“Sen sevgimning kökargan boği”

Laureat Gosudarstvennoy premii SSSR, uzbekskaya poetessa Zulfiya (Zulfiya Israilova).

Muhtarama Zulfiyaxonimga bağişladim

…Har kuni tun yarmida uyğonib ketaman:  soat millari odatdagidek bir xil vaqtni körsatadi. Hayratga  tuşaman. Derazadan tun möralaydi. Yulduzlarsiz samo oqişga moyil qora bulutlar oğuşida zamindan köz uzmaydi. Nogoh quloğimga  qişning uzun tunlarida  hali yorib çiqmagan kurtaklarning şivirlaşlari, toğ çöqqisida erib jilğa bölmagan qorlarning sukunati, köpçigan dalalarda şamolday yugurayotgan qulunlarning hansiraşlari çalinganday böladi. Közlari parpirab turgan boyçeçakning yerning sönggi qobiğini yorib çiqayotgandagi quvonçlari, bötana suvlarning u qirğoqdan bu qirğoqqa boş urib, xörsinib oqişlari…

Va söngra sezdirmay kelinçaklarday nozlanib kelayotgan bahorning nafis epkinlari borliğimni qurşab oladi-yu, tun köksidagi gözal bir tovuş qalbimni qamraydi:

…Bahor hali kökda,

          Beniş kurtakda,

          Ğunçada, binafşa bargida börtar.

          Oçing derazani, uning ortida

          Köpçigan kökrak-la,

          Nurga qorilib

          Lutfan ğu-ğulaydi bir juft kabutar…

… Tun yana öz xotira daftarini varaqlay boşlaydi… Toşkentning hunarmand – Degrez mahallasidagi rayhonu jambillar böyi ufurib yotgan xonadonda tölin oy şuʼlasida soçlari qönğiroq-qönğiroq qizaloqni bağriga bosib, qolgan bolalarining ustini mehr bilan yopib ularga qöşiq, ertak, afsona-yu, rivoyatlar aytayotgan ona – Xadiçaxon mohir haykaltaroşning sanʼat asariga öxşaydi.

Onaning bağridagi közlari yulduzday porlab yotgan qizaloqning jingalak soçlarini şamol öynaydi. Qizçaning uzun quyuq kipriklari qop-qora tutaş qoşlari xuddi ona qöynida erkalanayotgan oyni eslatadi. U hadeganda közini yummaydi, onasining nurli çexrasiga mahliyo bölib termuladi”. “Endi közlaringni yumaqol Zulfiya qizaloğim, uxlayqol,  jonu jahonim”. Onaning sehrli tovuşi oyning şuʼlalarida erib ketayotganday qizaloqqa taʼsir qiladi. U bir xörsinadi-yu, gözal kipriklarini yumib uxlab qoladi.

…Tun esa baxtiyor. Çunki uning yer uzra yoyilgan nafis tör pardalari hoşiyalarida “Sening köksingda şoira orom olayapti,” degan tillarang, zarhal yozuvlar yaltiraydi.

Zulfiya Isroilova ön olti yoşda çiqargan birinçi kitobini “Hayot varaqlari” deb nomlagan edi. Ajabo, 16 yoşli baloğat ostonasida turgan qizaloq hayotning sirli varaqlarini közdan keçirişga ulgurganmidi? Yöq, albatta. Bu haqda şoiraning özi keyinçalik, “Men birinçi kitobimni şoşa-pişa “Hayot varaqlari” deb nomlabman-a, axir ğörgina, soddagina bir qizaloqda qanday qilib hayotiy tajriba bölişi mumkin edi”, deb xotirlagan edi. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olayotgan paytimda ustozimiz kurs işi sifatida menga “Zulfiya lirikasi”ni yoritişni aytdilar. Men hayajonda edim. Çunki Zulfiyaxonimning tabarruk nomi  4-sinf öquvçisi bölgan paytimdan boşlab  qalbim Zulfiyasiga aylangan edi. Kurs işini bitirib, ustoz nazaridan ötkazib, kursdoşlarimga gapirib berar ekanman, hozir öylasam u yozganlarim Zulfiya degan ummon oldida hatto bir qatra ham emas ekan. Tunlari uyqum qoçib ketganida, köz oldimda Zulfiyaxonimning gözal, latif çehrasi, aqlli közlari zohir bölayotgan paytlarda özimga şunday savol berar edim: “Men nima uçun bu ayolga çeksiz mehr va ehtirom bilan qarayman? Nega uning hijron tölqinlari kökka sapçib, sabr qirğoğiga urilayotgan şeʼrlarini öqiganimda közlarimdan töxtovsiz yoş oqadi? Nega şeʼrlari bir öqişda  jismu jahonimga singib ketaveradi? Bu qanday tilsim?”

Yillar meni ulğaytirdi,  Zulfiyaxonimday ulkan qalbli şoira, buyuk davlat va jamoat arbobi, özbek onalari – ayollarining milliy ramziga aylangan bu ayol qalbiga behad yaqinlaştirdi. Bir insonni şunça seviş mumkinmi? Bir insonni  umr böyi şunday ardoqlaş mumkinmi? Bir insonning xijronida gullardan-da gözal bölgan dunyosini hazon laşkarlariga oyoq osti qildirmay, vafo toğlariga tuğ tikib, joni va qonidan silqqan misralarni uning ruhiga şunçalik poyondoz qiliş mumkinmi? Ha, mumkin ekan! Nurdek pok iymonga doğ tuşirmagan,  tunlari yarmi böş yostiqlarga dardini pinhon sözlagan sabrli, toqatli özbek ayoligina buning uddasidan çiqadi. Şu muhtarama ayol bizning beqiyos gözal qalbli şoiramiz Zulfiyaxonimdir.  U öz juftining dengizday qudratli muhabbatiga sazovor bölgan ayol edi.

Xayolimda bölding uzun kun,

Seni izlab qirğoqqa bordim.

Oç tölqinlar pişqirgan tunda

Topib ber, deb oyga yolvordim.

Işon,  bunda seni doimo,

Esga solar çiroyli tunlar.

Şöx tölqinlar, salqin saharlar,

Esga solur baxtiyor kunlar.

Toleyimning oşinosi sen,

Sen sevgimning kökargan boği.

Sening bilan butun umidim,

Işonçimning sen vafo toği.

Meni qurşar salqin bir havo,

Suv ustiga nur quyiladi.

Yana qança-qança gaplarni,

Yodga solib oy ham töladi.

Keça jimjit, yolğiz tölqinlar,

Pişqiradi bilmay tinimni,

Hiylagar oy, sehrgar dilbar,

Solib qöyding yodimga kimni?..

… Bu mening özbek estradasi qiroli  Botir Zokirov ijrosidagi eng sevimli qöşiğim. Yolğiz qolganimda özimça xirgoyi qilaman, taskin topaman. Zulfiya opamlarning mehrli, aqlli nigohlarini his qilaman.

Zulfiyaxonim nafaqat Özbekistonda, balki butun dunyoda nafis, teran, şiddatkor şeʼriyati bilan özbek şoirasi sifatida nom qozongan edi. Ayniqsa, Zulfiyaxonimning Hindistonga ijodiy safari – dunyo ijodkorlarining uluğ anjumanida dunyoga kelgan şeʼriy asari poetik tafakkurning gultoji kabi hammani hayratga solgan edi.

Şeʼr öqiydi nepal, vyetnam, xitoy,

Rus, tojik öqiydi şeʼrini sarbast.

Qora alangaday soqolli singlar,

Qordan oq libosli bengallar, hindlar,

Zavqidan tebranib naq tölqinli soy…

… Sen ermak emassan, sen – non, sen – orom,

Orzu  pokiza.

Sen – Hayot! Hayotni kuyla sen mudom,

Ey Muşoira!

“Muşoira” tasviriy sanʼatlarning boyligi bilan kişini hayratda qoldiradi, — deb yozgan edi rus şoirasi Vera Inber, — unda xotin-qizlarga xos kuzatuvçanlik epik kenglik bilan uyğunlaşib ketadi. Fikrlarning teranligi tuyğularning tölqinliligi bilan hamohang. Unda hamişa xalqlarning tinçligi va baxt-saodati uçun yangragan poeziyaning sadosini eşitib turasan kişi. “Muşoira”ni dadillik bilan adabiyotning durdonasi deb atay olamiz”.

Zulfiyaxonimni hijronning azobli bosimlari, yolğizlikning beşafqat qöllari sindirolmadi. Uning muşoira şeʼri göyo qitʼalar va unda yaşovçi xalqlarning yurak zarbi kabi jarangladi. Bu satrlar qudratli qalb tebranişlari sifatida Yugoslaviya, Xitoy, Yaponiya, Şri-Lanka, Misr safarlari bilan boğlanib, Toşkent ruhini xalqaro jahon adabiy harakati bilan omuhta qildi. U jamoat arbobi sifatida yuksala bordi. Qayerga bormasin tinçlik, birdamlik, baynalmilal ruhdagi gözal şeʼriyatning tuğini kötardi. Pokiza tabiatida muazzam şarq namoyon bölgan bu sohiriy ovoz jahon adabiy jamoatçiligi tomonidan dastlab Javoharlaʼl Neru nomidagi va “Nilufar” adabiy mukofotlariga munosib körildi. Bolgariya xalq respublikasi tomonidan şoira “Kirill va Mefodiy” ordeni bilan taqdirlandi.

“Ona qalbi oyoqqa tursa,

Öğlim sira bölmaydi uruş”, deb qalqib turgan dunyo muvozanatini saqlab turgan onalar ovozi bölib jarangladi.

Şoira gözal tarjimalari bilan ham barça ijodkorlarga örnakdir. A.Puşkin, M.Lermontov, N.Nekrasov, Voqif, Lesya Ukrainka, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam, Desanka Maksimoviç, Gabriyela Mistral, Yelizaveta Bagryana, Mustay Karim kabi turli şoirlar asarlarini özbekçaga ögirgan. Ayniqsa, A.Puşkin şeʼrlari, N.Nekrasovning “Rus ayollari” dostoni, Mustay Karimning “Oy tutilgan tunda” fojiasi tarjimalari alohida ajralib turadi.

Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğofurov şunday yozgan edi: “Xotiram siniqlari” nolakor doston tuğilmas edi, agarda qalb yengilgan bölsa, nimtalangan bölsa, qoraygan bölsa… bu yetuk donişmandlik bilan yozilgan va har bir satridan buyuk faryod va buyuk armon saslari otilib turgan doston öşa zöravonlik davrlarida şoirlar öz qalblarining toza qaʼrlariga çökib yaşaganliklarini körsatadi. U zöravon mafkura tazyiq qilib ötkazgan hurriyatlar hurriyat emasligi, vatanlar vatan emasligi, insonparvarliklar – insonparvarlik emasligi, döstliklar döstlik emasligi – bularning bari ostida faqat imperiyaçilik ğarazlari yotganligi, eng qabih işlar baynalmilalçilik niqobi ostida qilinganligini u paytda aqli raso odamlargina tuşunar, anglar, lekin bu dahşatli maşinaga qarşi turişga özlarida kuç topolmasdilar. Öz yuraklarining toza qaʼriga çökişdan özga çora topolmasdilar. Armon… armon… çeksiz armonlar şoirlarimizni örtar edi.”

Zulfiya va Hamid Olimjon Alloh amri ila bir-biri uçun yaratilgan ulkan ijodkorlar edi. Jizzax kengliklarida Komila ayaning sehrli allalarini eşitib, oltin beşikda guvrangan gödak — Hamid vaqtlar kelib Toşkent şahrining Degrez mahallasida voyaga yetgan pari paykar bilan hayoti boğlanişini gödak tasavvuriga ham siğdirmagan edi. Har ikkala daryo ham yillar ötaverdi-yu, toşqinib-toşqinib bir joyda uçraşdi. Muhabbatning sehrli kuçi oldida şohu gado ham boş eggan.  17 yoşda naşr etilgan Birinçi kitobi bilan oğizga tuşgan, Allohning musavvirlik bilan çizgan gözal qiyofasiga közi tuşgan Hamid Olimjonning qalbida otaşin sevgi mavj urgan edi. Uning dilbar şeʼriyatga töla hassos yuragi ohu közli, qop-qora soçlarining jingalak-jingalak halqalari öziga yaraşgan, kamondek qoşlari bir-biriga tutaşib, uçayotgan qaldirğoçlarni eslatuvçi bu qizni körganida beixtiyor xayolidan “Işim bordur öşa ohuda” satrlar ötgan edi. Söngra uning muhabbati hammani hayratga solgan qiyğos gullab yotgan iforli boğ kabi tarixda qoldi:

Eng gullagan yoşlik çoğimda

Sen oçilding köngil boğimda.

Şunda közim kördi bahorni,

Şunda qalbim tanidi yorni…

Quçoq-quçoq gullar terganim,

Va keltirib senga berganim.

Keçagiday hamon esimda,

Har soniya, har on esimda.

Quşlar kuylar jonimga payvast,

Men sevgining kuyi bilan mast.

Kuni bilan dalada qoldim,

Lolazorlar içra yöqoldim…

Qarang, dunyoning evrilişini… Hamid Olimjon dilidan tilga köçgan bu bebaho satrlar bugun ham yoşlarimizning tilidan tuşmaydi. Muhabbat madhiyasiday yangraydi. Yoki Hamid Olimjon:

Sevgi desam – faqat sen desam,

Sening bilan yaşnasa qalbim.

Sen desamu butun dunyoning,

Şörişiga quloq solsam jim.

Quyun kabi aylanar boşim,

Qarayman-u, közim tinadi.

Qaraşingdan köngil közgusi,

Parça-parça bölib sinadi.

Şoira Zulfiya behad baxtli edi. Oh, bu baxtning şirinligi, bu baxtning teranligi va bu baxt nogoh taqdir zarbasi bilan abadiy hijronga aylanganligi… to şu damga qadar bunday sevgining hijron degan aççiq mayi xalqimiz qalbini titratib keladi. “Sakson yil lovullab öçmagan ötman,” – deb yozdi Zulfiyaxonim. Tasavvur qiling, tip-tiniq samoda bir-birlariga ipak qanotlarini tegizib, havoda muallaq öyinlar körsatib, şodon ğujurlab uçib ketayotgan bir juft oq kabutarni köz oldingizga keltiring. Ipak qanotlarning sirli şovullaşidan samo sarmast. Quyoşning ipak nurlari boş-közlarini silab, hovuç-hovuç nurlarini ularga nisor aylayotgan paytda ikkinçi juftning ölim kamoniga duç kelib, nogoh qonga böyalib yerga qulaşi… Endi samoni motam qöşiqlari, girya tutadi. Yolğiz uçayotgan quş çarx urib juftini izlaydi. Sakson yilda ham u kulga aylanmaydi. Bu Zulfiyaxonim… Hamid Olimjondek beqiyos isteʼdod sohibi bölgan, uni yeru kökka işonmagan, Hulkar bilan Omonning boşlarini silab, ularning guldek diydoriga qarab töymagan şoirning Zulfiyaxonimga qoldirgan firoq maktublari edi.

Nega Zulfiyaxonim ijodi dunyoni hayratga soldi? Nega u özbek ayollarining mağrur, yengib bölmas, har qanday tösiqlarni yengib ötuvçi timsoli – vafo, sadoqat, hayo, ona Vatan ramziga aylandi. Axir u oddiygina ayol bölib, közyoşlar dengiziga ğarq bölib yaşaşi mumkin  edi-ku! Yöq, Zulfiyaxonim qayğu va iztiroblarni tun zulmatiga uloqtirdi. Közyoşlari tunda bolişlarni höl qilgan bölsa-da, kunduz – quyoş bilan barobar hayot manzillariga yölga çiqqanida uning közyoşlarini heç kim körmadi. Odatda, toqqa qança yaqinlaşsangiz u şunça uzoqlaşib boraveradi. Uning sirliligi, salobati, viqori, yöqlikka yuz tutmaydigan qudrati ham ana şunda-da!

— Agar Zulfiya Armanistonda tuğilganida, — deb yozgandi buyuk şoir Rasul Hamzatov. — Silva, Leningradda tuğilganida Berggols, Bolgariyada Bagryana, Yugoslaviyada tuğilganida ham Desanka Maksimoviçdek maşhur şoira böla olar edi…

Şoiralik şoirlikka nisbatan kam uçraydigan hodisa. Ana şunday yarqiroq yulduzlar qatoridan özbek şoirasi Zulfiya munosib örin egallaydi… Asrlar ötayapti. Zulfiyaxonim degan daryoning Zulfiya degan qizlari kelajak köksiga oqib boryapti.

“Özbek şoirasi Zulfiyaning qutluğ qadami tufayli, — deb xotirlagan edi maşhur qirğiz yozuvçisi  Çingiz Aytmatov, — Şarq adabiyotiga sanʼatkor ayol kirib keldi, yoş va iqtidorli şoiralar butun bir pleyadasining ovozi baralla yangray boşladi.

Menimça, Zulfiya şoira sifatida özbek adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biridir.

Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilganida men ham Alloh amri ila şunday quvonçli kunlarni şohidi bölgan edim. Bir ayol hayoti, bir ona hayoti, bir şoira hayoti, qaqnusday ötlarda kuymagan afsonaviy quş hayoti ona Vatan uçun ham aziz va mukarramdir. Çunki buyuk Zulfiyaxonim ona Vatanining zarrasini ham quyoş qadar sevdi va xalqimiz qalbida abadiy muhtarama, uluğ, sadoqat va vafo kuyçisi gözal Zulfiyaxonim bölib qoldilar:

Hayot kitobimni behos varaqlab,

Men ötgan umrga açinmay qöydim.

Tabassum örnida kuldim çaraqlab.

Suyiş kerak bölsa, telbaça suydim.

Kiyganim ipakmi, çitmi yo kimxob,

Yurak boyligidan qilmabman parvo.

Meni oğuşlagan hayot naq oftob,

Yangi qöşiq talab unda har saboq.

Men ötgan umrga açinmay qöydim,

Heç kimda körmayin umrimga öxşaş:

Suydim,

Erkalandim,

Ayrildim,

Kuydim,

Izzat nima – bildim.

Şu-da bir yaşaş!

Şarifa SALIMOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi,

şoira.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan