Osoyiştalik ortida kim turibdi?
Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi “Qirqçek” mahalla fuqarolar yiğinida, ikki yildirki, umuman jinoyatçilik sodir etilmadi. Şu bois u viloyatdagi jinoyatçilikdan eng xoli hudud, deya tan olindi.
Mahalla profilaktika inspektori, katta leytenant Miraziz Rahimov bunga qanday erişmoqda?
Mahallada 3200 nafardan oşiq aholi istiqomat qilmoqda. Töğri, mahallada huquqbuzarlik holatlari qayd etildi. Ularning aksariyati jamoat tartibini buziş, spirtli içimliklar isteʼmol qiliş bilan boğliq. Huquqbuzarlarning barçasi qatʼiy nazoratga olingan bölib, ular bilan yil davomida tarbiyaviy-nazorat işlari olib borildi. Natijada ularning jinoyat yöliga kirib qolmasliklariga erişilmoqda.
Miraziz Rahimov 2021 yildan buyon uşbu mahallada xizmat olib boradi. U yangi iş boşlagan paytlarida hududdagi bitta oşxonada 3 ta nazorat kamerasi bor edi, xolos. Eng avvalo, işni şundan boşladi. Mahalla aholisi bilan kelişgan holda 7 ta bino va mahallaga kiriş joylarini jami 38 ta nazorat kameralari bilan taʼminlaşga erişdi. Bunda içki köçalarni ham istalgan paytda kuzatiş imkoni yaratildi. Qolaversa, har bir köçaning öz köçaboşisi bor. Ular mahallada obrö-eʼtiborga, hurmatga loyiq insonlar orasidan tanlab olingan. Biror kor-hol bölmasidan oldin tartibbuzarlarning harakatlarini seziş va köngilsizlikning oldini olişda uşbu oqsoqollar munosib hissa qöşişmoqda.
— “Qirqçek” mahalla fuqarolar yiğinining eng osoyişta hudud sifatida tan olinişi bejiz emas, — dedi Mingbuloq tuman IIB JXX HPB boşliği, kapitan Javlonbek Nişonov. — Buning zamirida har bir masʼulning vijdonan xizmat qilişi, ayniqsa, profilaktika inspektorining qatʼiyatli va fidokorona mehnati bor. Miraziz Rahimov tezkor vaziyatda ham, oddiy kundalik iş jarayonida ham aholining işonçini birinçi öringa qöyadi. Uning jamoat bilan doimiy muloqoti, hududni har tomonlama bilişi va har bir oilani eʼtibor bilan kuzatib borişi jinoyatçilik oldidagi eng kuçli tösiqdir. Biz uning iş uslubini tumandagi boşqa inspektorlarga ham örnak sifatida körsatamiz. Şunday inspektorlar soni qança köp bölsa, tumanimizda xavfsizlik şunçalik barqaror böladi.
— Biror kor-hol bölsa, aholi eng avvalo mening huzurimga oşiqadi, — dedi qahramonimiz. — Uning muammosi, balki, boşqa sohaga taalluqli bölsa ham imkon qadar amaliy yordam körsatişga harakat qilaman. Qolaversa, töy bormi, aza bormi, hamma tadbirlarda şunçaki iştirok etmay, xalqimiz bilan yelkama-yelka turaman. Dam oliş kunlari ham mahallani aylanib çiqaman. Kimdir köçasida biror iş bilan band bölsa, darrov kömaklaşaman, kimningdir gapiga quloq solib, hamfikr bölaman. Şu bois qöşnilarimiz ham hurmat qilişadi, menga işonişadi. Jinoyat sodir etişdan özlarini tiyişadi. Muammolari bölsa, u gazak olib ketmasidan birgalikda hal qilamiz.
Demak, profilaktika inspektori bilan xalq örtasidagi masofani yaqinlaştiriş kerak. Içki işlar xodimi aynan özi xizmat olib borayotgan hudud aholisining bir qismi bölişi şart. Şundagina hududda jinoyatçilik sodir etilmaydi.
Jahongir TÖXTASINOV.
Namangan viloyati.
