Dostoyevskiy uy qurib bergan adib
Kunlarning birida qamaşilik adib Temirpölat Tillayev dabdurustdan dedi:
— Bilasizmi, men Dostoyevskiydan qarzdorman, öşa buyuk inson menga katta yordam bergan.
— Qanaqa yordam? — qiziqib söradim.
— Fyodor bobo menga uy qurib bergan, — dedi ukamiz jilmayib.
Men hayron böldim. Axir u aytayotgan öris yozuvçi allaqaçon olamdan ötib ketgan bölsa…
Mening hayron qolganimni körgan suhbatdoşim kuldi va ohista sözlay boşladi:
— Aslida, meni adabiyot olamiga yetaklagan uçta odam bölgan. Birinçisi paxta brigadasida işlaydigan Neʼmat aka, ikkinçisi Çingiz Aytmatov va uçinçisi Fyodor Dostoyevskiy.
…Öşanda yettinçi sinfda öqirdim…
Kunlarning birida Neʼmat aka uyimizga kelib mendan söradi:
— Xöş, oğayni, öqişlaring yaxşimi, ayt-çi, qanday kitoblarni öqiyapsan?
Men xalq dostonlarini “bitta qoldirmay” öqiganimni aytib, “maqtangan” böldim.
— Yaxşi, yaxşi… Ayt-çi, Çingiz Aytmatov degan yozuvçini eşitganmisan?
— Yöq…
— Attang, attang, — dedi Neʼmat aka boşini sarak-sarak qilib, — mayli, hali ham keç emas, bölmasa, mana bu kitob senga, — deya qöynidan qora muqovali kitobni çiqarib menga uzatdi. — Heç kimga bermasdan, faqat özing öqi…
Mehmon ketgaç, kitobni öqişga kirişdim…
Bu maşhur qirğiz yozuvçisini dunyoga tanitgan “Jamila” qissasi edi.
Kitobni ertasiga öqib tugatdim va ğalati holga tuşdim. Asardagi voqealar xuddi özimizning yon-atrofimizda sodir bölgandek tuyuldi menga. Men kitobni qayta va qayta yana öqib çiqdim va maşhur fransuz adibi Lui Aragonning: “…Viyen, Gyugo va Bodlerlar maskani bölgan Parijda, qirollar va inqiloblar maskani bölgan Parijda, har bir toşi biror tarix yoki afsonadan şahodat beradigan köp asrlik rassomlar maskani Parijda, boşidan köp savdolarni keçirgan, köp narsalarni körgan va bilgan şu Parijda “Jamila”ni öqidim-u, nogahon “Verter” ham, “Beronika” ham, “Antoniy va Kleopatra” ham, “Manon Lesko” ham, “Sevgi tarbiyasi” ham, “Dominika” ham — hamma-hammasi közimga ilinmay qoldi. Romeo va Julyetta ham, Paolo va Françeska ham, Ernani va Dolya Sol ham közimga ilinmay qoldi… Çunki men eng toza tuyğularni özimga singdira boşladim. Çunki men maşhur gözal sevgi qissasi — “Jamila”ni öqigan edim”, degan taʼrifini, töğrisi, men u paytlarda bilmasdim.
Lekin keyinçalik uluğ farang yozuvçisining bu haqqoniy eʼtirofini öqiganimda, hafta va oylar davomida bu quyma fikrlar taʼsirida yurganimni hozir ham bot-bot eslayman.
* * *
Yillar ötib, Çingiz Aytmatovning deyarli barça kitoblarini topib mutolaa qildim. Öqiganlarim taʼsirida allanimalarni yozar, lekin yozganlarimni birovlarga körsatişga uyalardim.
Maktabni tugatib, Qarşi davlat pedagogika institutining özbek filologiyasi fakultetiga öqişga kirdim. Aʼloçi, jamoatçi talaba böldim. Oilada yolğiz öğil bölganim uçunmi, şovqin-suronni unçalik xuşlamasdim, garçi yotoqxonadan joy berişgan bölsa ham, beş yil Nina degan rus ayolining uyida ijarada turdim. Heç kim xalal bermaganidan bölsa kerak, ovunçim, öqiganim kitob böldi.
Ötgan asrning 70-yillari örtalarida Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romani ilk bor Ibrohim Ğafurov tomonidan özbek tiliga tarjima qilinib, naşr etildi. Men romanni öqib, betakror isteʼdod sohibi asarlarining aşaddiy muxlisiga aylangandim va özim uçun yangi dunyoni kaşf etdim.
Qişloqdagi maktabda işlab yurgan kezlarimda Qarşi şahrida yaşovçi adib Samar Nurovning xonadoniga hajvçi Tursunboy Boymirov bilan tez-tez borib turardik.
Gurungimiz aylanib, albatta, Dostoyevskiyga kelib qolar, çunki Samar aka ham bu yozuvçini ayriça bir muhabbat bilan tilga olardi.
Bir kuni Samar aka Dostoyevskiy ijodidagi psixoanaliz uslubining murakkabligi haqida gapirar ekan, yozuvçini: “U dunyo adabiyotining Eynşteyni!” — dedi.
Men ustozning gapini davom ettirdim:
— Ustoz, Dostoyevskiy benazir söz sanʼatkori ham. Mana bir misol: Marmeladov bilan Raskolnikovning birinçi uçraşuvini şunday tasvirlaganki, men şu sahifalarni öqiyotganimda nasroniylarning “Injil”dagi ohanglarini eşitganday bölaman!
Samar aka menga beixtiyor ajablanib boqdi va dilidagi iştiboh tiliga köçdi:
— Yöğaay?!
Ustozning bu ajablanişidan havolanib, romanning şu sahnasini yoddan öqiy boşladim:
— “Qayğu, qayğu izladim men uning tagidan, hasrat va köz yoşlari izladim, totindim va topdim; bizni esa barçani rahmdil nazari bilan kuzatuvçi va barçani va hamda barça narsani anglaguvçi Rahmon öz rahmatidan bahramand etajakdir; yolğiz uning Özi hakam va hukm qilguvçidir”.
Samar aka uzoq öyga toldi. Oraga gözal bir jimlik çökdi. Hammamiz uluğ yozuvçining emas, Sözning uluğvor qudratidan hayajonda edik…
— Ha, dunyo Sözdan yaralgani rost! — dedi Samar aka sokinlikni buzib.
Oradan olti oylar ötib, Tursunboy aka bilan yana Samar akanikiga bordik.
Öşanda Samar akaning menga aytgan bir gapi heç yodimdan çiqmaydi.
— Temirpölat, sizlar ketgaç, Ibrohimjon tarjima qilgan “Jinoyat va jazo”ni toptirib, qayta öqib çiqdim. Öööö, Dostoyevskiyni qayta kaşf etdim… U yozuvçi emas, avliyo, sehrgar, mutafakkir, buyuk başoratgöy ekan!
Men uning yigirma tomligini rus tilida öqiganman. Öqiganman-u, dunyo adabiyotining haybatli bir yozuvçisi sifatida anglaganman.
Lekin Ibrohim Ğafurov uni şunçalar mahorat va harorat bilan ögirganki, buni hasratlarga töla mungli qöşiq deysan. Bunday asarlarni öz ona tilingda albatta öqiş kerak ekan, degan xulosaga keldim. Ona tilining jozibasi, gözalligi, kuçi, qudrati — ona suti, ona mehri bilan tanga örnaşar ekan-da!..
Ustoz Samar akaning bu eʼtirofi haqida hali-hamon köp öylayman…
* * *
Bir kuni tanişlarimdan biri ğalati gapni aytdi. Şu Dostoyevskiyning asarlari nomlari ham odamni titroqqa solib, qörquv, vahima uyğotadi. Işonmaysizmi, mana qarang: “Ölik xonadondan maktublar”, “Telba”, “Jinlar”, “Jinoyat va jazo”, “Xörlanganlar va haqoratlanganlar”, “Qimorboz”. Yozuvçining kitoblarini öqiş juda oğir, odamni ezib, ezğilab taşlaydi. Menimça, buning sababi bunday dahşatli voqealarni yozuvçi özining boşidan keçirgan va yurakdan his qilgani bölsa kerag-ov… Har qalay, bu gap ham buyuk yozuvçining muazzam adabiy olami ostonasidagi eʼtirofga loyiq hadik va xavotir. Lekin ana şu hadik va xavotir adib asarlarini öqib, tahlil qilib, mulohaza va munozara etib anglansa, tugal va mukammal bilimga aylanadi. Bu bilim qiziquvçilarni sizning röparangizda töplaydi.
Öqişni imtiyozli diplom bilan bitirib, özim öqigan maktabga işga kirdim. Yoş edim, özimça katta daʼvolar bilan yurardim. Könglimdagi hovurni bosiş uçun maktabda “Zamonaviy suhbat” nomli adabiyot tögaragi oçdim. Bilganim, öqiganim va hatto özimça his qilganlarimni ham öquvçilarga aytar va ulardan ham qattiqqöllik bilan köp narsalarni talab qilardim.
Öquvçilarimga Aytmatov, Dostoyevskiy, Markes, Kamyu, Nitsşe, Borxes, Kafka, Kartasar, Akutagava, Abe asarlari haqida gapirganimda, bolalarning közlari yonib, özgaça hayrat oğuşida meni tinglaşardi.
Tögaragimning ovozi tezda butun qişloqqa tarqaldi. Qöşni maktablardan ham bolalar kela boşladi.
Bir kuni tumanimiz ijodkorlari bilan maktabimizda uçraşuv ötkazdik. Şunda deng, Nasiba Karimova degan öquvçim ularni hayratlantirib, şunday savol berdi:
— Frans Kafkaning “Evriliş” asarida inson nima uçun haşarotga aylanib qoladi?
Mehmonlar hayron bölib qolişdi. Çekka qişloq maktabidagi kiçkinagina öquvçi qiz, kimsan, Kafkadan gapirib yotibdi, deyişgan bölsa kerak-da…
Davrada tuyqus sodir bölgan bu noqulaylikni qalamkaşlardan biri yumor bilan yumşatmoqçi böldi:
— Bizlar Kafkaniyam, şapkaniyam bilmaymiz, öqiganimizam yöq, buni ustozlaring Temirpölatdan söraysizlar! — dedi.
Şunda Nasiba dadil örnidan turib, özining savoliga özi javob bera qoldi:
— Çunki tirikçilikning, tuzumning bemaʼni taşvişlari Gregor Zamzani haşarotga aylantiradi!
* * *
Mehnatlarim özining samarasini berdi. Maktabda dunyo adabiyotining haqiqiy muxlislari paydo böldi. Ular Baxtiyor Hazratqulov, Toşbuvi Ergaşeva, Zamira Çoriyeva, Nasiba Jonuzoqova, Nargis Oçilova, Fazilat Normurodova, Yulduz Hakimova, Jöra Tillayev, Akbar Jonuzoqov, Faroğat Xudoyqulova, Yunus Böronov va boşqalar edi. Buni qarang, yillar ötib, bu şogirdlarimning köpçiligi adabiyot fani muallimi, baʼzilari esa taniqli ijodkorlar bölib yetişdi.
Kunlarning birida eski uyimizni buzib, yangi imorat qilişga ahd qildim va yozda uyni buzdim. Devorlarni ağdarib bölgaç, meni vahima bosdi. Çunki imorat tiklaşdek maşaqqatli işni bajarib körmagan edim-da… Şunda, adabiyot tögaragidagi Dostoyevskiy ijodining aşaddiy muxlislariga aylangan şogirdlarim, men çaqirmagan bölsam ham, yonimda turişdi. Haşar davomida men ularning sonsiz-sanoqsiz savollariga javob berar, ular esa qöllariga ketmonni olib loy qorişar, paxsa devor urişardi. Yoşlar uçun Dostoyevskiyning har bir asari hali oçilmagan qutb edi. Men esa barça bilganlarimni ularga berişga intilardim. Qolaversa, şu bahona özim ham qayta-qayta uluğ dahoning kitoblarini öqidim. Buni qarang, tört hafta deganda imoratning devori tiklandi. Mardikor-ustalarga beriladigan haq esa çöntagimda qoldi. Agar Fyodor bobo bölmaganida, uyim bunçalik tez bitmas edi. Kamina esa tejalgan pulga öşa zamonda urf bölgan “Moskviç” maşinasini olgandim… Ayting, buning uçun kimdan minnatdor bölişi kerak edi? Albatta, uluğ adib Dostoyevskiydan-da…
Keling, endi sizni suhbatdoşim bölgan adib Temirpölat Tillayev va uning ijodi bilan ozgina taniştirayin. Uning şu kungaça yozgan asarlari huv öşa maktabda öqituvçilik qilgan, tögarak oçgan yillarda, yaʼni 1980-90 yillar oraliğida yozilgan. Keyingi öttiz beş yil davomida Temirpölat Tillayev peşonasi terlab biror narsa yozmadi. Aslida, buning özi alohida bir mavzu…
Xullas, dostoyevskiyşunos adibimiz qişloğida öqituvçilik qilgan ön yil içida beşta qissa va ikkita roman yozdi.
Ana şu beşta qissasi “Voris”, “Paymona”, “Turnalar ohi”, “Basirat tuni” va “Ölim öpqoni” mamlakatimizning taniqli “Akademnaşr” naşriyotida “Ölim öpqoni” nomi bilan ikki marta çop etilgan bölsa, “Adabiyot” naşriyotida esa “Turnalar ohi” nomi bilan naşr etildi.
Şuningdek, yozilganiga öttiz olti yil bölgan “Quyoş soyasi” romani naşr etiliş arafasida. Bugun ijodkor bitmay qolgan “Darvoza” nomli romani ustida işlamoqda.
Darvoqe, bir paytlar maşhur adib Odil Yoqubov nazariga tuşib, yigirma sakkiz yoşida sobiq Ittifoq Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzolikka qabul qilingan va asarlari haqida Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurovning “Şafqatsiz realizm bilan yozilgan omonsiz voqealarga duç keldim” degan eʼtirofini olgan adib, bu yil bahorda oltmiş beş yoşni qarşilaydi.
Biz ijodkorga, avvalo, uzoq umr va jöşqin ilhom daqiqalari doimo hamroh bölişini tilaymiz.
Örolboy QOBIL,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi.
