Metropolitenda zamonaviy texnologiyalar

Bugungi kunda dunyoda aholisi bir neça milliondan oşgan rivojlangan şaharlarni metropolitensiz tasavvur etiş ğoyat muşkul. Çunki har qanday gavjum şaharlarda yölovçi taşuvçi transport vositalari har qança köp, zamonaviy bölmasin, aholining uzoğini yaqin qiliş uçun har tomonlama qulay, arzon, sifatli va xavfsiz bölgan metropoliten kabi samarani bera olmaydi.

XX asrning boşlaridanoq dunyoning yirik mamlakatlari poytaxtlari va aholi gavjum şaharlarida metropolitenlar qurilişi avj olib ketdi va bugungi kunga kelib 63 dan ortiq davlatlarda 200 dan oşiq metropoliten faoliyat yuritmoqda. Şu bois yölovçilar harakatlanişi vaqtida ularning xavfsizligini taʼminlaş masalasi mamlakatimizda Içki işlar vazirligi Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi xodimlari zimmasiga yuklatilgan.

Xodimlar yölovçilar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida bekatlarda nazorat-kuzatuv olib boriş, perimetrlarni qöriqlaş, metroga kirayotgan yölovçilar va ularning narsa va aşyolari, qöl yuklarini közdan keçiriş, tezkor-qidiruv işlarini olib boriş orqali huquqbuzarlik holatlarini aniqlaydilar, huquqbuzarni uşlab, unga nisbatan vakolatlari doirasida qonuniy çora köradilar. Biroq metropolitenda yölovçilar xavfsizligini töla-tökis taʼminlaş uçun buning özi kamlik qiladi. Hozirgi kunda xavfsizlikni taʼminlaş yönalişida dunyo metropolitenlari tajribasidan foydalanib, poytaxtimiz metropolitenida ham yangi texnika va texnologiyalar joriy etilişi huquqbuzarliklarning kamayişiga xizmat qilmoqda.

Inson aqlini hayratga soladigan raqamli texnologiyalar metropolitenda bölgan har qanday qidiruvdagi şaxsni aniqlay oladi va unga oid barça maʼlumotlarni taqdim etadi. Şu bois turli toifadagi huquqbuzarlar, qidiruvdagi şaxslar metropoliten bekatlari, bino va inşootlarida örnatilgan zamonaviy kuzatuv kameralari nigohidan qoçib qutula olmaydi. Ammo metropolitenda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaşning optimal yeçimlarini işlab çiqişda inson omilining rolini ham kamsitib bölmaydi. Çunki zamonaviy “aqlli” texnologiyalarning boşqaruvçilari öz-özidan inson va uning intellektual salohiyati hisoblanadi. Albatta, içki işlar sohasida eng zamonaviy texnologiyalardan mahorat bilan foydalana oladigan iqtidorli kadrlar tayyorlaş masalasi ham zamon talabidir.

Abror ĞULOMJONOV,

Toşkent metropoliteni

xavfsizlikni taʼminlaş

boşqarmasi xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan