O, bayotim – gözal dil bandim
Ğulom EGAMŞUKUR
Muallif haqida:
Ğulom EGAMŞUKUR (ABDIYEV) — 1959 yili Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Iş faoliyatini 1981 yilda Özbekiston davlat teleradiokompaniyasida boşlagan.
Ayni paytda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Qaşqadaryo viloyati bölimi rahbari bölib işlaydi.
Şoirning “Quyoşning hidi”, “Ruh anatomiyasi”, “Qoğozlar hayqiriği”, “Sabr soyasi”, “Köngil Vatani” (turk tilida), “Sengaça…” deb nomlangan kitoblari çop etilgan.
OTAM UMRI
Otamning umriga tenglaşmoq uçun
Yana öttiz beş yil yaşaşim kerak!
Vahima – xayollar, qurşaydi – oçun…
Çidab berasanmi yuz yil, o, yurak?!
Horğin nigohlarda miltiraydi yoş,
Alloh qudratidan xabar – har kalom.
Munkaygan gavdada söngaklar – bardoş…
Çiday olasanmi yuz yil, o, Ğulom?!
Duogöy otamdan hikmat izlayman,
Göyo avliyodan nasihat – darak.
Xudodan sörayman, iltijo qilib,
Çiday olasanmi yuz yil, o, yurak?!
Uning marhamati – mustajob duo,
Fariştam libosi – oq bulut, yaktak!
Undan mehr yoğar könglimga davo…
Çiday olsang edi yuz yil, o, yurak?!
Dunyo lazzatidan goh bölib sarxuş,
Özini unutib qöyganda yurak…
Xayolimda bir xavf aylansa behuş –
“Otamdan bir xabar olişim kerak!..’’
* * *
Tilimda qudratin yöqotmoqda söz,
Bağrimda siqilib ingraydi nolam…
Yetmiş ming pardadan körsatmas U yuz,
Şu qadar gunohim köpmikan, bolam?
Söqirman, közimni tortib oldi U,
Bu ğavğo sarosi menga qop-qora!
Madorim qolmadi, könglimda yohu
Köz oçdi, alamli, suvaydo – yara…
Arzanda ruhimga quloq tutaman,
Bezovta şivirdan titrar vujudim.
Men Sendan qörqaman, yurak yutaman,
Oh, sohib, sarir poyingda sujudim…
Allohga yöl oçar içimda ovoz –
Azondek yer-kökni – xilqatni tutar!
Ruhim har subhgoh qiladi parvoz,
Könglimning közlari oçiq – tongotar!..
USMON NOSIR
Usmon Nosir, dardli-alamli,
Usmon Nosir, keldi-yu ketdi!
U haqdagi ertaklar ğamli…
Haq şoirni qaşqirlar yutdi!
Bir asrdan oşibdi, hayhot!
Közlarim kör, xuddi hozirdek…
Meni asir etgan muhabbat
Yiğlayverar Usmon Nosirdek!
O, bayotim – gözal dil bandim
Soçiladi göyo oq şeʼrdek.
Onajonim – Hurriyat, orim
Naʼra tortar ğururim şerdek!
Ötib borar yillar, asrlar,
Moziy bölib qolar bu damlar.
Topolmasdan şoirlar qabrin
Kitoblardan izlar odamlar!..
Usmon Nosir!..
* * *
Bomdod uzra, o, sujudda,
Fiğonim yiğladi, kuydim.
Titroğim – nola vujudda,
Dedim, yolğiz Seni suydim!
Özingsan mukammal mahbub,
Könglimning xojasi marğub.
Sening hajringda men bemor,
Nigohim – xuntaloş mağrib!..
Oftobing botdi közimga,
Içimda tong otdi digar.
Azon aytdim bir özimga…
Işq selobi – oh, sitamgar.
Tanamda zilzila zohir,
Hasbi holim tingla San!
Hajr töfonida oxir
Keldi Surur, vajhi hasan!..
* * *
Seningdek menda bir dilkuşo, voh,
ofatijon yöqdir,
Miskin bu jonga taskin dildor –
Sen, rohatijon yöqdir.
Dilfigorman, xasta yurak,
mendan köçgaydir dilxaroş,
Örtanurman, kel qoşima,
menda toqatijon yöqdir.
Dilkuşoda dilkaş,
ki dilfuruz boqar lolu hayron,
Seningdek yaratgan, bilguvçi Yor,
javdati jon yöqdir.
Diydai jahonbin ato qilding,
men ergaşib yurdim,
Ne qilay, mendan xabar olgiç Yor,
lazzati jon yöqdir.
Kelib-ketmak maşqini –
aşʼorda bisyor foş ayladim,
Neçun xomuş bu dilgohim, aytgin,
millati jon yöqdir.
Oşiqlar davrasida izhori
dil ayladim – bor, yöq,
Piri dayr quy gulob – nöş aylay,
nakhati jon yöqdir.
Dil sahrosi yondi, gunohim köp,
Sen mağfirat ayla,
Içgali ilgimda vahdati may,
siyrati jon yöqdir.
AKA
Sirojiddin SAYYIDga
1.
Aka, omonmisiz dorul zamonda?..
Poytaxt – iliq soğinç,
diydor – döstu yor!
Yomğir yoğayapti Surxon tomonda,
Osmon ila Yerni boğlaydi
tim tor…
— Ğulom, kelmaysanmi Toşkentga?
— Mirzo sörayapti, yöqmiş
daraging…
— Farhod Aʼzam qözğar
xotiralarni…
Rosa kulişdik!..
— Eşitayapsanmi, Ğulom?!
Senga barça döstlardan
“Salom!..”
… Aka-uka bölib kezgan köçalar,
Sizdan sörayverar yoşligimizni.
Xayoli parişon Muhabbat öşa!..
Söraydi, “Sevardik!..
Bir-birimizni!..”
Nim asr boğladi döstligimizni,
Umr ötib borar şiddat-la,
şitob.
Şoirlik qismati mukofot, aka,
Kunimiz şeʼr böldi,
umrimiz KITOB!..
Aka, omonmisiz dorul zamonda?
Poytaxt – iliq soğinç,
diydor – döstu yor!
Yomğir yoğayapti bizlar tomonda,
Osmon ila Yerni boğlaydi
tim tor!..
2.
Aka, armon – afsus,
endi qaytmaydi,
U oppoq tuyğuda
uçib ketgan quş!
Muhabbat hali ham baland-
balandda
Yolvordik, “O, malak, kel,
bağrimga tuş!..”
Muhabbat şeʼr böldi,
armon – afsona,
Umr töqnaş keldi Qiş afğoniga!
Onamiz duosi har ikkimizni –
Tirik olib keldi Baxt töfoniga!..
Balo-qazolardan ğussamiz –
qabr,
Subhi sodiq – fursat, egik
boşimiz.
Dunyo imtihoni – sadrda Sabr –
Bizga yöl körsatar, tun –
bardoşimiz!..
Aka, armon – afsus,
endi qaytmaydi,
U oppoq tuyğuda uçib ketgan quş!
Muhabbat makridan dilozor,
behuş…
Sajjoda könglimiz
böş qolmaydi, böş!..
* * *
Har tun parvonangman, çiroğing yoniq,
Ruhning soyasi yöq, ruhning izi yöq…
Har kun huzuringga kelaman şoşib,
Xavotirman göyo, uçayotgan öq!..
Dunyo ğaflatida keçdi har onim,
Sen hanuz Odamsan, men-çi, oşiq Ruh!
Nahot begonaga aylandik, jonim,
Nahot muhabbatning keçmişi anduh?
Hijron köçib ketdi yuragimizdan,
Endi ayro qoldi Tun bilan Kunduz!
Şeʼr topdingmi, izma-iz – izimizdan,
Nahot unut böldi diydor degan Söz?!
Sabr daraxtining tund soyasida
Men zabonsiz sukut uyasida!..
Nahot körmayapsan, mana, men keldim,
Ğamli köz yoşlaring nihoyasida!..

