Eng bebaho, nozik va qudratli tuyğu
U Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirganida 21 yoşda edi. Şunçaki öqimadi, astoydil öqidi. Milliy adabiyot muxlisi edi, mumtoz adabiyotga sidqidildan köngil qöydi, jahon adabiyotiga ixlosi baland edi. Xotirasi kuçli edi, qaysi davraga kirmasin, öşa davra ruhi-kayfiyatiga mos tuşadigan şeʼrlarni goh özbek, goh fors-tojik, goh rus tilida yor-döstlari hoyhoylab yengidan tortib qolmagunlariça yod öqişdan çarçamasdi. Yanada muhimi, tahliliy tafakkurga moyilligi bilan ajralib turardi. “Habibulla Temirov” desa, ustozlaru talabalar orasida uni tanimagan kişi yöq edi. Undagi nodir qobiliyatni payqagan akademik Vohid Abdullo, Botir Valixöjayev, Nuriddin Şukurov, Saydulla Mirzayev kabi atoqli professor olimlar bir ovozdan yoş mutaxassisga ilm yölini tanlaşni maslahat berişdi.
U zamonlar aspirantura deganlari ançagina arzanda dargoh hisoblanar, şu bois bu ilmiy “bekat”da unça-munça iqtidor egasiga hadeganda joy topilavermasdi.
— Qanday bölmasin, sen ilm bilan şuğullanişing, tez orada nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilişing kerak. Afsus, piça kutişingga töğri keladi, — dedi boş çayqab, fakultet dekani Nuriddin Şukurov. — Vaqtinça viloyat gazetasida işlab turgin, bu yoqda joy oçildi degunça seni çaqirib olamiz. Uqdingmi?
U gapni köpaytirmadi, “Uqdim”, dedi-yu, eşikka yönaldi.
— Töxta! — dedi ustoz muhim gapni aytişni unutgandek. — Beri kel.
Habibulla iziga qaytdi.
— Bir gap quloğingdan çiqmasin, gazeta redaksiyasining jununi-jozibasi böladi. Tağin jurnalistlikka qiziqib ketib, ilmni unutib yubormagin-a!
Domla bu gapni bejiz aytmadi, zero, u köp yillar viloyatning boş gazetasi tahririyatida boş muharrirlik qilgan, yaʼni jurnalistning “qattiq” nonidan bahra olgan va yaqindagina oliy taʼlim dargohiga qaytgandi.
Habibulla jurnalistika dunyosidagi faoliyatini korrektorlikdan boşladi. Biroq musahhihlik faoliyati bir haftaga ham bormadi — boş muharrir u bilan ikki-uç oğiz suhbatlaşgaç, yozgan, bosmaga tayyorlagan maqolalarini körib-tanişdi-yu, yangi xodimni masʼul bölimning ijodiy xodimligiga munosib kördi.
Oradan bir qişu bir yoz ötdi. Kunlarning birida dekan Nuriddin Şukurov şoşilinç sim qoqdi.
— Oyoğingni qölingga olib ğizilla! — dedi. — Tabriklayman, aspiranturada joy oçildi!
Habibulla özi tahririyatda bölsa-da, köngli universitetda edi, xuşxabarni eşitdi-yu, tahririyat rahbari huzuriga kirdi. Şunday-şunday, deb bor voqeani, söng diliga tugib yurgan niyatini tuşuntirdi: “Ruxsat bersangiz, men…”
— Qayoqqa? Qanday ruxsat?! — dedi boş muharrir közoynagini qöliga olarkan, qizarib-qorayib. — Heç qanaqa aspiranturani bilmayman, sen jurnalistsan, tuşunyapsanmi, jurnalist-t! Hamma şaroitingni muhayyo qilib beraman — maoş, uy-joy, maşina! Özim uylantirib, töyingga boş-qoş bölaman! Yana nima kerak senga? Qaysi redaktor sendaqa xodimini indamay qöyib yuboradi?! Bor, ijodingni qil, birga işlaymiz!
Ana, xolos! Habibulla hang-mang bölib qoldi. Bu yoği neça puldan tuşdi?! Töğri, redaktorning mehri baland, u yozgan har bir maqolani sinçiklab, zavq bilan öqiydi, xuddi özi yozgandek akalarça şodlanadi, yelkasiga qoqadi, tahririyat yiğilişlarida taʼrifini oşirib-toşirib alqaydi. Kasbiga ğoyatda fidoyi, sadoqatli rahbar sifatida qölida qalami bölgan xodimlarni yeru kökka işonmaydi. Biroq endi nima qiladi? Yoki qayta boşdan yotiği bilan tuşuntirsa… E, ha-a-a, bunday paytlarda bu insonga gap uqtirib böladimi, köndirib böladimi?! Axir u inson, kimsan, Ahmadjon Muxtorov bölsa!..
* * *
Mana, oradan qariyb yarim asr ötdi, Habibulla Temirov “Zarafşon” (u paytlar “Lenin yöli”)da unib-ösib, boş muharrir darajasigaça yetdi, qisqa muddat viloyat bosmaxonasini boşqardi, viloyat hokimligining masʼul lavozimida faoliyat yuritdi, lekin qayerda bölmasin, jurnalistikadan bir qadam ham uzoqlaşmadi, buning natijasida “Habib Temur” taxallusi ostida taniqli jurnalist maqomiga kötarildi. Gazeta tahririyatiga nafaqat qöl-oyoği bilan, balki qalban boğlandi, binobarin, hayotining har odimi, har nafasi gazeta dunyosida keçdi. Umrining çorak asrini respublikadagi taniqli naşrlardan biri “Qişloq hayoti” bilan boğladi. Ilmiy-mantiqiy tahlilga moyil tafakkur tarzi gazetaçilikda çunonam asqotdiki!..
Odatda, gazeta jurnalistlari bir neça toifaga bölinadi, kimning qaysi toifaga mansubligidan kelib çiqilsa, nomai aʼmoli ham, ijodiy uslubi ham, hatto inson sifatidagi feʼl-atvori-yu jurnalistika maydonidagi qadam olişigaça kaftga bitilgan xatdek yaqqol közga taşlanadi. Lekin har qanday holatda ham qiyini, murakkabi, nufuzi baland va salmoqdori — tahliliy jurnalistika bölib qolaveradi.
Jurnalistika sohasining yana bir şarofati, hikmati şundaki, qalami ötkir jurnalist özi yaşab turgan jamiyatning istalgan jabhasiga boş suqa oladi. Tajriba, zukkolik, huşyorlik, topqirlik va albatta, talqin mahorati bölsa bas. Uning uçun begona soha, begona mavzu bölmaydi. Xususan, Habib Temur singari jurnalistlar tanlangan mavzu-muammolarni inson va inson omili orqali örganadilar. Muammoşunosga emas, insonşunosga aylanadilar. Aslida ham şunday: istaymizmi-istamaymizmi, hayotiy muammolar odamlar tufayli tuğiladi, uning yeçimi borasida odamlar boş qotiradilar, halovatni yöqotadilar. Kalavaning uçi topilişidan, ijobiy natijaga erişişdan kim manfaat köradi? Albatta, oğiri yengil bölgan, yolğon ustidan rost ğalaba qozonganini körgan odamlar!
“Gazeta” nomli möʼjizaning zuvalasi-tabiatiga azal ibtidoda singdirib yuborilgan ayni şu xil hojatbarorlik, haqsevarlik ortidan u xalqning, keng ommaning mehrini, hurmatini, işonçini qozongan. Hamişa, har yerda şunday bölgan. Şuning ortidan u “Ommaviy axborot vositalari” nomli dunyoning karvonboşisi degan şarafli martabaga sazovor bölgan, uşbu oliy martabani asrab qoliş yölida kuraş olib borgan.
* * *
Habib Temur köplab tanqidiy-tahliliy, muşohadali, munozarali maqolalar yozdi. Keng ommaning dil tubida, til uçida bölgan dolzarb mavzularda qalam tebratdi. “Lenin yöli”, söngra “Zarafşon”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Qişloq hayoti”, “Milliy tiklaniş”, “Nur”, “Xalq sözi” gazetalari va jurnallarda, internet naşrlarida çop etilgan sahifa-sahifa va davomli maqolalarida… ularni bir boşdan taʼrif-tavsifga kirişib ketilsa, gap tugamasligi tabiiy. Lekin közi tiyrak-köngli tiyrak ijodkorimizning qalamiga mansub bir publitsistik asar bor, u haqda muxtasar bölsa-da, töxtalsak, adolatdan böladi, albatta.
Gap şundaki, har qanday milliy matbuotning kun tartibidan tuşmaydigan, ahamiyatini heç qaçon yöqotmaydigan mavzulardan biri — xalqaro şarh hisoblanadi. Bu yönalişda özbek şarhlovçilik maktabi mavjud. Afsuski, mazkur maktab har doim ham bir tekisda, talab darajasida öz vazifasini ado etmoqda deyiş qiyin. Habib Temur dunyo sahnasida keçayotgan voqea-hodisalarga dunyoqaraşi, ilmiy-tarixiy salohiyati, ijodiy diapazoni keng yetuk ziyoli şaxs sifatida yondaşadi. Jarayonlarni Özbekiston farzandi, öğloni, fuqarosi sifatida zarrabin orqali kuzatadi. Raqamlar, körsatkiçlar, iqtiboslarga asoslanib maroq bilan mulohazalarini örtoqlaşadi. Xususan, keyingi paytlar internet sahifalarida köpçilik tomonidan qiziqib öqilgan “Şimol şamollari” essesida sobiq Sovetlar yurti, u yurt tarkibida bölgan milliy respublikalar tarixi, ular örtasidagi munosabatlar miqyosi şu qadar keng va çuqur tahlilga tortilganki, bu asar keng ommaga juda köplab tarixiy haqiqatlarni anglab yetişga, xulosalar çiqarişga, yanada muhimi, vatandoşlarimiz va millatdoşlarimiz milliy va insoniy özligi-nafsoniyati-ğururini, ayniqsa, soğlom vatanparvarlik tuyğusini toblantiriş, şuningdek, tobora qaltis tus olayotgan bugungi xalqaro munosabatlar yuzasidan odilona hamda xolisona ilmiy xulosalar çiqarişga juda-juda yordam beradi. Xususan, esseda muallif “men”i, mustahkam hayotiy pozitsiyasining yaqqol közga taşlanib turişi har qanday öquvçiga qattiq taʼsir körsatmay qöymaydi.
Alohida risola sifatida çop etişga “şay” turgan esse yuqori professional darajada yozilganining tub sababi Habib Temurning şörolar davrining sönggi yillarida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) oliy siyosatşunoslik maktabida tahsil olganiga, u yerda salmoqli ilmiy-siyosiy-maʼrifiy malaka olganiga borib taqalsa ajab emas.
* * *
Habib Temur qaysi mavzuda yozmasin, masalaning tub sababi-özagini odamlar örtasidagi munosabatlardan izlaydi va buni asoslaydi ham. Munosabatlarni örganişga moyillik çuqurlaşgani sayin çigal munosabatlar jarayonida bir-biridan noyob, bir-biridan favqulodda taqdir tafsilotlari yuzaga qalqib çiqadi, yanada ahamiyatlisi, gazeta-jurnal yuzini körgan publitsistik çiqişlar xotiradan öçişi u yoqda tursin, balki ular qayta-qayta murojaat qilişga undagan holatlar eʼtiborni tortadi. Ayni şu örinda buriliş nuqtasi — publitsistik tahlilning badiiy tahlilga köçib ötiş jarayoni kuzatiladi.
Ötgan asrning 80-yillari boşida atoqli adib Şukur Xolmirzayevning samimiy olqişiga sazovor bölgan va “Şarq yulduzi” jurnalida bosilgan “Aka-ukalar” nomli hikoyasidan tuğilgan badiiy zavq oradan ötgan yillar mobaynida yangidan-yangi yaratilgan hikoyalarda, qissalarda davom etdi. Bu asarlarning deyarli barçasida jurnalistika dunyosida orttirilgan tajriba, hayotiy voqea-hodisalar, jumladan, taqdirlaru qismatlar tasvirga tortilgan.
“Qora qasr asirasi” qissasining qahramoni Subut Sokin — muxbir. Tahririyat tomonidan berilgan topşiriqni ado etiş asnosida u mutlaqo özi kutmagan-istamagan vaziyatlarga tuşadi. Şaxsiy-oilaviy hayoti özi xizmat yuzasidan örganişga jazm etgan qahramonlar hayoti bilan çatişib ketadi. “Maqolaga maʼlumot töplaş asnosida u köz körib-quloq eşitmagan hodisalarga duç kela boşlaydi”. “Har qanday qalamkaş, — deb könglidan keçiradi Subut Sokin bir örinda, — u xoh katta yozuvçi, xoh oddiy gazetaning oddiy muxbiri bölsin, ruhiy tahlilga va maʼlum darajada öz-özini tahlil etişga moyil böladi”.
Mazkur taʼrif nafaqat asar qahramoni Subut Sokinning, şu bilan bir vaqtda asar muallifi Habib Temurning ijodiy kredosini belgilab beradi. Zero, u bir qator mumtoz Ğarb adabiyoti siymolari va asarlarida mahorat unsuri hisoblangan yöldan boradi — murakkab taqdir egalarini oqlaş yoki qoralaşga berilmaydi, balki ularni tuşunişga, anglab yetişga — ruhiyat dunyosini kaşf etişga harakat qiladi.
* * *
“Xiyobondagi odam” qissasi 80-yillarning örtalarida “Yoşlik” jurnalida çop etilgan, öz vaqtida turli bahs-munozaralar uyğotgan edi. Asar qahramoni Suhrob nihoyatda öy odami (şu maʼnoda qissa “Öy odami” deb nomlansa ham xato bölmaydi). Öy odami bölganda ham, butun oilaviy sir-asrorini oçiqçasiga doston qiladi, özining taqdir şamollari va köngil mavjlari örtasida yölini yöqotib qöyganini, borar manzilini topa bilmasligini yaşirmaydi. Lekin şaxs sifatida uning ruhiy botini mustahkam, puxta. “Odamning kuçi yuragida böladi”, deydi u, “Özini yenga olmagan odam birovni yenga olmaydi” degan aqida bilan yaşaydi. Şu xislatlari bilan Suhrob yangi, daʼvatkor obraz edi.
“Jurnalistning xatosi” qissasi voqealari ham gazeta tahririyatidan, aniqroği, viloyat gazetasida çop etilgan voqeiy hikoyadan boşlanadi.
Hikoya çop etilganiga tört yil bölgan, unda raşk oqibatida sodir etilgan qotillik haqida söz yuritilgan, yaʼni jinoyatga yaraşa hukm öqilgan, vassalom. Biroq… boş muharrir tahririyatga kelgan yangi xatni huquq bölimi xodimiga beradi va unga öşa voqea tafsilotini qaytadan sinçiklab örganişni topşiradi.
Muxbir işga kirişadi. Voqealar şu qadar çigal tus oladiki, azbaroyi muxbir tergovçiga aylanadi. Axir kimlarningdir “razilligi tufayli bir begunoh odam öldi. Bir gunohsiz odam qamalib ketdi. Bir muştipar ayol qon yiğlab qoldi. Sarson-sargardon böldi. Yana bir oila barham topib ketdi”.
Demak, masala nihoyatda çuqur, uni foş etişda qilni qirq yoriş ozlik qiladi.
Ana şu maşaqqatli vazifa bilan şuğullanişni jurnalist öz zimmasiga oladi. U tergovçi bilan hamkorlikda, bamaslahat iş köradi. Tergovçi jurnalistning irodasiga, sinçkovligiga tasanno öqiydi: “Axir “jurnalist suriştiruvi” tergovdan ham çuqurroq bölişi kerak” deb yuboradi.
Örni kelganda aytadigan bölsak, “Jurnalist tekşiruvi” janr sifatida şu qadar qudratliki, uning imkoniyatlari şu qadar kattaki, gazetani gazeta qilişda, umuman, matbuotning nufuzini, salmoğini oşirişda boşqa heç bir janr unga tenglaşolmaydi. “Jurnalistning xatosi” qissasida bu haqiqat har jihatdan öz isbotini topgan.
Habib Temurning qalamiga mansub boşqa asarlarda, çunonçi “Makrmi yo muhabbat”, ““Qiyomatdan bir kun oldin” qissalari, “Generalning bevasi”, “Quyoş botayotgan payt” romanlarida “Jurnalistning xatosi”da bölgani kabi voqealar haddan taşqari çigallaşib ketgandek tuyuladi. Baʼzan kitobxon kalavaning uçini yöqotib qöyadi. Sinçiklab razm solinsa, bu adibning hayotiy qaraşlariga, inson haqidagi tasavvuri-konsepsiyasiga borib taqalgani körinadi.
* * *
Yozuvçi Habib Temurning nazar-nigohida hayotda oddiy inson yöq, balki eng oddiy, jaydari, jön tuyulgan odam ham öziça bir dunyo, unga astoydil eʼtibor qaratilsa, alohida bir asarga, çunonçi, romanda tasvirlaşga arzigulik voqealar topiladi. Habib Temurning nazarida har bir odam — alohida bir sarguzaşt. Şu maʼnoda ham adib uçun yomon yoki nokerak odam yöq, aksinça, inson zoti borki, qadrlanmoği darkor. Qadrlab-avaylab-eʼzozlab örganilsa, ehhe-ye, istagança… sarguzaşt topiladi. Şunçaki sarguzaşt emas, biri-biridan murakkab sarguzaşt! Ana şu örinda Habib Temurning adib sifatidagi öziga xosligining markaziy tuguni köz öngimizda namoyon böladi. Bu — insoniylik qadr-qimmati, inson hayotining sarguzaştlarga tölib-toşgani va odamlar orasidagi munosabatlarning nozikligi, qaltisligi va murakkabligi. Mazkur uç tugundan yaxlit katta bir tugun paydo böladi, yozuvçining barça asarlarida voqealar, sarguzaştlar, taqdirlar uşbu tugun doirasida gavdalanadi. Yozuvçi yaxşini yaxşi demaydi, yomonni yomon ham demaydi, xulosani mulohazakor, muşohadasevar kitobxon ixtiyorida qoldiradi.
* * *
Qiziq misolga urğu beriş örni keldi.
Adib asarlarida bayon davom etib keladi-da, kutilmaganda “Ammo…” bilan uziladi. Tafsilot, munosabat munozara tusini oladi. Sabab?.. Bu tasodif yoki bejiz emas, adibning inson va ijodkor inson sifatidagi nuqtai nazari, falsafasidan dalolat beruvçi kiçik, ammo muhim badiiy detal. Zero, bot-bot takrorlanadigan “Ammo…” kitobxonni birga fikrlaşga çorlaydi, ularga mulohaza hurligini baxş etadi.
* * *
Habib Temur ijodining yana bir yönalişi — satira. “Muştum”ning deyarli har sonida uning hajviy hikoyasi bosiladi. Hajviyalarni öqigan jurnalxon muallifning nihoyatda puxta va ziyrak kuzatuvçan va ayniqsa, nazar-nigohi ignadek, nayzaning uçidek ötkir va keskir ekanligini darhol payqaydi. Heç narsa uning nazaridan çetda qolmaydi. Unça-munça odam eʼtibor ham qilavermaydigan holatlar mohiyatidagi kulgili manzaralarni köra biladi. Öşa manzaralar ifodasiga yaraşa tili tagdor, kinoyaviy-istehzoli — öquvçining köz oldiga keltirib öxşatib tasvirlaydi. Hajviya yoziş taomildan çiqayozgan hozirgi paytda, Habib Temurning naq 70 dan ortiq hajviyani öz içiga olgan töplami “Mana, kulgi şinavandalari, marhamat, miriqib öqinglar!” deya çop etilişga şay turgani hazil gap emas!
Tasavvur qilaylik, 70 dan ortiq hajviy hikoyadan taşkil topgan satirik panorama! Unda aynan bugungi turmuşimizdan olingan yo real voqelik, yo ruhiy-psixologik holat, yoki grotesk — hangoma yösinida tasvirlangan. Oramizdagi ayrim nusxalarning kirdikorlari, pinhona aft-başarasi, psixologik maʼnaviyatining (aniqroği, maʼnaviyatsizligining!) suratlari. Favqulodda topilma syujetlarga yaraşa xarakterlar yaratilgan. “Amerikalik” oqsoqol”, “Poraxörlikka ruxsat”, “Hiylayi qonuniy”, “Qoidani buzing”, “Reklama”, “Hujjat bormi?”, “Super mahalla”, “Hazilning tagi zil”, “Turmaga tuşolmagan tanbal”, hokazo va hokazo. Illo, Habib Temur hazillari, kinoyalari, mutoyibalari yengil yoki şunçaki kulgi uçun emas, uning zamirida jamiyatimizda davom etayotgan hayotbaxş özgarişlarga befarq bölmagan kuyunçak adibning dardi, iztirobi, afsusu nadomatlari körinib turadi, nolayu fiğoni quloğingizga çalinadi. Hajviyalarni öqigan öquvçi… jiddiy tortadi. Kulgi va iztirob qorişiq kelgan joyda esa, tabiiy, heç bir kitobxon befarq, loqayd qolmaydi.
* * *
Hayotning bir qutbini erkak, ikkinçi qutbini esa ayol işğol etgan. Inson umrining mazmuni, jozibasi, şukuhi-yu… zalolati butun murakkabligi bilan ana şu ikki qutb sohib va sohibalari örtasidagi munosabatlarda voqelikka aylanadi. Habib Temur qalamiga mansub asarlarning markaziy öqi-umurtqasini mazkur VOQELIK taşkil etadi. Ayolning kimligi uning erkakka, erkakning kimligi uning ayolga bölgan munosabatida sinovdan ötadi. Bejiz emas bu. Zero, Habib Temur işqiy munosabatlaru közga taşlanmas mayllarni odamlar hayoti, taqdiri va kundalik amalining markazi, özagi deb hisoblaydi. Mezonni şunda köradi. Qayta-qayta ayni şu mezonga murojaat etadi. Adibning önga yaqin qissalarida tasvir markaziga köçgan işq-muhabbat yönalişi “Generalning bevasi” romanida butun murakkabligi, nozik qirralari bilan kitobxon diqqatiga taqdim etiladi. Yozuvçi bu munosabatni eng nozik sahnalarigaça tasvirlaş joiz va zarur deb hisoblaydi, örni kelganda, saqlanmoği kerak bölgan örtadagi harir pardaning ham bahridan ötadi. Bunda adib zamonamiz yoşlaridan yaşiradigan sir-sinoat qolmadi, ayniqsa, jinsiy baloğat borasidagi mavjud haqiqatlarning eng aççiq-ayanç körinişlariga ham ular ruhan tayyor turmoqliklari zarur degan aqidadan kelib çiqadi. Muhabbatni tuyğular içra eng bebaho, eng qudratli, eng nozik va eng… ilohiy tuyğu deb hisoblaydi, bu tuyğu inson qalbini ozodlik naşidasidan va itoat sururidan bahramand etadi, tozartiradi deb biladi. Adib yaratgan murakkab taqdirli ayol obrazlar, avvalo, or-nomus, ibo-iffat, bokiralik-poklik oldida masʼuliyatli, javobgar ekanliklari bilan sinov çiğiriğidan ötadilar.
Habib Temur adib sifatida hayotiy mavzuni badiiy talqin etar ekan, uning qalami uçun uşbu aqida ijodiy kuç-quvvat, ilhom va pafos çaşmasi vazifasini ötaydi. Nazarimda, zamonaviy milliy adabiyotimizda boşqa heç bir adibimizda uçramagan jurʼatga qöl uradi. Şu nuqtai nazardan Muşfiqaxonim, Hakimaxon va bu ikki baxtsiz ayol tegrasida girdikapalak bölgan “oqu qora” sifatli erkaklarning hammasi ham silliqqina razolat yölini tanlamagani, mana şunday insonlar ham (xoh ayol, xoh erkak bölsin!) iffat, or-nomus va iztirob uqubatlarini boşdan keçirganliklari bilan kitobxonni oğir, ehtimol, iştibohlarga tölib-toşgan öylarga toldiradi. “Odamning çinakam baxti — uning yuragida muhabbat paydo bölgan kundan boşlanadi” deydi roman qahramonlaridan biri. Biroq “Işq jununi xavfli narsa. Odamni telba qilib qöyişi mumkin” degan betakror haqiqatlarni yodga soluvçi taʼkidlar keladi asarning boşqa bir örnida.
Nima bölgan taqdirda ham, nafaqat uşbu romanda, balki Habib Temurning boşqa asarlarida ham hayot haqiqatiga tik qaraş borasida katta badiiy jurʼat jilvalanib turadi.
…Habib Temurni bugungi muborak va qutluğ yoşda ham jöşqin publitsist va jilvakor adib sifatidagi, katta ziyoli sifatidagi jöşqinlik, salohiyat aslo tark etmasin.
Xurşid DÖSTMUHAMMAD,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
