Çiğanoqdagi umr
Har inson — bir tilsim. Ayol — ikki karra. Bugungi ruhiy holati barqaror, xotirjam, özining qahramoniga aylangan, qiyinçiliklardan qörqmaydigan, avval özini, söng boşqalarni keçira olgan, döstlikda sadoqatni uluğlaydigan, ivirsiq bölib qolişdan uyaladigan benazir ayol hikoyasi şugina emas.
Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Şirin allam tinglab, asta
Uxlab qolgin, alla.
Yuzlaringga tomgan suvga
Hayron bölma, alla-yo.
Baxtimga sen katta bölgin,
Xazon bölma, alla.
Duşanbedan Farğonaning Buvaydasiga kelin bölib tuşgan Zaynab aya bor dardi, musofirlikdagi yolğizligi, umidi-yu oğriğini allaga tökadi. Şundanmi, oilada sakkiz farzandning oltinçisi bölib dunyoga kelgan Nazira Toşpölatovaning sevib tinglaydigani — Yunus Rajabiyning mungli qöşiqlari. Dunyodagi jamiki yorqin ranglarni öziniki qilgan ustozimning yolğiz qolgan kezlari oğir, iç-içingni sötib, vujudingni zirqiratib yuboruvçi qöşiqlarni tinglaşidan avvaliga ajablandim. Ammo hayratim köpga çözilmay, özini foş etgan esselariga, köngil keçinmalariga közim tuşdi-yu, bir xilqatga jo qarama-qarşiliklarni anglaganday böldim. “Bolaligimda onam ukamning beşigini tebratib alla aytsa, negadir yiğlagim kelardi. Çunki bu qöşiq juda mungli va ğamgin edi. Hali bu oçunning sir-sinoatini bilmagan murğak tasavvurim orqali şu dardning, köhna dardning oğirligini ilğardim va dahşatga tuşardim. Şunday paytlarda könglim tölib: “Buvi (Farğonada ona degani), jon buvi, şu aşulangizni aytmang, men juda qörqib ketyapman”, derdim”. Murğak tasavvurga ekilgan uruğlar — ustozimning qöşiq (dunyo)ni dard şaklida qabul qilişiga, şoh asarlar oğriqdan kelib çiqişiga, hayoti mobaynida biror oğriq unga begona bölmasligiga, hammaga dardkaş, “oğiringni men olay” deyişiga, şu bilan birga, dardga çidamli bölib ösişiga qadalgan uruğ edi. Onaning özi bilib-bilmay dunyoga ijodkorni taqdim etayotganiga bir dalil edi. “Haqiqiy qöşiq darddan yaraladi, dardni kuylaydi va köngil dardiga malham böladi. U inson qalbining eng tubida yotgan oğriqlariga taʼsir qiladi, junbişga keltiradi. Tiliga çiqara olmagan hislarini qöşiq orqali idrok qiladi” yoki “Qöşiqni tinglaganda johil inson ham uning taʼsiriga tuşib, şu tobda könglidan keçgan his-tuyğularining oldida ojiz qoladi. Diydasi yumşab, tuyğulariga böysunadi. Özining ojizligini heç bölmaganda bir navo oldida tan oladi”, deb yozadi Nazira Toşpölatova “Maʼrifat” gazetasida çop etilgan “Boqiy qöşiq” essesida.
Kitoblarini bir-bir varaqlayman: “Keçinmalar va keçirmalar”, “Yöldaman”, “Jurnalistikaning huquqiy asoslari”, “Jurnalistika psixologiyasi”, “Jurnalistikaning xalqaro huquqiy asoslari”, “Tahliliy jurnalistika”, “Media huquqi”, “Maʼrifat tarixi”… Kitoblardan nafaqat publitsist, olima Nazira Toşpölatova, balki ayriliq, yöqotiş azobi, hamdardlik, özganing dardiga befarq qarayolmaslikdan yaralgan esselar, Amerika, Xitoy, Peterburg, Turkiya, Hindiston va Fransiya yöllarida topgan-tuygan hayrat, hoyu havas, hayajon, xavotir, xotiralari jam bölgan safarnomalar, jurnalistika ilmida fundamental manbalar qatoriga kirib ulgurgan ilmiy izlanişlari, tahlil-tadqiqlari ortidan mardonavor böy çözgan Ayol ham çiqib keladi. Köngilga qaytiş, sayohatlar, dunyoni bilişga kuçli iştiyoq, psixologiya, huquq, tahlil va maʼrifat — Nazira Toşpölatova kartinasi şunday namoyon böladi. Aynan huquqiy jurnalistikani tadqiqotlarining, yozilajak kitoblarining boş mavzusi qilib olganida ham maʼno borga öxşaydi. Huquq nima? Avvalo, öz qadr-qimmatini biliş, vazifa va masʼuliyatni anglaş, yana himoya…
Qalqoni, ilk qahramoni, padari Qurbon otadan tösatdan, kutilmaganda, hali öttizga ham kirmagan payti erta ayrilib qolgani, sönggi manzilga kuzatolmay çekkanidagi armon, suyuklisi, ikki farzandining otasi, turmuş örtoğidan ayrilganidagi iztirob, ikki buyuk himoyaçisi — ikki qanotini yöqotgandagi böşliqdan yaraldi bu himoya. Közmunçoq qizaloği, hali çillasi ham çiqmagan dilbandi Nigorani közlardan asrayolmagani, közlariga töymagan opasini darddan yulib ololmagani, zöravonlik qurboni bölgan 23 yaşar jiyani qoşida qöl qovuştirib turişgagina yaragani, “onadan-da mehribon, opadan-da sirdoş, singildan-da şöx, quvnoq…” dugonasi Gulnozni yöqotib qöygani, ularni himoya qilolmaganidan yaraldi bu tuyğu. Hayotning past-baland zarbalari, nohaqliklaridan özni himoyalab, çiğanoqdangina najot kutdi. Dunyoda özidan bölak himoyagöyi qolmagandi… Ötmişdagi armonlari sababmi, hozir atrofidagi yaqinlari, şogirdlarini hifzi himoyasiga olgan, onadek turli balo-qazolardan asragisi, ularga otilgan toşlarga özi qalqon bölgisi, gardlarni qoqib, pok saqlagisi keladi. Yöqotişlarining köpi ölim bilan boğliqligi vajidandir balki, bu sözdan qattiq qörqadi. Hatto u meni yöqlaganida bilmay ham qolay, degan niyati bor.
Feʼlidagi qusurlarni qaysarlik, şartakilik, dilozorlik, erkakşodalikda deb biladi. “Xonasi kelib qolsa ayab ötirmay, şartta yuziga gapirib yuboraman, dilini oğritib qöyib, keyin iç-etimni yeyman. Feʼlimdan baʼzan ot hurkadi. Erkak zoti-ku, bir çaqirim naridan ötadi. Ayol kişi sal yumşoqroq bölsa-da”, deydi. Balki Nazira Toşpölatovani yaqindan bilmaganlar ham şunday öylar. Asli bularning hammasi yillar mobaynida ustiga ilingan himoya liboslari. Özini hayotning izğirin şamollari, kuydirib jizzaga aylantiruvçi jaziramasidan himoyalay-himoyalay, öşa qattiq çiğanoq içiga yaşirinib olgan çiqar. Undan ötib, içiga möralasangiz, javharni körasiz: yoş boladek hurkak, boladek hayratga moyil, taʼsirçan, kiçik narsalarga ham goh yiğlab, goh miriqib kuladigan, közlarini pirpiratib, sizga tabassum bilan boqib turgan mehr gadosi, özida dunyoning mehrini içiga siğdirgan quyoş… Bir qaraşda közingizni ham, qalbingizni ham oladi.
1987–1992 yillarda Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil oldi, jurnalist sifatida “Toşkent oqşomi”, “Maʼrifat” gazetalarida faoliyat yuritdi. Ilmiy faoliyatini Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida boşladi, 2002 yildan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida jurnalistika ilmidan dars bera boşladi. 2005 yilda Boyböta Döstqorayev ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olti yildan buyon esa Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalarga saboq berib kelmoqda.
Bugungi kunda ellikdan oşib ham qaddi-qomatiga qizlar havas qilgudek, kiyimlarini gulini-guliga töğrilab, körgan közni quvnatar darajada orasta kiyinadi. Şu yoşda ham gözallikka intilgan, gözallikni sevgan ustozimning yoşlikdagi qiyofasini xayolan çizaman: köp yigitlarning aqli şoşib qolgandir… Har tong erta sahardan quloqçinlarni taqib, audiokitob eşitgança, sport majmui tomon odimlaydi. Har kuni ikki soat sport bilan şuğullaniş, sevimli öyini badmintondan kuç oliş, tong neʼmati, barakasidan töyiniş, ikki suyançiği — öğillari bilan mazali nonuşta qiliş va dorilfunun tomon şoşiş, mana, yillarki, odatga aylangan. Soat önlarga yaqin jurnalistika (Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar) universitetiga, jonajon kafedrasiga qadam qöyarkan, xona birdan yorişib ketgandek böladi. Hamma şogird qizlari Nazira Toşpölatovani kutib turgandek, qahva tayyorlaşga oşiqişadi. Kunni ustozi bilan qahvaxörlikdan boşlaş ham odat tusiga kirib ulgurgan. Ustozga begona odam yöq: “Bolalarim, kuyovim yaxşimi?” degan söroqdan örtadagi pardalar kötarilib, onangdek yaqin his qila boşlaysan. Tanimagan odami, bilmagan xabari yöq: eng kiçik doiralardan xalqaro mavzulargaça hamişa uloqni ilib ketadi. Suhbatlaşgan sari suhbat qurging kelaveradi. Özi-da suhbatdoş tanlamaydi: mavzu qiziq bölsa va undan hikmat, yangilik olsa, bas. Ota-onasidan meros adolat, rostgöylik xislatlari har sözi, amalida körinib turadi. Şogirdlari örtasida ham hamişa adolat qilgani, ularning yutuqlaridan çin dildan sevina olgani, tan ola bilgani, yöl-yöriq, maslahat-tavsiyalarini ayamagani uçunmi, hamma ustozga, uning xonasiga talpinadi. Yöqlab kelguvçilari köp. Özi ham qay manzil, qay safarga bormasin, tuhfa bilan qaytadi, pişirgan taomidan şogirdlari, hamkasblariga ilinib, tugunçaga tugib keladi.
Boşqa sohalarda bölgani kabi jurnalistikada ham tor doiralarda ixtisoslaşuv bor. Kimdir faktçeking böyiça mutaxassis, yana birov publitsistika, piar, mediasavodxonlik… Nazira Toşpölatova ana şu stereotipni özining misolida buzgandek: media huquqi deysizmi, media psixologiyasimi, tahliliy jurnalistika yo publitsistikami… barini birdek suv qilib içgan, darsni ham sanʼat asari yozayotgandek masʼuliyat, improvizatsiya, tayyorgarlik, öziga xos uslub bilan ötadi. Dangasaroq, qitmirroq talabalar ham Nazira Toşpölatovaning darsiga boşqaça huşyorlik, tayyorgarlik, masʼuliyat bilan keladi. Ilmiy doiralar, seminarlarda uning savol berişidan çöçib turişadi. Yaratganning marhamatini qarangki, bir ayolni gözallik, zehn, ilm hamda ijod bilan ham siylagan. Saboq bergan fanlarining har birida qalam tebratgan, gözal namunalar yaratgan: intervyu, suhbat, tahliliy maqola, esse, yöl oçerki… Ustozi Boyböta Döstqorayev, Saydi Umirovlarning nasihatiga amal qilib, şogirdlarini ham şu kategoriyaga köra tanlaydi: “Jurnalistika fakultetida taʼlim berayotgan odam, albatta, özi ijod qilişi, yozişi kerak. Bölmasa, talabalarni işontirolmaydi”.
Ustozim jurnalistikaga oid qator fanlardan saboq berişiga qaramay, ularning heç birini kamsitmagan holda ilğaganim, eng yaxşi körgan predmeti — esseistika. Unga muhabbati boisidanmi, alohida fan sifatida dasturga ham kiritgan, esse haqidagi suhbatlarimizda közlari boşqaça porlab ketadi. “Nazira opa, siz qalban ijodkormisiz yoki olim?” sörayman nigohidagi zavqni körib. “Ijodkor bölsam kerak. Lekin ilm ham ijod, aslida”, deydi.
Suhbat suhbatga ulanadi: “Ijod, bu — harakat. Biror masalada nimanidir izlaş, tekşiriş, tajriba ötkaziş. Köçma maʼnoda, qoniqmaslik yölidagi sarosarlik. Tölib turganingda içingdagini yozib, yengil tortiş, söng yozganingni öqib yiğlaş. Meni hayrat, hoyu havas, hayajon, xavotir, xotira ijodkor qildi. Özimga özim nimadir aytiş, özimning savollarimga javob beriş uçun yozaman. Yozolmay qolişdan emas, öylolmay, fikrlolmay qolişdan qörqaman. Agar ular bölmasa, yozişning nima keragi bor? Nazarimda, ijodkorga kitobdan va özidan yaxşi ustoz bölmaydi. Uni yaxşi tinglaydigan, tuşunadigan hamfikr, hammaslak kerak, xolos. Avvallari maktub bitib turardim. Oxirgi yozgan xatimga ikki yil bölibdi, uni ham vafot etgan opamga yozdim. Nomi “Sensizlik”. Hozir maktub yozmoqçi bölganlar bilan köproq xayolan gaplaşaman”.
Savoldan-savolga çiğanoq içidagi javharni köra boşlayman:
— Tuşkunlikdan sizni nima çiqaradi?
— Vaqt, özni taftiş qiliş, xatoga iqror böliş va harakatni yangidan boşlaş.
— Afsusingiz bormi?
— Afsuslanmayman. Çunki u boy berilgan imkoniyat. Undan töğri foydalana olmagan bölsam, unga açiniş, içni yeyişimga hojat yöq. Har bir berilgan imkoniyat muayyan zamon va makonniki, uni qaytarib bölmaydi. Xullas, bölişi kerak bölgan hodisa, vaziyat, holat sifatida qabul qilaman.
— Baxtingiz nimada?
— Borligimda. Uning maʼnosi oddiy emas.
— Yolğizlikdan rohatlanasizmi?
— Rohatlanmayman-u, baʼzan unga juda ehtiyoj sezaman, baʼzan undan juda qörqaman.
— “Muqaddaslik” tuşunçasiga taʼrifingiz. Sizning hayotingizda nima muqaddas?
— Eng yuksak qadriyatlar muqaddasdir: eʼtiqod, makon, zamon, inson, munosabatlar. Ammo bu tuşunça hamma uçun birday mazmun kasb etmaydi. Mohiyati va ahamiyatiga qarab özgaradi. Masalan, ilgarilari gard yuqtirib bölmaydigan narsaning barçasi muqaddas edi men uçun. Hozir qaraşlarim özgargan. Yaratganning borligi va unga iymon keltirişdan taşqari, köp narsaning qadri va ahamiyati vaqt, munosabatlar içida oddiy va tabiiy ekanligini angladim. Ammo ota-onam ötgandan keyin ularning xotirasi haqida köp öylayman. Ularni öz vaqtida qançalik qadriga yeta oldim? Ammo hozir juda qadrli. Baʼzan ularni juda köp qömsayman.
— Baxt haqidagi tasavvuringiz?
— Kimgadir nafing tegişi, kimgadir kerakli ekanligingni his qilib yaşaş.
— Baxtsizlik haqidagi-çi?
— Yolğizlik, heç narsaga yaramay qoliş, boşqalarga malol keliş.
— Özingizda qanday qobiliyat bölişini istardingiz?
— Musiqa çala oliş va rasm çiziş qobiliyatim bölişini xohlardim. Lekin…
— Qaysi holatda özingizni kamsitilgan his etasiz?
— Meni eşitişmasa, eʼtibor bermasa, men bilan hisoblaşmasalar…
— Qanday yaşaşni xohlardingiz?
— Erkin yaşaşni. Afsuski, buning iloji yöq. Zimmamizdagi majburiyatlar bunga izn bermaydi.
— Qayerda yaşaşni xohlardingiz?
— Havosi toza, kiçkinagina, odam köp bölmagan, dengiz böyidagi yaşil şaharçada. Negadir xayollarimda şunday şaharçada uyim bölişini köp tasavvur qilaman.
— Hayotdagi qahramoningiz kim?
— Özim (nokamtarlik bölsa ham)
— Dunyoning surati qanday?
— Turfa ranglarda köraman. Şuning uçun odamlar uni qanday bölişidan qatʼi nazar yaxşi köraveradi. Undan keça oladiganlar sanoqli. Uning jilvalariga asir bölib, köp xato va gunohlar qilamiz.
— Dunyoga nima bera olasiz?
— Butun hayotimni beryapman, ortiğiga ojizman.
— Agar bugungi Siz bölmaganingizda, kim bölardingiz?
— Bugungi men bölmaganimda, heç kim bölmasdim. Bugungi men bormanmi, demak, şunday bölardim.
— Odamlar sizni qanday xotirlaşini istaysiz?
— Agar ötganimdan keyin mahşarda mening gunohlarimni yengillaştirişga yoki jazolarimning oğirlaşişiga taʼsiri bölmasa, qanday xotirlaşlarining men uçun ahamiyati yöq.
* * *
Har inson — bir tilsim. Ayol — ikki karra. Bugungi ruhiy holati barqaror, xotirjam, özining qahramoniga aylangan, qiyinçiliklardan qörqmaydigan, avval özini, söng boşqalarni keçira olgan, döstlikda sadoqatni uluğlaydigan, ivirsiq bölib qolişdan uyaladigan benazir ayol hikoyasi şugina emas. Balki qolgani özini Jeyn Eyr qahramonida topgan kitob sahifalariga, qahva tutgança, derazadan uzoq-uzoqlarga tikilgan nigohlarga, sevimli rassomi Ayvazovskiyning tilsiz suratlariga, kuç, ilhom oluvçi hamma narsaga soçilib ketgandir…
Hayotini yöl deb bilgan Nazira Toşpölatova hamon ilm va ijod yölida. Bu yöllarda odatiylikdan noodatiylikka, anʼanaviylikdan zamonaviylikka, bilimdan tajribaga qarab odim taşlaydi. Har işni sevimli maşğulotga aylantirmagunça tinmaydi. Heç narsani şunçaki, qöl uçida qilolmasligi, eʼtibor va mehrini tökis berişi oq-qora hayot yöllariga rang beradi, umriga esa mazmun. Eng kiçik tarjimai holi — onalik va olimlikkaça bölgan yölda hali ne-ne sir-sinoatlar bor, bundan çiğanoq içidagi durgina xabardor. Bizning körganimiz, anglaganimiz, tuyganimiz şugina, xolos.
Sevara ALIJONOVA
