Qor qöşiği

Bu joylarga allaqaçon qor tuşgan. Beminnat tabiatning oppoq körpasi saratonda boşi çirsillab qizigan çöqqilarni, oyoqlar tagida payhon bölgan yaylovlarni, mahmadana buloqlarni – butun borliqni öz oğuşiga oladi. Şunda, ehtimol, turli munosabatlardan-u, taşriflardan çarçagan sohir göşalar bir muddat tin olib, keyingi boş oğriqlarga yetarli matonat,  quvvat töplaydi, yana yangi fathlarga, munozara-yu muzokaralarga kuç-bardoş topadi. Bugunning fuqarolari ança takabbur çiqib qoldi, turli nayranglari yetmagandek, endi toşlarni (ismini yozib) böyab taşlay boşladi…

Odamlar közidan pana, unça-bunça sayyohning qadami yetmaydigan bu göşalar, taassufki, har doim qizğin tortişuvlarga mavzu bölib keladi. Karami keng dunyo ne bir sirli möʼjizalarni ijod qiladi, ularni gullab-yaşnatadi, yana mahv etadi va bandalari ongi-şuuriga ularning mavhum  tasvirini inʼom etib, mukammal şarhlar kutadi. Bunça çalkaş bölmasa bu dunyoning işlari?! Bölmasa, buyuk Sohibqironlar qadami tekkan, ularning nazarida bölgan yoki taʼlimoti gullab-yaşnab, olam asrorlarini ayni bir nuqtada jamlagan muborak maskan bugun bunçalar yupun qiyofa kasb etişi, eʼtiboru eʼzozlardan mahrum bölişi insofdanmikan?..

Bundan 2,5 ming yillar oldin Kvit Kursiy yoki Arrian singari tarixçilar qalamga olgan  va boşqa möʼtabar manbalarda qayd qilingan Toşqörğon qişloği şunday bir nuqtada joylaşganki, uni tugunning boşi, yana ham aniqroq  qilib, vujuddagi jami tomirlar tutaşadigan yurakka qiyoslaş mumkin. Bir paytlar unga “Mudroq qoyalarning öyğoq yuragi” deya behudaga taʼrif berilmagan.  Qişloqdan tarqalgan yöllar uzoq-uzoqlarga ketgan va tabiiy davomiylikda yer şarini aylanib çiqqan (aslida,  har qanday nuqta fazoda çeksizlik kaşf etadi va undan çiqqan nur aylanib, özida tutaşadi). Quş uçib öta olmaydigan çöqqilar qurşovidagi maskan esa öşa hududdagi jami nuqtalar (yaʼni yöllar) tutaşgani bilan ayriça ahamiyat kasb etişi tayin.

Borliqqa hukmdorlik qiliş ğamida bölgan zotlar uçun bunday maskanlar ayni muddaoning özi, nazorat va ustuvorlikni taʼminlaydigan tabiiy omil bölgan. Ötmişdagi buyuk suronlarni  darj etgan muarrixlar ham bu haqiqatni tasdiqlaganlar. Bu nuqtadan şarqqa tomon ketgan yöl Bovurçi dovoni orqali Sangardakka va undan Denovga;  janubda Qizilgaza orqali Sayrobga va undan Boysunga; ğarbda Zarmas, Qiziltom orqali Qoraşina, undan Çak-çak darasiga; Totor, Samoq orqali Yakkaboqqa; Kaltaqöp, Köl, Vordon  orqali Çorşanbe va Şahrisabzga; yana kun çiqişda Çopiq dovoni orqali Kitob va Şahrisabzga boriş mumkin bölgan va tekislikka tuşgaç,  yöllar çeksiz ravişda davom etgan. Ikkinçi tomonda – öşa manzillardan yölga çiqqan karvon ham bu qişloqqa, tabiiy,  öşa iz orqali yöl olgan, bu qaytarilma harakat neça yuz yillar muttasil davom etgan.

Endi mantiqiy savol tuğiladi: xöş, şunday tamaddun biror narsada öz nuqsini, belgisini  qoldirganmi? Biz maşhur ğor, “kölga qöl bergan qörğon” haqida hikoya qildik. Aslida bu yerlarning taʼrifga siğmaydigan va tafakkur qamrab ololmaydigan möʼjizalari bisyor. Oddiy misol: qişloqning şimolga çözilib ketgan Kiyik darasidagi bir kamar tagida ikki çöpon bola şiftga tekkudek  taxlangan kitoblarni körganini  1991 yilda jamoatçilikka maʼlum qildik (“Yoş leninçi” gazetasi, “Amir Temur ötgan yöllar böylab” safar hisobotlari, 1991 yil, sentyabr). Afsuski, bu dalil heç kimni qiziqtirmadi. Million yillar oldin tiriklik unsurlarini muhrlagan dinazavr izlari ham şu qişloq atrofida. Taniqli alpinist, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi Ikrom Nazarovning qayd etişiça, qişloq dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, ğarbida 2905 metr, şimolida 3447 metr, şarqida 2875 metr balandlikdagi  çöqqilar qurşab turibdi. “Ularning umumiy manzarasi xuddi tabiiy amfiteatrni eslatadi”,  degandi u.

Aholi tilida saqlanib qolgan köplab joy nomlari: Bum, Dehvoron, Nazarğayvar, Xişayni. Çölvayer, Kofirsoy, Yoppirim, Darvoza kam, Baxça, Qurvonqöl, Qinnoq  singari toponimlar qandaydir tarixdan ulgi bölib qolgani aniq.

Qişloq odamlarining antropologiyasi (yuz-köz tuzilişi) ham turfa xil edi. Oq badan, qora soç zotlar qatori qop-qora,jingala soç,  labi qalin odamlar ham, soçi sap-sariq, kök köz kişilar ham uçrardi. Bunday turfalik ham baʼzi mulohazalarga izn beradi: bu çekka joyga qoçgan-quvgan makon topgan yoki savdo karvonlari bilan kelib, nima sababdandir qolib ketganlar bölgan. “Hunni” degan qavm bor edi, ular ayni hindlarning avlodlari ekani şubhasiz. Lekin hamma bir şevada (“boravuz-kelavuz, arga-barga”, “o” unlisini çözib, “-da”, “-ning” qöşimçalarini işlatmay) sözlaşgan, rözğor tutumi, maişiy hayotda ayriçalik bölmagan. Albatta, olis ötmişdan qölga ilinadigan yodgorliklar uçramaydi. Faqat har joy-har joyda toşni  eritib, temir olişdan qolgan şlak (mux)larga duç keliş mumkin.

Katta tarixga daxldor voqea şuki, Buxoro amirining sönggi vorisi Abdumalik töra öris bosqinçilari bilan janglar qilib, oxiri Kaltaqölgaça çekinib keladi. Şu yerda özini himoya qilib turganda Ovğa (dovon)ga qor tuşadi va Toşqörğonga ötib olişga ulguradi. Bosqinçilar taʼqib qilişga botinmaydilar. Abdumalik töra yigirma çoğli yigiti bilan qişni şu qişloqda ötkazib, bahor kelişi bilan Sayrob orqali Afğonistonga ötib ketadi. Bu haqda taniqli yozuvçi Samar Nuriy aniq tarixiy hujjatlar asosida yozgan “Qora tun” romanida batafsil hikoya qilgan.

Qişloq ahli bu voqeaning mohiyatiga yetmagani aniq, çunki biror odam bu haqda miq etmasdi. Negaki, siyosat tufayli odamlar qörquv içida yaşagan, atrofda nima bölganini ham idrok etmagan çamasi. Bu holning siri maʼlum: qizil terror paytida ötmişga taalluqli nima bölsa,  hammasi “eskilik sarqiti” sifatida taʼqiqlangan, yöqotilgan. Faqat sönggi yillardan elas-elas xotiralar qolgan: qişloq ahlidan ilmga iştiyoqmandlari köp bölgan. Ular Buxoro madrasalarida tahsil olganlar, bitiruvçilar yuqori mavqelarga ega bölgan. Qişloqda qadimdan Haj safarini ado etib kelgan hojilar bölgan. “Bu muborak safar xarajatiga ikki yuz çori qöyning puli kerak bölardi”, degandi eng sönggi hoji bobolardan biri.

Madrasa körgan kişilar köp bölgani uçun hamma diniy arkonlarni oğişmay bajargan. Bu hol anʼanaviy davom etavergan. Şu tufayli bu qişloq şöro davrida “eskilik, xurofot öçoği” deb hisoblangan çamasi, mullalardan şafqatsiz öç olingan. Ularni qamaşgan. Hatto jamoatçilikning ongiga taʼsir qiliş,  qörqitiş uçun bölsa kerak, qişloqda oçiq sud taşkil qilingan ekan. Unga atrofdagi qişloqlardan ham odamlar çaqirilib, hibsda uşlanayotgan mullalar (ular bir yertölada miltiqli kişilar qurşovida saqlangan ekan) qöllariga kişan solingan holda aholi qarşisiga olib çiqilgan. Söroq qilingan, aybini tan olmaganlar hammaning köziça kaltaklangan, jazolangan. Keksalar bu jarayon ön kunlar davom etganini eslaşardi.

Demak, bu joydagi muhit bosqinçilarni qörqitar darajada xavfli tus olgan va şunday ommaviy çoralarni qöllaşga majbur bölişgandir ehtimol. Sud qilinganlar uzoq muddatlarga kesilgan, ulardan birontasi ham qaytib kelmagan. Öşa mudhiş voqealar hovlisida keçgan masjid, hayratlar bölsinki, hamon boqiy turibdi. Yana ikkinçi hayrat şundaki, ming yillarning yuzini körgan qişloq davrning bir sovuq şamolidan yer bilan teng böldi, şeʼrda aytilganidek:

Ham osmondan, ham zamindan

rizqi uzilib,

Ravon yöllar, yangi uylar

bir-bir buzilib,

Qarşi çölin quçoğini

olib közning ostiga,

Hazil emas, tantiçasi,

özbekçasi, rostiga —

Neça yillar makon tutgan

azim Toşqörğon ketdi,

Bobo toğlar yuragidan tepib

turgan jon ketdi.

 

Ötmişdagi faraxbaxş kunlardan yagona yodgorlik bölib, qad kötarib turgan masjid köngilda ajib hislar qözğaydi. Uç mingga yaqin aholi yaşaydigan qişloq tep-tekis, faqat xaşaklar ostidan dömpayib, bundan 48 yil oldin vayron qilingan uy-joylar belgi berib turibdi. Endi ne bir sinoatlar keçgan qadimgi makonning butun şukuhi, qudrati, xotirasini jamlagan masjid esa galatepalar qurşovida Misr ehromi kabi qad rostlab turibdi, albatta,  ming yillar mazmuni  şu binoda jam bölib ötgan, u şunday şarafga arziydi.

Masjidlardan biri – Çaqil guzardagisi ötgan asrning 50-yillarida buzilib, yoğoçlari yangi maktab qurilişiga işlatilgan. Toşqörğonda şu öramda birinçi bölib örta taʼlim maskani oçilgan, atrof qişloqlardan bolalar qatnab, 4-sinfdan internatda yaşab, öqigan.

Masjidlarning ikkinçisi “Nov” guzarida bölib, baland arça ustunlarda tiklangan, hovlisi ham yoğoç panjaralar bilan ihotalangan edi. Unda 2-3 yuz namozxon bemalol ibodat qila olar, namozxona şunday did bilan bezatilgan  ediki, har qanday kişining hayratini  qözğardi (bugun undan esdalik sifatida 1980 yil “Guliston” jurnalida eʼlon qilingan şiftining bir bölak tasvirini körişimiz mumkin. Mana şu kiçkina unsur orqali masjid qurilişida qançalik did,  sanʼat namoyon bölganini  his qiliş qiyin emas). Afsuski, bu koşona qattol siyosat zulmiga uçradi. Undan ğalla ombori örnida foydalanilardi. Qişloq köçib ketgaç, butunlay qarovsiz qoldi, 1999 yil yölimiz tuşib, undan xabarlaşgani borganimizda,  ayvoni qiyşayib, oğib ketganini, unga ustun tirab qöyilganini kördik. Bino unsiz faryod çekardi. Yuragimiz zirqiradi, mutasaddilarga ahvolni yetkazdik, lekin foydasi bölmadi. Köp ötmay, ayvoni, keyin tomi qulab tuşgan… Rangdor vassalarini bir tadbirkor olib ketgani  xabari tarqaldi. Şu bilan bitta tarix javohiri yöq böldi.

Uçinçi – eng katta masjid esa barça körgiliklarni yengib, vaqtning şafqatsiz sinovlariga çidab, yöqolişning ayovsiz nayzalariga çap berib, hozirgaça boqiy turibdi.  U uç tomoni ayvon va namozxonadan iborat. Ayvon yerdan yetti metrlar çamasi kötarilgan, baquvvat arça ustunlarga tayangan. Unga “Al-Madina” jomeʼ masjidi, XVII asr yodgorligi”  degan yozuv örnatilibdi.  Devorlari sidirğa suvab taşlanibdi. Holbuki, uning asli börtma naqşlar çiqarilgan, koşinlar bilan bölaklarga ajratilib, oro berilgan edi. Qayda endi u inja gözalliklar?! Oldida hovuz bölardi, atrofi yoğoç tösinlar bilan öralgan, suv olişga möljalangan zinalar… Albatta, salobatli tollar quyuq soya taşlab turardi.  Har kun azon yangrar, odamlar bilan doim gavjum (öşa oçiq sud ham uning hovlisida bölgan). Ayniqsa, Ramazon va Qurbon hayitlarida odam tölib ketardi, atrofdagi Vori, Zarmas qişloqlaridan ham namozxonlar kelardi. Hayit kunlari butun qişloq ahli şu joyga töplanar, hamma bisotidagi yangi liboslarini kiyib olgan bölardi. Namozga töplangan yuzlab odamlar (masjid ayvoni va hovlisi hiyla keng, unga beş yuzlar kişi joylaşardi) Yaratganga hamdu sano aytib ibodat qilar, peşonasini sajdaga qöyib, masjid zaminini öpar edi. Bu öz paytida insoniyatga tuhfa etilgan yana bir Sohibqiron taʼlimotining yer yuzida millionlab odamlar  tomonidan  ijro etilayotganining, amal qilayotganiing, bandalarning dilidan joy olganining ifodasi edi. Hamma bu zaminni öpar, tuproğini köziga tötiyo qilardi göyo. Qanday ilohiy holat: odamlar uç Sohibqironni moddiyan va ruhan birlaştirgan zaminda sajda qilardilar, unga boş egardilar.

Gap nima haqida ketayotganini aniqlaştiriş uçun bir oz çekiniş qilişga töğri keladi. Maʼlumki, köplab eʼtiborli diniy va tarixiy manbalarda  osmon jismlari har sakkiz yuz yilda bir marta Qiron burjiga kirişi va şu yuz yillikda yer yuzining  Yaratganning nazari tuşgan qay bir nuqtasida Sohibqiron tuğilişi, u insoniyat olamida töplanib qolgan muammolarni yeçişi qayd qilingan (masalan, Şarafiddin Ali Yazdiy. “Zafarnoma. Muqaddima”. “Fan”. 2022 yil. 29-30 betlar) va hozirgaça uç zotni: Aleksandr Makedonskiy (hayot yillari – eradan oldingi 356-323 yillar). Muhammad alayhissalom (melodiy 570-632 yillar), Amir Temur (1336-1405 yillar) hazratlarini ana şunday saodatli zotlar sifatida eʼtirof etişgan. “Majmu fi ahkom an-nujum” degan manbada esa hatto ularning qança umr körişi ham başorat qilingani taʼkidlangan. Birinçi Sohibqiron 33 yil, ikkinçi Sohibqiron undan 30 yil köp (30+33=63), uçinçi Sohibqiron undan birinçi Sohibqiron yaşagan yillar raqamlari (3+3=6)ni qöşgandan köp  (63+6=69) yil yaşaşi yozilgan ekan. Demak, insoniyatga tuhfa etilgan bu buyuk zotlar taqdirining umumiy va hamohang    jihatlari bor ekan-da!

Agar Toşqörğondagi “Al-Madina”  masjidining ayvonidan turib, atrofga ziyrak nazar bilan boqsangiz, bu vobastalikni, uyğunlikni yana ham aniq his qilasiz. Şarqda Sohibqiron Amir Temurga nisbat beriladigan manzillar, janubda esa yunon tarixçilari tomonidan qadami tekkani qayd etilgan, Aleksandr Makedonskiy bilan boğliq sirli qörğon, u Navtaka (Keş, Şahrisabz sari) safarini davom ettirgan yöllar va bizning oyoqlarimiz tegib turgan göşa — koinot sarvari Muhammad alayhissalom ğoyalarini insoniyatga tarqatişda xizmat qilayotgan tabarruk masjid… Bir nuqtada birlaşiş, yagona manzilda tutaşiş şu emasmi? Bunday zaminga ming marta sajda qilsa, tuproğini közga surtsa arziydi! Yer yuzida xuddi şunday boşqa bir maskan, odamlarga qönalğa bölgan boşqa manzil bormikan?! Bir paytlar bu joylar aholining taşrifi bilan muzayyan edi, ammo u çoğlar bunday yoruğ xayolga boriş, bunday hisni keçiriş mumkin edimi? Haytovur, hatto ota-onasidan voz keçişga majbur qilgan tutumlar bunday iftixorga izn bermasdi. Kajraftor falakning işlarini qarangki, ayni özligimizni anglayotgan,  milliy qadriyatlarimiz uluğlanayotgan pallalarda bu joylar odamlar qadamidan xoli, qişloq çölga köçirilgan, örni buldozer bilan tekislab taşlangan…  (Bu buzğunçiliklar qizil terror zamonida ataylab qilinganini taʼkidlaydigan huşyor qaraşlar bor albatta).

Köçiş manzaralari kişida noxuş kayfiyatlarni qözğaydi. Odamar junbuşga kelsa, har qanday dambani yorib ötadigan toşqindan ham battar bölarkan. Nimagadir qişloqdan mehr kötarildi, odamlar birdan sovidi  va hamma xuddi “yov quvgandek” bu joylarni tark etiş jazavasiga tuşib qoldi. Tirikçilik taşvişlari rosa ezib yuborgan ekanmi… Uç oy içida ming yillarning yuzini körgan, gullab turgan maskan vayronaga aylandi… Ammo xotiralar yaşayveradi. Bu zaminda qança ajdodlarning  boşi ilk bor  yerga tekkkan, kindik qoni tökilgan? Ular qum zarralaridek tarqab ketdilar, ammo qadrdon xotiralar ularni birlaştirib turadi. Zero, bu tuproqning mehri onalar allasi, ezgu tilaklari bilan ruhlarga omuxta bölib ketgan.

…Iliq bahor kunlarining birida, şu tabarruk masjidda hayit namozi öqilayotganda badanini yara-çaqa bosib qiynalayotgan nuridiydasiga folbin tavsiya qilgan oxirgi çora sifatida ibodatxonani uç marta aylanib çiqişini iltijo bilan sörayotgan muşfiq Onaning ham tilagi ezgu bölgan, u avvalo, zurriyodining qiynoqdan foriğ bölişini istagan, keyin unga omonlik, uzoq umr  tilagan, balki uşbu satrlarni bugun jamoatçilikka yetkaziş uçun rizq, salohiyat söragandir. Çin yurakdan qilingan duolar mustajob böladi, niyatlar amallarni boşqaradi Yaratgan xohişi ila.

…Ha, allaqaçon bu joylarga qor tuşgan. Tabiatning taʼmasiz saxovati, tekin töşagi ostida bepoyon hududlar uyquda. Ularning tuşlarida ötgan kunlarning serğalva suronlari, yaratiş va yöqotiş muhorabalarining şafqatsiz manzaralari, odamlarning hur xayollari, mangu soğinçlari aks etar. Ammo ovozsiz, sas-sadosiz bu tuşlar tinglovçisiz qöşiqlar kabi egasiz qolaverarmikan yoki qalblarda ğulu qözğab, odamlarni bedorlikka çorlarmikan?! Yana olislab  borayotgan jöşqin hayot şukuhi qaytib, ana şunday tabarruk göşalar odamzotning mulkiga, ularning aziz ziyoratgohlariga aylanarmikan? Agar sirli tarix sahifalarini varaqlab boraversak, har qadamda qançalab sinoat yaşiringan. Bir umumiy tomoni – ularning manbasi – ezgulik. Bu sirlar bilan tanişib borgan sari kişi özida yaxşilik unsurlarini köproq his etadi, özini yaxşilikka çoğlaydi. Qalbida tabiatga, insonga, tarixga mehri bor har qanday zotni bu maskanlar bağriga çorlab qoladi. Xilvatlarda unutilgan qadriyatlar, şonli ötmiş, kelajakka umid bugun zamondoşlarimizdan Mehr söramoqda…

…Tabiatning bu sehri xilqatida qor ustiga yana qor yoğadi. Qalin qor körpasi ostida esa umidlarga töla Erta ulğayadi. Ertaning bugundan ham yaxşi bölişini kutib qolamiz…

Hakim SATTORIY.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan