Jurnalistika – zahmatli mehnat va tinimsiz izlaniş

Nodir Mahmudovning “Fidoyilik formulasi” kitobini öqib…

Hurmatli Nodirjon!

Sizning mahorat va samimiyat bilan yozilgan maqola va suhbatlaringizni köproq “Yangi Özbekiston” gazetasi sahifalarida öqiyman. Yozganlaringizda yangi özbek jurnalistikasi barq urib turadi. Siz topib yozadigan, izlanuvçan jurnalistlardan birisiz. Yaqinda qölimga “Fidoyilik formulasi” deb nomlangan kitobingiz tuşib qoldi. Kitobni katta qiziqiş bilan öqib çiqdim.

Bizda söz aytiş huquqi köproq adabiyotga berilgan bölsa-da, lekin matbuotning söz qudratiga suyanib, söz aytiş mavqei ham baland. Hamma gap öşa sözni töğri va dadil aytişga boğliq. Nazarimda, xalq dardini, jamiyat oğriqlarini matbuot köp yozadi. Şu bois jurnalist izlanişdan, öqib-örganişdan bir lahza töxtamaydi. U kerakli va hayotiy voqeani, zarur gapni birinçi bölib aytişga intiladi.

Nodirjon, kitobingizni öqib, qalami hamişa uyğoq jurnalistni kördim. Matbuot sahifalarida köp körinmasangiz ham, oz-u soz yozişingizga guvoh böldim. Özingiz tabiatan kamsöz, kamtarin bölganingiz bois yozganlaringizda ham vazminlik va teranlik bor. Fikrlaringiz toş bosadi va jozibador. Jonli voqealar va manzaralarga boyligi bilan öquvçining esida qoladi.

Kamina köproq sanʼat sohasi jurnalistikasida faoliyat yuritganim bois, sizning atoqli teatr arbobi va milliy teatr sanʼatimiz asosçilaridan biri Mannon Uyğur haqidagi maqolangizni katta qiziqiş va maroq bilan öqidim. Sarlavha topilgan: “Sanʼatimiz dağdağasi osmonlarça bor. Bunga Oğa kabi darğalar asos yaratib ketgan”.

Maqolani Mannon Uyğur nomidagi köçaning hozir mavjudmi-yöqligini suriştirişdan boşlaganingiz haqiqiy jurnalistning izlanişlari samarasi bölgan: “Hozir poytaxtimizda Mannon Uyğur nomli bitta katta, bitta tor va bitta berk köçalar mavjud. Bundan taşqari, Şayxontohur tumanida sanʼat arbobi nomi berilgan mahalla ham bor”, deb yozganingiz öquvçiga taskin beradi.

Maqolaning yana bir hayajonli sahifasi boşlanadi: “Uyğur — buyuk sanʼatkorning taxallusi. Haqiqiy ismlari Abdumannon Majidov. U kişi öziga nega bunday taxallus tanlagan? Bu jiddiy savolga javobni Özbekiston Qahramoni, xalq artisti, oğaning haqiqiy şogirdlaridan biri Zikir Muhammadjonovning maqolasidan topasiz. Köp manbalarda taxallusning maʼnosini anglab bölmagaç, Zikir aka şunday yozadilar: “Klassik va boşqa turli xildagi eski luğatlarni varaqlab çiqdik. Nihoyat, 1969 yilda naşr etilgan “Qadimgi turk luğati” kitobining 362-betida “Uyğur” sözining maʼnosi “uyğotiş” deb berilganiga közimiz tuşdi. Boşqaça bölib çiqişi mumkin ham emasdi. Mannon Uyğur çin maʼnoda mazlum millatning uyğotuvçisidir…”

Şuningdek, Zikir Muhammadjonov taniqli teatrşunos Muhsin Qodirov maqolasida Abulğoziy Bahodirxonning “Şajarai turk” asarida uçratgan “uyğur” söziga berilgan izohni ham şarhlaydi va şunday xulosaga keladi: “U özini uyuşqoq, uyuştiruvçi, birlaştiruvçi deb bilgan, sanʼatda uyğur bölişni orzu qilgan edi, şunday böldi, u taxallusini oqladi”.

Söng Özbekiston xalq artisti Mannon Uyğurning qizğin va maşaqqatli ijod yölini ibratli misollar orqali teran oçib bergansiz.

Fidoyi rejissyorning yuksak isteʼdodi tufayli yaratilgan “Otello”, “Gamlet” spektakllarining şuhrati hamon özbek milliy teatr sanʼati tarixida faxr va iftixor bilan tilga olinadi. Maşhur sanʼatkor Şukur Burhonovning maqolangizda keltirgan uşbu yorqin xotiralari ham yuraklarga harorat bağişlaydi: “Garçi teatr ilmiga ega bölmasam-da, yuzlab rollar ijro etdim. Uyğurning qölida öqiganim, uning maktabini ötaganimdan ğururlaniş va xursand bölişdan töxtamayman”.

Maqola söngida uruş yillari şahrimizga mehmon bölib kelgan Angliya parlamenti aʼzosi janob Jonsonning “Teatr kitobi”ga ğurur bilan yozgan uşbu haroratli sözlarini keltirasiz: “Biz — Şekspir Vatanidan kelgan mehmonlar özbek teatri sahnasida “Otello” spektaklini tomoşa qilib, hozirgi zamonda özimizning mamlakatda bu qadar yuksak ijroni körmaganimizdan qoyil qolganimizni mamnuniyat bilan izhor etamiz. Bu ijroni butun dunyo körişi kerak!”

Nodirjon! Sizning uluğ sanʼatkor hayoti va ijodini teran va qiziqarli maʼlumotlar bilan oçib bergan uşbu mazmundor maqolangizni “maʼrifiy oçerk” deb atagan bölardim.

Özbekiston Qahramoni Zikir Muhammadjonovning yorqin va betakror hayoti hamda ijodiga bağişlangan “Buyuklik siri” maqolangizni ham maroq bilan öqib çiqqaç, tarixiy bir voqea yodimga tuşdi. 1995 yili “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi (afsus, bugun şunday gazeta yopilib ketdi! A.J.) öquvçilari bilan Navoiy viloyatida qator ijodiy uçraşuvlar ötkazgan edik. Guruhimizda maşhur sanʼatkor Zikir Muhammadjonov, gazeta boş muharriri Ahmadjon Meliboyev, taniqli olim va tarjimon Ibrohim Ğafurov va kamina bor edik. Öşanda Nurota tumanining Çuya qişloq fuqarolar yiğinida katta uçraşuv bölgan. Esimda, qişloq boğiga kirib boriş yölagida ön beş-yigirmaga yaqin tizilib turgan qariyalar göyo askarlarday qadlarini tik tutib: “Xuş kelibsiz, general Sobir Rahimov!” deb aynan Sobir Rahimov rolini kinoda mahorat bilan ijro etgan Zikir Muhammadjonovni katta hurmat va ehtirom bilan kutib olganlarini hamon hayajon bilan eslayman.

Maqolangizda maşhur aktyor bilan metroda uçraşib qolib, yonma-yon ötiriş va suhbatlaşiş şarafiga muyassar bölganingizni jonli tasvirlagansiz. Va maqolani juda şirali ibora bilan yakunlagansiz: “Uluğ aktyorni kuzatganimizdan keyin döstim aytgan gap hamon esimda: “Juda oddiy odam ekan!”

Ha, buyuklikning siri oddiylikda, deb bejiz aytişmagan”.

Şuningdek, kitobdan maşhur sanʼatkorlar — “Vatandoşlar” jamoat fondining Vasiylik kengaşi raisi, Özbekiston xalq artisti marhum Şerali Jörayev bilan bölgan “Sen agar buğdoy boşoq bölsang, somoningman, Vatan!” nomli suhbatingiz hamda “Yalla” ansambli va uning badiiy rahbari, Özbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga bağişlangan “Şonli yöl zahmati va şuhratli ijod zavqi” deb nomlangan maqolangizni ham kitobxonlar sevib öqişlariga işonamiz.

El sevgan hofiz Şerali Jörayev ijodining yuqori çöqqisi — Vatan mavzusida kuylagan qöşiqlarini mehr bilan sanab ötib, bir örinda şunday ajoyib fikrini bayon etasiz: “Qöşiqlarimdan birida şunday dardli satr bor: “Vatan degan har kas vatanparvarmas”. Şunday ekan, Vatanga bölgan muhabbatimiz, uni yuksaltirişga qaratilgan har bir xatti-harakatimiz mehr, muhabbat, ğurur va iftixorga yöğrilgan bölişi kerak.

Afsonaviy sanʼatkor Botir Zokirovdan söng milliy estrada sanʼatimizni dunyoga maşhur qilib kelayotgan “Yalla” ansambli va Farrux Zokirov nomi xorijda ham sevib tilga olinadi.

Siz maqolani “Mana, xalqimiz öz “Yalla”sini nima uçun yaxşi köradi!” deb yakunlagansiz. Vaholanki, maqolada ansambl va Farrux Zokirov hayoti va ijodidan yorqin, betakror misollarni keltirib, öquvçini işontirgansiz, “yaxşi körişi”ni isbotlab bergansiz.

Nodirjon, özingiz Toşkentda tuğilib-ösganingiz bois, qadim va yangi poytaxt hayotini çuqur bilasiz. Şu bois “Yangilanayotgan eski şahar”, “Uluğ qadriyatlar beşigi”, “Seni bilmaslarga rahmim keladi” deb nomlangan turkum maqolalaringizni öqigan öquvçi keçagi Toşkentning tarixi, bugungi Toşkentda bölayotgan beqiyos özgarişlarga guvoh böladi. Toşkentning betakror manzaralari bilan birga toşkentliklarning bebaho qalblarini ham körib, yanada mehrlari toşadi. Yana bir gapni alohida taʼkidlamoqçiman, Toşkent va toşkentliklar haqida yozilgan maqolalarida muallifning beğubor qalbi namoyon bölib turibdi. Juda topib yozganingizdek: “Hozir bizda davlatimizning “Inson qadri muqaddas” tamoyili asosida olib borayotgan siyosatini qöllab-quvvatlayotgan, unga kömaklaşayotgan jahon hamjamiyatining eʼtibori bor, xayrixohligi bor…”

Nodirjon! Tarixiy, diniy va qadim merosimizga oid maqola va suhbatlaringiz ham qiziqiş bilan öqiladi. Özbekiston FA akademigi Ahmadali Asqarovning “Özbek xalqining kelib çiqiş tarixi” kitobi çop etilgani munosabati bilan “Köhna tarix şodasidagi marjon” nomli suhbatingizni nuqta-verguligaça qiziqib öqidim. Çunki katta şov-şuvlarga sabab bölgan bu kitobni “Özbekiston” NMIUda işlab yurgan kezlarimda ming maşaqqat bilan çop etganimiz yodimga tuşdi. Bölib ötgan maşmaşalarni eslamoqçi emasman. Menga kitob muallifining jasorati, har bir muhokamada yozganlarini dadil isbotlab bergani va “içki” kuraşlarda ğolib çiqqani hayratga solgan. Haqiqiy olim şunday bölişi kerak. Özini ham, yozgan sözini ham ilm bilan himoya qilişini Ahmadali Asqarovdan örganişni istardim. Şu örinda Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning aralaşuvi va bevosita topşiriği bilan uşbu kitob dunyoning bir neça tillariga tarjima qilindi. Ham kitob muallifining, ham uni çop etgan naşriyot jamoasining yuzi yoruğ böldi.

Nodirjon! Sizning Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufni eslab yozgan “Yurakka “kömilar” asl şoirlar” nomli xotira-essengizni hayajonsiz öqib bölmaydi. Maşhur va samimiy şoirga bölgan mehringiz har bir satrda nur soçib turibdi. Siz şeʼr öqib zalni junbişga keltirgan va muxlislar qalbini olqişlarga burkab, yoningizga kelib ötirgan şoirni şunday tasvirlaysiz: “Uzoq termilib qolganimni sezib, Muhammad aka menga qarab, jilmayib köz qisib qöydi”.

Bu taʼrif bilan Muhammad Yusufning söz orqali çiroyli va betakror siymosini mahorat bilan tasvirlagansiz. Qoyil!..

“Qölyozmalar tilga kirganda…” maqolangizda manbaşunoslikning yangi ilmiy maktabi yaratilayotganligini Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti faoliyati va professor-öqituvçilarning fikr-mulohazalari asosida yorqin va işonçli oçib bergansiz. Bu maqolani kiçik tadqiqot deb atagan bölardim.

Yana kitobingizdan örin olgan “Fidoyilik formulasi”, “Maʼnaviyatdan iqtisod qilingan bir söm”, “Muomala madaniyati — inson qalbining közgusi”, “Kitob öğrisi… Öğrimi?”, “Iltimos, saviya bilan yaraşib olinglar!”, “Zanjirlarni uziş fursati” deb nomlanuvçi qator maqolalaringizda yangilanayotgan jamiyatda odamlar hayoti, turmuş tarzi, oila muammolari, maʼnaviyat, tarbiya va insoniy munosabatlar yorqin, jonli va hayotiy misollar, voqealar orqali işonçli, taʼsirçan yoritib berilganligi bilan kitobxon qalbidan örin olişiga işonaman.

Kitob haqidagi fikr-mulohazalarimni muxtasar etib, kitobingiz bilan tabriklab, jonli maqolalaringizdan birining sarlavhasini özingizga nisbat berib aytmoqçiman: “Turma — yugur, tinma — tiriş, bukilma — yuksal”, deb niyat qilaman. “Oddiy odamlarning quvonç va taşvişlari” maqolangiz qahramonlari Hasan va Nuriddin akalaringiz yaxşi niyatlar bilan aytgan sözlarini takrorlab, maktubimga nuqta qöyaman: “Yaşang, uka! Qölni taşlang…”

Aşurali JÖRAYEV,

Özbekiston Respublikasida

xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan