Asrni hayratga solgan inson

Agar yuz yillik çinorning salobatini körsak, albatta, hayajonga tuşamiz. Yuz yillik qayrağoçning böy-basti ham odamni hayratga soladi.

Aytişlariça, yuz yillik gujumning soyasi qalin va juda salqin bölar ekan. Yuz yoşni körgan arça esa yanada körkam va çiroyli böladi.

Yuz yoşga kirgan insonning muborak nomini eşitişning öziyoq kişini hayrat va hayajonga soladi. Darhol qöllarimizni oçib, Allohdan bizni ham şunday tabarruk yoşga yetkazişini niyat qilamiz. Iloji boriça, asr bilan hamnafas bölgan bunday tabarruk insonlarni tezroq körişga, ziyorat qilişga oşiqamiz, duo olişni dilimizga tugamiz.

Kamina ham ötgan yili “Öqituvçilar va murabbiylar kuni”da Prezidentimizning Farmoniga muvofiq yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar orasida Koson tumanidagi 24-umumiy örta taʼlim maktabining yuz yoşni qarşilayotgan öqituvçisi Egamşukur bobo Abdiyevning “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlanganini eşitib, gapning rosti, çinakam hayratga tuşganman, bu otaxon bilan uçraşişni astoydil niyat qilgandim. Öşa kunlari xizmat yuzasidan Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyiga borganimda, naşriyot boş muharriri, isteʼdodli ijodkor ukamiz Habib Abdunazar bilan körişib qoldim. U ham kosonlik bölgani uçun yuz yoş ostonasida turgan öqituvçi bobo haqida gap oçib, “taniysizmi?” dedim. Habibjon çiroyli kulib, ğurur bilan şunday dedi:

— U kişi otam böladilar!

Bu javobni eşitib, otaxonni  ziyorat qiliş iştiyoqi yana kuçaydi.

Xudoyimning marhamatini köringki, oradan bir yil ötib, ana şu niyat amalga oşdi.

Asrni hayratga solib kelayotgan bu serğayrat, fariştali inson bilan u kişi yaşaydigan — Koson tumani, “Surxon” qişloq fuqarolar yiğini, “Samo” köçasidagi 34-uyda uçraşdik. Bizni bu tabarruk xonadonga otaxonning yana bir isteʼdodli şoir öğli Ğulom Abdiyev boşlab keldi. Ğulom Egamşukur nomi bilan talay kitoblari, şeʼrlari çop etilgan bu ijodkor ayni paytda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Qaşqadaryo viloyati bölimi boşliği.

Yuz-közlaridan nur yoğilib turgan otaxon bilan bağirlaşib körişdik.

* * *

Egamşukur boboning xotirasi teran va tiniq. Qiziq voqealar va ança-munça azob-uqubatlarda keçgan bolaligini, oğir bölgan ösmirlik davrlarini yaxşi eslaydi. Şoşmasdan gapiradi.

Egamşukur Abdiyev 1926 yil 5 fevralda Tojikiston Respublikasining Kölob tumanida tuğilgan.

— Tojikiston tomonlarga borib qolişimizga Begimqulboy bobom sabab bölgan. U kişi öşa davrlarning katta boylaridan bölib, quloq qilingan. Toğma-toğ köçib yurardik. Hukumat u kişining ön ming qöyini olib qöygan. Bu ham yetmagandek, ammamni Kosonning Pöloti qişloğiga kelib töy qilganida bobomizni yana uşlaşgan. Aytişlariça, qöni-qöşnilardan ayrimlari bobomning tillasi, kumuş tangalari borligini şöro odamlariga sotgan. U kişini qamaşadi. Lekin bobom tillaning joyini aytmagan. Köp qiynaşgan. Oraga qişloq mullasini qöyib, agar tillani bermasa, köz oldida onasini otamiz, deb qörqitişgan. Bobom ularga olti xum tilla, uç xum kumuş tanganing kömilgan joyini aytgan. Bu ğalamislik yetmaganidek, şöro odamlari apparat olib kelib, tekşirganlarida, yana bir xum tilla çiqqan. Şu bilan bobom adoi tamom bölgan. Ota-bobolaridan qolgan katta meros — boyliklarini qöşqöllab bolşavoylarga topşirib yuborgan…

Egamşukur bobo oğir xörsinib, xontaxta ustiga yozilgan gulli dasturxonning ziyini barmoqlari orasiga olib, ohista silaydi. Yana xayollarga ğarq böladi. Xayol lentalarida namoyon bölayotgan voqealar esa bir asrlik umrning yaxşi-yomon lahzalariga, yillarning nurli va nursiz tözonlariga qorişib ketadi.

Bobosi Sibirga surgun böldi. Otasi Abdunazar oilasi bilan Tojikistondan Surxondaryoning Denov tumanidagi Yurçi qişloğiga kelib joylaşdi. Aynan şu hududda taşkil etilgan öşa vaqtdagi “Şarq haqiqati” kolxozini tuzişda faol qatnaşdi.

* * *

Egamşukur bobo 1955-57 yillari Termiz şahrida taşkil etilgan Öqituvçilar tayyorlaş institutida öqiydi. Söngra yana şijoat bilan öqişni davom ettirib, 1958-1961 yillarda Buxoro pedagogika institutining fizika-matematika fakultetida tahsil oldi.

1962 yilda köpçilik oilalar qatorida ular ham Şerobod çöllarini özlaştiriş uçun köçiriladi.

Yana bir maşaqqatli, oğir kunlar, yillar boşlanadi. Lekin Egamşukur Abdiyev yeng şimarib işga kirişdi. 1963 yil uşbu xöjalikda Mirzo Uluğbek nomidagi 7 yillik maktabni taşkil etişda özi boş-qoş bölib, şaxsiy taşabbus körsatadi. Dastlab yertöla şaklida öz faoliyatini boşlagan uşbu maktab keyinçalik yangidan zamonaviy tarzda quriladi.

— Yertölada dars ötiş oson bölmagandir, — boboni yana savolga tutaman.

— Yertöla quyoş tomonga qaratib, yoruğlik köp tuşadigan qilib qurilgandi. Faqat bizga çöl şamoli köp xalaqit berardi. Öşanda men xonasi yöq maktab direktori edim. Xöjalik kattalariga öxşab, bitta şlyapa sotib oldim. Lekin şlyapa bilan yertölaga kirib bölmasdi. Şlyapaga örganmagan amaldorlar şamol uçirib ketmasin, deb qölida uşlab yurardi. Bir kuni qattiq şamol turib, şlyapamni uçirib ketdi. Bir zumda çang-tözon içida yöqoldi. Qaytib şlyapa kiymadim…

Şunday qilib, tinib-tinçimas, fidoyi pedagog Egamşukur Abdiyevning jiddiy xatti-harakati, yelib-yugurişi bilan 1969 yilda xöjalikda yangi 400 örinli ikki qavatli 2-örta taʼlim maktabi bunyod etildi. Ustoz uşbu maktabda 23 yil direktorlik vazifasida qizğin va samarali faoliyat yuritdi. Köplab şogirdlarni tarbiyaladi, ularga ilmu fandan saboqlar berdi. Maktab ilğor taʼlim muassasasiga aylandi.

Şu bilan Egamşukur boboning yangi maktablarni bunyod etiş iştiyoqi töxtamadi. Yoşlarga ilm örgatişga bölgan yurak ğujuri sönmadi.

Biz şöro davrida “qalb amri” degan sözni köp işlatar edik. Maşhur davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvçi Şarof Raşidov fidoyi insonlarga bağişlangan sönggi asarlaridan birini “Qalb amri” deb nomlagani bejiz emas edi. Çunki öşa vaqtlarda çölu daştlarni özlaştiriş, qaqragan biyobonlarga suv olib çiqiş, maktablar, tibbiy muassasalar quriş haqiqiy jasorat va matonat namunasi edi. 1985-86 yillarda Qarşi çöllarini özlaştiriş daʼvatiga qalb amri bilan qöşilgan Egamşukur Abdiyev qarindoş-uruğlari bilan Koson tumanidagi Surxon qişloğiga köçib keldi. Keldi-yu, aynan şu massivda, qiyin şaroitlarda ham hozirgi 24-umumiy örta taʼlim maktabini quriş va taşkil etişda özi boş-qoş böldi, taşabbus körsatdi. Jadid bobolarimizning maktab bunyod etişdek şarafli işlarini davom ettirib, 1985 yildan buyon özi boş bölib bunyod etilgan uşbu maktabda öquvçilarga fizika-matematika fanidan dars berib kelayotir.

— Nega aynan matematika fanini tanlagansiz? — deb söraymiz gap orasida.

— Aslida, adabiyotga juda qiziqar edim. Bir vaqtlar şeʼrlar ham maşq qilganman. Lekin şoir bölişga iştiyoq orzuligiça qolib ketmadi. Ikki öğlim — Ğulom va Habib el tanigan ijodkorlar bölib yetişdi. Ularning yozganlarini maza qilib öqiyman. Endi sizning savolingizga javob beraman, — deya bobo davom etadi: — Denovdan avval Qarşiga, keyin Kosonga qaytib keldik. Beşinçi sinfga öqişga kirib, maktabni qayta davom ettirdim. Maktabga borsam, Şukur Şermatov degan matematika öqituvçisi bor ekan. Juda qattiqqöl, yaxşi öqimagan öquvçilarni urar ekan. Köz oldimda dars qilmay kelgan bir-ikki bolani rosa döpposladi. Matematika muallimdan qörqqanimdan yaxşi öqiy boşladim. Içimda meni urmasa böldi, deb qaltirab ötirardim. Uç bahodan törtga ötdim. Asta-asta beş ola boşladim. Töğrisi, özim matematikani unçalik yoqtirmasdim. Lekin öqituvçimning qahridan qörqib, matematika muallimi bölib ketdim…

— Keçirasiz, hozir maktablarda öquvçini urgan öqituvçi jazolanyapti. Nima deb öylaysiz: bu yöl töğrimi yo öquvçi ustozidan qörqişi kerakmi?

— Yöq, öquvçi heç kimdan qörqmasligi kerak. Urib, baqir-çaqir qilib, qörquv bilan öqigan bolaning ruhi ozor çekadi, özi qörqoq bölib qoladi. Lekin öquvçi öqituvçisidan qandaydir hayiqib, uning ustozi ekanligini his etib turişi kerak. Öqituvçi öquvçisiga özining farzandiday munosabatda bölişi lozim deb öylayman. Odamni mehr tarbiyalaydi, mehr ulğaytiradi. Bu haqda uluğ şoirimiz Abdulla Oripovning “Mehr” deb nomlangan ibratli törtligi bor:

 

Bir bola çinqirib yiğlardi çunon,

Uni yupatolmay köpçilik giryon.

U qaysar heç kimga quloq solmadi,

Boşin silaşganda — tinçidi şu on.

 

Öz pedagoglik faoliyatimda, tarbiyada bu ajoyib şeʼrga köp murojaat qilib kelaman. Fursatdan foydalanib, barça hamkasblarimni, şogirdlarimni hamişa mehrli va mehribon bölişga çaqirib, duo qilaman. Bilib qöyiş kerakki, barça tarbiya mehrdan boşlanadi.

* * *

Egamşukur bobo bilan suhbatimiz uzoq davom etdi. Bu uluğ yoşli insonning hikoyalarini tinglab, bir jihatdan u kişining uzoq umr körib kelayotgani sirlarini anglagandek böldim. Bobo qança qiyinçiliklar, azoblarni körgan bölsa-da, lekin sira nolib gapirmadi. Şunda maşhur rejissyor Bahodir Yöldoşevning: “Hayotda nolib bölmaydi, unda yaşaş kerak”, degan hikmati yodimga tuşdi. Egamşukur bobo ham hayotda qanday yaşaş kerakligidan kattayu kiçikka bebaho saboqlar berib kelyapti.

Kutilmaganda boboning közlari porlab, ovozi yanada dadillaşib, suhbat jilovini qölga oldilar:

— Mendan odamlar uzoq umr körişimning sirlarini söraydi. Sirini bilmayman. Allohim biladi. Esimni taniganimdan buyon odamlarga yaxşilik qildim, faqat duo oldim. Hamişa aziz avliyolarni ziyorat qildim. Ehtimol, umrim şular tufayli uzaygandir, — bobo bir lahza töxtadi, söng öşa ohangda davom etdi: — Bilasizmi, uka, men esimni taniganimdan buyon Yaratgandan xalqimizning ozodligini hamişa sörab yaşadim. Şunça qiyinçiliklarni körgan, azob-uqubatlarni tortib kelayotgan xalqimiz ozod bölarmikin, deb iltijolar qilib yaşadim. Allohga behad şukrlar bölsinki, menga Vatanim ozod va mustaqil bölganini köriş nasib etdi. Bu uluğ neʼmatning qadriga yetişimiz kerak. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlarda bizning armonlarimiz va orzu-istaklarimiz amalga oşayotganini körib, xursand bölaman, şukrona qilaman. Ayniqsa, taʼlimga berilayotgan eʼtibor, öqituvçilarga yaratilayotgan yangi-yangi imtiyozlarni körib, ğayratim jöşib ketadi. Hamkasblarimni yanada faol va fidoyi bölişga daʼvat etaman… Özim esa ularga örnak bölişga intilaman…

Yaxşi niyat bilan hali davomi yoziladigan uşbu esseda Egamşukur boboning öğli, taniqli şoir Ğulom Egamşukurning padari buzrukvoriga bağişlangan quyidagi misralarini keltirsak örinli bölar:

Huzurimga oşiqib kelgan —

Subhi sabolardan,

Xuş navolardan,

Tunlar bedor turib yutgan

Ohimdan,

Bitilmagan dil bayotimdan

Haykal qöydim Sizga men,

Ota!

Allohning poyidan,

Yuragim loyidan,

Adolat boğidan,

Iymon toğidan,

Muhabbat nomidan —

Haykal qöydim Sizga men,

Ota!..

 

…Qarang, Kosonning ravon yöllarida mustaqil Özbekistonning ilk maşinalaridan bölgan kul rangli “Tiko” ohista yeladi. Maşina rulida yuz yoşni qarşilayotgan Egamşukur bobo Abdiyev jonajon va qadrdon maktabiga — aziz öquvçilariga dars berişga mehr-muhabbat bilan oşiqadi.

Şogirdlari huzuriga şoşayotgan, bir asrni qarşilagan muallimning umr yöllari hamişa oydin, yoruğ va nurlarga tölib-toşib boraversin!..

Aşurali JÖRAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan