Birovning haqi

yoki harom luqmaning javobi oğir böladi

Bolaligimizda rahmatli otam doim bir gapni quloğimizga quyişdan çarçamasdi. “Birovning haqini yemagin, bolam, oğir gunoh böladi…” Yillar ötib, hayotning pastu balandliklarini körgandan söng, şunday odamlarga duç keldimki, ular birovlarning haqini yemasa turolmas, bu — ularning oddiy hayot tarziga aylanib qolgan edi…

 Birinçi holat. Qişloğimizda Odil degan yigit bölardi. U ançayin çaqqon, muomalali, epçil, rus tilini çala-çulpa bilardi. U bundan 20 yil muqaddam yoş yigitlarni maʼlum haq evaziga Rossiyaga olib borib işlatadigan böldi. Avvaliga mardikorlar işlab topadigan pulning 5 dan birini oladigan Odil bora-bora naq yarmiga köz tikadigan odat çiqardi. Bu ham yetmaganday, ayrim sal böşangroq yigitlarning iş haqini mutlaqo bermay qöydi. Bir kuni şunday mardikorlar Odilning darvozasi oldida janjal kötarganini kördim. Ular halol mehnat bilan topgan iş haqini talab qilişardi. Oxiri, natija çiqmagaç, Odilni qarğaşdi. “Iloyo, bu pullar senga buyurmasin!” Oradan köp vaqt ötmasdan Odil insultga uçrab, tili, oyoq-qöli işlamay qoldi. 2 oydan söng esa bandalikni bajo keltirdi. Yaqinlarining aytişiça, u ölimidan oldin gapirolmay, faqat yiğlagan ekan…

Ikkinçi holat. Tijorat bilan şuğullanadigan işbilarmon ota öğli Anvarni yoşligidanoq tökin hayotga qarab qadam taşlaşga örgatdi. “Hamma vaqt puli köp, çöntagi baquvvat odam yaxşi yaşagan, hurmat-eʼtiborda bölgan. Qanday topişning ahamiyati yöq, köproq pul topişni örgan, bolam”, deb doim quloğiga quydi. Katta pul evaziga Anvarni oliy maʼlumotli qildi. Olis toğ qişloqlaridan birida içki işlar xodimi sifatida iş boşlagan öğil köp ötmay bir beçoraning pulini pora sifatida olayotganida qölga tuşib, uzoq muddatga qamalib ketdi.

Uçinçi holat. Bundan qariyb yarim asr ilgari qişloğimizda Eşonqul bobo degan oqsoqol bölardi. Bir umr traktorçilik qilib, jöjabirday bolasini halol mehnat bilan boqqan bobo keksayganida ham tomorqasida işlardi. Bir kuni u kişi tomorqada ketmon çopayotib, tasodifan ösib çiqqan 2 tup köknori (naşa)ga közi tuşadi. Kampirining “çopib taşlang” deganiga qaramasdan, “Tumovlab qolsam dori bölar”, deb uni parvariş qiladi. Buni qarangki, köknori gullagan payti hovliga bir yumuş bilan Olim degan uçastka inspektori kirib qoladi va gullab turgan köknoriga közi tuşadi. Tuşuntiriş, hayhaylaşga qaramay, köknori yetiştiriş oğir jinoyat ekanligini aytib, “uçastkovoy” oqsoqolga döq ura boşlaydi. Beçora bobo nima qilişni bilmaydi. “Uçastkovoy”ga beray desa, puli kamroq. Oxiri oğilda kattakon qöçqor boqayotgani esiga tuşib, inspektorni şu yoqqa boşlaydi. “Bolam, qariganda şarmanda qilma, mana şu qöçqorni olaqol, roziman, şu gap şu yerda qolsin”, deydi. Olim nomiga biroz qarşilik qilib, keyin rozi böladi. “Mayli, oppoq soqolingiz hurmati, gunohingizni keçirdim. Ammo birovga aytib yurmang!” Şunday qilib 2 dona köknori Eşonqul boboga bitta qöyga tuşadi. “Öşa qöyni sotib, bolalarimga kiyim-boş olib bermoqçi edim”, degandi bobo öşanda.

Endi öşa misollar atrofida bir mulohaza qilib köraylik.

Qarmoqqa ilinayotgan “laqqa”lar

Umuman olganda, sönggi paytlarda pora bilan qölga tuşayotgan amaldorlar soni keskin köpaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilindi, yaqinda Andijonda, Jalaquduqda ijtimoiy daftarlarda röyxatda turadigan xotin-qizlar uçun ajratilgan qariyb 250 million söm mablağni ikkita amaldor til biriktirib “tuya” qilişibdi.

Bundan biroz avvalroq esa Namangan şahar hokimi katta miqdordagi pora bilan qölga tuşganligi xabar qilingandi.

“Kun.uz” naşri yaqinda eʼlon qilgan yana bir xabarda esa vodiy tumanlarining birida içki işlar xodimlari xususiy oşxonada oçiqçasiga tamagirlik qilayotgani aytiladi.

Bunday dalillarni istagança keltiriş mumkin. Ularni davom ettiradigan bölsak, maqolamiz faqat misollar bilan tölib qoladi.

Eʼtiborlisi şundaki, tamagirlar uçun qöyilgan tuzoqqa ilgari kiçik “baliqçalar” tuşayotgan bölsa, endilikda bu qopqonga biroz kattaroq “laqqalar” ham tuşa boşladi. Ammo, bizningça, hali ulkan “nahang”lar bemalol yallo qilib yurişibdi.

Xöş, nimaga sönggi paytlarda poraxörlik, tamagirlik ançagina keng tarqalib ketdi? Bu illat mamlakatda şu darajada köpaydiki, natijada hukumat darajasida çoralar körilişiga olib keldi. Xöş, buning ildizlari qayerda özi? Nega biz köpinça illatning ildiziga qarşi emas, hosiliga, yaʼni oqibatga qarşi kuraşamiz?

“Quş uyasida körganini qiladi”

Menimça, jamiyatdagi deyarli barça illatlarning ildizini, avvalo, sobiq şörolar davridan, oiladan, qolaversa, maktabdan izlaş kerak, şekilli. Axir xalqimizda “Quş uyasida körganini qiladi” degan dono naql bejiz aytilmagan.

Ilgari qöşnisining hovlisida ösgan mevali daraxt şoxi devordan oşib bu tomonga ötib ketsa, öşa şoxning mevasini terib olib, albatta, qöşnisiga qaytarişardi. Çunki keksalar hamişa “Birovning haqini yeyiş harom böladi, bolam, heç bölmasa uning roziligini oliş kerak”, deb qayta-qayta tayinlaşardi.

Öşa keksalar hamda otam rahmatlining “Birovning haqini yeyiş harom böladi, bolam” degan gapi bizga bir umrga saboq bölgan.

Demak, qaysi oilada kattalar halollik, töğrilikka rioya qilsa, öşa yerda bolalar ham şu ruhda tarbiya olişi aniq.

Ammo, ming afsuski, hozirda aksariyat oilalarda teskarisi bölyapti. “Nima bölsa ham, qanday qilib bölsa ham köproq pul topiş kerak, kimning puli köp bölsa, zamon öşaniki” deb baʼzi ota-onalar bolalarning quloğiga quyişyapti.

Çunki bu ota-onalarning köpçiligi şörolar davridagi tamagirlik, birovning haqi evaziga boylik orttiriş kabi holatlarni körib, öşa ruhda tarbiya olganlar. Oilada bunday maslahat olgan bola esa maktabda ham hamma narsani pul bilan ölçaydigan, meşçan va loqayd kimsa bölib voyaga yetyapti.

Qişloqdoşlarining iş haqini urib qolgan Odil yoki ikki tup köknori uçun uyalmay-netmay bitta qöyni kötarib ketgan inspektorni oling. Beçora Eşonqul bobo bu qöyni bola-çaqasining rizqidan qiyib, halol mehnat bilan topgan puliga olgan edi…

Bunday holatlarni körgan yoki eşitganimda negadir köz oldimga otasining erkatoyi Anvar, insultga uçragan qallob Odil kelaveradi…

“Maktabga borib tursin-çi, u yoği bir gap bölar…”

Taniqli adabiyotşunos olim Qozoqboy Yöldoşevning fikriça, hozir maktabda öqiyotgan öquvçilarning aksariyati nimaga öqiyotganini özlari ham bilişmaydi. Aniq bir maqsadi yöq.

Men, balki olim notöğri aytgandir, degan xayol bilan Payariq tumanidagi olis qişloq maktablarining öquvçilari bilan suhbatlaşdim. Afsuski, Qozoqboy aka haq bölib çiqdi. “Nimaga öqiyapsizlar?” degan savolimga ular “öqiş majburiyligi uçun”, “kelajakda yaxşi pul topiş uçun” deb javob berişdi.

Öquvçilar-ku saviyasizroq ekan. Baʼzi ota-onalarning javoblari esa yanayam oşib tuşdi. Mana, ulardan ayrimlarining gaplari: “Nimaga öqirdi, bola maktabga bormasa, ota-onasiga jarima solişyapti-ku, majburmiz yuborişga… Borib tursin-çi, u yoği bir gap bölar…”

Hozir hokimliklar, harbiylar, huquq-tartibot organlari, moliya-iqtisodiyot sohalari xodimlarining iş haqi boşqalarnikiga nisbatan ança balandligi, qöşimça daromadi borligi heç kimga sir emas. Şu boisdan ham, maktabni bitirayotgan yoşlarning köpçiligi şu sohalarda işlaşni orzu qilişadi.

Ammo buning uçun çuqur bilim, puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Afsuski, maktabni bitirayotgan yoşlarda bu jihatlar ança oqsab qolyapti. Natijada ular yo repetitorga boryapti yoki pul topişning boşqa yöllarini izlaşga tuş­yapti…

“Bu yölning oxiri voy…”

Samarqandning Registon maydoni yonida bir kiçik tor köça bor. Bu köçadagi möʼjaz, körimsizgina hovli va darvozani juda köpçilik yaxşi biladi.

Bu hovlida Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, fan arbobi, filologiya fanlari doktori, SamDU professori Botirxon Valixöjayev yaşab ijod qilgan.

Kamina viloyat televideniyesida işlab yurgan kezlarim, ötgan asrning oxirlarida domla bilan juda köp marta uçraşib, suhbat qilganman. Ustoz şunday xokisor, halol, kamtarin ediki, odmi kiyim, eskiroq papka kötarib uyidan to universitetgaça piyoda borardi. Yölda şogirdlari maşinaga taklif qilişsa, ularni rad qilardi.

Bir kuni men u kişidan buning sababini söradim. Ustoz şunday degandilar: “Men bu yöldan qanday qilib maşinada ötay? Registonda hazrat Navoiyning izlari bor, undan sal narida buyuk Sohibqiron, Mirzo Uluğbek yotibdi. Ularning yonidan maşinada ğizillab ötiş bu buyuklarga behurmatlik qilişday tuyulaveradi menga…”

Ustoz yaşaydigan 6 xonali uyning teng yarmi kutubxona edi. Xonalar ançayin taʼmirtalab holda edi. Heç kim bu uyda akademik, fan arbobi yaşaydi deb öylamasdi. Bularning barçasi domla umri davomida faqat halol va kamtarona yaşaganligidan dalolat berib turardi.

Akademik B.Valixöjayev bilan qilgan suhbatlarimning birida baʼzi oliy öquv yurtlaridagi tamagirlik, poraxörlik haqida gap ketdi. Şunda ustoz: “Töğri, bunday kimsalar oramizda bor. Ammo bir haqiqatni unutmaslik kerak. Ular imi-jimida olayotgan pullar birovning haqi. U odam ter tökib mehnat qilib topgan bu mablağni. Birovning haqini yeyiş esa yomon böladi. Bir kuni albatta teşib çiqadi. Çunki Yaratgan hammasini körib turibdi. Umuman, harom luqmaning çegarasi yöq. Nafsini tiyolmagan baʼzi odamlar şaytonning yölidan yuradilar. Bu yölning oxiri esa voy…” degandilar.

Bölar ekan-ku…

Darvoqe, yaqinda Samarqand viloyatining olis Qöşrabot va Payariq tumanlarida öquvçilar bilan işlaş borasida bir xayrli işga qöl urildi.

Jumladan, Qöşrabot tuman prokuraturasi tergovçilari Abdusalom Jumayev hamda Otabek Abjalov tuman Maktab va maktabgaça taʼlim bölimi bilan hamkorlikda 4- va 38-umumiy örta taʼlim maktablarida “Halollik va töğrilik insonning oliy fazilatlari” mavzuida davra suhbati ötkazdilar.

Unda halollik vijdon bilan boğliqligi, odob-axloq qoidalariga rioya qiliş meʼyorlariga asoslanişi hamda halollik va töğrilik odamlarning bir-biriga bölgan işonçining asosi ekanligi, tamagirlik esa har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanişiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bölişiga olib kelişi haqida misollar bilan söz yuritildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qöşrabot tuman bölimi, Din işlari böyiça qömitaning tumandagi vakili hamkorligida esa 11-umumtaʼlim maktabida “Jaholatga qarşi maʼrifat” mavzusida davra suhbati ötkazildi.

Tadbir davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondaşadigan, qatʼiy hayotiy eʼtiqod va qaraşlarga ega, milliy mentalitetimizga yot, zararli taʼsirlarga qarşi turişga qodir yoşlarni tarbiyalaş muhimligi, şuningdek, internet tarmoği orqali tarqatilayotgan maʼlumotlar, odob-axloqni yemiruvçi illatlar nafaqat yoşlarga, balki katta yoşdagi fuqarolarga ham taʼsir körsatayotganligi hayotiy misollar bilan tuşuntirib ötildi.

Payariq tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Öktam Xöjamqulov esa tumandagi 72-umumiy örta taʼlim maktabida bölib, 8-sinf öquvçilariga “Kelajak soati” darsini ötdi.

Mazkur darsda u kişi öquvçilar bilan samimiy suhbat qurib, yoşlarni vatanparvarlik, bilim olişga intiliş va kelajakda kasb tanlaşda töğri yöl bilan yondaşişga undadi. Şuningdek, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, taʼlim sohasidagi yutuqlar, yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ularning hayotdagi örni haqida tuşunçalar berdi.

Yana bir gap. “Jaholatga qarşi — maʼrifat!” degan gap bor edi. Darhaqiqat, bunday illatlarning oldini olişda yoşlar orasida kitob mutolaasini kuçaytiriş katta ahamiyatga ega. Bu borada qişloqlarda deyarli yöqolib ketgan kutubxonalar faoliyatini tiklaydigan vaqt keldi.

Zero, kitob kirgan qalbda esa yomonlikka, tamagirlikka örin qolmaydi. Qolaversa, poraxör osmondan tuşmaydi. U yonimizda, oilamizda şakllanadi. Şuning uçun ham unga qarşi kuraşni aynan şu yerdan boşlaş kerak!

* * *

…Tolib degan döstim asalari boqadi. Uning aytişiça, bu ajoyib jonzot minglab gullardan faqat mehnat qilib bol yiğarkan.

Eng qiziği, u oilasiga heç qaçon harom narsani olib kelmas ekan. Agar mabodo şunday holat röy bersa, öşa harom luqmani olib kelgan asalari, albatta, jazolanar, uyaga kiritilmas ekan. Mana intizom, mana qoida!

Öylab qolasan kişi. Nahotki şu tilsiz jonzot anglagan oddiy haqiqatni har narsaga aqli yetadigan odam bolasi bilmasa…

Agarda ota-onalar ham bolalarini öşa asalaridek nazorat qilganlarida edimi…

Yormamat RUSTAMOV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan