Ozodlik muhridir bu, tuğroga boq…
Ğayrat MAJID
Muallif haqida:
Ğayrat MAJID — Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida tuğilgan.
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Şoirning “Gul sanam”, “Heç kimga öxşamaysan”, “Seni soğinaman”, “Köksimdagi yulduzlar”, “Işqqa borar yöl”, “Bobolarim yurti”, “Oqquşlarga aylanar yurak”, “Ayiqçaning tuşi”, “Bunda bulbul kitob öqiydi”, “Mumkin emas sening yiğlaşing”, “Beş dars”, “Yöldaman, nurli yölda”, “Işq ayyomi”, “Oppoq tabassum” kabi kitoblari naşr etilgan.
Şeʼrlari turk, ozarbayjon, qirğiz, qozoq, turkman, tatar, tojik, qoraqalpoq, ingliz, rus, arab, belorus tillariga tarjima qilingan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari lavozimida işlaydi.
VATAN – MANGU QÖŞIQ
Metinday mustahkam qörğon armiya,
Vatanning holini sörğon armiya.
Katta bir qöşinga barobar Şiroq,
Mudom ozodlikka qalqon armiya.
Iymoni salomat Najmiddin Kubro,
Şaksiz Jaloliddin Sulton armiya.
Adolat birla el-yurtlar söragan
Amir Temur Sohibqiron armiya.
Dukçi eşonlarning ötliğ armoni —
Muazzam Turkiston, Turon armiya.
Yerda ham, osmoni falaklarda ham,
Saflari tözmas qiz-öğlon armiya.
Xalq bilan armiya bir tanu bir jon,
Tinçligu hurlikka posbon armiya.
Birlaşsak, bölinmas Vatan heç qaçon,
Vatan mangu qöşiq — doston armiya.
BIRINÇI DARS
Bu otang, bu onang, bu yer, bu osmon,
Bu eşik, bu beşik, muborak qörğon,
Bu öçoq, bu tandir, qaynagan qumğon —
Vatandir, Vatandir, aziz bolajon!
Bu umr, bu hayot, yoz, kuz, qiş, bahor,
Qir-adir, toğu toş, salobat, viqor,
Goh loyqa, goh tiniq oqqan bu anhor —
Vatandir, Vatandir, aziz bolajon!
Bu keça, yulduzlar, porlagan mohtob,
Bu kunduz, bu issiq nur soçgan oftob,
Bu maktab, bu qalam, bu daftar-kitob —
Vatandir, Vatandir, aziz bolajon!
Mana, bu dala-daşt, buğdoyzor, dehqon,
Serhosil bolga kon bu boğ, bu boğbon,
Bu non, bir boş uzum, oçiq dasturxon —
Vatandir, Vatandir, aziz bolajon!
Qança ğam-hasratni körgan bu çinor,
Qança dard-armonni yenggan bu minor,
Bumi, çap köksimda… qonagan… anor —
Vatandir, Vatandir, aziz bolajon!
Ozodlik muhridir bu, tuğroga boq,
Mağrur hilpiragan bu bayroq — mayoq,
Bu qöşiq — madhiya, abadiy saboq —
Vatandir, Vatandir, aziz bolajon!
QAŞQADARYO
Azal Ipak yölin eşigi bölgan,
Xöb uluğ zotlarning beşigi bölgan,
Ön sakkiz ming olam oşiği bölgan,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Olamga taralgan eng şonli doston —
Şahri Keş öğloni Temurbek xoqon,
Öylasam, közimning ustida jahon,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Osmonlarga yelka tutgan Oqsaroy,
Yangi zamonlarni kutgan Oqsaroy,
Bugun murodiga yetgan Oqsaroy,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Nasafiy bobolar, Keşiy bobolar,
Hisordan taralgan xuşböy havolar,
Bugun yuragimda rangin navolar,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Köksimni örtaydi yillar armoni,
Söz bilan tirikdir millatning joni,
Abdulla Orif bor — özbekning şoni,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Kökdala çöl demang, çöllar ham obod,
Manzilga eltguvçi yöllar ham obod,
Bunday saodatdan dillar ham obod,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Qovun-tarvuz, olma-anorlari bor,
Soyalari quyuq çinorlari bor,
Asrlardan söylar minorlari bor,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Xirmonga baraka toğda qorlari,
Rizqi röz — paxtazor, buğdoyzorlari,
Bor bölsin, mirişkor, tadbirkorlari,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Kuraşda, sanʼatda, ilmda ildam,
Farzandlar yutuği — eng uluğ bayram —
Köpkari çopadi yuzga kirsa ham,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Mavjingdan nurlanar dillar, Hisorak,
Şahrisabz, Yakkaboğ, Qarşi — Muborak,
Şavkati heç sönmas toledan darak,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
Şoirman, qalbimda öylarim köpdir,
Sen haqda qöşiğim, kuylarim köpdir,
Bayramlarim köpdir, töylarim köpdir,
Keling, köring endi Qaşqadaryoni!
ULUĞBEK YULDUZLARI
Könglimga issiq nur beradi oftob,
Firuza osmondan boqib kunduzlar.
Keçalar oq mehr tutadi mohtob,
Mirzo Uluğbekdan söylar yulduzlar.
Bulbulning bir mahzun, ğamgin bözlari,
Yurakning hayotga taşna rözlari,
Bu dunyodan oçiq ketgan közlari —
Mirzo Uluğbekdan söylar yulduzlar.
Bir qutluğ duodir “Ziji Köragon”,
Faqat mehr topsin gadomi, sulton,
Dunyo, qöllaringni endi qilma qon,
Mirzo Uluğbekdan söylar yulduzlar.
Umring beş kun ekan, bildim-ku, dunyo,
Oşiq ölimga ham qilmaydi parvo,
Oyning atrofida jam bölib göyo,
Mirzo Uluğbekdan söylar yulduzlar.
“Tört ulus…” tilida qöşiq — Samarqand,
Yulduzlar ham senga oşiq, Samarqand,
Falak darvozasi oçiq — Samarqand,
Mirzo Uluğbekdan söylar yulduzlar.
Toki poyoni yöq şu koinot bor,
Aslo poyon bilmas muhabbat — asror,
Zimiston dillarga ulaşib bahor,
Mirzo Uluğbekdan söylar yulduzlar.
HAYOT VA SAHNA
Dilnoza Kubayevaga
Oh, hurliqo,
Oh, malaksiymo!
Lablarida alvon tabassum,
Közlarida ummon qadar mung.
Tongday çiqar sahnaga, maʼsum,
Tong qotadi tomoşabin, gung.
Oh, hurliqo,
Oh, malaksiymo!
Quloq tutib yurak zarbiga,
Töldiradi sahnani butkul.
Unga boqqan közlar qalbiga,
Bir lahzada taşlaydi öt, Gul.
Oh, hurliqo,
Oh, malaksiymo!
Sahna dordek qaltis öyindir,
Bilib bölmas, kim döstu kim yov.
Langarini tortadi kimdir,
Silkitadi dorni ham birov.
Oh, hurliqo,
Oh, malaksiymo!
Rol öynaydi özin ayamay,
Gohi Kumuş, gohida Zaynab.
Goh yuragin tutadi gulday,
Goh yuragin beradi çaynab.
Oh, hurliqo,
Oh, malaksiymo!
Ming yil yaşar oşiqlar, işon,
Solib bölmas yöliga raxna.
Umr kabi rol ham bepoyon,
Hayot kabi mangudir sahna.
NIMA QILAMIZ?
Jamşidga
Kaslarga dil yorib nima qilamiz,
Pastlarga yolvorib nima qilamiz?
Dilni dardga qorib nima qilamiz,
Yomonlarga borib nima qilamiz?
Oppoq-oppoq kunduzlarga boramiz,
Olis-olis yulduzlarga boramiz,
Daraxtlarga, ildizlarga boramiz,
Xazonlarga borib nima qilamiz?
Kamalak rang tovuşlarga boramiz,
Köklaş uçun unişlarga boramiz,
Asl tillo, kumuşlarga boramiz,
Arzonlarga borib nima qilamiz?
Soğ-salomat bardamlikka boramiz,
Bir dam emas, har damlikka boramiz,
Birlaşmoqqa, birdamlikka boramiz,
Tözonlarga borib nima qilamiz?
Layli deymiz, Majnun bölib boramiz,
Ğam yemaymiz, mamnun bölib boramiz,
Jamoliga maftun bölib boramiz,
Sarsonlarga borib nima qilamiz?
Pari paykar, mahi paykar turganda,
Tillari bol, labi şakar turganda,
Köz içinda nuri gavhar turganda,
Armonlarga borib nima qilamiz?
Jamşid jomi mayga töldi, Haq berdi,
Karami keng nasiyamas, naqd berdi,
Mingta qayğu, yana şunça baxt berdi,
Somonlarga borib nima qilamiz?
ILOHI…
Ilohi, ruhimda, vujudimdasan,
Gahi isyon, gahi sujudimdasan.
Ilohi, yölimni qay tomon burdim,
Özimni goh muzga, goh ötga urdim.
Ilohi, tölqinda — avboşdadirman,
Ikki qirğoq aro taloşdadirman.
Ilohi, dil — quyoş, söngan emasdir,
Nursiz taqdirlarga köngan emasdir.
Ilohi, men uçun sözdir musallo,
Zikr etib, şukr etib qildim tavallo.
Ilohi, qay manzil, makonni kezdim,
Borliging, birliging hamişa sezdim.
Ilohi, kaloming kalom ayladim,
Salomat bölay deb salom ayladim.
Ilohi, dunyo ne, bari xor-xasdir,
Sen va Habibing bor, şu menga basdir.
SÖZ OQAR TOMIRIMDA
Qon örnida qon bölib
söz oqar tomirimda,
Jonim örtab bir ohu
köz oqar tomirimda.
Olamlarni yaşnatib
bahor oqgay, şubhasiz,
Sarxil-sarxil mevali
kuz oqar tomirimda.
Men quyoşdan nur içib
katta bölganman asli,
Qahratonda lovullab
muz oqar tomirimda.
Oşiq böz yigit holin
anglamadi, malikam,
Ayriliq azobidan
böz oqar tomirimda.
Men taşna oşiq töydim
na gulga, na böyiga,
Oylarga oyna tutgan
yuz oqar tomirimda.
Uzoqlarda qolgan yor,
sendan köz uzib bölmas,
Oramizda ming yillik
röz oqar tomirimda.
Hayotning aççiq-çuçuk
neʼmatlarin totyapman,
Gahi bol-şakar, gahi
tuz oqar tomirimda.
Xudoning taqdiriga
tahrir qalami yöqdir,
Almiysoqdan kelgan bir
iz oqar tomirimda.
HOL
Jonim, bahor keldi, gulzorga töydim,
Gullardan taralgan iforga töydim,
Bulbullar çah-çahi, guftorga töydim,
Faqat közlaringga boqib töymadim.
Töydim saratonda çöğga, olovga,
Töydim jonni yoqqan ğovga, burovga,
Töydim jonga yoqqan maqtov — siylovga,
Faqat közlaringga boqib töymadim.
Kuz kelib, zaʼfaron xazonga töydim,
Soçingdek ingiçka mezonga töydim,
Hajringda oh ila afğonga töydim,
Faqat közlaringga boqib töymadim.
Töydim qiş kelganda izğirin, muzga,
Töydim sovuq qorda kömilgan izga,
Töydim oq öragan qirmizi yuzga,
Faqat közlaringga boqib töymadim.
Tomoşa-töylarga töydim, yorijon,
Qolib ne köylarga, töydim, yorijon,
Tumonat öylarga töydim, yorijon,
Faqat közlaringga boqib töymadim.
QAYSAR OŞIQ NOLASI
Garçi xayolingsiz ötgan kunim yöq,
Lola dudoğingdek yurak-bağrim qon.
Öylama, köngli bor deya, könglim yöq,
Jonim, sevmaganman seni heç qaçon.
Jonimni kuydirib kuyladim, xolos,
Heçam kuyganim yöq köyingda, işon.
Faqat közlarimda jiqqa yoş — ixlos,
Jonim, sevmaganman seni heç qaçon.
Qaragan emasman yölingga aslo,
Közlarim tört bölib kutganim yolğon.
Bölsam ham Majnundek işqqa mubtalo,
Jonim, sevmaganman seni heç qaçon.
Içimda heç sönmas çiroq bor, çiroq,
Şu bois yöllarim yoruğ, çaroğon.
Menga jonimdan ham azizsan, biroq,
Jonim, sevmaganman seni heç qaçon.
Faqat tuşunmayman bu holni, zotan,
Mangu töxtamaydi yurakda vulqon.
Neçun sevib turib söylayveraman,
Jonim, sevmaganman seni heç qaçon!
YURAK NOLASI
Çiroyingdan oylar kelib dars olgan,
Atirgullar atringdan köp qarz olgan.
Kunsuluvlar, Oysuluvlar lol senga,
Bir yaraşgan gulyuzingda xol senga.
Lafzi halol, lablari ol bolmişsan,
Yuragim yöq, yuragimni olmişsan.
Baliqlar köp, vale dengiz bittadir,
Husnu malohatda tengsiz bittadir.
Jonni örtar savdo ham köp emasdir,
Mening kabi şaydo ham köp emasdir.
Umrim keçar sen közlari ohu deb,
Sensizlikdan keçar böldim, yohu deb.
Yaralgandan jonimdasan, hamonsan,
Azal, abad ham hoziri zamonsan.
Oşiq jonni öz zabtiga olgansan,
Ayamasdan işq ötiga solgansan.
Qoş qoraymay, yor qoşiga bor desam,
Boşim yormay, yolbor, köngil yor desam.
Izmingdaman, izlaringni izlayman,
Yorni top deb, qon dilimni tezlayman…
Çiroyingdan oylar kelib dars olgan,
Atirgullar atringdan köp qarz olgan.

