotganimda, “Onangizdan bizlarga ham duo olib keling”, deb tayinlardi. Ona haqida gap ketsa yo biror misra şeʼr eşitgudek bölsa, ustozning yuzida darrov xuşnudlik paydo böladi. Özi ham tez-tez Samarqandga borib, onasidan xabar olib kelganini köpçilik sezmay qolardi. Meni köngliga yaqin olib, onasi haqida, onalar haqida gapirib bergan hikoyatlarini köp eşitganman. Ötkir akaga halimlik xislati onasidan ötgan bölsa kerak, deb öylayman…
Kamtarin, muloyim, şirinsöz, samimiyatli böliş ham Allohdan berilgan neʼmat. Daryodil qalb sohibi böliş saodatdir. Ötkir akani heç ikkilanmay ana şunday fazilatli inson deya olaman. Öttiz yilça yaqindan bilibmanki, biror marotaba jahl qilib qöpol sözlaganini körmadim. Iş faoliyatida ham, özaro suhbatlarda ham behayo sözlarni işlatganini eşitmadik. Madaniyatda, maʼnaviyatda ham u kişidan hayotiy dars oldik. Hatto asablari böşroq xodimlar baʼzida qattiq ohangda ustoz bilan tortişib qolgan çoğlarda ham ularga yomon gapirmagan, vazminlik bilan masalaga oydinlik kiritgan. Şunday. Ustoz yaxşi söz bilan jonga oziq berib, köplarni puşaymonda qoldirib yuradi.
* * *
Oqibatli böliş xislatini Alloh hammaga ham ravo köravermas ekan-da. Bir voqea heçam yodimdan çiqmaydi. Öşanda ustozning “Qişloq hayoti”ga işga kelganiga yarim yil ham bölmagan edi. Namanganlik qadrdonining otasini maşina bosib ketib, vafot etgan ekan. Tahririyatda bölim boşliği edim. Ötkir aka xonamga kirib: “Bir iltimosim bor, benzin quyib beraman, meni Namanganga taʼziyaga oborib kela olasizmi?” deb qoldilar. Bajonidil rozi böldim. U paytlari Qamçiq dovoni bugungidek ravon emasdi. Önlab çaqirim masofadagi yöllar tubdan qayta qurilayotgan davr edi. Taʼziya bölgan xonadondagilar Ötkir akani yaxşi bilişar ekan. Juda minnatdor bölişdi. Qaytişimizda dovonda yöl quruvçilar toğni portlatişgan ekan, toş köçib, çamasi tört soatça yöl yopilib qoldi. Yonimizdagi avtomaşinalardan biridagi yölovçi Toşkentda sotiş uçun toğoralarda anjir olib ketayotgan ekan. Issiq kunda anjirim buzilib qolmasin, deb beçora egasi joni halak. Anjir narxini savdolaşib, toğorani maşinamning kapotiga qöyib, maza qilib yedik. Ötkir aka haydovçilarga anjirning mazasini aytib maqtab ketdi. Köpdan quyon qoçib qutulmas, deganlaridek, bir neçta toğoralardagi anjir tezda sotilib ketdi. Namangan anjiri şirali bölarkan, mazasi oğzimizda qoldi. Anjir egasi Ötkir akaning oldiga kelib: “Rahmat sizga, juda savob iş qildingiz, baraka toping!” deb duo qildi. Anjir — jannat mevasi, deb bejiz aytilmagan ekan. Salomatlik uçun ham juda foydali ekan. Bir davrlar bölgandi, pişiqçilik paytida Yunusobod bozoridan xarid qilib, teleminora yonidagi Buxoro kafesida Ötkir akalar bilan ança yillar bahorda tutxörlik, kuzda anjirxörlik qilib yurdik.
* * *
Agar Ötkir akaning jurnalistlik va rahbarlik faoliyatiga hikmat nazari bilan qarasangiz, ibrat topar ekansiz. Ayniqsa, bugun “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida boş muharrir bölib işlayotgan davrda tahririyat xodimlari uçun juda manfaatli böldi. Ijtimoiy ahvolini yaxşilaş uçun xodimlarga uy-joy olişlariga subsidiya va foizsiz mablağlar ajratildi. Har bayramda mukofot tariqasida uy-rözğor anjomlari berib borilgani ham hamkasblarimizning oilalariga madad böldi. Kam-kösti yöqning köngli töq böladi. Qalam tebratiş uçun şaroit qulay bölgani bois jamoada ijodiy tanlovlarning sovrindorlari ham köpayib bormoqda.
Isteʼdodi bor yoşlarga ham maʼnan, ham moddiy tomondan kamarbasta böladi. Bu uning oltin qoidasi. Şu tariqa özbek jurnalistikasida Ötkir Rahmatning ijodiy maktabi yaratildi. Bu maktabga nafaqat poytaxtdan, balki eng olis tuman va qişloqlardan jurnalistikaga havasmandlar keldi. Köp ötmay, ularning ijod namunalari nufuzli gazeta va jurnallarda çop etildi.
Ğofur Şermuhammad, Rustam Jabborov, Ğayrat Şeraliyev, Farida Mahkamova, Said Rahmonov, Dilşod Uluğmurodov, Şavkat Ortiqov, Baxtiyor Yoqubov, Fazliddin Abilov, Anvar Qulmurodov, Hasan Toşxöjayev, Dilşod Karimov kabi önlab bugungi kunda elning nazariga tuşgan mahoratli yozuvçi va jurnalistlar yetişib çiqdi. Ular orasida “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi bölganlar, “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi ğoliblari köpçilikni taşkil etadi. Ötkir Rahmatov şogirdlaridan iqtisod fanlari doktori, professor Akrom Hoşimov, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktorlari Şerzod Hayitov, Nabijon Akramov, Ravşan Xudoyberdiyev kabilar uni ustoz sifatida yuksak qadrlaşadi.
* * *
Adabiyotimizda şoir Ötkir Rahmatning öz örni bor. U yaratgan asarlar, dilga yetib borar şeʼrlar, dostonlar ijod muhiblarining allaqaçon mulkiga aylangan. Şoir şeʼrlari asosida bir qança taniqli sanʼatkorlar dilbar qöşiqlar yaratganlar. Ötkir Rahmatning “Soğinç”, “Jilğa”, “Rayhon hidi”, “Şukrona”, “Közim qoraçiği”, “Oy yoğdusi”, “Xayol ifori”, “Yurakdagi quş”, tört jildlik — “Dilçiroq”, “Ohanglar rangi”, “Fasllar aylanar, tugamaydi şeʼr”, “Dilroz” tanlangan asarlari, “Ötli ruh”, “Taskin”, “Yillar oralab”, “Şaffof lahza”, “Oy tölgan oqşom” kabi öndan ortiq şeʼriy töplamlari kitobxonlar maʼnaviy xazinasiga aylangan. Şeʼrlari qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, rus va boşqa tillarga tarjima qilingan. Nasib bölsa, ustozning öziga xos ijodiy imkoniyatlari, gözal şeʼrlari, betakror nazmiy taşbehlari haqida alohida söz aytiş niyatidaman. Lekin şu narsani aniq ifoda etişni istardimki, Ötkir Rahmat şeʼriyati dilga yaqin, dard va oğriqlar, sevgi va hijron, muhabbat va mehr, gözal tabiat, betimsol yaşilliklar, gulu giyohlar tili bilan sizning yuragingizni egallaydi. Şoir şeʼrlarini öqib körgan har bir öquvçi bunga aslo şubha qilmaydi. Qolaversa, ana şunday katta ijod zavqi va deyarli har kuni çop etiladigan gazeta yumuşlaridan ortib ustoz tomonidan bitilayotgan publitsistik maqolalar, ijtimoiy-iqtisodiy mavzulardagi tahliliy maqolalarni yozayotganiga qoyil qolmasdan iloj yöq. Demak, Ötkir Rahmat bu borada ham şogirdlariga örnak, ibrat bölgulik katta ijodkor, katta qalb egasidir.
* * *
Hayot bir tekisda ketmas ekan. Insonmiz, bilib-bilmay qadamlar bosganmiz. Ança yillar avval yelkasida pogoni bor, imkonlarini çeksiz deb bilgan, quturgan va oyoği yerdan uzilgan mansab egalaridan biri oçiqçasiga: “Men şu idorada ekanman, gazetada işlatmayman!” deb dağdağa qilgandi. “Qişloq hayoti” gazetasi bölim boşliqligidan öz xohişim bilan işdan böşab, jurnalistikadan hafsalam pir bölib yurgan paytlarim edi. Moskvada yaşaydigan tadbirkor jiyanim: “Restoranimni yuritaverasiz, ikki ming dollar oylik qilib beraman, keling”, degan taklifni aytdi. Moskvaga ketsammikan, ketmasammikin deb ikkilanib turgan kunlarning birida Ötkir aka telefon qilib qoldi. “Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi raisi Isfandiyor Latipov iltimos qilyapti, borib uçraşing”, dedi u. Avvalroq Isfandiyor Latipov bilan “Çimyon” sanatoriysida tasodifan tanişib qolgan edik. U ijodiy uyuşmaning maʼnaviyat va maʼrifat bölimi boşliği lavozimiga işga taklif qildi. Oylik maoşi oz ekan deb unamagandim. Ötkir akaning sözidan keyin, ustoz bekorga bir söz aytmaydi, deya Latipovga uç-tört oy işlaşimni aytib, işga kiriş uçun ariza yozdim. Nasibam şu yerda ekan, uç-tört oy emas, şu dargohda ön yil qolib ketdim. Rais örinbosari böldim. Hayotning bor-yöqçiliklariga çidadim, atrofdagi yolğon-yaşiqlarga sabr qildim. Uyuşmada taşqi tasviriy vositalar orqali amalga oşiriladigan maʼnaviy-maʼrifiy, tarğibot-taşviqot işlarida qöllaniladigan iqtiboslar, matnlar, hikmatli sözlar, donişmandlar fikrlari, hadislar va xalq maqollari böyiça har yili bir marta çop etiladigan önta “Tavsiyalar” qöllanmasiga mualliflik qildim. Bugun bu işlar, natijalar uçun ham ustoz Ötkir Rahmatdan minnatdorman…
Haqiqiy döst kimligi boşingga iş tuşib, muşkul ahvolda qolganingda bilinadi. Bunday paytlarda amal döstlar ham, pul döstlar ham öz qiyofasini körsatadi. Şunday paytlarimda Ötkir aka ovoza qilib bölmaydigan, qadrdonlarga xos bölgan ğamxörliklar qildi. Bu yaxşiliklarini aslo unutib bölmaydi.
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami yaqinlaşayotgan uşbu kunlarda ustoz Ötkir Rahmatovning insoniylik fazilatlari xususida dilimdagi ayrim öy-keçinmalarni örtoqlaşmoqçi böldim.
Zero, xalqimizda “daryodek odam, daryodil inson” degan iboralar bor. Ötkir akani tölib oqayotgan sokin daryoga öxşatgim keladi. Sokin daryolar esa hamişa elu xalqqa, yurtga, Vatanga payvasta böladi. Odamlarga yaxşilik ulaşiş – umr mazmuni.
Ha, ustoz Ötkir Rahmat oldimizdan oqayotgan daryo kabidir.
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Birovga mutelik dardlari oğir,
Qaramlik ğurbati etadi ado.
Nelarni körmaydi beiloj taqdir,
Yaşaşdan ne asli maqsad-muddao…
Vaqt kelib sabr ham tölar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Moziydan tikilar uyğoq nigohlar,
Garçi u zulmning dastidan abgor.
Köksidan öçmagan fiğonu ohlar,
Zamona zaylidan çekkan ming ozor…
Çin dildan ezgulik tilar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Sarsonu sargardon yöl bosdi uzoq,
Şamolu dovullar esib qöymadi.
Betinim ergaşib azobu qiynoq,
Mazlum el qadrini toptab töymadi…
Matonat – mard, jasur qilar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Mensimas manfaat oçirmadi köz,
Begona niyatlar tuzoqqa oldi.
Böğzida qadalib qolib ketdi böz,
Çorasiz damlarni boşiga soldi…
Umidvor umidlar bölar ekan-ku…
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Dunyoki kundan-kun qalqib turibdi,
Tölqinlar mavj urar, daryo turmas jim.
Dovulu şamollar kezib yuribdi,
Qaydadir yaxşilik, qaydadir zulm…
Ezgulik bor joyda kuylar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Asriy orzulari uşalib elning,
Özligin qaddini kötardi bardam.
Manzili porloqdir bu yangi yölning,
Şijoat, şaşti zör, odimlar şaxdam.
Dillar ham şodlikdan tölar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Bu damlar özidan bölmadi paydo,
Armonlar birma-bir yeçmoqda tugun.
Qadri ham yuksalib kundan-kun hatto,
Bunyodkor elimiz şod, omon bu kun.
Bobolar, momolar bilar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Tenglarning içida tengdir jon Vatan,
Ilm-fan bobida heç kimdan kammas.
Kelajak umidi farzandlar ekan,
Uning maşʼalasi heç qaçon sönmas.
Baxt kulib, boşini silar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Yurtboşim mehri bu, eʼtibori bu,
Har qalbda uyğotgan ğayrat, şijoat.
Vatanga muhabbat abadiy tuyğu,
Oldinga intilmoq çoğidir faqat!
Orzular vaqt kelib gullar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Maydonda kuraşar har farzanding şer,
Millat ori uçun tikdilar jonni.
Bugun olam ahli havas ila der:
“Yana lol qoldirding köhna jahonni”.
Dunyoga yöl olsa bölar ekan-ku…
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!..
Uşaldi nihoyat köp yillik orzu:
Yurtimni kutib ol şonli mundial!
Endi zafar yöli bölmas qoronğu,
Omadlar yor bölsin senga har mahal!
Saodating porloq kular ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!..
Işonçu iroda, sönmas qatʼiyat
Öğlonlar qalbiga böldi jo bugun.
Jahon ahli hatto tan olar xursand,
Olqişlaydi butun Osiyo bugun.
Haq deganni Haq ham qöllar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!..
Istaklar röyobi har dilga sayqal,
Köz porlar şarafning qasidasidan.
Çayqal, ona xalqim, ğurur-la çayqal,
Köksing toğ ğoliblik naşidasidan,
Yuraging baxtga eş bölar ekan-ku,
Nurafşon kunlar ham kelar ekan-ku!
Yurtboşi istagi — zafar nomasin
Avlodlar könglida asramoq har on.
Umiding sölmasin, aslo bitmasin
Bu porloq kunlaring, jon Özbekiston!
Toki köngling sönmas nurlarga tölsin,
Nurafşon kunlaring abadiy bölsin!
Ötkir RAHMAT
8.05.25.

