Daholik burji

Uning tuğilişi tahlikali damlarga töğri kelgandi. Sohibqiron Amir Temur janubi-ğarbiy Osiyo mamlakatlarida emin-omonlik va xaloskorlik yurişlarini davom ettirib, Mordin qalʼasining fathida töxtadi. Buyuk ipak yölidagi şahar va qalʼasi savdo karvonlari yönalişida muhim nuqtalardan hisoblanib, unda örnaşib olgan tödalar yölovçilarga katta taşviş orttirardilar. Qalʼa muhofazasi ham puxta taşkil qilingan bölib, qariyb uç oydan beri darvozalarini zafarnişon Samarqand qöşiniga oçmay, mustahkam qarşilik qilardi.

Nihoyat, jami kuçlar safarbar qilinib, hal qiluvçi yurişga kirişildi. Yeru osmonni larzaga keltirgan zarbaga doş bera olmay alaloqibat qalʼa taslim böldi. Sohibqiron ortiq ğazablangan, bu jang şafqatsiz bölişi kutilayotgandi. Ammo falakning şafqat burji zaminga yuz burgan ekanmi, vaziyat butunlay özgarib ketdi.

Sultoniya şahridan xuşxabar keltirgandi (Sohibqironning muvaqqat ördusi safar asnosida şu şaharda tanda qöygandi). Tolei baland amirzoda Şohrux Mirzoga Yaratgan tönğiç farzand ato etgan — öğil bilan siylagan edi. Bu xabar hazratning qahr bilan tölgan qalbiga şunday mehr ulaşdiki, borliqni zeru zabar qilib taşlaydigan kuç dunyoni yaşnatadigan quvvatga aylandi.

Sohibqiron yangi zurriyotning dunyoga kelgani xabaridan bağoyat şodlandi, şu kayfiyatining suyunçisi sifatida qalʼa mudofaaçilarini keçirdi, jami asirlarni ozod qildi. Sohibqironning qalbi qandaydir ilohiy nurdan munavvar tortgan, murğak jon timsolida yer yuziga yangi bir iltifot muşarraf bölganini sezgandi göyo. Quvonçini dilbandga ism tanlaşda ham namoyon etdi, şuuri bilan ötgan saru somon kunlarini yodiga oldi, yaqinlarini esladi. Qovoqlari tölişib, mijjalariga yoş qalqdi va töplangan aşrof­­ga tantana bilan:

— Nabiramizning ismi Muhammad Tarağay böladi, — deb eʼlon qildi. Taomil böyiça, zurriyotlarga Sohibqironning özi ism qöyişiga odatlangan ahli haşam va ahli haram bu qarordan tölğanib ketdi. Hazrat uluğ marhamat körsatgan, bolajonga otasining ismini nisor etgan edi.

Ha, möʼtabar boboning iltifoti bejiz bölmaganini kelar yillar tasdiqladi. Öşa lahzalar inson qavmining tolei kulgan, demak, quyoş kulgan kun edi — hijriy 796 yil jumadul-avval oyining 19-kuni (milodiy 1394 yil 22 mart)da bölajak qomusiy olim, fan tarixidagi ön yirik allomaning biri, qirq yil saltanatni boşqargan hukmdor, Temuriylar sulolasining iftixori Muhammad Tarağay — Mirzo Uluğbek tuğilgan edi.

Keyinçalik ham Sohibqiron bu nabirasiga alohida munosabatda böldi. Avvalo, uning tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratdi, gödakni saroyda mavqei eng baland malika — Saroymulkxonim ixtiyoriga berdi, bahodir Şohmalikni esa otabegi (bek-atka) etib tayinladi. Safarlari asnosida qadami yetgan joylardan noyob kitoblarni maxsus saralab, Uluğbek uçun poytaxtga jönatib turdi. Şahzoda esini tanigaç, yurtdagi muqaddas qadamjolarni, muborak obidalarni bir-bir körsatdi, Maroğada joylaşgan Roziy, Nosiriddin Tusiy singari, Elxoniylar davridagi eng yirik rasadxonalarga taşrif yoş Uluğbekda özgaça taassurot uyğotgan bölsa kerak, voyaga yetgaç, asosiy faoliyatini osmon ilmiga bağişladi.

Mirzo Uluğbekning şarafli umri şu taxlit yönaliş oldi. U, bir söz bilan aytganda, bobosining umidi, kelajakka yölçiroği edi…

Albatta, bu faxrli ajdodimiz haqida turli janrlarda köp bitiklar yozilgan, filmlar işlangan, sahna asarlari qöyilgan, rang-tasvir namunalari yaratilgan, musiqa asarlari bastalangan va boşqa sanʼat turlarida uning madhi vasf etilgan. Neça asrdirki, Uluğbekning şuhrati maʼrifat ahlini lol qoldirib kelmoqda, inşoolloh, bu hol insoniyat tamadduni böyi şaraf bilan davom etgusidir. Biz bu örinda ana şu maşhur inson hayoti va faoliyati bilan boğliq, nisbatan kam eʼtibor qaratilgan nuqtalarga diqqatni tortişni maqsad qildik.

Şunisi borki, yana bir bora taʼkidlaş noörin bölmas, Mirzo Uluğbek — Muhammad Tarağay bugungi kunda köproq jamoatçilikning eʼtiborida bölgan Ikkinçi Renessans deb yuritilayotgan tamaddunga poydevor qöygan Sohibqiron Amir Temurning tizzasida ötirğizib, erkalatib ulğaytirgan nabirasi edi. Turmuş tarzimizdagi bu oddiy holatni (negaki, bobo degani borki, nabirasini tizzasiga ötirğizib erkalaydi-da, yana “Huyyo-obbo” — erkaklar allasini aytadi!) ataylab börttirişimizning boisi, hamma bobo ham Sohibqiron emas, Sohibqiron bölganda ham biron Sohibqironning nabirasi şon-şavkatda Uluğbekdek yuksaklikka kötarila olmagan. Şu jihati bilan mazkur bobo-nabira möʼjizasi takrorlanmasdir.

Bu davr insoniyat uçun nimasi bilan qadrli, ular insoniyat tamadduniga nima berdi, degan savollar qöyilsa, ana şu ikki zotni eslaş kifoya. Yana bir nodir jihat şundan iboratki, daholarning biri (Mirzo Uluğbek) bevosita buyuk davlat arbobi Amir Temurning töğridan-töğri zurriyoti — nabirasi. Hamma boylar, hukmdorlar avlodining maşhur bölişini istaydi, biroq hammaga ham bu baxt nasib etmaydi. Olmos qirrali isteʼdod va faoliyat sohibi Sohibqiron Amir Temurga bunday tole ham nasib etgandi!

Tarixdan maʼlumki, alloma va hukmdor Mirzo Uluğbekning hayoti ziddiyatlar içida ötgan. Bu hol, avvalo, uning hayot tarzi, u tanlagan yölning mahsuli edi. Yaʼni olim sifatida u erkinlik tarafdori edi, çunki tafakkur qança erkin bölsa, ilmda va taxayyulda şunça keng qamrovni zabt etadi. Odmi tasavvur olamidan taşqariga çiqmay, yuksakka kötarilmay, narsalarning mohiyatini töla va teran anglaş mumkin emas. Fanning tabiati ijodkorlikni talab qiladi, ijodning boş şarti esa — erkinlikdir. Şuningdek, özi erkin bölmagan odamning tafakkuri ham erkin böla olmaydi.

Hukmdorlik esa qaror topgan aqidalarga amal qilişni, bosiq-vazmin yaşaş tarzini taqozo qilardi. Göyo bir tomon olov, ikkinçi taraf esa suv ediki, bu qarama-qarşi özanda oqiş oson emas edi. Bunday hol esa mutaassib zotlarga, aqidaparast saroy amaldorlariga yoqmaganligi bor gap. Bu hol hatto katta-katta fitnalarga olib borgan.

Uluğbekning farzandlari ham “otasining peşonasini terlatib” qöygani, yaʼni tinçitib qöygani yöq. Katta öğil Abdullatif garçi isteʼdodli bölsa-da, izzattalab bölib voyaga yetdi, hatto baʼzi sohalarda özini otasidan ustun qöyardi. Voyaga yetgaç, buvisi Gavharşodbegimning munosabatlari tufayli alamzadalik kayfiyatini orttirdi. Kiçik öğil Abdulaziz esa erka, tantiq, maişatga öç bölib ösdi.

Xullas, bunday ziddiyatlar yillar ötgan sayin kuçayib va çuqurlaşib bordi. Jonli hayot esa bu gulxanga moy quyib turardi: turli kayfiyatdagi taşqi kuçlar taʼsirida munosabatlar keskinlaşib boraverdi. Garçi Mirzo Uluğbek 40 yil muttasil podşolik qilgan bölsa-da, umri davomida betimsol ilmiy salohiyatini hukmronlikda, yaʼni davlatni boşqarişda töla-tökis namoyiş eta olmadi, oftobdek çaroğon aql şami saroy zulmati qurşovida xira tortib, tafakkur va isteʼdod hokimiyat xurujlari qarşisida çorasiz qoldi, yaʼni bir qinga ikki qiliç — olim va podşolik siğmadi, bir qölda ikki kemani tutib turiş imkoni bölmadi.

Ayniqsa, Mirzo Uluğbek umrining oxirlarida ixtiloflar juda keskinlaşib ketdi. Podşohni poytaxt Samarqandga kiritişmaydi (şahar hukmdor öğli Abdullatif va uning tarafdorlari qölida edi). Hatto Toşkent yaqinidagi Şohruxiya şahrida turgan amakilar ham Uluğbek sultonga iltifot körsatişmaydi. Yana Samarqandga qaytib borişadi. Nihoyat, Abdullatifga insof kirib, otasi va uning hamrohi, ukasi Abdulazizni qabul qiladi. Boğimaydonda “ota va öğil quçoqlaşib körişadilar” (Böriboy Ahmedov), keçqurun ziyofat uyuştiriladi.

Abdullatif törda, otasidan yuqorida ötirdi, ammo ziyofat sovuqqina ötadi. Uluğbek taxtni Abdullatifga topşirmoqçi, özi ilm-maʼrifat bilan şuğullanmoqçi ekanini aytadi. Qolaversa, musulmonçilik farzlaridan haj ziyoratiga boriş maqsadi borligini maʼlum qiladi. “Ota-bola suhbati şu bilan tugadi. Balki köp narsalar töğrisida gurunglaşişga mayllari bölgandir, lekin gaplari qovuşmadi” (B. Ahmedov).

Keyinçalik maʼlum böladiki, ayni lahzalarda taqdir hukmi öqilgan, zimdan Uluğbekni bartaraf etiş rejasi öylanayotgan edi. Garçi bu mudhiş tadbir podşo Abdullatifga maʼlum bölsa-da, u buhronni töxtatib qolişga ojiz, deyarli qarşilik körsatişga ham moyil emas edi. Uni vaqtinça taxtdan böşatadilar, qadimgi saroy odatlariga köra möğullardan Muğluq ismli kimsa qöğirçoq xon sifatida tayinlanadi.

Şahar aʼyonlari iştirokida maşvarat çaqiriladi, unda Uluğbek taxtdan mahrum qilingani, kimning unga daʼvosi bölsa, xonga arz qilişi mumkinligi aytiladi. Sulduz uruğidan Abbos degan devsifat yigit uning otasi begunoh qatl etilgani va u xun talab qilişini maʼlum qiladi. Ulamolar jamoasi daʼvoni muhokama qilişga kirişadilar. “Xon şarʼan nima bölsa, şuni qilinglar, deb buyurdi” (Abdurazzoq Samarqandiy). Deyarli hamma bir ovozdan “qonga qon” odati Çingizxon yasoğida borligini taʼkidlab, Abbosning talabini qondirişga ovoz beradi.

Faqat qozikalon Şamsiddin Muhammad Miskin qarşi çiqib, islom şariatida bu holat rad etilişi, nari borsa, diya (xun haqi)ga tortilişini maʼlum qiladi: “Axir podşo kimnidir ölimga mahkum etgan bölsa, el-yurt emniyati va rifohiyati deb qilğon. Modomiki şunday erkan, u şariat oldida javobgar emasdur”. Ammo majlis ahlining köpçiligi fikrida qattiq turib oladi. Şunisi eʼtiborliki, manbalarda qayd etilişiça, Mirzo Uluğbek maşvaratlarida ham ular nuqul hukmdor tarafida bölişar, faqat qozikalon Şamsiddin Muhammad Miskin köp masalalarda talaşib-tortişar, podşoga qarşi çiqardi. Bu safar ham hamma taxt egasiga qulluq qilayotgandi. Şunday qilib, fatvoga jami qozilar muhrlarini bosdilar, faqat qozikalon bu işni qilmadi. Baribir köpçilikning fikri ustun keldi va… qatlga fatvo berildi.

Hijriy 853 yil ramazon oyining yettinçisi (milodiy 1449 yil 25 oktyabr) kuni Uluğbek hamrohlari bilan Samarqanddan çiqdi. Boğişamolni ortda qoldirib, ilgari yurganlarida bir kiçik qörğonda ularni töxtatadilar va maşʼum hodisa röy beradi. Bu haqda tarixçi Mirxond “Ravzat us-safo” kitobida aniq guvoh — Abdullatif otasining safariga hamroh qilib qöşgan Muhammad Xisravning sözlari bilan batafsil maʼlumot qoldirgan.

Öşa yilning 27 oktyabri maşʼum voqea sodir etilgan sana sifatida solnomalarda qora harflar bilan yozildi. Buyuk olim Mirzo Uluğbekning qatl etilişi insoniyat tarixining eng maşʼum lahzalaridan biri edi. Şu damda göyo quyoş kuygandi. Aslida, quyoşning mavjudligi vodorod va geliy gazlarining tinimsiz yonişidan iborat kimyoviy reaksiya. Kuyiş (yoniş) quyoş uçun (quyoşlik uçun) odatdagi jarayon, ammo “Obisujʼ ariğining böyginasida joylaşgan kiçik qalʼada” (B.Ahmedov) röy bergan hodisa payti, ehtimol, quyoş yuzi ham bir zum qoraygandir.

 

Aristolis va Aflotun va Bitlimus va Jolinus,

Riyozi haşt va hikmat rasad iksir va Iqlidis.

Ali Sino va Faylaqus, Arastu va Abu Maʼşar,

Badiʼi va sanoiʼun seningdek bilmodi onlar.

Falak yillar kerak sayr etsa va keltursa ilkiga

Meningdek şoiri turki, seningdek şohi dononi,

 

deb yozgandi Uluğbekning zamondoşi şoir Sakkokiy. Zamonlar oşa vaqt hukmini rad etib, bunday taʼrifu tavsiflar mangu yaşayveradi.

Yana Mirzo Uluğbekning nomini mangulikka muhrlagan omil ilmiy kaşfiyotlari, ayniqsa, “Ziji jadidi Köragoniy” asari böldi. “Zij”ni yaratiş uçun podşoh va alloma butun imkoniyatini yönaltirdi, deyiş mumkin. Umuman, osmon yoritkiçlarining jadvalini tuziş anʼanasi mavjud bölib, “Yerdagi har qanday özgariş oldin falakda maʼlum böladi” tarzidagi kosmogonik qaraşning natijasi edi. XV asrgaça yer yuzidagi rasadxonalarda Klavdiy Ptolemey (100-170 yillar, Misr) va Kastiliya qiroli Alfons X (1221-1284 yillar) tuzgan jadvallar observatoriyalar uçun asosiy qöllanma hisoblanardi. Şarqda ham “Zij”lar tuzilgan, faqat ular Ptolemey “Almajista”sidan afzal bölmagan.

Samarqandda, Obirahmat ariğining böyida bunyod etilgan rasadxonada qariyb 30 yil davomida olib borilgan kuzatişlar natijasida tuzilgan Uluğbek “Zij”i har jihatdan mukammal edi va şu jihati bilan tez şuhrat qozondi. U fors tilida yozilgan, köp ötmay, arab va turk tillariga tarjima qilingan. Köp olimlarning saʼy-harakati bilan undan parçalar (amaliy ehtiyoj va zarurat nuqtai nazaridan) Yevropa tillariga ögirilgan, bunday yumuş 1638 yildan 1917 yilgaça davom ettirilgan. Asar 1994 yilda professor Aşraf Ahmedov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.

“Zij” ikki katta bölimdan iborat bölib, “Muqaddima” va “Asosiy qism” (4 bob)dan taşkil topgan. Dastlab anʼanaviy hamdu naʼt (Alloh va payğambarlar madhi) va Qurʼoni karimdan xos oyatlar keltiriladi. Söngra asarning yoziliş yösini, unda iştirok etgan olimlar — ustoz Ğiyosiddin Jamşid Koşiy, Qozizoda Rumiy, “farzandi arjumand” (Uluğbek şogirdini şunday deb ataydi) Ali Quşçi va boşqalarnng xizmati tilga olib ötiladi. Asosiy qism (1-bölim 7 bob, 2-bölim 22 bob, 3-bölim 13 bob, şu bobda 1018 yulduz holati aks etgan jadval keltirilgan, 4-bölim 2 bob) — jami 44 qismdan tuzilgan bölib, ularda eralar, muçal hisobi, handasa, matematika fanlari, ilmi nujum haqidagi olimning qaraşlari ifodalangan.

Asarning köplab qölyozmalari va naşrlari yer yuzi böylab tarqalgan bölsa-da, töla holda biror zamonaviy tilga tarjima qilinmagan va mukammal tadqiq etilmagan. Jumladan, uning özbekça tarjimasi ham töliq holda mukammal amalga oşirilmagan.

Mirzo Uluğbek öz kaşfiyotlari bilan Yerning Quyoş atrofida aylaniş davri — yil hisobini öta aniqlikda — 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya ekanini hisoblab çiqqandi. Bu hozirgi hisobdan bor-yöği 58 soniya, (bir daqiqa ham emas!) farq qiladi. Zamonaviy ilm-fan Mirzo Uluğbekning xizmatlaridan kosmik parvozlarni tayyorlaşda ham foydalanişgan.

Ilmda şunday yuksak darajaga erişgan allomaning nomi manguga qadar barhayotdir!

Hakim SATTORIY

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan