Yangi Özbekiston bunyodkori
Taniqli olim, tarix fanlari doktori, Qurolli kuçlar akademiyasi professori Karim Normatovning “Yangi Özbekiston bunyodkori” deb nomlangan siyosiy essesi yaqinda Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlar akademiyasi tomonidan kitob holida çop etildi. Uşbu kitobda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan milliy kadrlar tayyorlaş va mamlakat taraqqiyoti yölida olib borilayotgan oqilona siyosat jadid bobolarimizning bebaho pand-nasihatlari, ezgu ğoya va dasturlariga har jihatdan uyğun va hamohangligi, şuningdek, rahbar kadrlarning vazifasi, burçi va masʼuliyati, sohalar böyiça kadrlar muştarakligi hamda strategik taraqqiyotning istiqboli xususida atrofliça söz yuritilgan.
Quyida mazkur kitob muqaddimasidan olingan maqola qisqartirilgan holda eʼlon qilinmoqda.
Yangi Özbekistonni dunyoning rivojlangan, qudratli mamlakatiga aylantiriş yölidagi orzu-intilişlarimizni röyobga çiqariş uçun tabiiy hayot tagzamini va zaxiralari yetarli darajada imkoniyat yaratib bermoqda. Ezgu maqsadlarga erişiş, jahonning öta ravnaq topgan davlatlari qatoridan joy oliş, suveren, demokratik, huquqiy ijtimoiy va dunyoviy davlat hamda fuqarolik jamiyatini bunyod etişda rahbarlar va masʼullarning aqliy salohiyati va maʼnaviy dunyoqaraşi hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi. Zero, Özbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi sözlari ayni muddaodir: “Biz ötkazayotgan siyosatning röyobga çiqişi rahbar kadrlar faoliyati bilan uzviy boğliq. Bugungi hayotimizning qaysi masalalari va vazifalari haqida, qaysi istiqbollari haqida gapirmaylik, boşqariş va işlab çiqarişning barça böğinlarida hamma narsa bugun kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi”. Davlat xizmatining obrö-eʼtibori hokimiyat vakolatlarini amalga oşiruvçi subʼyekt sifatidagi rahbar kadrlarning boşqaruv mahorati, masʼuliyati va maʼnaviy-maʼrifiy darajasiga, uning kasb mahorati hamda dunyoqaraşiga boğliq.
Şuningdek, Prezidentimizning sakkiz yil oldin yozilgan “Bugungi kun rahbari” risolasida quyidagilar taʼkidlandi:
“— Biz yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat quriş yölida qanday iş qilsak ham, barçasini xalqimiz bilan bamaslahat qilamiz;
— barçamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan şu xalq. Hammamizga tuz-nasiba bergan ham şu xalq, bizga işonç bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan şu xalq, xalq rozi bölsa, işimizda unum va baraka böladi;
— barça darajadagi rahbar va masʼul xodimlarning oğzaki va yozma murojaatlar bilan işlaşga bölgan munosabatini tubdan özgartiriş kerak;
— rahbarlar muntazam ravişda xalq orasida bölib, şaxsiy qabullar taşkil etişlari, joylardagi muammolarni hal qilişlari zarur;
— bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga birinçi navbatda ular boşqarayotgan hududdagi aholidan tuşayotgan murojaatlar soni, ularning xalq içidagi yurişi, mavjud muammolarning amaliy yeçimiga qarab baho beriladi. Qisqa qilib aytganda, rahbarlarga xalqning özi baho beradi”.
Hayot tez surʼatlar bilan özgarib borar ekan, şunga muvofiq har bir rahbar oldiga ulkan va öta masʼuliyatli vazifalar qöyildi. Zamonaviy rahbar bugungi hayot bilan hamqadam bölişi, muammolarni tezda anglaşi hamda ularning yeçimiga haqqoniy javob topa olişi kerak. Buning uçun rahbarlik vazifasiga ötirgan har qanday şaxs nafaqat öz işini yaxşi bilişi, yetarli bilimlarga ega bölişi, balki xalq bilan hamnafas yaşaşi, el-yurt orzu-intilişlari va dardlarini anglaşi, bir söz bilan aytganda, yuksak maʼnaviy fazilatlar egasi bölişi, eng muhimi, ularni rozi qilişi lozim.
Yurtboşimizning: “Biz iqtisodiy önglaniş, iqtisodiy tiklaniş, iqtisodiy rivojlanişni maʼnaviy önglaş, maʼnaviy poklaniş, maʼnaviy yuksaliş harakatlari bilan tamomila uyğun bölişini istaymiz”, — degan fikrlarini amalga oşirişda bugungi rahbarning örni alohida.
Rahbar — yölboşçi, sardor, yetakçi degan luğaviy maʼnolarni anglatib, jamiyat, davlat hamda taşkilotda doimiy va hal qiluvçi taʼsirga ega bölgan şaxs, şuningdek, işning qalovini topgan, jamoa, soha manfaatlarini közlab faoliyat yuritadigan boşqaruv xodimidir. Hozirgi şiddatli rivojlaniş boskiçlari rahbardan aql-farosat, did, kuç-ğayrat, izlaniş va topqirlikni, öz ustida tinmay işlaşni, tadbirkorlikni talab qiladi.
Yetakçilik masʼuliyatini öz böyniga olgan har qaysi odam bu haqiqatni hammadan ham köra köproq anglaşi, el-yurtga qaratilgan har qanday zarbani öziga olişga qodir bölişi lozim. Sönggi sakkiz yilda bu jarayonlar Yangi Özbekiston maqomini olgan yurtda mutlaqo özgardi. Hozirgi xalq zamon zaylidan kelib çiqib, yangi qiyofaga kirdi, Yangi Özbekistonning jahon andozalariga aʼlo darajada javob beradigan, inson qadri qadrlangan — Inson kapitaliga aylandi.
Rahbarlik boşqaruvida hammaning iştiroki hozir va kelajakda ham har bir barkamol inson tomonidan amalga oşiriladigan vatanparvarlik, bunyodkorlik, istiqbolli yurtni yanada yuksaltiriş uçun halol va pokiza mehnat qiliş hosilasidir.
Rahbarlik barkamollik mezoni — fidoyi böliş, har bir işga tanqidiy tahlil nuqtai nazaridan qaraş, qonun ustuvorligini taʼminlaş, tartib-intizomga rioya qiliş, qatʼiyatlilik insoniy xislatlarining namoyon bölişidir. Şu bois ham talabçan va bunyodkor Yurtboşimizning yangi möʼjizaviy taşabbuslari yetti yilda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar va Taraqqiyot strategiyasidagi vazifalarning qanday amalga oşirilişi — ijro intizomiga qatʼiy rioya qiliş jadal taraqqiyotning muhim omili bölib, muhtaram Şavkat Miromonoviç rahbarlik mezoniga alohida eʼtibor qaratmoqda, eng muhimi, qonun ustuvorligi yuqori poğonaga kötarilyapti.
Rahbar kadrlarni qarindoşlik, hamşaharlik yoki şaxsiy sadoqat belgilari böyiça tanlaş va joy-joyiga qöyiş holatlariga yöl qöymaslik kerak. Guruhbozlik, mahalliyçilik, nepotizm körinişlarini yöqotiş, şuningdek, öz xizmat vazifalarini suiisteʼmol qilmaslik rahbar xodimlar qöyadigan talablar sirasiga kiradi.
Rahbar:
– manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş va ularni tartibga soliş yuzasidan öz vaqtida çora-tadbirlar körişi;
– korrupsiyaning oldini oliş va unga yöl qöymaslik çoralarini körişi;
– xodimlarni samarali boşqarişi, öziga işonib topşirilgan mulkka va moliyaviy mablağlarga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bölişi şart. Rahbar öziga böysunuvçi, xizmatdagi xodimlarning xulq-atvor, yuriş-turişi, tartib-intizomga rioya qilişlari uçun ham masʼuldir.
Maʼlumki, odamlar har xil böladi, ularning yuriş-turişi, feʼl-atvori ham bir-biridan farq qiladi. Lekin rahbar bölib, şaxsiy masʼuliyatni öz zimmasiga olgan şaxs, yoqadimi-yöqmi, har bir xodimga, avvalo, işning manfaatini közlab, töğri baho berişi kerak. Şuning barobarida uning fidoyiligi rahbarga xos barkamollikda, donişmandligi va zukkoligida namoyon böladi. Ayni paytda ğaflat va befarqlik, manmanlik, maslahatsiz qilingan yumuşlar qanday oqibatlarga olib kelişi barçaga maʼlum. Bu holatlar bizni boşi berk köçaga olib borişi muqarrar! Iloyo, Xudoning özi bundan asrasin!
Darvoqe, 2023 yilning 8 may sanasida Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalari aʼzolari, siyosiy partiyalar va jamoatçilik vakillari bilan uçraşuv nutqida quyidagilarni taʼkidladilar: “Bizning uç ming yillik davlatçilik tarixiga boy va betakror madaniyatga ega bunyodkor xalqimiz bor, qirq millionga yaqinlaşib borayotgan bugungi Özbekiston xalqining taqdiri va istiqboli, farovon hayoti uçun barçamiz masʼul va javobgarmiz, şu sababdan yurtimizda tinçlik va barqarorlikni asraş va mustahkamlaş bundan buyon ham eng muhim vazifamiz bölib qoladi”. Demak, milliy xavfsizlikni taʼminlaş, Qurolli Kuçlarimiz jangovar salohiyatini oşirişga qaratilgan işlarimizni yangi bosqiçga olib çiqiş ustuvor vazifamiz hisoblanadi.
Kengaşib iş tutiş xalqimizning azaliy odati. Sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Davlat işlarining töqqiz uluşi kengaş, tadbir va maşvarat, qolgan bir uluşi esa qiliç bilan bajo keltirilişini angladim”, deganlar, ammo öşa davrda ham katta-kiçik xatolarga yöl qöyilgan va ayrim kamçiliklar sodir bölgan.
Oçiğini aytiş kerak, bizning öta yorqin kunlarimizga, sakkiz yildirki, Yangi Özbekistonga mustahkam tamal toşi qöyildi. Akademik Azamat Ziyo juda haq gapni aytgan: “Bugun uzoq vaqt ilmimiz, söng u orqali xalqimiz ongiga singdirib kelingan soxta qoliplarni çilparçin etiş imkoniga egamiz. Ulardan biri buyuk Sohibqironning öttiz beş yillik hukmdorlik faoliyati göyoki tinimsiz uruş-talaşlarda ötgani haqidagi töqimadir”.
Tarix — Haq tarixi oldida yaltoqlanib bölmaydi. Qariyb 130 yillik tarixni soxtalaştirib, har xil köyga solib keldik. Ayniqsa, buyuk Amir Temur tarixi — uluğ, haqqoniy tarix maʼlum darajada töqimaga aylangani bor gap! Akademik Azamat Ziyo yozadi: “Dunyoni Samarqand atrofida birlaştirişga erişgan donişmand bobomiz maqsadiga harbiy yurişlar emas, balki çuqur va har tomonlama bilim hamda kengaşlar orqali yetganini baralla aytişimiz kerak. Aytibgina qolmay, özbek davlatçiligiga xos uşbu anʼana — siyosiy madaniyat Yangi Özbekistonda tiklangani va natijalarini berayotganini ham urğulaşdan tortinmasligimiz lozim.
Mana, tört yildirki, har birimizning hayotimizda tengsiz ahamiyatga ega maʼnaviyat va maʼrifat hamda xavfsizlik masalalari tahliliga bağişlangan kengaşlar işida qatnaşib kelmoqdamiz. Uşbu yiğilişlarga tegişli mansabdorlardan taşqari barça ijtimoiy qatlamlar vakillarining taklif etilişi boşida yangilik bölsa, endi tabiiylikka aylandi. Eng muhimi, davlatimiz va jamiyatimiz uçun öta dolzarb masalalar yeçimi ustida boş qotirişga el-ulusning özi jalb qilinmoqda”.
Albatta, ötgan yetti yillikda Yangi Özbekistonning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi taşabbuslari xalqaro maydonda faol ilgari suriladi. Eng avvalo, qöşni davlatlar bilan yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini jadal rivojlantiryapmiz. Yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, Vatanga muhabbat va Prezidentga sadoqatini oşirişga yanada köproq ahamiyat beramiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va ezgu ğoya atrofida birlaşiş böyiça samarali işlar olib borişimiz zarur.
Davlatimiz rahbari 2023 yil 22 dekabrda Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan yiğilişida: “…Biz bugungi keskin şaroitda ğoyaviy-mafkuraviy sohada raqobatga tayyormizmi? Yoş avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob beryaptimi? Agar biz bu yoruğ dunyoda “özbek”, “Özbekistonlik”, “Özbekiston” degan nomlar bilan yaşab qolişni istaydigan bölsak, bu savollarga bugun javob topişimiz va ularni hal etiş böyiça amaliy harakatlarni aynan bugun boşlaşimiz şart. Ertaga keç böladi”, deya qatʼiy taʼkidladi.
Şu tobda könglimga ikki fikr keldi. Birinçisi, “Tarbiya biz uçun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan jadid bobomiz Abdulla Avloniy daʼvati bölsa, ikkinçisi, Prezidentimizning davlat mustaqilligi öttiz ikki yillik bayramiga bağişlangan nutqida quyidagi: “Davlatning vazifasi insonlarni baxtli-saodatli qilişdir. Bu maqsadga esa ilm va yaxşi axloq yordamida erişiladi”, degan purmaʼno sözlaridir. Bularning barçasi Prezident qatʼiyatli inson, metin va bukilmas siyosiy iroda sohibi ekanligini tasdiqlaydi.
Insonni, şaxsni örganiş hamda ilmiy taʼrif-tavsif beriş muammosi — insonşunoslik bilan boğliq ijtimoiy fanlarning barça sohalari uçun abadiy jumboq, çeksiz-çegarasiz munozaralar olami. Kişilik jamiyatida ne-ne olimlaru fozillar, donişmandu allomalar inson + şaxsning mohiyati, uning paydo bölişi, jamiyat sarvari va sardori sifatidagi voqeligi haqida munozara qiladi, muşohada yuritadi, örganadi va tadqiq etadi.
Albatta, şaxsning öziga xos belgisi jamiyatda öz örniga ega bölişi, muayyan mavqega, yaʼni martabaga erişa olişidir. Çunki aqlli inson jamiyatda möljal oliş, muayyan maqsad yölida özini safarbar eta biliş imkoniyatiga ega böladi va ayni paytda jamiyatga foyda keltiradi. Ana şunda u yaratgan qadriyatlar bevosita şaxs qadriyatiga aylanadi, inson kapitali sifatida yangi qirralarga kötariladi.
Haqiqiy barkamol şaxs har qanday qadriyatni qadrlay oladi, hurmat qiladi va ayni paytda öziga nisbatan hurmatni ham talab etadi. Aniq yakuniy xulosaga ega bölmagan inson jamiyatning sarvari va sardori böla olmaydi. Voqea-hodisalarga öz munosabatini bildira olmaydigan, boşqalar fikri bilan yaşaydigan, vaziyatga qarab iş tutadigan, öta yumşoq va noşud inson şaxs bölib yetişa olmaydi. Demak, şaxs öz qiyofasiga, öz yakuniy xulosasiga, har qanday vaziyatdan çiqa oliş iqtidoriga ega bölişi kerak!
Mamlakatimizda bu qöşaloq, ammo öta masʼuliyatli, yaʼni bir-biriga uyğunlaşgan atamalarga alohida eʼtibor qaratiş kerak. Inson har qanday umumqadriyatlar darajasiga kötarilgan milliy manfaat atrofida ongli ravişda hamda aql-idrok ğoyasi asosida jipslaşadi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning qatʼiy taʼkidiga köra: “Zamon şiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi ğoya, innovatsiyaga tayangan jamiyat va davlat yutadi”.
Şu örinda bu borada Prezidentimizning eski ğoyaviy-mafkuraviy qaraşlarga nisbatan aytgan va hozirgi milliy taraqqiyotimiz ravnaqi uçun nihoyatda ustuvor hisoblangan yangi ğoyaviy-mafkuraviy tamoyilni keltiraman: “Biz köp yillar davomida amal qilib kelingan “davlat — jamiyat — inson” tamoyilini özgartirdik. Mamlakatimizda avvalo, inson, keyin esa jamiyat va davlat manfaati barça harakatlarimizning negiziga qöyildi. Hayotimizda “Davlat insonlar uçun” degan xalqçil ğoya izçillik bilan qaror topib bormoqda”. Bu xalqçil ğoya öz mohiyatiga köra, milliy taraqqiyotimizda inqilobiy özgariş yasab, Yangi Özbekistonning taʼlimotiga aylanmoqda. Ayniqsa, Yangi Özbekiston “inson+jamiyat+davlat” tamoyili Prezidentning taşabbusi ila Asosiy Qonunimizda mutlaq örin olib, uning taʼlimoti tamoyiliga aylandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev inson va jamiyatga hozirgi talab, Yangi Özbekiston strategiyasi nuqtai nazaridan şarh berar ekan, Konstitutsiyamizning 13-moddasida qayd etilgan: “Özbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga köra inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”, degan qoidaga amaliy javob sifatida insonni birinçi öringa qöydi. Yoxud 14-moddadagi “Davlat öz faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanişini taʼminlaş maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oşiradi”, degan fikr oq qoğozga qora harflar bilan yozib qöyilişini endi anglab yetdik. Darvoqe, Prezidentning uşbu oçiq va haqqoniy taʼbiri — “Inson qadri uçun” uning öta novator taşabbusi bölib, strategik taʼlimot sifatida Yangi Özbekiston taraqqiyotining birlamçi, ayni paytda hal qiluvçi omiliga aylanadi.
Şunday qilib, davrlar ötaveradi, zamonlar özgaraveradi. Biroq xalqona dunyoqaraş, inson va şaxsning maʼnaviy-ilohiy-ruhiy qiyofasi, mohiyat va mazmuni avloddan-avlodga ötib, yangi böyoqlar, möʼjizalar kasb etgan holda davom etaveradi. Bu boqiy va uzluksiz jarayon Yangi Özbekiston fenomeni sifatida fuqaro his-tuyğulari, aqidalari va munosabatlari hamda ilohiy-ruhiy olami — yuksaklikni özida ifoda etadi.
Xullas, inson+şaxsning jamiyatdagi örni, ularning muştarak holda faqat insonga atrof-voqelik hamda odobu axloq qoidalari haqida bilim berişning özi, uning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi uçun yetarli bölmaydi. Unda iroda qudrati, masʼuliyat va burç, majburiyat tuyğusini şakllantiriş, köngilda atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, özga insonlarga mehr uyğotiş, dilida uluğ maqsadlar tuğilişiga erişiş lozim. Har bir insonda Vatan, millat, adolat tuyğulari ruhidagi poydor maʼnaviy qadriyatlarga aylanişi uçun özgalar ibratida sinaşi, bu yölda riyozat çekişi, ularga nisbatan köngilda mehr uyğonişi zarur! Bunga turli yöllar, turli vositalar bilan birinçi navbatda, yoş avlod tarbiyasiga samimiy (çin köngildan) va izçil yondaşuv; ikkinçidan, tinimsiz izlanişlar bilan erişiladi.
Prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev rahbarligida muvaffaqiyatli amalga oşayotgan demokratik islohotlar — Yangi Özbekiston taʼlimoti bu borada oqilona iş tutilayotganini isbotlamoqda. Aslida kadrlar, rahbar kadrlar mana şu çizgilarda asliyatga aylanadi.
Uşbu essening boş maqsadi va vazifasi Prezidentning xalqona qaraşlari, har jihatdan kadrlar muammosi barça sohalar va jabhalarda sodir bölişi muayyan darajada öz aksini topadi. Bu jadid bobolarning, milliy taraqqiyot daholik tilsimining, qaror topayotgan Yangi Özbekistonning barça jihatlarida namoyon bölişi — uzun istiqbol çiziği bölsa, uning bir tutumga kelişi esa muhtaram Şavkat Mirziyoyev qölidan, qalbidan, butun vujudidan ötişi — yakuniy xulosa “Özbekiston-2030” strategiyasi orqali yetti yilda jahon hamjamiyatida öta ilğor davlatlar safiga qöşilişi oliy maqsad va vazifa, amalga oşirilişi zaruratga aylanadigan hodisa — voqelikdir.
Prezidentning ularga nisbatan yuksak orzu-tilagi: “Barça böğindagi rahbarlarga çiroyli, balandparvoz gapiga qarab emas, faoliyatning aniq natijasiga qarab baho beramiz.
Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, ularga qöpol munosabatda böladigan, byurokratiya va korrupsiya balosiga berilgan har qanday rahbar bilan — u vazir yoki hokim böladimi, boşqa masʼul vazifadagi amaldor böladimi — salbiy harakatlari bilan davlat obrösiga putur yetkazayotgan bunday kişilar bilan uzil-kesil xayrlaşamiz. Ularning örniga bilimli, Vatan va xalq taşvişi bilan yaşaydigan yoş-yoş yigit-qizlarni qöyamiz”.
Safimizga yurtimizdagi, çet eldagi nufuzli oliygohlarda öqigan, yirik kompaniyalarda işlagan qançadan-qança salohiyatli yoşlar kirib kelmoqda. Men ularning timsolida, avvalo, ertangi kunimizning yangi rahbarlarini, hudud, tarmoq va sohalarning mohir boşqaruvçilarini köraman”.
Darvoqe, keyingi yillarda Özbekiston iqtisodiyoti qariyb ikki barobar ösdi. Mamlakat 2023 yilni 6 foizlik ösiş bilan yakunladi va bu yil ham xuddi şunday muvaffaqiyatga erişişi kutilmoqda. Inflyatsiya darajasi 9 foizga tuşgan. Tovar ayirboşlaş körsatkiçlari ham muttasil ortib bormoqda. Mamlakat valyuta bozori va oltin valyuta zaxiralari barqarorligini saqlab kelmoqda. Oxirgi yillarda 60 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyani jalb etişga muvaffaq bölindi. Ötgan yili xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb ikki barobarga oşdi.
Özbekiston 90 dan ortiq davlat, jumladan, Turkiyada ham amal qilayotgan vizasiz rejim tufayli turizm sohasida öz nomini yuksaltirmoqda. Şunday qilib, buyuk tarixiy poydevorlarga tayanib yuksaliş va rivojlanişni maqsad qilgan Yangi Özbekiston nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyoning yorqin yulduziga aylanib bormoqda.
Zero, Şavkat Mirziyoyevning: “Inson qadrini uluğlaş, aholimiz manfaatlarini taʼminlaş, buning uçun kuçli iqtisodiyot barpo etiş bizning asosiy vazifamizdir. Iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, tadbirkorlik va xususiy mulk uçun keng imkoniyatlar yaratişni yanada kuçaytiramiz. Ilm-fan, innovatsiya, ІT kabi sohalarni, “yaşil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratamiz. Ijtimoiy sohalar rivojini mutlaqo yangi bosqiçga kötaramiz.
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlaş, Qurolli Kuçlarimiz jangovar salohiyatini oşiriş ustuvor vazifamiz bölib qoladi.
Muxtasar aytganda, yangi hayotni, Yangi Özbekistonni barpo etiş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni töliq safarbar etamiz”, degan gaplari bejizga aytilmagan.
Karim NORMATOV,
tarix fanlari doktori,
Qurolli Kuçlar Akademiyasi
professori.
