Mardona yaşamoq saodati

Quyoş isli olma

1987 yilning erta kuzi. “Döstlik bayroği”ning özim orzu qilib yurib, madaniyat bölimiga işga ötgan kunlarim — bölim mudiri Mahmud aka peşonasida öynagan jingalak soçini tutamlab, katta muxbir Oybuvi opa bolasini boğçadan olişni öylabmi, qoğozlar ustida qalami yugurayotgan, xonaning eşikka yaqin joyida kamina ötirib xomxayollarga berilgan bir pallada eşik taqillab qoldi. Hammaning nigohi eşikka qadaldi.

— Kiring!

Mahmud aka ijodda qançalik sözlari jarangdor tizilsa, birovga murojaatda şunçalik sekin va sokin, lekin qatʼiy gapirar edi. “Taşqaridagi eşitdimi bu past ovozni?” deb öyladim. Ha, eşitibdi. Xonaga bir opa kirib keldi. Yoşullilar uni tanişarkan. Darrov çehralari oçildi.

— Nima olib keldingiz bizga, Salima opa? – deyişdi ikkisi ham. Oybuvi Oçilova buni söz bilan, Mardiyev esa nigohlari bilan söradi. Istarasi issiq bu opa, mening nazarimda, körinişidan xonadoş ikki hamkasbimdan yoşi kiçik körinardi. Lekin uning sözida samimiyat bilan birga qandaydir salobat va qatʼiyat borligini darrov sezdim. Juda çiroyli gurung keçganini kuzatib, uning Salima Umarova ekanini bilib oldim. Navoiy tumanining markazi Karmana şahridagi 1-hunar-texnika bilim yurtida murabbiylik qilar ekan. Ketar çoğida u sumkasini yana bir bor oçib, endi qölyozma çiqarmadi, balki har birimizga bittadan qip-qizil, quyoş isi kelib turgan olma uzatdi.

— Özimizning hovliniki.

Olmani şunday tarzda issiq bir istara bilan uzatdiki, qaytarişning heç iloji yöq, göyo menga u öz mehrini ham qöşib uzatayotganday tuyuldi.

Şu voqeadan köp ötmay Salima Umarovaning özi ham bizga işga keldi.

Şaxsning şakllanişi

Salima opa şaxs sifatida butun ijodkor. Ammo şu şaxsining şakllanişi heç ham silliq, öz-özidan keçmagan. Zero, uning feʼlida, fitratida yorqin körinadigan bir fazilat ustuvor balqirdi: u odamlarga işonar, tuzumga işonar edi. Yolğon jamiyatda, rost yaşirilgan mafkurada esa hamişa ham haqiqatni topiş oson bölmagan. Öşanda u viloyat gazetasining “Partiya turmuşi” bölimiga işga olingani bejiz emas edi. Aftidan, u sobiq tuzumning mafkuraviy ğoyalariga çippa-çin işonar, şu bois ham unga yurakdan xizmat qilişni istar edi… Men 1989 yil, viloyat tugatilişi bilan Toşkentga ketdim. 7-8 oydan keyin bolalar gazetasi “Lenin uçquni” (hozirgi “Tong yulduzi”)ga işga joylaşdim-u, ilğor ziyolilarning çiqişlaridan, oşkoralik ruhidan közim oçila boşladi. 1990 yilda bölsa kerak, xatlar asosida gazetada bir sahifa maqola tayyorladim. “Sarob ekan u…” deb atalar, sobiq tuzumning dohiysi kirdikorlari, dahriyligi haqida edi. Öşanda menga kimdir yetkazgandi: gazetaning uşbu soni qöliga yetib borgan Umarova mendan juda xafa bölibdi…

Ammo mustaqillikdan keyingi yangilanişda opaning özi ham butunlay özgardi. Dunyoda Haqqa iymondan-da kuçli eʼtiqod yöqligini bildi, desam, kamlik qiladi, balki şunday yaşaş hayotining tirgagiga aylandi. Şundan boşlab iymondor şaxsi va qalami bilan boşqalarga ibrat bölib yaşayapti.

Darddoşlik

Odamni qalban bir-biriga nima yaqinlaştiradi? Köpinça darddoşlik. Nima, opa-ukalar hamişa bir-birini tuşunadi, orasidan heç ham qora muşuk ötmaydi, deysizmi? Bizning ham oramizga sovuqçilik tuşgan pallalar bölgan. Haqgöyning haqligini hamişa ham qabul qiliş osonmas. Salima Umarovaning xarakterida esa şu jihat börtib közga taşlanadi. U birovning, ayniqsa, özi tanigan birodarlari yo hamkasblarining yuriş-turiş, xulqida biron-bir noqis tomonni körsa, bildirmasdan qöymaydi. Uning misolida boşqalarni ham halokatdan, xatardan ogohlantiriş öz iymonining taqozosi, burçi deb biladi.

Men Navoiyga borsam, albatta, qadrdon gazetam tahririyatiga borib, hamkasb döstlarni ziyorat qilar, yozganlarimdan ilinar, ular ham poytaxtda yuribdi, deb meni köp eʼzozlaşar edi. Ammo opada hammada kuzatilmaydigan bir talabçanlik bölib, Toşkentda yurganiga yaraşa, hayot va ijodda şunga munosib bölişga harakat qilişi kerak, degan fikr qatʼiy edi. Albatta, bu töğri talab. Şu maʼnoda bir körişganimizda Toşkentda yaşayotgan bir taniş qalamkaşimizni tanqid qilib qoldi. Gerdayib yurişini nonkörlik atadi. Men esa hamkasbni himoya qilmoqçi bölib, keskin nimadir dedim. Bunga javoban opa heç nima demadi-yu, qaraşi bilan xafa bölib ketganini bildirdi va men bilan gaplaşmay qöydi. Bu tuşunmovçilik meni ançagaça iztirobga solib yurgan.

Yillar ötib esa Salima opa öşanda aççiq bölsa ham, rost gapirganini tuşundim. Yillar buni tobora isbotladi. Çindan u nusxaning sözi bilan işi boşqa böldi…

Vatanning taşrifi

2010 yilning apreli boşlari, yurtdan uzoqda edim. Bahorning bir oyi ötib ketgan bölsa ham, qiş ruhi hukmron, hamon qorlar uyumi toğdek uyulib yotar, tevaragimda faqat qarğalar, osmonda quyoş çaraqlamaganini neça oylar bölgan edi körmaganimga. Quyoş isini, qiyğos gullab turgan öriklarni, tuproğimning tansiq mevalarini juda soğingan edim. Men bilan öz tilimda gaplaşadigan bittagina odam bölsa ham mayli edi-ya. Şuning uçun ham hamma narsa menga begona, hamma narsa menga yot tuyular, sovuq ufuradigan manzaralar oralab parişon yurardim…

— Vafo aka! – dedi menga talpinib kelayotgan bir istarali yigit. Uni darrov tanidim: Şerzod. Hamkasb opam Salima Umarovaning öğli. Biz bir-birimiz bilan jon-jigarlar misoli bağirlaşib körişdik. U Karmana, qadrdon döstlar haqida hayajonlanib gapirar ekan, men esa uning hikoyasi tugamasa derdim.

— Xizmat safari bilan ikki kunga Moskvaga kelgan edim. Onam, albatta, bir yöla Vafo akangni ham körib kelasan, yaxşi böldi, dedilar duoi salomlarini yöllab. Mana bu sizga! Siz bilan şaharni kun böyi aylanişni istardim-u, ammo vaqtim tiğiz, – dedi u gurungimizga yakun yasaganday.

Bugun qaytişga samolyotga çiptasi bor ekan.

— Darvoqe, – dedi çöntagidan ixçam bir konvert çiqarib. — Bu sotilgan kitoblaringizning puli. “Jarayon”ning.

— Xizr bilan uçraşganday böldim, Şerzodjon. Umringizdan baraka toping! Bunga qançalik muhtoj edim, tasavvur ham qilolmasangiz kerak…

Avvalo, Salima opamning öğli menga Vatanimning çaroğon quyoşini, dunyoni qalbdan yoritadigan özbekning bahorini olib kelganday böldi. Yotoqxonaga keliboq, u menga tutqazgan sumkani oçdim. Oçil dasturxon deng! Mayiz, turşak, yonğoq… va yana allaqança özbekona tansiq neʼmatlar. Qaysi birini aytay? Bularsiz ham kunim ötişi mumkindir, lekin ularning ruhisiz, yurakdagi çiroyi, quvvati va totisiz mening ruhoniyatim juda ğarib yurmaganmidi?!

Men öşanda qançalik saodatmand bölganimni ifodalab berolmayman. Yengib bölmas bir kuçga tölganday böldim. Opa kitoblarimni sotib, berib yuborgan pul evaziga esa bir semestr davomida öqiş va yotoqxonada turiş haqini tölaganimdan taşqari, u yeb-içişim uçun ham kifoya qilgaç, naq tört-beş oy men faqat öqiş va ijod xayoli bilan oşno böldim. Bu yaxşilikni qaytarib böladimi? Heç qaçon! Buning uçun opam qança vaqtini sarflagan, asabini ketkazgan, kimlarga iltimos qilmagan edi, deysiz! Lekin yordam berişni özining burçi deb bilganidan ado etgan, sal aççiq bölsa ham aytay, bu yaxşilikni menga özimning jinsimdan bölgan biron-bir döstim qilmagan, qilolmagan edi.

Mehri daryolardek jöşqin

Siz öylamang, aziz öquvçi! U faqat özining bir hamkasb tanişiga şunday bir yaxşilik qilgan bölsa qilgandir deb. Opada bu fazilat tuğma, ota-onasining uluğ tarbiyasi hamda uluğ dinimiz yöriğida bölişni istagan oqila, maʼnaviyatli muslimaning hayotiy maslagidir. Hatto buni suiisteʼmol qilganlarni ham bilaman. Salima opa tabiatan muşfiq, hassos bir qalb sohibasi. Har bir voqeadan tez taʼsirlanadi. Aql bilan iş yuritgani bilan boşiga bir taşviş yoki musibat tuşganni eşitsa yo körsa, undan kam qayğurmaydi. Ehtimol, bu borada muhtaram onalarimiz, opa-singillarimiz bölgan ayol zotiga yetadigani bölmasa kerak. Salima opa kam taʼminlangan, bolajon oilalarga yordam beriş uçun ularni izlab yuradi, desam mubolağa emas. Hozir özim guvoh bölgan yana bir voqea esimga tuşib ketdi.

Uy telefonimiz jiringlab qoldi. Göşakni rafiqam kötarib, salom-alik qilişarkan, suhbat asnosida Salima opa ekanini bilib, men ham quloq tutdim. Zero, opa juda taşvişmand gapirar edi. Viloyatning qaysidir daşt tumanidan bölgan bir kelinçak tahririyatga kelib, undan baʼzan yordam olib turarkan, şuning qizaloği oğir kasallikka yöliqib, Toşkentdagi onkologiya markazida yotganini ayol telefonda unga maʼlum qilibdi.

— Şuning oldiga borib, xabar olsangizlar! Iltimos. Boyoqiş gödakning hozir hayot-mamoti hal bölayotgandir. Keyin özim döxtiri bilan gaplaşib, qölimdan kelgança yordam qilardim, – deya yiğlab yubordi opa.

Oilam bilan tezda aytilgan joyga bordik. Ammo onkologiya markazidan na bolani, na uning onasini topa oldik. Bu yerda yotgani haqida ham heç qanday qoğoz yöq edi. Aftidan, boqimandalikni öziga kasb qilib olgan ayol boşiga tuşgan “musibat”ni aytib, opani aldamoqçi bölgandi. Lekin Salima opaga bu voqeani aytib berganimizda ham u bunga işonmasdan, qizaloq va uning onasiga açinib, taassuflar qildi.

Men opaning bu holatiga köp guvoh bölganim uçun hayratga tuşib ötirmadim. Zero, Umarovadagi qöli oçiqlik, odamlarga yordam berişga intiliş, buni tölib-toşib ketganidan emas, balki har bir unga uçragan taniş-notanişni hazrati inson deb bilganidan, odamlarga nisbatan qalbida mehr-muhabbat limmo-lim bölganidan edi. Uni yaqindan bilmagan kimdir öğli bir korxonaning rahbari bölsa, öşaning orqasidan bitta-yarimta beva-beçoraning boşini silab, özini saxovatpeşa körsatadi-da, deb xomxayolga borişi mumkin. Albatta, öğli Şerzodjonning şu darajaga yetişida opaning tengsiz hissasi bor. Şerzoddagi olijanob fazilatlar, jumladan, saxovatpeşalik onasidan ötgan. Salima opa esa, avvalo, özi jonbozlik qilib, kerak bölsa, nafaqa pulini töplab, kimningdir oğirini yengil qilişni istaydi. Eldoşlarini qondoşlarim deb biladi. Dinimiz örgatganidek, mömin möminning birodari deb hisoblaydi. Şuning uçun ham navoiylik yoş ijodkorlar uni özlarining maʼnaviy ustozi deb bilişadi.

Saxovat faqat moddiy emas, avvalo, ruhoniy böladi. Bir oğiz kötarinki, daldakor söz, töğri, mardona yölni körsatiş yoş ijodkorlar uçun juda muhim. Keyingi hayotlarini, qadrli maslaklarini belgilaydi. Salima Umarova “Döstlik bayroği” gazetasi qoşida taşkil qilib, qariyb çorak asr davomida faoliyatini olib borgan “Nihol” adabiy tögaragida adabiyot va jurnalistika sohasida işonçi mustahkamlanib, uçirma bölganlar oz emas. Lekin opa doim yoşlarni moddiy jihatdan qöllaş payida böladi. Şuning natijasi ölaroq “Nihol”çilarning bir neça töplamlari poytaxt naşriyotlarida yoruğlik yuzini kördi. Jumladan, uning homiyligida naşrga tayyorlab çop etilgan “Köhak” yoşlar bayozi (“Muharrir” naşriyoti, 2020 yil) nafaqat viloyatda, balki poytaxtda ham eʼtirof etildi.

Qalam bilan oşno odam nafaqaga çiqqanida ijod bilan ovunadi-da, deb öylaymiz. Salima opa esa qişloqda tuğilib, qişloqda ösgani bois ham, dehqonçiligu boğdorçilikni yaxşi köradi. Öz sigiring bölib, uning sutini soğib içganga nima yetsin, degan aqidada yaşaydi. Opa qaçon xonadonimizga yöqlab kelsa, qöyni-qönji tölib keladi.

— Opa, nima qilardingiz? – deyman uning taşrifidan quvonib.

— Bular kelinimga, jiyanlarimga. Lekin mana bu alohida bir bankadagi asal esa sizga! Kalla bilan işlaydigan odam köproq asal yeyişi kerak, – deydi u.

U şaharda yaşaydi, bu asal va boşqa neʼmatlarni bozordan sotib olganmi? Unday emas. Balki özlarining yordamçi xöjaliklaridan çiqadi bu mahsulotlar. Öğli bilan orttirgan pullaridan ular, 5-6 yil böldi, Karmana tumanining janubiy-şarqiy kengliklari — Qizbibi daşt-qirlariga tutaşib ketgan joydan tört-beş gektar yerni ijaraga olişgan. Bu dala-boğda 5-10 kişini iş bilan taʼminlab, noz-neʼmat mahsulotlarni yetiştirişadi: sabzavotlar, poliz ekinlari. Bir çekkada asalari ham boqiladi. U yoğini sörasangiz, bunda qöy-qözi, eçki-uloq, mol-hollar ham bor. Şerzod öz korxonasi iş-taşvişidan qariyb ortmaydi. Şuning uçun bu boğ-dala işlarini, asosan, Salima opaning özi yuritadi. Ammo faqat buyruq beriş bilan emas, uning özi erta bahordan örni kelganda ekişdan boşlab, keç kuzda hosilni terişgaça işçilarga qöşilib işlaydi, ter tökadi. Holbuki, ikki marta oğir jarrohlik amaliyotini tanasidan ötkazib, töşakda qimirlamay yotişga töğri kelgan pallalari ham böldi. Lekin harakatdan töxtamadi. Xastaliklar ortga çekindi. Uning saxovatpeşaligining asosiy manbai ana şu boğ-dalada tinib-tinçimasligidan. Albatta, unga ön öğil ham qilolmaydigan ğamxörlik va mehribonlikni körsatib, yetarliça imkoniyat yaratib qöygan öğli Şerzod Umarovning tantiligiga ham havasingiz keladi. Lekin bu mehr-oqibat, oqil tadbirkorlik jonkuyar volidaning yoniq hayoti bilan şu yuksaklikka yetdi. Endi bu mardona fazilatlar nabiralariga yuqişi uçun opaning joni halak. Avvalo, ularning soğlom bölişini jondan istab, doim şuning tadorigida kuyib-pişib yuradi. Uni şu uluğ ayyom kunlari ham bir oyoği dala-boğda körasiz. Axir bu yil bahor biroz keçikdi. Ustiga-ustak, seryoğin keldi. U bularning xayr va barakot yomğirlari bölişiga juda işonadi. Zero, Salima Umarova özidagi odat — saxovatning uluğ bir riştasini ona zaminda köradi, ona tabiatdan örgangan. Boşqa uluğ riştasi buyuk xalqimizning olijanob maʼnaviyat sarçaşmalariga borib taqalişini juda yaxşi biladi.

Tört jildlik “Saylanma”

Muxbirlikning noni qattiq, muxbirlikning işi tezkor. Muxbirlikning yöli qaltis. Şuning uçun muxbirlik qilib, ijod bilan şuğullanganning şaxsi kuçli, irodasi mustahkam, u eʼtiqodli, eng zarur qadriyatlarga suyangan, doim ijodiy izlanişda bölmasa, uning yozganlari öşa kuniyoq eskirib qoladi, ertaga heç kim öqimaydi, özi ham ötkinçi, zamonasoz, faqat qoringa sotilgan fursatlarni boy berib qariydi. Salima Umarova esa, asosan, muxbirlik qilib, nafaqaga çiqdi. U bolalikdan qalam tebratib kelganiga qaramay, söz yöliga boşqalarga qaraganda keçikibroq kirdi, nazarimda bu yöl qismati ekanini öttiz yoş ustida angladi. Badiiy ijod bilan ham astoydil şuğullandi. Şu yoşgaça uning şeʼriy, nasriy, publitsistik, adabiy mulohazalardan iborat yigirmaga yaqin kitoblari naşr etilgan. Qölimizda, mana, uning 1700 sahifadan iborat tört jilddan iborat “Saylanma”si. Bu salmoqli “Saylanma” esa faqat badiiy ijod bilan şuğullangan hamma yozuvçiga ham nasib etavermaydi. Kitoblar bilan tanişar ekanman, Umarova ijodidan bir qadar xabardor öquvçi sifatida, ularda muallifning eng sara şeʼriy, nasriy, publitsistik asarlari örin olganiga amin böldim. Ijodkor jildliklarning har biriga janri va xarakteridan kelib çiqib, alohida nom bergan. “Yurakning ranglari” deb atalgan birinçi jilddan Salima opaning uç yuzga yaqin lirik va maʼrifiy şeʼrlari, “Vasl yöli yoxud Salavot soğinçi” deb atalgan kölvor bir dostoni örin olgan.

“Bir qatim nur” deya nomlangan ikkinçi jildda adibaning nasriy izlanişlarining eng muvaffaqiyatlilari öz örnini topgan. Bir qissa, ön töqqiz hikoya, önga yaqin badia, qator-qator qatra va soçmalarda istibdoddan istiqlolga yetgan eldoşlarimizning taqdiridagi evrilişlar özining badiiy inʼikosini topganki, buni faqat isteʼdodli adibgina eplaydi. Adibning yozuvçidan farqi böladi. Uning asarlaridagi tasvir, uning ortidagi imdod, xulosa öquvçini tarbiyalaydi. Adiba Umarovaning uşbu ikkinçi jildga kirgan ön bir saboqdan iborat “Mening kelinçak qizim”, yana ön bir saboqda ifodalangan “Nabiramga ögitlar” maʼrifiy esselarida nasriy joziba qatorida hayotdan olingan haqiqatlar öğil-qizlarimizni katta hayotga tarbiyalaşda kamarbastaligi bilan izlab mutolaa qilişga arzigulikdir.

“Qalbimdagi işqim — iymonim” deb atalgan publitsistik asarlari örin olgan uçinçi jild mutolaasidan keyin Salima Umarova ijodining eng mukammal qismi jurnalistikaning barça janrlarida yaratgan betakror va dolzarb maqolalari ekan, degan fikrga keldim. Ularda Umarova Vatanni sevuvçi badihagöy, obraz yaratar ijodkor, jurʼatli jurnalist, elning eʼtirofli farzandlarini suhbatga tortar suhbatdoş, eng muhimi, dunyoqaraşi yuksak, aytadigan sözi bor, tafakkuri keng va jurʼatli publitsist sifatida öquvçi qalbini zabt etadi.

Salima Umarova köp qirrali ijodkor sifatida doimo izlanişda. Uning ijodda ham bu darajaga erişganining siri — u dunyo adabiyoti, xususan, özbek adabiyotining darğalari ijodini sinçiklab örganadi, adabiy jarayondagi özgarişlarni hamişa kuzatib boradi. Mutolaadan qoçmaydi. Bundan ham muhimi, mutolaadan olgan taassurotlarini, özining adabiy mulohazalarini aytişdan çöçimaydi. Bahramandligini boşqalarga ilinişni sevadi. Mazkur “Saylanma”ning “Sadoqat sohili” deb nomlangan törtinçi jildi “Adabiy mamlakatlarga safarlar” bölimida uning ana şunday 58 nomdagi eng sara adabiy-tanqidiy maqolalari joylaştirilgan. Bu maqolalarda Abdulla Oripov, Oydin Hojiyeva, Halima Xudoyberdiyeva kabi xalqimizning ardoqli ijodkorlari ijodidan olgan saboq va hayratlaridan tortib, bugun adabiyotga guras-guras bölib kirib kelayotgan yoş qalamkaşlarning yozganlariga berilgan baholar bir adabiyotşunos, siyratşunosning talqinlaridan kam emas. Boşqa “Saylanma”lardan farqli ölaroq, uşbu jildda Salima Umarova şaxsi, uning şeʼriyati, nasri va publitsistikasiga berilgan baholar, mulohaza va umidvorliklardan iborat oltmişga yaqin taniqli adib va adabiyotşunoslar, qalam ahlining fikri “Qatʼiyat burjlari” bölimida jamlanganki, bular bir ijodkorni şaxs va sanʼatkor sifatida yaxlit tasavvur qilişga öquvçiga kömaklaşişi şubhasiz.

Men taniqli şoira va adiba, faxriy jurnalist, Özbekiston Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmalari aʼzosi, davlatimizning “Şuhrat” medali va “Mehnat şuhrati” ordeni kabi mukofotlari sohibasi, hoji ona Salima opa Umarovani qutluğ yoş, gözal va salmoqli “Saylanma” kitoblari bilan tabriklayman.

Qadrli Salima opa Umarova!

Mardona yaşaş saodati Sizni heç qaçon tark etmasin!

Vafo FAYZULLOH

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan