Bizning kuçimiz – birlikda!
Kundalik hayotda qöni-qöşnilar bilan ahil-inoq, döstona turmuş keçiriş har jihatdan katta ahamiyatga ega. Yon-atrofdagi hamsoyalar bilan janjallaşib yaşaş qayoqda-yu, körişganda yuzlarda yoqimli tabassum bilan diydorlaşiş qayerda?! Bu boradagi munosabat, örtadagi muhit faqat xonadon sohiblariga emas, butun oila aʼzolari — bola-çaqalar kayfiyatiga ham taʼsir qiladi.
Qöşni mamlakatlar haqida gap ketganda ilgari vaziyat çindan ham salbiy edi: çegaralarga minalar qöyilgan, yondoş respublikaga boriş yöllari yopilgan edi. Quda-andalar, qarindoş-uruğlar töy yoki taʼziya marosimlariga bora olişmasdi.
2017 yilda ahvol butunlay özgardi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti BMTning yuksak minbarida baralla eʼlon qildi: Markaziy Osiyoni tinçlik, yaqin qöşniçilik va şeriklik makoniga aylantiramiz.
Bu davlatimiz rahbarining qatʼiy qarori edi. Ötgan sakkiz yil içida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining olti marta Maslahat uçraşuvlari ötkazildi. Uşbu anjumanning yettinçisi 2025 yil 17 noyabrda Toşkentda bölib ötdi.
Şu davrda nimalarga erişildi? Prezidentimiz tarixiy kunda şunday javob qildi: Hududiy masalalarda savol qolmadi, çegara punktlari darvozani lang oçdi. Suv-energetika sohasida özaro manfaatli munosabatlar yölga qöyildi, transport aloqalari qayta tiklandi, mamlakatlarimiz örtasida faol savdo-investitsiya va gumanitar aloqalar uçun qulay şaroit yaratildi. Hozir Markaziy Osiyo — bu barqaror ösiş va farovonlik uçun oldimizda yangi imkoniyatlar oçayotgan jadal taraqqiyot va samarali hamkorlik makonidir.
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon iqtisodiyotiga faol integratsiyalaşmoqda: investitsiyaviy jozibadorlik oşmoqda, uçinçi bozorlarga eksport imkoniyatlari kengaymoqda, tranzit salohiyati ösmoqda. Mintaqaning özida 2024 yilda özaro savdo hajmi 10,7 mlrd AQŞ dollariga yetdi. Jalb qilingan investitsiyalar umumiy hajmi 17 foizga köpaydi.
Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Turkmaniston hududida xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaş masalalari, terrorizm va ekstremizm tahdidlari, transçegaraviy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida tizimli çora-tadbirlar körilmoqda.
Hamjihatlik va umumiy taraqqiyot sari intilişning kuçayişi Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlar subʼyekti sifatidagi maqomini mustahkamlaş va global miqyosdagi rolini oşirişga xizmat qilmoqda.
Toşkentda ötkazilgan yettinçi Maslahat uçraşuviga qaytaylik. Öşa kuni Markaziy Osiyo davlatlari safiga Ozarbayjon Prezidenti ham qöşildi. Axir yaxşi niyatli insonlar, ularning timsolida mamlakatlar köpaygani juda yaxşi, albatta.
Bu anjumanda bugun mintaqamizning Yangi Markaziy Osiyo sifatidagi tarixiy uyğoniş davri boşlanayotgani taʼkidlandi.
Maʼlumki, hozir zamon qaltis, ertaga nima bölişini aytib bölmaydi. Ana şunday şaroitda özaro hamjihatligimiz va bir-birimizni qöllab-quvvatlaşimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz uçun hozirning özida mintaqamizni bundan 20-30 yildan keyin qanday körişni xohlaşimiz böyiça aniq tuşunçaga ega bölişimiz muhim. Anjumanda söz olgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Özbekiston Prezidentining amalga oşirayotgan işlariga töxtalib, uni uzoqni köra oliş qobiliyatiga ega siyosatçi sifatida eʼtirof etdi. Ilhom Aliyev, avvalo, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etiş taklifi uçun Şavkat Mirziyoyevga çuqur minnatdorlik bildirdi. Özbekiston tomoniga anʼanaviy mehmondöstligi uçun taşakkur aytdi. “Birodarim Şavkat Miromonoviçning dono rahbarligi ostida Özbekiston rivojlaniş va bunyodkorlik yölidan işonçli tarzda bormoqda”, dedi u. “Prezidentning kundalik ğamxörligi tufayli Özbekiston dunyoning yetakçi sport davlatlari qatoridan joy olgan. Yaqinda bölib ötgan yozgi Olimpiada öyinlari buni yaqqol körsatdi. Şavkat Miromonoviç nafaqat dono davlat arbobi, balki Özbekiston — Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirişga katta hissa qöşgan insondir” deya taʼkidladi u.
Maslahat uçraşuvida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sözga çiqişdi. Ular Prezidentimiz har jihatdan yetakçi ekanligini, taklif etayotgan taşabbuslari yuksak bahoga sazovorligini aytişdi. Mintaqada Oqsoqollar kengaşi tuziş taklif etildi. Bu fikr xalq diplomatiyasi sohasidagi qadriyat va anʼanalarimizga ega jamoat arboblaridan iborat kengaş tuzilişini nazarda tutardi. Yaqin istiqbolda Umumiy investitsiya makoni töğrisidagi deklaratsiyani qabul qiliş muhim deb hisoblandi.
Mazkur uçraşuvdan qanday xulosa çiqariş mumkin? Prezidentimiz xulosani şunday ifodaladi: “Alohida taʼkidlamoqçiman: bizning kuçimiz — birlikda, muvaffaqiyat sari yölimiz — döstlik va hamkorlikda. Faqat hamjihat bölib, özaro hurmat, birdamlik va strategik yondaşuvlarga tayanib, ezgu maqsadlarimizga erişişimiz mumkin”.
Asrlar davomida Örta Osiyo davlatlari örtasida yopilmagan, minalaştirilmagan çegaralar Şavkat Mirziyoyev prezidentligi davriga kelibgina oçilganida millionlab yurtdoşlarimizgina emas, millionlab qöşnilarimiz ham sevingani çin haqiqatdir. Kuni keça ana şu yölda Özbek-Turkman xalqlari uçun yana bir ezgu amaliy harakat, quvonçli voqea röy berdi: Xorazm bilan çegaradoş hududda ikki mamlakat tadbirkorlari barpo etgan jahon bozori oçildi!
Qarang, şunday qatʼiyat bilan boşqalarni ortidan ergaştiriş Prezidentimizga xos. Buni oddiy xalqimiz yaxşi bilişi va haqli ravişda faxrlanişi kerak!
Şuhrat JABBOROV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
