Qişloq xöjaligi taraqqiyoti: Ilm, ekologiya va raqamli innovatsiyalar uyğunligi
Mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qişloq xöjaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan ötkazgan muloqoti qişloq xöjaligini yangi — ilmga asoslangan, raqamlaştirilgan va ekologik barqaror rivojlaniş bosqiçiga olib çiqişga qaratilgan strategik yönalişlarni belgilab berdi. Davlatimiz rahbari öz nutqida erişilgan natijalar bilan bir qatorda, kelgusi yillar uçun aniq vazifalarni belgilab berdi.
Prezident nutqida belgilangan vazifalar qişloq xöjaligida ilm-fan va taʼlim muassasalari zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi. Ana şu vazifalardan kelib çiqqan holda, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi ham öz oldiga qator ustuvor maqsadlarni belgilab olgan.
Davlatimiz rahbari öz nutqida qişloq xöjaligidagi asosiy eʼtibor quyidagi masalalarga qaratilişi zarurligini taʼkidladi: ilm-fan va innovatsiyani sohaning boş harakatlantiruvçi kuçiga aylantiriş; suv va yer resurslaridan samarali foydalaniş; raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni keng joriy etiş; yuqori malakali kadrlar tayyorlaş; ekologik barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş. Bu vazifalar qişloq xöjaligini faqat hosil hajmini oşiriş emas, balki sifat jihatidan yangi darajaga kötarişni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda qişloq xöjaligi nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, balki iqtisodiyotning eng daromadli sohalaridan biriga aylangan. Biroq Prezident taʼkidlaganidek, global iqlim özgarişi va suv tanqisligi şaroitida bu yutuqlarni saqlab qoliş uçun yangi yondaşuvlar zarur.
Bugun global iqlim özgarişi, suv resurslarining kamayişi, tuproq degradatsiyasi, yerlarning şörlanişi, çöllaniş, atmosfera havosining ifloslanişi va bioxilma-xillikning qisqarişi qişloq xöjaligi uçun jiddiy xavf bölib turibdi. Ayniqsa, Amudaryo havzasida suv oqimining qisqarişi janubiy hududlar uçun öta dolzarb masala hisoblanadi. Şu sababli qişloq xöjaligini anʼanaviy usullar bilan rivojlantiriş mumkin emas. Prezident taʼkidlaganidek, “ilm va innovatsiya qişloq xöjaligining eng asosiy tayançiga aylanişi şart”. Bu esa oliy taʼlim muassasalari, xususan, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Bugun universitet qişloq xöjaligi sohasida ekologik barqaror, resurs tejovçi va ilmga asoslangan modellarni işlab çiquvçi markazga aylanişi lozim. Buning uçun quyidagi ustuvor yönalişlar belgilab olingan:
- Suv tejovçi agrotexnologiyalar, iqlim özgarişiga moslaşgan agrotexnik yeçimlar, şör va kam suvli yerlar uçun yangi modellar işlab çiqiş.
- Biologik öğitlar, organik dehqonçilik elementlari, kam uglerodli va çiqindisiz texnologiyalar ilmiy tadqiqotlar markazida böladi.
- “Ilm-taʼlim-işlab çiqariş-ekologiya” integratsiyasini taʼminlaş ustuvor vazifadir. Ilmiy laboratoriyalar faoliyati ekologik muammolarni hal etişga yönaltirilib, fermer xöjaliklari bilan hamkorlikda “yaşil tajriba maydonlari” taşkil etiladi. Har bir ilmiy tadqiqotda ekologik taʼsir bahosi joriy etiladi.
- Raqamli texnologiyalar, dronlar va sunʼiy intellekt asosida suv sarfi va hosildorlikni optimallaştiriş, yer va ekin holatini prognoz qiliş, resurslarni tejaşga qaratilgan intellektual boşqaruv tizimlarini amaliyotga joriy qiliş. Bu yeçimlar fermerlarga kam xarajat bilan yuqori hosil oliş imkonini beradi.
Prezident nutqida agronomlar, muhandislar va yoş mutaxassislarni tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratdi. Dual taʼlim, amaliy könikmalar va yuqori maoşli iş örinlari orqali yoşlarni sohaga jalb etiş zarurligi qayd etildi. Universitetda doktorant, magistr va talabalar uçun ilmiy tadqiqotlarni real ekologik va agrar muammolar bilan boğlaş, “yaşil qişloq xöjaligi” startaplarini qöllab-quvvatlaş, dron va raqamli texnologiyalarni çuqur örganiş ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Global iqlim özgarişi, yerlarning şörlanişi, çöllaniş va bioxilma-xillikning qisqarişi qişloq xöjaligida ekologik yondaşuvni talab qilmoqda. Prezident nutqida resurs tejaş va ekologik barqarorlik masalalariga katta ahamiyat berildi. Universitet ilmiy işlarida har bir tadqiqotning ekologik taʼsirini baholaş, organik dehqonçilik, kam uglerodli texnologiyalar va çiqindisiz işlab çiqariş modellarini işlab çiqiş asosiy yönaliş sifatida belgilangan.
Prezident fermerlar va mutaxassislarni xorijiy davlatlarda öqitiş, ilğor tajribalarni özlaştiriş vazifasini qöydi. Universitetda Niderlandiya, Isroil, Germaniya, Yaponiya, AQŞ va Xitoy tajribasini örganiş, ularni milliy şaroitga moslaştiriş asosida ilmiy maktab yaratiş maqsad qilingan.
Rivojlangan davlatlar tajribasi qişloq xöjaligida muvaffaqiyatga erişişning yagona yöli ilm-fan, ekologiya va raqamli texnologiyalar uyğunligi ekanini körsatmoqda. Niderlandiyaning suv tanqis şaroitda yuqori hosildorlikka erişiş tajribasi, Isroilning har bir tomçi suvdan samarali foydalaniş modeli, Germaniyaning ekologik barqarorlik va dual taʼlim tizimi, Yaponiyaning aqlli qişloq xöjaligi, AQŞning agrostartaplar ekotizimi va Xitoyning raqamli monitoring tizimlari biz uçun muhim tajriba maktabidir. Bu tajribalarni kör-körona köçiriş emas, balki milliy şaroitga moslaştirib, öz ilmiy maktabimiz asosida joriy etiş asosiy maqsaddir.
Doktorant va magistrlar uçun dissertatsiya mavzularini suv, yer va iqlim muammolari bilan boğlaş, ekologik modellaştiriş, prognoz va optimal boşqaruv usullarini işlab çiqiş ustuvor yönaliş sifatida belgilanmoqda. Ilmiy natijalarni fermerlarga yetkaziş mexanizmlari takomillaştiriladi. Talabalar, ayniqsa, 4-kurs bitiruvçilari “yaşil qişloq xöjaligi” yönalişida startaplar va ilmiy-amaliy loyihalarni işlab çiqişlari, bitiruv işlarini real ekologik muammolarga bağişlaşlari hamda dronlar, “GIS” va raqamli agrotexnologiyalarni çuqur örganib, amaliy könikmalarini mukammallaştirişlari muhim vazifadir.
Xulosa qilib aytganda, Prezident Şavkat Mirziyoyev belgilab bergan strategik vazifalar qişloq xöjaligini ekologik barqaror, ilmga asoslangan va raqamlaştirilgan yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan. Bu vazifalarni amalga oşirişda oliy taʼlim muassasalari, xususan, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hal qiluvçi ahamiyatga ega. Bizning vazifamiz — ilm, taʼlim, innovatsiya va işlab çiqarişni uyğunlaştirgan holda, milliy qişloq xöjaligini barqaror rivojlaniş yöliga olib çiqişdir.
Rasul TÖRAYEV,
Termiz davlat muhandislik va
agrotexnologiyalar universiteti
rektori, professor.
