Najotkor sözli şoir

Kompyuterni yoqsam, telegramm Azamat Zarif navoiylikdan xabar kelganini bildirdi:

“Assalomu alaykum!

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir va jurnalist Odil Hotamov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan “Odil Hotamov zamondoşlari xotirasida” kitobi tayyorlanmoqda. Şu bois ustozimiz bilan yaqinligingiz, ijodiy hamkorligingiz va xotiralardan iborat maqola tayyorlab bersangiz, xayrli iş bölar edi.

22.10.2024 yil”.

“Taşakkur! Bir haftalarda jönataman”, — deb javob yozdim-u, keyin öylanib qoldim.

Kursdoş-döst haqida nima bilaman?

 

…Eslasam, deyarli juda kam narsa bilar ekanman.

Odil Hotamovni 1973 yilning avgust oyi oxirida universitetga kiriş imtihonlarini topşirib, mandat komissiyasidan ötayotganda “taniganman”. Komissiya raisi, universitet rektori, akademik S.Sarimsoqov hujjatlar töplamimni öqib, maktabni oltin medal bilan bitirgan, tuman gazetasida masʼul kotib vazifasida işlagan, armiya xizmatini ötagan, imtihonlardan 23 ball töplagan qabilidagi “talabalikka munosiblik” körsatkiçlarimni sanayotganda, u kişining çap tomonida ötirgan közoynakli komissiya aʼzosi (u kişining fakultet dekani Anvar aka Şomaqsudov ekanini keyin bildim) yonidagi kişi bilan gaplaşib, “Odil Hotamovga yordamçilikka, guruh komsorgligiga olsak bölar ekan”, deganini eşitib qoldim.

Birinçi sentyabrda maşğulotlar boşlangan kuni tanişiş barobarida Odil aka kurs oqsoqoli sifatida qalin yöqlama daftariga har birimizning şaxsimizga oid maʼlumotlarni jamlab, 25 qoraközga yetakçilikni boşlab yubordilar.

Boşqa paytda hammamiz qatori universitet talabasi bölgan Odil akaning rahbarlik xislati ikki holatda börtib közga taşlanar edi. Birinçisi — stipendiya olganda, ikkinçisi — keraksiz majlislar va zerikarli leksiyalarga kirmaganimizda. Odil aka KPSS aʼzoligiga nomzod sifatida guruhda temir intizom bölişiga köp tirişar, lekin har biri özidan katta ijodkor, eng kamida publitsistika qiroli yasab olgan jöşqin yigit-qizlarni boşqariş oson bölmagan.

Bir mavsum yotoqxona va ijaraxonada birga yaşadik. Poytaxtning Qoraqamiş dahasida ikki xonali ijara uy topib, köçib borganimizda, xonadon egasi — keksa kampir Odil akaning qop-qop kitoblarini körib: “Bu kitob jinnilarini uyimga qöymayman”, deb bizni quvib solgan edi.

U kunlarni Odil şoir “Talabalar şaharçasi” turkumiga kirgan “Jiyronim” şeʼrida şunday tasvirlaydi:

 

Tölqin-tölqin qirlarni taşlab,

Kelgan edi azim şaharga.

Ketardi goh yuragim ğaşlab,

Boqmasdan heç tunga, saharga.

 

Ijarada, yotoqxonada,

Birga-birga köçib yurardi.

Posbon kampir qöymasa agar,

Derazamdan uçib kirardi.

 

Universitetdagi maşğulotlarning birinçi haftasida kursimiz kuratori, jurnalistika nazariyasidan leksiya öqiydigan domlamiz Muxtor Xudoyqulovdan keyingi darsgaça inşo yozib keliş haqida topşiriq oldik. Mavzu ham, ijod janri ham erkin. Bu biz uçun universitetdagi ilk ijodiy sinov edi. Sinov yakunida parkentlik kursdoşimiz Xayriddin Sultonning bitiklari birinçi öringa munosib topildi.

Çindan ham Parkentdan Toşkentga kelgunça tiqilinç avtobusda uning boşidan keçgan maşmaşalar taʼsirli bitik qilingan edi. Yölovçilar bilan tirband tramvay, trolleybusu avtobuslarda öqişga qatnovçi har bir talabaning boşidan keçgan bu voqeani Xayriddin Sultonov “köra olgan” va “ham kulasan, ham yiğlaysan” tarzida çiroyli qilib yozgan edi.

Ikkinçi maşğulotda mening qişloq haqidagi şeʼriy lavhalarim birinçi öringa munosib körildi. Navbat Odil Hotamovning inşosiga kelganda Muxtor aka nim tabassum bilan:

— Odiljon, ikkalamizning öxşaş tomonimiz bor ekan, — deb qoldi. — Siz ramz va timsollar bilan şeʼr yozar zkansiz, men esa masal qilaman, — deb hazilga ötib ketdi.

Birinçi kursda “Yoşlik” nomi bilan jurnal çiqarganmiz. Men muharrirlik qilganman. Odil aka masʼul kotib sifatida kursdoş yozarlarning ijod namunalarini jamlagan. Ularni kursdoşimiz Nasiba Ahmadjonova xolasi şoira Gulçehra Nurillayevaning maşinkasida uç nusxa köçirib kelgan. Jurnalning ikki soni çiqib, keyin gazetaga ötib ketganmiz. Fakultetda eng uzun (enli vatman qoğozda beş metrlik) devoriy gazetani biz çiqarganmiz. Unda hatto talabalar hayotidan olingan detektiv hikoyalar bosilgan. Talabalar şaharçasining boşlanişidagi binolarda joylaşgan “Biofak”, “Fizfak” talabalari kelib öqib ketişar edi. Gazeta bezaklarining rango-rang bölişi va materiallarning töğri joylanişida masʼul kotibimiz Odil Hotamovning xizmatlari katta bölgan (fariştalar “omin” degan ekanmi, keyinçalik Odil aka to nafaqaga çiqquniga qadar “Karmana ovozi” gazetasida masʼul kotib vazifasida işladi). Menimça, bu jurnal va gazetalarimiz Odil akaning arxivida saqlanayotgan bölişi mumkin. Çunki u kişi özi va döstlariga tegişli har qanday yoziqni avaylab olib qöyişga odatlangan, ayni paytda nihoyatda kitobga öç öqirman edi. Uning kitobsevarligi taqdirida oğir iz qoldirgan voqealarga sabab bölgan ekan.

Bir suhbatda Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam: “Odilboy biz bilan öqir edi. Lekin nima uçun öqişni taşlab armiyaga ketib qolganini eslolmayman”, degan edi. Fotojurnalistikamiz qiroli Abduğani Jumaning aytişiça, ikkinçi kursda öqiyotganida palto olişga uydan berilgan pulga Odil aka kitob sotib oladi va 1969 yilgi eng oğir kelgan qişni bitta kostyumda ötkazib, qattiq şamollab qoladi. Uzoq vaqt şifoxonada davolanadi. Kasallik ariyvermagaç, akademik taʼtil olib qişloğiga ketadi va yana davolanadi. Bu orada taʼtil muddati ötib ketadi va Odil Hotam talabalikdan öçirilib, uni poylab yurgan harbiy komissariatning qöliga tuşadi. Armiyadan qaytib, öqişini tiklamoqçi bölganida, universitet maʼmuriyati könmaydi va Odil Hotam qaytadan, endi biz bilan öqişga kirişga majbur bölgan ekan.

…Ertakda aytilganiday, talabalikning oltin damlari köz oçib yumgunça ötdi-ketdi.

Törtinçi kursni tugatib-tugatmay Özbekiston tarixi kursidan dars beruvçi domlamiz Tohir aka Pidayev meni sobiq kursdoş dösti Mahkam aka Risqiyev mudirlik qilayotgan “Vatandoş” radiostansiyasiga yetaklab bordi. Beşinçi kursni tugatib, diplom olganimizdan söng Odil akani Karmanaga kuzatganmiz va to uyigaça kitoblarini kötarişib borişni u kişi bilan ança yaqin bölgan kursdoşimiz Baxtiyor Nazarovga topşirganmiz. Şundan keyin Toşkentda işlab qolganlarni eʼtiborga olmaganda, viloyatlardagi sobiq kursdoşlar bilan onda-sonda xabarlaşib turganmiz. Çunki hamma özini namoyon etiş bilan band bölgan. Uylangan, turmuşga çiqqan, bola-çaqa qilgan.

Sobiq kursdoşlar hayotida tabiiy keçadigan bu uzoqlaşişni Odil Hotam oğriqli xotirot bilan eslaydi:

 

Uzoqlaşib boraverdik biz,

Dildoşlikdan balki töydi u.

Umr loyin qoraverdik biz,

Tuşlarimga kirmay qöydi u.

 

…Asov hayot oğriqlaridan

Hurkib, bezib qirga yetdimi?

Oltin, olmos tuyoqlaridan

Tuşovlarni uzib ketdimi?

 

Tirikçilik — xanjar damidir,

Kuraşlarda oşar hayronim.

Titroq şabnam köngil ğamidir,

Qayga ketdi aziz jiyronim?

 

Közlarida zangori osmon,

Yollariga yellar qasida.

Yuribdimi adaşib hamon,

Talabalar şaharçasida.

 

Odil Hotam bu şeʼrni “Yoşlik” bayozining 1980 yilgi sonida çop etilgan “Jiyronim” şeʼrimga javob tariqasida yozgan. Men uni 42 yildan keyin Odil Hotamning “Xirmon” kitobini varaqlab, közda yoş bilan öqib ötiribman…

Bizning talabalik davrimizda yoş ijodkorlarning ilk töplami Yozuvçilar uyuşmasida muhokamadan ötkazilib, keyin naşr etişga tavsiya qilinar edi. Masalan, hozirda Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam va iqtidorli şoir Muhammad Rahmonning ilk töplamlari Yozuvçilar uyuşmasida muhokama etilganini yaxşi eslayman. Odil Hotamning ilk töplami “Keçki maysalar” viloyatlarda yaşayotgan ahli qalamning ijod namunalarini ham propaganda qilişga doxil yuqorining körsatmasi sabab 1985 yilda naşr etilgan. Bungaça karmanalik şoir Odil Hotam şeʼrlari “Yoşlik” bayozi, “Guliston” va “Yoşlik” jurnallarida bosilib, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov kabi oqsoqol ijodkorlarning eʼtiboriga tuşgan edi.

“Karmanalik öziga xos ijodkor”ning (Asqad Muxtor taʼbiri) şuhrati bilan izma-iz Odil Hotamov “Karmana ovozi” (“Kommunizm bayroği”) gazetasi qoşida taşkil egan yoş ijodkorlarning “Çaşma” tögaragi haqida ham Toşkentning adabiy davralarida yaxşi gaplar aylana boşladi.

Bir suhbatida atoqli adibimiz Pirimqul Qodirov Moskvada işlab yurganida Çingiz Aytmatov unga yozuvçilik bilan kun köriş oğir keçişini, şuning uçun yana bir tirikçilik manbai yaratib qöyişni maslahat berganini aytgan edi. Pirimqul aka uluğ yozuvçining maslahatiga amal qilib, adabiy til muammolari böyiça ilmiy izlanişlar olib boradi va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, köp yillar Özbekiston Fanlar Akademiyasi qoşidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim vazifasida işlagan.

Jurnalistlik Odil Hotamovning şunçaki “xobbisi”, yaʼni tirikçilik manbai emas edi. U 40 yil “Karmana ovozi”ning şoiri bölib yaşadi; gazetaning mazmunan öqişli, şaklan risoladagidek çop etilib, öz vaqtida gazetxonlar qöliga yetib borişi uçun jon kuydirdi.

Saksoninçi yillarning boşida Toşkentda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining majlislar zalida ötgan katta bir yiğinda Karmana tuman gazetasi mazmun-mundarijasi va bezatilişi jihatdan respublikadagi eng namunali naşrlaridan biri sifatida tilga olinganida, kursdoş döstim işlayotgan gazetaning yutuğidan iç-içimdan quvonganman.

Har qanday naşr özining mualliflari bilan öqişli böladi. Odil Hotamov tuman ziyolilarini gazeta atrofiga jamlaşga katta eʼtibor qaratadi. Tahririyatga kelayotgan xat-xabarlar va yoş ijodkorlarning maşqlarini oyma-oy şarhlab, “piçoqqa ilinadiganlari”ni gazetada çop etdi. Umidli bölib köringan yoşlarni tögaragiga çorlab, yöl-yöriq körsatib bordi.

Odil Hotam “Çaşma” adabiy tögaragi aʼzolariga bağişlangan şeʼrida:

 

Ming yilliklar zarrin qatiga

Singdirgança butkul iymonni.

Uluğvor SÖZ saltanatiga,

Boşlagaysiz Özbekistonni, —

deb şogirdlariga katta umidlarini ilingan edi.

Uning tögaragidan çiqqan ijodkorlarning köpçiligi hozir viloyat va respublika naşrlarida samarali mehnat qilişmoqda. Bugun mamlakatimiz öqirmanlariga nomlari yaxşi taniş bölgan hassos şoir va mohir tarjimon, bu yil munosib ravişda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan Vafo Fayzulloh, jurnalist Barnoqul Eşpölatovlar öz vaqtida şu “Çaşma”ning tinglovçilari bölişgan. Yana maqolamiz boşida tilga olganimiz Azamat Zarif navoiylik, Feruz Neʼmatullayevlar qatorida Odil Hotamovning ayni davr adabiyotimizda şiddat bilan böy körsatayotgan munosib şogirdlari röyxatini ança davom ettiriş mumkin.

Ötgan asrning elliginçi yillari oxiri va oltmişinçi yillari boşida poytaxt Toşkentda Erkin Vohidov, Sayyor, Tölqin kabi şoirlar unib-ösgan domla Ğayratiy tögaragiga doxil maşhurlikni saksoninçi yillardan Odil Hotamov Karmanada davom ettirdi.

Odil aka bir gal Toşkentga kelganida, işdan söng uyga olib ketdim. Hovlida keçasi bilan şeʼrxonlik qildik, ötgan-ketganlardan miriqib suhbatlaşdik. Gap orasida tuman partiya qömitasida “Karmananing qora tarixini oqlab” turkum maqolalar va şeʼrlar yozayotgani uçun uni muhokama qilişganini hazil aralaş gapirib bergan edi.

— Kolxoz-sovxoz va qişloq kengaşlari qoşidagi kutubxonalar kunduzlari yopib qöyilganini tanqid qilib maqola yozibsan, — deydi şu yiğilişda raykomning mafkura işlari böyiça uçinçi kotibi, qoşi-közi popukdek ayol ödağaylab. — Bilmaysanmi, kutubxonaçilar paxta terimida. Bugundan boşlab maktab va tuman kutubxonalari xodimlari ham terimga çiqadi. Ular qiroatxonasini keçqurun, soat sakkizdan keyin oçişadi. Kim bunga qarşi bölsa, paxta duşmani sifatida javobgarlikka tortiladi.

Şu yiğilişda Odil aka melisalar tuğruqxonaga ketayotgan “tez yordam” maşinasini töxtatib, paxta terdirmoqçi bölganini aytganida, “kotiba opay” eʼtibor bermaydi va aksinça, “masalangni partiya majlisiga olib çiqaman”, deb pöpisa qiladi.

“Paxta duşmani” böliş oğir ayblov edi. U zamonlar arqonini uzib, paxta oralab ketgan bir suvçining moli — göştga, özi — sudga topşirilganini aytsam, hozirgi yoşlar işonmas. Lekin bular bölgan voqea, haqiqat.

Buyuklar qişloqda tuğilib, Parijda öladilar, degan gapni Bernard Şou aytgan.

Bizning Özbekistonda ham şunday edi.

Bir umr viloyat markazlarida yaşab ijod qilgan Özbekiston xalq şoirlari Töra Sulaymon, Oxunjon Hakimov, Habib Saʼdulla, hassos ijodkorlar Abdulhakim Matnazar, Sadriddin Salim Buxoriy, Alişer Ibodinov, Örozboy Abdurahmonovlar bu “anʼanani buzgan” edilar.

Lekin ijodiy hayot makonini birinçi bölib tuman qadar kengaytirgan şoir Odil Hotam böladi.

U qalamkaşlikni eng katta amal bilib, 40 yil bir joyda va bir vazifada sabot bilan işladi. Umrining oxiriga qadar Karmanani sevdi, yaxşi kördi, sodiq farzand bölib uning qadim tarixi, betakror karmanigiylari, bugungi şiddatli hayotini şeʼrga soldi, doston qildi. Olis Karmanada turib “Tiriklik şami”, “Nigohlar”, “Dala yöli”, “Nafas”, “Yuksakdagi daraxt”, Quyoş siyohdoni” kabi kitoblari bilan yurtdoşlarimiz qalbiga yöl soldi.

— Bu kitobni hayotda — Odil, mehr-muhabbatda Hotam bölgan şoirning ijod kredosi sifatida öqimoq va uqmoq kerak, — degan edi Özbekiston Qahramoni, munaqqid Ibrohim Ğafurov “Xirmon” kitobining taqdimot marosimida.

— Adabiyotimizda heç kimga öxşamaydigan, öxşasa — faqat öziga öxşaydigan şoirning katta “Xirmon”i bilan şeʼriyat muxlislari va muhiblarini qutlayman! — degan edi taniqli adabiyotşunos, professor Qozoqboy Yöldoşev. — Kitobdagi şeʼrlar ramziy maʼnoda “Ostona”, “Qalam”, “Kamalak”, “Işqning bahor, qişlari”, “Qönalğa”, “Xotira” va “Hikmat” nomi bilan yetti timsolga iqlimlaştirilgan. Şogird Vafo Fayzullohning oçqiç sözboşisi sizga qöllanma böladi. Uning kömagida şu tilsimlarni oçsangiz, hayot deb atalmiş juda gözal, ayni paytda juda oğir, juda uzun va juda qisqa iqlimga kirib qolasiz — özingizni taniysiz. Aslida, Yaratgan tomonidan yozuvçilik, şoirlik iqtidori bilan siylangan yaratiqning ijod qilişidan murodi ham şu. Odil Hotam bu kitobi bilan öz maqsadiga erişgan, deb hisoblayman.

Tadbir 2023 yilning yanvarida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining katta majlislar zalida bölgan edi.

Butun hayoti davomidagi ijod mahsulining saralarini 700 betlik “XIRMON” kitobiga jamlab öquvçilariga taqdim etgan şoir osmonlardan qöl uzatsa yaraşar edi. Lekin Odil aka öşa-öşa — kamtar, kamsuqum. Hatto qiş kunida şunça odamni ovora qilib qöydim-da, deganday xijolatda. Bir oyoğini avaylab bosar, qandaydir titroqli hayajonda edi. Köpçilik oldida bu haqda gaplaşişga imkon bölmadi. Endi öqisam, özining şu holatini oldindan şeʼr qilib qöygan ekan:

 

Davron qoyasida dol turar umrim,

Armon soyasida qaltirar umrim.

Orzu qoyasida yaltirar umrim,

…Köksimga oğirlik qilar yuragim.

 

Bir kun ötib, Odil akaning özi Karmanadan qönğiroq qilib qoldi:

— Uzr-da! Sizlarga yaxşi qarolmadim, odam köp böldi. Yaxşi yetib oldilaringizmi?

Soğliğini suriştirdim. Özim oyoq oğriği degan bedavo dardni boşdan ötkarganim uçun, “endi özimizni ham öylaşimiz kerak” qabilida maslahatlar berdim. Kunlar isib ketganda uçraşadigan böldik. Lekin bu oxirgi suhbat bölişini qayoqdan bilibman?

Bugun Odil Hotam yaqinlarini, döstlarini, şeʼrsevarlarni taşlab ketgan.

Ammo bir taskin bor.

Odil akadan uning özi yozganiday EHTIYOJ farzandi bölib EZGULIKKA çorlovçi NAJOTKOR SÖZ — YAXŞI KITOBlar qoldi.

Abduxoliq ABDURAZZOQOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan