Gapni özimdan boşlasam…

Erkin AʼZAM,

Özbekiston xalq yozuvçisi

Rahmatli bibim “Asad oyida, ayni qovun pişi­ğida tuğilgansan” deb gapirardilar. Onamning eslaşlariça, poda qaytar mahali dunyoga kelgan ekanman. Qarang, ilmda şuning ham ahamiyati bor – kunning qay payti dunyoga kelişi keyinçalik insonning feʼl-atvori, taqdiriga taʼsir etar emiş. Bölsa bordir, peşona. Qaçon, qay mahal yoki qayerda tuğiliş odamzodning qölida emas. Lekin mening poda qaytar mahali tavallud topganim aniq – buni meni dunyoga keltirgan zot aytgan.

Bu voqea 1950 yilning 10 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida sodir bölgan. Men bundan aslo puşaymon emasman: tuğilgan sanamdan ham, köz oçgan joyimdan ham. Dunyoning Toşkent yoki, deylik, Parij degan manzillarida tuğilmoqni havas qilmaganman, buning iloji ham yöq…

Men gödaklik çoğimda otam Termizdagi pedtexnikumni bitirib, maktabda muallim bölganlar. Esimni tanigaç, baʼzilar u kişiga “domla, domla” deb murojaat qilganida dastlab taajjublanganim şundan. Çunki otam keyinçalik Toşkentda öqib, tuman miqyosidagi katta-kiçik lavozimlarda xizmat qildilar. Boysunning boobrö odamlaridan hisoblanib, keksalikda özlari oqsoqollik qilgan yirik bir mahalla hozir u kişining nomi bilan yuritiladi.

Asli muallimlikdan çiqqan emasmi, otamiz kitobga rosa öç edilar. Turli xöjalik va quriliş taşkilotlarida işlagan kezlarida ham kitobxonlikni kanda qilmagan, işdan keç qaytib, yana tungi soat bir-ikkilargaça qöllarida qalam, mutolaa bilan maşğul bölar edilar. Buni taʼkidlaşimning sababi – odatda, bunday sohalarga daxldor köpçilik, ayniqsa, rahbarlik lavozimlariga ötgaç, kitob-pitobni unutib yuboradi.

Biz, ön bir farzand, ana şunday muhitda tarbiya topganmiz. Özim kitobxonlikni boşlaganimda oilaviy kutubxonamizda “Xamsa”dan tortib “Tom Soyerning boşidan keçirganlari”gaça bor edi. Taʼbir joiz körilsa, xonadondagi maʼrifiy musobaqa tufayli, aka-uka va opa-singillar bari maktabda ham, oliy öquv yurtlarida ham doim peşqadamlar qatorida böldi.

Onamiz maktab körmagan, lekin köp dono ayol. Maqol-matalsiz gapirmaydilar. Bularning aksariyatini özlari töqiganlariga şubham yöq. “Mening akademik enam” deb hazillaşib qöyaman gohida. Kattakon rözğorning asosiy taşvişi, “musofir öğillar” – bizni har soat duo qiliş, alqaşdan tortib, bir karvon nevara-çevaraning erkaligu injiqliklari hali-hamon kampir onamizning zimmasida.

Men maktabda yaxşi öqiganman. Hamma fandan ilğor bölişga intilardim. Ammo ölgudek taʼsirçan, xayolparast ham xiyla aks – qaysar edim. Özimça zör adolatparast edim. Kitob, kitobxonlikdan boşqa maşğulotlardan qoçganim rost.

Garçi, taxminan törtinçi-beşinçi sinflardan şeʼru hikoya yoza boşlagan, şu niyat köngilga qattiq örnaşgan bölsa-da, xayolimda uçuvçi ham bölib kördim, toğu toş kezadigan geologlikka ham qiziqib yurdim. Qani, ham yozuvçi bölsamu ham uçuvçiyu geolog bölsam! Bolalik orzulari-da. Musiqayu drama sanʼatiga ham iştiyoqim zör edi. Örgamçik dramalar yozib maktab sahnasida namoyiş etganlarim esimda. Öjarligimdanmi, köp pand ham yeganman.

Öqiymiz deb Toşkentga keldik: Usmon Azim, Muhammad Rahmon, Nodir Normat va men. Saraton, törtovimizning ham soçimiz tap-taqir qirilgan, universitet oldidagi maysazor xiyobonda uzala tuşib kiriş imtihonlariga tayyorlanamiz. Törtovimiz ham matbuotda unça-munça körinib qolganmiz, şoirlikka daʼvogarmiz, “şoirlik”ka kirmoqçimiz. Usmon ikkalamiz Beş­oğoçdagi ijara uyimizdan şu yergaça qöl uşlaşib kelamiz: tramvay-pramvayga çiqsak, boşqa yoqqa opqoçib ketişi mumkin! Yölni durust bilmaymiz-da.

Universitetda öqigan yillarim men köpçilikka aralaşavermasdim. Bir yoqlarda ijarada turar, özim bilan özim, tunu kun qissa va hikoya maşq qilar, ammo xuddi nozik bir sirim foş bölib qoladigandek, ularni heç kimga körsatmas edim.

1972 yili jurnalistika fakultetini bitirib, respublika radiosida işlay boşladim. Avval ozroq muddat “Vatandoş” tahririyatida diktorlik qildim, keyin adabiy-dramatik eşittiriş­lar bölimida muharrir böldim. Bu tahririyatda adabiy hayot rosa qizğin edi, yozilgan har bir yangi şeʼr yo hikoya dastlab şu yerga kelardi.

1974 yili biryöla ikki jurnalda – “Guliston” va “Şarq yulduzi”da turkum hikoyalarim eʼlon qilindi. Öşa davrlarda bu hol katta gap edi. Birdan yozuvçi böldim-qoldim. Tahririyatlar mendan hikoya söragan, naşriyotlar kitobimni çiqarişga işqiboz!

Maşhur “Guliston”da çiqqan “Şahardan odam keldi” hikoyam sababmi, meni jurnalga işga oldilar. Bu ham hazilakam gap emas edi. Unutilmas ustoz Asqad Muxtor panohida beş yil şu dargohda işladim, unça-munça narsaga aqlim yetadigan bölib qoldi.

Bu orada – 1977 yili “Çiroqlar öçmagan keça” nomli ilk hikoyalar töplamim naşr etildi. Öşa yili yozilgan “Otoyining tuğilgan yili” degan qissam keyinroq “Guliston”da bosilib, bozorim yanada çaqqon bölib ketdi. Şu nomdagi kitobim uçun (1981 yil) yoşlar mukofotining sovrindori ham böldim.

1981 yil “Yoşlik” jurnali taşkil etilib, bir muddat unda nasr bölimini boşqardim. Undan keyin Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotda kattakon bir tahririyatga mudir bölib ötib, yetti yil şu yerda yurdim. Muharrirlikdan ortib unça-munça kitob ham yozdim: “Olam yam-yaşil”, “Javob”, “Bayramdan boşqa kunlar”, “Pakananing oşiq köngli”, “Mir v svetax” (rus tilida) va hokazo. Köp narsalarim çet tillarga tarjima qilindi, ayrimlari (hammualliflikda) kitob sifatida naşr etildi. Çunonçi, 1991 yili çex tilida çiqqan “Şayxlar va jononlar” kitobimizni uç şerikdan heç birimiz körmagan bölsak kerak…

1991 yilda Özbekiston Milliy axborot mah­kamasiga işga tayinlandim. Bu yerda köp narsani yangilaş, yangi zamon talabiga moslaş zarur edi. Şunga ham uluşim qöşildi, şekilli.

1994 yildan buyon “Tafakkur” jurnaliga boş muharrirman. Jurnalni taşkil etişdan tortib, uni yölga qöyişgaça köp mehnat, köp vaqt sarf böldi. Ammo bu saʼy-harakatlar bekor ketmadi – “Tafakkur” matbuot olamida öz örnini topdi. Jurnalda ötgan umrimdan puşaymon emas­man, xijolat ham emasman.

Keyingi yillarda kino sanʼatiga qiziqib, şu soha ijodkorlari bilan hamkorlikda bir neça badiiy film ham yaratildi. Har holda, kam bölmadik, aksariyati xalqaro sovrinlarga loyiq körilganiga nima deysiz!

Işimizning bu yoği barakaliroq bölgan körinadi. Ötgan ön yillikda bir talay kitob, sahna va ekran asarlari dunyoga keldi. Ularning ayrimlari xorijda, ingliz va fransuz tillarida kitob bölib çiqqani özi bir kitob!

Uşbu bitiklar tarjimai hol emas, şunçaki yöl-yölakay qaydlar, siyrak çizgilar, xolos. Tarjimai hol – rasmiy hujjat. Unda köpinça raqamlar ustunlik qiladi. Yozuvçining çinakam tarjimai holi esa uning asarlarida aks etadi. Unça-munçasi yozildi, nasib etsa, yana davomi bölar.

Yozuvçi mardum “özidan ortganda”, könglidagini oşiğiç izhor etiş ehtiyoji paydo bölganda publitsistikaga qöl uradi. Uşbu kitobga, asosan, gazeta-jurnallarda bosilgan maqola va suhbatlar jamlandi. Nari-beri qirq yillik adabiy xizmat asnosida unça-munçasi töplanib qolgan ekan. Saralaş çoğida, tabiiyki, kundalik matbuot nafasi gupurib turganlaridan voz keçilib, bugungi muammolarga eşroq tuyulgan matnlar ajratib olindi.

Muallif

Erkinlikning şarti

Özbekistonda matbuot erkin emas, unga har turli taz­yiqlar mavjud, degan gapni köp eşitamiz. Bu haqda çet ellarda gapiriladi, özimizda ötkaziladigan xalqaro anjumanlarda aytiladi, ajnabiy muxbirlar bilan böladigan anʼanaviy uçraşuvlarda Prezidentimizga ham şu töğrida köp savol beriladi.

Xöş, aslida ahvol qanaqa? Özbek matbuotida erkinlik yöqmi? Nega? Erkinlik degani nima özi?

Matbuot erkinligi xususida gap ketganda, bizga köpinça yuksak taraqqiy etgan, neça ön yillik demo­­kratik tajribaga ega bölgan Amerika Qöşma Ştatlari yoki ilğor Ovrupo mamlakatlari matbuotini misol qilişadi. Bunda negadir bizning keçagina kommunistik istibdoddan qutulib, yangi ijtimoiy va iqtisodiy tuzumga ötganimiz, bu yöldagi murakkabliklar, mavjud nozik siyosiy vaziyat, xalqimizning ijtimoiy-tarixiy anʼanalari, zehniyati, maʼnaviy-maʼrifiy öziga xosligi, ongimizda sobiq tuzumdan meros qolgan asoratlar, boringki, zikr etilgan mamlakatlardagi demokratik tajribalar bizda hali töliq şakllanmagani kabi omillar unça hisobga olinmaydi.

Vaholanki, matbuot erkinligi demokratiyaning asosiy şartlaridan ekani, çinakam demokratik jamiyatda matbuot “törtinçi hokimiyat” hisoblanişi, demokra­tiyasiz, erkin matbuotsiz zamonaviy taraqqiyotga erişib bölmasligi kabi haqiqatlarni biz ham bilamiz.

Keling, avvalo demokratiya haqida, uning öziga xosliklari haqida gaplaşib olaylik. Bizning huquqiy, demokratik, insonparvar jamiyat qurmoqqa ahd qilganimizni hamma biladi. Bu borada erişgan unça-munça yutuqlarimiz ham körgan-bilganlarga ayon. Lekin demok­ratik andozalar masalasida bizning öz fikrimiz bor. Biz – Şarq odamlarimiz, demokratiyaning umum eʼtirof etgan tub qonun-qoidalari borasida yakdil ekanimizni taʼkidlaganimiz holda, unga şarqona nazar bilan qaraş tarafdori ekanimizni ham yaşirmaymiz.

Matbuot erkinligi masalasiga kelganda mening yodimga “oşkoralik” deb atalgan yillardagi manzaralar tuşadi. Öşa yillari özbek matbuoti rostdan ham “gullab-yaşnagan” edi. Gazetalar qölma-qöl bölib ketardi. Öqib ulguriş qiyin edi. Nega? Negaki, mus­taqillik uçun kuraş boşlangan, köp yillik istibdod natijasida jamiyatda töplanib qolgan muammolar yuzaga çiqmoqda, oşkoralik bahona ana şularga nisbatan tanqidiy ruh kuçaygan bir davr edi. Jamiyat soxtagarçilik­lardan, yolğon vaʼdalaru quruq safsatalardan bezgan, çarçagan – rost sözga, dadil sözga ehtiyoj zör edi.

Hozir bu holning salbiy-ijobiy tomonlarini baholab ötirişga hojat yöqdir, ammo oşkoralik bahona, şarqona odob-axloqqa, şarqona nazokatga töğri kelmaydigan köplab noxuşliklar ham sodir etilganini aytmasak bölmas.

Darvoqe, tanqid, tanqidiy ruh dedik. Bu sözlar keçagi tuzumni, kommunistik mafkurani yodga solmaydimi? Tanqid, öz-özini tanqid, soğlom tanqid, nosoğlom tanqid… Lekin hammasi xöjakörsinga! Tanqid – tanqid uçun! Şu kerakmi bizga?

Töğri, odamzod tabiatida şunday bir qusur ham bor­ki, birovning içki hayoti, kirdikorlaridan voqif böl­iş unga goho huzur bağişlaydi – qiziq-da! Ammo bi­rov­ning avra-astarini ağdarib yerga urişdan, şar­man­dasini çiqarişdan jamiyat manfaat köradimi – gap şunda. Qolaversa, biz havas qilayotgan demokratik mam­lakatlardagi matbuot, har qança erkin bölmasin, tanqid bilan kun körmaydi. Uning asosiy vazifasi – mavjud voqelikni dadil aks ettiriş, tahlil qiliş va xolis baholaş. Qani, birovni nohaq qoralab köring-çi, qonun sizni ne köylarga solar ekan! (Bu örinda gap norasmiy oldi-qoçdidan iborat arzongarov matbuot töğrisida ketayotgani yöq, albatta.)

Xöş, özbek matbuotiga nima yetişmaydi? Mamlakat rahbari katta-kiçik yiğinlarda jurnalistlarni hujumkorlikka, şijoatga qayta-qayta daʼvat etganiga, bu borada turli-tuman anjumanlar ötkazilganiyu çora-tadbirlar körilganiga, hatto maxsus taşkilotlar tuzilganiga qaramay, nega matbuotimiz hamon sust, maroqsiz?

Buning sabablari, bizningça, bunday:

  1. Jamoat taşkilotlariga tegişli gazeta-jurnallar, demakki, u yerdagi jurnalistlar ham hali zarur moddiy-iqtisodiy imkoniyatlarga ega emas, hamon muassislarga qaram.
  2. Mustaqil naşrlar zarur huquqiy asosga ega emas, yetarliça şakllanib, oyoqqa turib ulgurmagan.
  3. Rasmiy matbuot hozirça asosan mustaqillikning mohiyatu mağzini, bozor munosabatlarining afzalligini tahlil etiş, tuşuntiriş bilan maşğul. Bugungi ötiş davrida bu – tabiiy hol. Iqtisodiy hayotda – davlat boş islohotçi.
  4. Har bir qalamkaş-jurnalistning vujudida hamon keçagi tuzumdan qolgan hadik – senzor ötiribdi. Çexov taʼbiri bilan aytganda, bu illatni tomçima-tomçi sitib çiqariş lozim böladi.

Aytilgan söz – otilgan öq, degan gap bor. Matbuotning sözi bamisoli ana şunday öq, uni ortga qaytarib bölmaydi. Buni biz yaxşi bilamiz. Har qanday erkinlik­ning şarti – masʼuliyat. Masʼuliyat çiğiriqlaridan ötgan matbuot erkinlik sarhadlarida özini yöqotib qöymas.

 1996 yil

TANQIDDAN MUNÇA QÖRQAMIZ?

Bir tanişim “Özbekça gazetalarni öqiş oson, birpasda közdan keçirib qöyasiz, çunki hammasi maʼlum gap­lar, deyarli yangilik yöq; Moskov matbuotini esa boş­dan-oyoq mutolaa qilib çiqişga majbur bölasiz – hammasi qiziq gaplar!” degan edi.

Moskov matbuotini ideallaştiriş niyatimiz yöq. Heçam ideal emas u. Lekin masalaga real qarasak, biz hozirça matbuotimizni boşqa bir matbuotga soliştiriş imkoniga ega emasmiz, negaki inglizça yo boşqa tildagi naşrlarni öqiy olmaymiz. Xohlaymizmi-yöqmi, bor gap şu – matbuotimiz şöro matbuoti, rus matbuoti taʼsirida şakllangan. Bizda, inqilobdan oldingi jadid maʼrifatçilik matbuotini hisobga olmaganda, boşqa biron tajriba, anʼana yöq desa böladi. Binobarin, matbuotimiz bu borada ham yöl boşida turibdi.

Demokratik matbuot haqida gap ketayotir.

Xöş, matbuotda tanqid kerakmi? Kerak, suv bilan havodek zarur! Quruq maqtov, hamdu sano heç kimni qiziqtirmaydi. Öşa asossiz maqtalayotgan, kötar-kötar qilinayotgan taşkilotu korxona, öşa rahbarning özidan boşqa heç kimni! Deylik, olis Surxondaryodagi olis bir xöjalik yerlariga çigit qadalgani haqidagi jöngina xabar kimga nima yangilik bera oladi? Çigit har yili mavsum kelganda albatta qadalişi kerak, şunday qilinmasa paxta ösmaydi, hosil bölmaydi. Hosil bölmasa – u yoği maʼlum gap. Bu – atigi qişloq xöjalik axborotnomasigagina kirişi mumkin bölgan oddiy maʼlumot. Matbuot xabari esa, öşa olis surxondaryolikkagina emas, umrida dalaga çiqmagan, paxtani körmagan odamga ham qiziqarli, ahamiyatli bölmoği darkor.

U holda, umuman, matbuot faqat tanqid bilan şuğullanişi kerakmi, şunday qilmasa, zerikarli, heç kim öqimaydigan bölib qoladimi? Yöq, aslo unday emas. Matbuotning vazifasi tanqiddangina iborat emas. Matbuot haqqoniy axborot, haqqoniy dalillar negizida, hayotdagi boş ğoyalar, asosiy yönalişlar tahlili vositasida jamoatçilik fikrini şakllantirişga xizmat qilmoği kerak. Bunga esa teran tahlilsiz, goho odamga xuş kelmaydigan, ğaşiga tegadigan, ğazabini ham qözğaydigan nordon tanqidsiz erişib bölmasligi ayon.

Demak, tanqid zarur, matbuot tanqidsiz yaşay olmaydi. Xöş, u qanday tanqid bölişi kerak? Hamma gap ana şunda. Tanqiddan maqsad – tanqid, öç oliş, yer bilan yakson qiliş, badnom etiş emas, haqiqiy manzarani oçib beriş, kamçiliklarni baralla aytiş, işni yaxşilaşga oid yöl-yöriqlar körsatiş, oqilona, foydali xulosalar yasaşdan iborat bölmoği kerak. Tanqid mahv etuvçi, yakson qiluvçi emas, bunyod etuvçi, hayotbaxş omil bölmoği lozim.

Moskov matbuotini öqiganda maroqlanişimiz rost – bu masalada boyagi tanişim haq. Lekin uni öqiganda köng­limizni zulmat, umidsizlik çulğaşi ham haqiqat. Nega bunday? Demak, bizga nuqul “jimjit, olam gulis­ton” matbuot kerak ekan-da? Zinhor unday emas. Unday matbuot jamiyatni karaxtlikka olib keladi, karaxt jamiyatda esa na ijtimoiy, na iqtisodiy taraqqiyot böladi.

Nazarimda, bizni hamon keçagi zamonning anʼanalari, “ötmiş sarqitlari” taʼqib etmoqda. Moskov matbuoti uning “urib yöq qiliş” tamoyilini qurol qilib olgan, biz esa… Xöş, qaysisi maʼqul buning?

Ikkalasi ham maʼqul emas. Maʼquli – meʼyorni saqlamoq, maʼquli – hayot voqeligini aks ettirişda halollik, xolislik mezonlariga amal qilmoq.

Moskov matbuoti tanqidning barbodgar yölini tanlaganini aytdik. Bu yöl bizga keçagi tuzumdan taniş. Bunday tanqid usuli kommunistlarning işongan quroli edi. Ular özlariga yoqmagan, özgaça fikrlovçi, umuman, fikrlovçi qavmdan ana şu yöl bilan – urib yerga kiritib yuboradigan tanqid yöli bilan öç olardi. Ğirrom yöl edi bu, notantilik edi bu. U tanqidning nomlari ham bir talay edi: “örtoqlarça tanqid”, “prinsipial tanqid”, “kommunistik tanqid”, “öz-özini tanqid”…

Tanqidni turlarga ajratib bölmaydi, tanqid xolis, beğaraz bölişi kerak, vassalom!

Moskov matbuoti esa buzğunçi, barbodgar tanqid yölini tanlagani uçun ham jamoatçilikniki – jamiyatniki emas, balki ayrim puldor, sarmoyador zamona zörlarining qöliga ötib ketgan. Berezovskiy, Gusinskiy, Jirinovskiyga öxşagan janoblar, “Gazprom”u “ONEKSIM” bankka öxşagan xalq mulkining baloxör yuholari matbuotni bir-birlariga qarşi qurol qilib işlatyapti. Mana sizga haqgöy matbuotning ahvoli! Bunday vaziyatda halolligu xolislik haqida gap bölişi mumkinmi?!

Sirasini aytganda, tanqid – önğay, oson yöl; tahlil deganlari qiyin. Buning uçun maʼlum malaka, bilim, sabr-bardoş kerak böladi.

Xöş, nega qörqamiz tanqiddan? Bizda matbuot bir töda baloxörning qölida emas-ku!

Biz, huv bir zamonlardagidek, tanqidning ortidan keladigan “orgvыvod”lardan qörqamiz. Biz jamoatçilikning salbiy fikri yoki nafratiga duçor bölişdan emas, köpinça mansabimizdan ajralib qolişdan çöçiymiz. Biz tanqidning noxolis, ğarazli bölişiga örganib qolganmiz – hamma balo şunda!

Gazetasida tanqidiy maqola bosilgan kun boş muharrir yupançdori içib ötiradi. Çunki – har tarafdan tahdid, döq-pöpisa, pastdanu yuqoridan telefonlar. Holbuki, bunday munosabat, yaʼni qönğiroq bölsa, faqat bir taşkilotdan – sud mahkamasidangina bölişi kerak. Ammo bunga hali talay qovun pişiği borga öxşaydi.

Afsuski, özini maqtatiş uçun, raqibidan öç oliş uçun muxbir yollayotgan, hatto tahririyatlarga yugurib öziga dastyor böladigan odamlarni muxbirlikka tayinlatib yurgan rahbarlar, hokimlar bizda ham topiladi. Buning oqibatini izohlab ötirmoqqa hojat yöqdir.

Matbuot bu kabi “mehribon homiy”larga muhtoju har turli sadaqaga zor bölmasligi kerak.

Tahririyatlar faoliyatiga boğliq yana bir-ikki mulohaza.

Boş muharrirlar aytsin: qaysi tahririyatda ştatlar töliq band? Xodimlar köpinça iltimos, hatto xuşomad bilan işlatiladi. Bölmasa, daromadliroq joyga ketib qoladi. Nima köp – gazeta-jurnal köp. Pul topgan, qoğoz topgan ismi korxona bor, gazet yo jurnal oçib olyapti. Bu hol yaxşimi, yomonmi – boşqa masala. Lekin keçagi musahhih – bu yerda boş (Boş!) muharrir; “boş” deyilgani uçun boş harf bilan yoziş ham rasm bölgan. Goho qölida oddiy muharrirning özi yöq, bilmadik, u kimga “boş” ekan?

Baʼzan bir odam bir neça joyda muxbirlik qiladi. Haloli bölsin, ammo bunday xodimdan nimani kutiş mumkin? Bu ham bir muammo.

Matbuotimizni jonlantiriş uçun jurnalistlarni çet ellarda öqitişimiz kerak, deyapmiz. Öqitaylik, ziyon qilmaydi. Biroq ularni öqişga yuborişdan oldin boyagidek muammolarni ham hal qilib olmoq kerak böladi. Negaki, Amerikada öqib kelgan yoşlar ertaga “Xalq sözi” yoki “Özbekiston ovozi”da işlagisi kelmaydi, rek­lamafuruş radiolarga, çet el agentliklarining muxbirligiga, heç bölmasa, televideniyega yuguradi.

Tahririyat tuzilmalarini ham öylab köriş mavridi yetdi. Hamon eskiça tizim! “Öttiz yil muharrirlik qildim, ammo hisobxona qaydayu qoğoz qayoqdan keladi – bilgan emasman”, degan edi bir oqsoqolimiz… Hozir muharrir – zavxoz, taʼminotçi, iqtisodçi – hammasi özi! Bunaqa gazetaning ahvoli öz-özidan maʼlum!

Xöş, matbuotimizni yanada jonlantiriş, zamon talablariga yetkaziş uçun nima qilmoq lozim? Bir emas, bir neça zabardast qonun yaratildi, maxsus fondlar, markazlar işlab turibdi – yana nima kerak? Yana… eriş, kulgili tuyulişi mumkin: ana şu qonunlarga astoydil amal qiliş kerak: biz – jurnalistlar ham, muştariylarimiz ham, xullas, afkor jamoatçilik!

1997 yil

 

“Ertalabki xayollar”

 kitobidan olindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan