Isrofgarçilik qaşşoqlikka olib keladi

yoxud özgalarga maqtaniş uçun töy qilamizmi?

Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa sanʼati institutida bölib ötgan oçiq dars körinişidagi davra suhbatida töy va marosimlarimizdagi isrofgarçilik va ortiqça dabdababozliklarning salbiy oqibatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Nurmurod ÇINNIQULOV,

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent:

— Maʼlumki, mamlakatimizda töy va boşqa marosimlarni ötkazişda yöl qöyilayotgan salbiy holatlarga qarşi maʼrifat bilan kuraşiş maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston Musulmonlar idorasi, Özbekiston Mahallalari uyuşmasi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan “Maromiylik” tartibi imzolanib, dolzarb 90 kunlik eʼlon qilindi. Albatta, bu saʼy-harakatlar bejiz emas. Töylar haqida gapirar ekanmiz, bir narsa odamni öylantirib qöyadi. Bu muammo yuz yildirki, hali-hanuz eng oğriqli mavzu bölib kelmoqda.

Ötgan asrning boşlarida jadid maʼrifatparvarlari ham bu haqda köplab ibratli maqolalar eʼlon qilişgan. Xususan, jadidlar töylardagi ortiqça xarajatlarni jamiyatning eng katta muammolaridan biri deb hisoblaşgan. Mahmudxöja Behbudiy bobomiz “Töy va marosimlarimizda isrof juda köp, bu xalqni qaşşoqlaştiradi”, — degan hamda töyni xalqning iqtisodiy yukiga emas, maʼnaviyatiga xizmat qiladigan tarzda tartibga solişni taklif qilgan edi. Abdulla Avloniy esa töylardagi isrofni “millatning jonini sörib oluvçi ofat” deb atagan. Töylar “…ğurur va mansab uçun emas, xayr va baraka uçun” bölişi kerakligini taʼkidlagan. Oradan şunça yillar ötsa-da, bu muammo hanuz bartaraf etilmagani oğriqli hol… Hozir ham ayrim hududlarda kimözarga töygaça va töydan keyingi turfa xil marosimlar avjiga çiqqan.

Keyingi yillarda töy qiliş uçun kredit va qarzga pul oliş ham köpaydi. Bu öz navbatida töy qilganlarga keyingi bir neça yil iqtisodiy qiyinçiliklarga olib keladi. Qarz davlatdan olinadimi, biror tanişdan olinadimi, bu öz nomi bilan qarz. Uni vaʼda berilgan muddatlarda tölaş kerak.

Katta orzu-havaslar bilan töy qilindi, bir kunlik töy ötdi-ketdi. Endi töydan keyingi muammolar, olingan qarzlarni oyma-oy tölaş yuki boşda turibdi. Bu qarzlarni tölaş uçun köpçilik yigitlar yoş kelinni taşlab, Rossiyaga işga ketişadi. Yoşlar örtasida ajraşişlarga oilani taşlab, bir neça oy yoki yillar muhojirlikda yuriş ham sabab bölişi tabiiy.

Savol tuğiladi: şartmi şunça katta xarajat qilib, qarzga botib dabdabali töy qiliş? Çöntagida puli bor uçun bunday töy qiliş iqtisodiy muammo tuğdirmaydi. Biroq ayrimlarga taqlid qilib, kimözarga töy qiladiganlar ham jamiyatimizda talaygina.

Men bir neça yil Rossiyada işlab pul topib kelib, topganini dabdabali töy qilişga sarflab, yana xorijga pul topiş uçun ravona bölganlarni körganman. Ikki xonali uyda 3 öğil, ikki qiz bilan yaşaydigan bir tanişim katta qizini uzatdi, biroq öğlini uylantirayotganda qarz va yana kredit olib töy qildi. Undan: “Şunça dabdaba şartmidi?” deb sörasam, “Qudalar oldida yuzim yoruğ bölsin deb qildim”, dedi. Mana, muammoning yana bir ildizi qayerda? Döst-yoronlar, qarindoş-uruğ, quda-anda oldida uyalib qolmaylik, deb ortiqça xarajatli töy qilinayotgani ham heç kimga sir emas.

 

Qöçqor NORQOBIL,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist,

yozuvçi:

— Iqtisodiy imkonim baland-u, lekin maʼnaviy darajam past degani emasmi bu?

Töy-marosimlarni ixçamlaştiriş, kamçiqim holda ötkaziş, albatta, özimizga boğliq. Bizni heç kim majburlamayapti, yoqamizdan olib: “Sen butun elga dovruği ketgan töy qilişing şart!” — deb dağdağa ham qilmaydi. Xöş, şunday ekan, köpçiligimiz nega bugun töy-marosimlarimiz “hamma körsin” tarzida dabdaba-yu dovruq bilan ötişi uçun özimizni ötga-çöqqa uramiz? Oçiği, iqtisodiy imkoniyatimizni körsatib qöyişga, şuning ortidan obrö olişga urinamiz. Lekin şu bilan birga maʼnaviy darajamiz öta pastligini ham namoyon etamiz.

Töğri, töy milliy qadriyatlarimizning qadimiy körinişlaridan biri. Biroq manmanlik, maqtançoqlik, molu davlatni közközlaş uçun töy qilişni, ayniqsa, bunday qusurlar ortidan isrofgarçilik yuzaga kelişini sira oqlab bölmaydi. Hatto dinimizda ham isrofgarçilik qoralanadi. Qurʼoni karimda ham: “Isrofgarlar şaytonlarning birodarlaridir. Şayton esa Parvardigoriga nisbatan öta noşukur edi”, (Isro surasi 27-oyat) deyilgan.

Xullas, mazkur mavzu bugun mutasaddi idoralar oldida oğriqli muammodan biri sifatida bejiz paydo bölgani yöq. Töy va marosimlardagi quyuşqonga siğmagan holatlar, töydan keyingi tang oqibatlar borasida guvoh bölib turibmiz. Bu borada juda köp misollar keltirişimiz mumkin.

Hurmatli yoşlar, sizlar ham öz fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz, yaxşi bölardi.

 

Aziza DAVRONOVA,

magistr:

— “Uy körar” yoki “mol yoyar”, yaʼni kelin tomonidan kuyovning uyiga keladigan mebel va jihozlar hozirda odatga aylanib böldi. Bunda kelin tarafdan biror vakil kuyovning uyini töydan oldin borib körib keladi. Xullas, kuyov yaşaydigan xonadonni mebel, maişiy texnika va hokazo narsalar bilan töldiriş közda tutiladi. Töğridan-töğri nima olişlari-yu nima olmasliklari, nima yoqişi-yu nima yoqmasligini ham aytib, kerak bölsa, tanlab ham berişmoqda. Qiziq, bu örinda kuyovlik ğururi yerga urilmayaptimikan, degan alamli savol tuğiladi.

Töydan oldin yoki keyingi kunda ötkaziladigan kortej uçun ham 1000 dollarlik xarajatga nima deysiz?

“Marry me-Love story”, yaʼni nikohdan ötiş marosimi ham avj nuqtada haşamat kasb etmoqda. Bunda kuyov tomonidan FHDYO yoki birorta restoran gaplaşiladi. Unda ham qimmat foto-video, restoran, boşlovçi haqi singari narsalarga mablağ sarflanadi.

Qişloq joylarda esa töydan bir kun oldin kelinnikiga kuyov navkar boradi. Quruq emas, sarpo va toğoralar bilan. Bu maşmaşaga ham kamida 1000 dollarlik xarajat qilinadi. Xullas, bu çiqimlarning çaqimi töydan keyin öz asoratini qoldiradi, albatta.

 

Rözimbek TOLLIYEV,

magistr:

— Ayrim qişloqlarda bölib ötadigan töylar ham şahardagi “kimözarlik”dan kam bölmayapti. Töyga çaqiriluvçilar soni eng kamida 800 kişidan boşlanib, 3000 nafarga yetadi, baʼzan undan ham köp böladi…

Şaharda böladigan ayrim töylarga, asosan, Samarqand va Toşkent şahrida 10 mingdan 20 ming dollargaça sarf-xarajat qilinadi.

Ayrim qişloq joylarda ham birgina sunnat töyi nahor oşi uçun 1 tonnaga yaqin göşt ketarkan, önlab qozonlarda oş damlanadi. Töğri, bu holat hamma qişloqlarda ham uçrayvermaydi. Bu hol, asosan, vohaning juda köp joylarida odat tusiga aylanmoqda.

Şu taxlit sarf-xarajatlar, “meni körib qöyinglar”, deb haddan ziyod ortiqça isrofgarçilik qiliş örniga, qurbi baland töy egalari qöli kalta, rözğori kamxarj qişloqdoşlari, yetim-yesir, ehtiyojmand oilalarga şu xarajatlarning oz misqolini sarflasa ham savob böladi-ku… Albatta, ortiqça xarajat uvol, uvolning esa zavoli bor.

 

Malika PIRMATOVA,

magistr:

— Töylar bizning hayotimizda şunçaki marosim emas, qadriyat, madaniyat va quvonç ramzi sifatida qaraladi.

Biroq oxirgi yillarda bu qutluğ hodisa kimözar musobaqaga aylanib qolayotgani yaqqol közga taşlanyapti. Baʼzan odamlar töyda özining imkoniyatidan ortiqça sarf-xarajat qilib, qiyin ahvolga tuşib qolayotgani sir emas. Töy insonga keyinçalik aziyat yetkazadigan marosim emas, aksinça, baxt va quvonç ulaşadigan şodiyona bölmoği lozim. Töy qançalik ixçam, samimiy ötsa, uning taʼsiri şunçalik iliq va esda qolarli böladi. Köp odamning köz öngida emas, yaqinlar davrasida ötgan marosim köproq oila ruhi bilan uyğunlaşadi. Bugun jamiyatda töylarni ixçamlaştiriş haqida köp fikrlar aytilmoqda. Bu fikrlar anʼanalarni çeklaşga qaratilgan emas, aksinça, ularni hayotga mos, oqilona şaklda saqlab qolişga intilişdir. Töylar sodda ötgan taqdirda ham oilada quvonç va mehr ildiz otadi, rözğorga baraka inadi.

 

Gulnoza ISKANDAROVA,

magistr:

— Töy, aslida, eng yaqin qarindoşlar, döstu birodarlar töplanib, diydorlaşişga sabab böladigan marosim. Ikki yoşning nikohi eʼlon qilinadigan kun.

Agar töylarimizdagi haddan ziyod haşam-u ortiqça orzu-havaslar bölmasa, köpgina rözğorlar iqtisodiy noçor ahvolga tuşib qolmasdi. Dasturxondagi tökin-soçinlikdan taşqari, marosimning boşqa jihatlaridagi ortiqçalik va aytiş joiz bölsa, aqlsizlik kişini öylantirib qöyadi.

Masalan, töy liboslari haqida gapirsam: bir marotaba kiyiladigan liboslarga ayollar ming dollargaça pul sarflaydi. Özlarini göyo modalar namoyişiga kelgandek tutişadi. Şu töy bahona qarindoşlar davrasida eri olib bergan oltinu durlarni körsatib, maqtanişadi.

Farovonlik darajasiga butun insoniyat havas qiladigan Amerikada ham bizning töylarimizdagi ortiqça çiqimni tuşuna olişmaydi. Taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev bundan 10-15 yil oldingi Amerika taassurotlari bilan boğliq maqolasida: “…Bitta özbekning ertalab soat yettida 400-500 kişiga tekin oş berişini oddiy amerikalikka tuşuntiriş mumkin emas. Çunki ularning turmuşi va amallari hayotiy mantiq qoidalariga asoslangan. Eng yomoni, mehmonga bor-budini tökib solgan özbek oilasi farzandiga kitob sotib olib berişga, ularni sport va turli tögaraklarga beriş uçun çiqimga kelganda oğrinib qolişadi. Tuşunarsiz mantiq. Aslida, heç qanday ahamiyatga ega bölmagan narsalarga mol-mulkimizni sovuramiz, kelajagimiz kafolati uçun mablağimiz yöq, bunga… soxta hurmat va yolğon obrö qozonişga bölgan intilişimiz sabab bölmoqda…”, deb yozgandi.

Ishoqxon Ibrat özining tugallanmay qolgan kitobi — “Zamon tarozusi” asarida töy bilan boğliq isrofgarçilik haqida yozib, oxirida şunday deydi: “Mana bu balolar ustimizda oğir bir yukdir”.

 

Marjona ABDUOLIMOVA,

magistr:

— Özbek xalqi juda boy xalq. bizning milliy urf-odatlarimiz kabi töy va töy oldi marosimlarimiz köp. Duolarimizda: “Töylarga yetkazsin…” deyilganidek, topganimiz töylardan ortmaydi. Hayotimiz beşik töydan boşlanib, aza bilan tugaydi. Aza ham bir töydek ötadi. “Bir xil kök kiy yoki qora kiy”, “oş damlab tarqat”, “latta-putta tarqat”… kimga kerak bu odatlar?

Keling, men bir voqeani aytib beray: bir qarindoşimiz töy qildi. Qarangki, ona niyat qilgan ekan, töyni uyda qiliş uçun töydan oldin uy qaytadan buzib qurildi. Va yangi kelin uçun qilingan sarpolar tillarda doston böldi. Mehmonlarning esa sovğa-salom va dasturxondan köngli töldi. Ikki oy ötib, danğillama uy va maşina sotildi. Kuyov Rossiyaga ketdi, qolganlar ijaraga çiqdi. Oradan bir yil ötar-ötmas, kelin bu yöqçilikka çiday olmadi: öşa danğillama töy va u bilan boğliq maşmaşalar tufayli bir yoş oila buzildi. Aslida, töyga sabab ikki yoşni birlaştiriş, ammo bu töyga ketgan sarf-xarajatlar va undan keyingi qarzlar yoşlarni ayirdi.

Öşa katta töyga ketadigan pulga yoş kelin-kuyovga yangi uy, maşina yoki sayohat uyuştirsa, köproq foydali böladi, menimça.

Afsuski, “kimdan kamimiz bor, ketsa töyga ketar”, deb, “özi bir marta töy qilamiz, orzu-havas” kabi tuşunçalar xalqimizni qarz botqoğiga botirib qöyyapti.

 

Sanoat BOBOQULOVA,

magistr:

— Isrofgarçilik maʼnaviy qadriyatlarimizga ters hodisa, aslida. Töylar yoşlar taqdirida yangiça hayot boşlanişi, ota-onalarning duosini oliş, jamiyatda oila muqaddasligi va uning qadrini uluğlovçi marosimdir.

Ammo dabdaba ortib borişi bilan bu maʼnaviy mazmun yöqolib bormoqda. Axborot texnologiyalari taʼsiri oşgan bizning zamonimizda ijtimoiy tarmoqlarda quyuşqondan çiqqan töy videolarini körgan odamlar öz töyini ham aynan şunday ötkazişga harakat qilmoqda. Natijada qovun qovundan rang oladi, deganlaridek, dabdababozlik odatiy hol kasb etib, raqobatga aylanib bormoqda.

Aslida, kamtarona va madaniyatli töy ötkaziş aql hamda masʼuliyat belgisidir.

Kamtarona, ammo esda qolarli töylar ötkaziş uçun mahallalarda imtiyozli şaroitlar yaratiş payti keldi. Masalan, töy va marosimlar ötkaziş uçun kiçik zallar imtiyozi, bepul fotohududlar, boşqa arzon xizmatlar turi yaratilsa, maqsadga muvofiq bölardi.

 

Maftuna ABDURAHMONOVA,

magistr:

— Faqatgina nikoh töylari emas, boşqa marosimlarga ham eʼtibor qaratsak, ularda sarf bölayotgan aqlga siğmas mablağlar yaqqol közga taşlanadi. Yubileylar, beşik töy, sunnat töy, muçal töy, va hokazolar uçun haddan taşqari oşiqça mablağ isrof qilinyapti. Bu nima degan gap axir, qaçongaça odamlarga bu narsalar notöğri, bunisi töğri deb qaror va qonunlar bilan çora köriladi? Insonlarning ötaketgan özbilarmonligi kelajak avlodga, qolaversa, öziga ziyon qilmayaptimikan? Neça millionlab işlatilayotgan pullarni öz farzandlarining kelajagi, salomatligi, öqiş va bilim olişi uçun yoki dunyo körişlari uçun sarflaşsa bölmasmikan? Rözğorida yetişmovçilik, bolalari yoki ayoli kasal bölsa ham yon-atrofdagilarni yedirib-içirişga pul topgan kimsalar öz oila aʼzolarining rizqini qiyişganini anglarmikanlar?

 

Kamilla ABDUHALIMOVA,

magistr:

— Bizda hammasi sovçilikdan boşlanadi. Undan keyin oq örar, fotiha töy, çaqirdi, ota kördi, kelin kördi, kuyov kördi, örtada bayramliklar… Agar hammasiga ketadigan xarajatlarni hisoblasak, çindan ham bizning xalqimiz faqat töy uçun yaşaydi. Eng yomoni, töydan keyingi qarzlar… Yoş kelin-kuyov qarz tölaş uçun işlab boşlaşadi.

Menga qolsa, töy soddaroq tarzda, kam odam, eng yaqinlar bilan ötgani maʼqul, töydan oldingi ada-qada, oldi-berdilar şunçaki boş oğriğidan özga narsa emas.

 

Gulnaz ABATOVA,

magistr:

— Özbek xalqi urf-odatlarga, marosimlarga boy xalq. Eng katta marosimlaridan biri töy hisoblanadi. Töylarniyam turlari köp; beşik töy, çilla çiqdi töyi, sunnat töyi, qiz kördi, fotiha töyi, kelin salom, qiz çaqiriş, kelin-kuyov töyi, yana töylardan taşqari bir neçta marosimlar bor. Suyunçi beriş, bola emiziş, ism qöyiş marosimi, nikoh öqitiş, kelin salom, yangi kelin oş berişi, motamga oid marosimlar, janoza marosimi, 3 kunlik, 7 kunlik, 20 kunlik, 40 kunlik, yillik xotira marosimi.

Töy va marosimlarda böladigan eng katta muammolar quyidagiça:

Ortiqça dabdaba va isrofgarçilik: haddan taşqari katta töylar (500-1000 kişi), qimmat bezaklar, haşamatli restoranlar, xizmatlar, lyuks kortej maşinalar, qimmat foto videostudiyalar qarzdor bölib töy qiliş holatlariga olib keladi. Odamlar ongida “boşqalar gap-söz qilmasin”, degan tuşunça qotib qolgan. Bu omilikdan boşqa narsa emas.

 

Mahliyo NUʼMONOVA,

magistr:

— Juda köp davlatlarda töylar bizning yurtimizdagi kabi haddan ziyod dabdaba bilan ötmaydi. Dunyoning boy, rivojlangan mamlakatlarida ham bizçalik topgan-tutganini bir kunda soçib, keyin turmuş qiyinçiliklari oldida gandiraklab qoladigan xalq bölmasa kerak. Taqqoslaş jarayonida şuni köramizki, birgina Koreya davlatidagi töylarida qisqa vaqt, kam mehmon, iqtisodiy tejamkorlik ustuvorligini kuzatişimiz mumkin. Ularning töylaridagi sarf-xarajatlar bizdagi dabdabalarning yarmining yarmiga ham teng kelmaydi. “Körpangga qarab oyoq uzat…”, degan kamtarlikni yaxşi fazilat bilgan xalqimizning bunday maqtançoqlik qutqusiga tuşib qolgani açinarli hol, albatta.

Koreyadagi ixçam, iqtisodiy va qisqa marosimlardan biz ham andoza olsak böladi, albatta.

Fikrimni xalqimizning buyuk şoiri Erkin Vohidovning “Nega yapon yuz yil yaşar?” şeʼri bilan yakunlaşni maʼqul topdim:

 

Nega yapon yuz yil yaşar-u,

Özbek bunça yoşga bormaydi?

Çunki yapon bizdek qoronğu

Sahar turib oşga bormaydi.

Taʼziyada el közi uçun

Ming kişilik ziyofat qurmas.

Hayiti yöq, bel boğlab uç kun

Şamday qotib köçada turmas.

Garçi bizdan yuz bor farovon,

Garçi bizdan yuz karra töqdir.

Töy xarjida yuzta boy yapon

Bir kambağal özbekça yöqdir.

Bu sözimni yaponga aytsam,

Dedi battar qisib közini:

— Yapon bundoq yaşolmas heç ham,

Xarakiri qilar özini!

 

Mohigul HASANOVA,

magistr:

— Bugungi kunda töy, maʼraka va marosimlarda meʼyor, milliy urf-odat va dinimiz belgilab bergan çegaradan çiqib, kimözarga poyga öynayotgan holatlar sodir bölmoqda. Jumladan, kelinlarning ğarb modalari asosida tikilgan qimmatbaho kiyimlarni ijaraga olişlari, turnaqator töy kortejlarining yöllardagi harakatlari, kelin-kuyovlarning milliyligimiz va qadriyatlarimizga umuman töğri kelmaydigan sevgi qissalari-yu vals tuşişlari, töy va maʼrakalarga haddan ziyod köp insonlar taklif etilişi kabi köplab misollarni keltiriş mumkin. Bularning barçasi dinimiz nuqtai nazaridan ham isrof deb ataladi. Bu holat faqatgina töy marosimlaridagina emas, balki musibat bölgan joylarda ham bundan-da ayançliroq isrofgarçiliklarga yöl qöyilayotganini kuzatişimiz mumkin.

Bu illatlar jamiyatimizni tag-tubidan yemiruvçi illatlar bölib, bugungi kunda uşbu dabdababozlik, haşamat, içkilikbozlik va şu kabi işlarga ketayotgan mablağlarni hisoblab köradigan bölsak, milliardlab mablağ nafaqat havoga sovurilayotgani, balki kelajagimizga salbiy taʼsir qiladigan işlar uçun sarf qilayotganligimiz ayon böladi. Şu mablağlar farzandlarimizning ilm-maʼrifat hosil qilişlari uçun, ularni kasb-hunarli qiliş uçun, işlab çiqariş taşkil qilib, xalqimiz turmuş tarzini yaxşilaş, yöllarni obod qiliş, beva-beçoralarga yordam beriş kabi xayrli işlarga sarf qilinsa, savob ustiga savob yozilgan bölar edi.

Davra suhbatini

öz muxbirimiz yozib oldi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan